Tabiat qo‘ynida bo‘lish harakatsiz yashash tarzi bilan bog‘liq ko‘plab kasalliklarning oldini olishi mumkin. tabait sayr
  1. Bu yallig‘lanish darajasini pasaytiradi

Yallig‘lanish autoimmun buzilishlar, ichak kasalliklari, depressiya va saraton kasalliklari bilan bog‘langan. Olimlar o‘rmonda sayr qilishdan so‘ng yoshlarning ham, qarilarning ham organizmlarida yallig‘lanish darajasi pasayishini isbotladi.
  1. Bu depressiya va xavotirlik hissi bilan kurashishda yordam beradi

O‘rmonda sayr qilish xavotirlikni va yomon kayfiyatni kamaytiradi. Ayniqsa, sayr qilish vaqtida suv bo‘yida bo‘lish ijobiy samarani kuchaytiradi. Shuningdek tabiat qo‘ynida sport bilan shug‘ullanish ham juda foydali.
  1. Bu ko‘rish qobiliyati uchun foydali

Olimlar, tabiat qo‘ynida dam olish bolalarda uzoqni yaxshi ko‘rolmaslikning paydo bo‘lish xavfini kamaytirishini aniqladil.
  1. Bu diqqatni bir joyga to‘plashni yaxshilaydi

Sayr qilishlar hatto diqqat yetishmovchiligi sindromi va faollikning susayishi bilan og‘rigan bolalarga ham yordam beradi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bog‘da sayr qilganlaridan 20 daqiqa keyin ularning diqqatlarini jamlash osonlashgani ma’lum bo‘ldi.
  1. Bu qon bosimini pasaytiradi

Yapon tadqiqotchilari o‘rmonda sayr qilish nafaqat stress gormoni miqdorini 15 foizga kamaytirishini, balki qon bosimini ham pasaytirishini aniqladi.
  1. Bu saratonning oldini olishi mumkin

Hozircha aniq dalillar bo‘lmasa ham, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra tabiat qo‘ynida, ayniqsa o‘rmonda bo‘lish saratonga qarshi oqsillarning ishlab chiqilishiga yordam berishi aniqlandi. Shuningdek, yaponiyalik olimlar ko‘plab o‘rmonlar bor joylarda yashovchi aholi o‘rtasida saraton kasalligidan o‘lish darajasi pastroq ekanligini aniqladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Organizmni tozalash qanday amalga oshiriladi?

© Wday.ru / Daryo.uz

Ushbu maqolani ham o'qing:
Sog‘lom ovqatlanishning asosiy qoidalari