Semizlik — sabablari, darajalari, belgilari va davolash usullari

Semizlik – organizmda yog‘larning ortiqcha to‘planishi. Bu patologiya normadagi tana vaznidan 20 % ga va undan ko‘pga oshishi bilan yuzaga chiqadi. Bunda bemor inson nafaqat psixologik jihatdan, balki ichki organlarda bo‘ladigan patologiyalardan ham aziyat chekadi. Hozirgi kunda semizlik dunyo bo‘ylab epidemiya ko‘rinishida tarqalgan, chunki inson har qanday yoshda ham semizlik bilan to‘qnash keladi. Bu kasallikni davolash o‘z ichiga jismoniy aktivlik, diyetaga rioya qilish, dori preparatlar qabul qilish va psixoemotsional holatlarni korreksiya qilish yo‘li bilan olib boriladi.

Yog‘ to‘qimalarining funksiyasi

Ko‘pchilik insonlar bilishmaydi, inson organizmida ikki tipdagi yog‘ to‘qimalari farqlanadi: kulrang va oq yog‘ to‘qimalari. Kulrang yog‘ to‘qimalarini hujayralar tarkibidagi mitoxondriyalar hosil qilib beradi. Aynan kulrang to‘qima inson harakatlanmagan vaqtda uning issiqligini ta’minlab beradi. Bu to‘qimalar toza holda qalqonsimon bez atrofida va buyraklar atrofida ko‘p to‘planadi. Aralash holda ko‘krak qafasi sohasida va yelka sohasida, kuraklar orasida to‘planadi.

Yog‘larning sezilarli darajada to‘planishi oq yog‘ to‘qimalarining ko‘payishi bilan tushuntiriladi. Bu to‘qimalarni yog‘ hujayralari (adipotsitlar) tashkil qilib, katta pufak ko‘rinishida bo‘ladi, ularning yadrosi markazda emas periferiyada joylashgan. Bunday yog‘ hujayralari teri ostida, ayniqsa qorin sohasida ko‘p to‘planadi. Qorin sohasidagi yog‘ qavati ba’zilarda 20 sm va undan ham qalinroq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari qorin bo‘shlig‘ida yog‘lar to‘planuvchi a’zo – charvi joylashgan. Qorin orti sohasida ham yog‘ hujayralari joylashadi, oshqozon osti bezi, aorta, buyraklar atrofida.

semizlik

Yog‘ to‘qimalarining asosiy funksiyalari quyidagilardir:

Energetik zaxira. Yog‘ning parchalanishidan uglevod parchalanishiga qaraganda 2 barobar ko‘proq energiya ajralib chiqadi. Shuning uchun yog‘ to‘qimalari inson hayot faoliyatida eng katta energiya deposi vazifasini bajaradi.

Suv almashinuvida va zaharli moddalarni passiv zararsizlantirishda ishtirok etadi. Yog‘lar parchalanishi natijasida katta hajmda suv ajralib chiqadi, bu esa jismoniy zo‘riqishda, ko‘plab ter ajralishida va ochlik paytida organizmning suvsizlanib qolishidan saqlaydi. Bundan tashqari yo‘glar zaharli moddalarni o‘zida saqlab qolish va neytrallash xususiyatiga ham ega.

Mexanik himoya. Yog‘ to‘qimalar organizm uchun himoya “yostig‘i” vazifasini bajarib, tashqi jarohatlardan saqlaydi. Bundan tashqari yog‘ bilan o‘ralgan organlar joyida mustahkam joylashadi.

Yog‘ to‘qimalarida A, D, E, K vitaminlari eriydi va to‘planadi.

Endokrin funksiyasi. Yog‘ to‘qimalarida biologik faol moddalar, ayniqsa jinsiy gormonlar ko‘p sintezlanadi. Endokrin funksiyasi haqida batafsil to‘xtalamiz. Hozirgi kunda leptin va esterogen gormonlarining yog‘ to‘qimalarida sintezlanishi isbotlangan.

Leptin – bu modda birinchi marta 1994 yilda ajratib olingan. Avvaliga bu moddani to‘qlik hissini beruvchi gormon sifatida qabul qilishgan va ozish uchun preparatlar sifatida buyurilgan. Biroq so‘ngi izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, bu gormon ovqatlanish oralig‘idagi vaqtni boshqarishi aniqlandi. Masalan leptin gormoni miqdorining kamayishi ochlik hissini chaqiradi, ammo uning ta’siri natijasida semiz odam ozishi uchun foyda bermaydi. Shusiz ham semiz insonlar qonida bu gormon miqdori katta hajmda bo‘ladi.

Esterogen. Yog‘ to‘qimalari o‘zida P450 aromataz fermentini saqlaydi, bu ferment erkaklik gormonini ushlab qolib ayollar gormoni esterogenga aylantiradi. Inson yoshi o‘tgan sari va u semiz bo‘lsa bu jarayon kechishi tezlashadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Semizlik dardi

Sog‘lom ayollarning 10 % idan 60 % igacha organizmida jinsiy gormonlari yog‘ to‘qimalaridan sintezlanadi va o‘sha yerda to‘planadi. Balog‘atga yetgan qizlarning hayz ko‘rishi va ularning jinsiy holati yog‘ to‘qimalarining miqdoriga tog‘ridan-to‘gri bog‘liq. Menopauza (hayz ko‘rish to‘xtaganda) vaqtida ayollarda steroid gormonlarning manbai yog‘ to‘qimalari bo‘lib hisoblanadi, aynan shu to‘qimalarning aktivligi klimaks davrining qanday ketishini baholab beradi. Mana shu xususiyatlarga asoslanib jinsiy aktivlik, homilador bo‘lish, ko‘krak bezlarining faoliyati va erkaklarda “bochka” qorin paydo bo‘lishi belgilanadi.

Leptin va esterogendan tashqari yog‘ to‘qimalarida rezistin, adiponektin, o‘sma nekroziga olib keluvchi faktor α va bir qator oqsil-fermentlar sintezlanadi.

Yog‘ to‘qimalarining ijobiy jihatlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, semizlik – inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kasallikdir.

Semizlik sabablari

Semizlik birinchi navbatda energiya almashinuvi nisbati buzilishidan kelib chiqadi, ya’ni inson ortiqcha kaloriya qabul qiladi, lekin uni sarf qilish kam bo‘ladi, ular yog‘ to‘qimalarida to‘planadi. Buning natijasida tana vazni ortadi va ichki organlar funksiyasi buziladi. Semizlik 90 % hollarda ovqatlanish bilan bo‘gliq, qolgan sabablar esa moddalar almashinuvi natijasida kelib chiqadi.

Gipotalamus va gipofiz funksiyasi buzilishi natijasida ovqatlanish jarayoni buziladi. Semizlik bilan kasallangan bemorlarda somototropin gormoni sintezi kamayadi, bu gormon lipolitik xususiyatga ega (yog‘larni parchalaydi), giperinsulinemiya, qalqonsimon bez metabolizmini buzadi.

Yog‘ to‘qimalarining to‘planishi va sarflanishi bir necha faktorlarga bog‘liq:

  • Qabul qilinayotgan va sarflanayotgan energiya nisbati;
  • Qabul qilinayotgan ozuqa tarkibi;
  • Yog‘ hujayralari sintezi va parchalanish nisbati;
  • Genetik (irsiy) moyillik.

Semizlik kelib chiqishiga olib keluvchi faktorlar:

  • Jismoniy aktivlikning sustligi;
  • Irsiy moyillik;
  • Ovqatlanishdagi ortiqchalik:uglevod, yog‘, tuz va shakarning ko‘pligi;
  • Endokrin kasalliklar: qalqonsimon bez funksiyasi buzilishi;
  • Psixik o‘zgarishlar;
  • Zararli odatlar;
  • Ayrim fiziologik holatlar (homiladorlikklimaks davri, ko‘krak suti bilan oziqlantirish davri);
  • Nazoratsiz gormon saqlovchi va psixotrop preparatlarni qabul qilish.

Shunday qilib semizlik – bu patologiya, erkaklar va ayollarda har qanday yoshda, hatto bolalarda ham uchrashi mumkin. Semizlikni asoratlari va inson hayot sifatini kamaytirishdan qutulish maqsadida maxsus mutaxassis nazorati ostida davolash kerak. Zamonaviy tibbiyotda semizlik bilan, asosan, endokrinologlar shug‘ullanishadi.

Semizlik tipi va darajalari

Yog‘larning to‘planish joyiga ko‘ra quyidagicha tasniflashadi:

semizlik turlari

  • Son-dumba tipi – ko‘proq ayollarda uchraydi, son va dumba sohalarida yog‘ to‘planadi;
  • Abdominal tip – erkaklar jinsida ko‘p uchraydi, asosan qorin sohasida yog‘ ko‘p to‘planadi;
  • Kombinirlangan tip – yog‘ butun tana bo‘ylab bir xilda to‘plangan bo‘ladi.

 

Semizlik doimiy rivojlanib borishi yoki stabil holatda saqlanishi mumkin. Agar kasallik kelib chiqish mexanizmi tomonlama qaralsa birlamchi, ikkilamchi va endokrin tiplariga bo‘linadi.

  • Birlamchi – alimentar (ovqatlanish) yoki ekzogen faktorlar natijasida;
  • Ikkilamchi – ko‘pincha irsiy moyillik natijasida va ayrim bosh miya patologiyalarida kelib chiqadi. Bunday tipni simptomatik deb atasa ham bo‘ladi;
  • Endokrin – qandaydir ichki sekretsiya bezining funksiyasi buzilishi natijasida semizlik kelib chiqishi;

Yuqoridagi barcha holatlarda bemorda gipodinamiya (kam harakatlilik) holati kuzatiladi.

Semizlik darajasi tana vazni indeksi (TVI) bo‘yicha aniqlanadi, TVI=kg/bo‘y mformulasi, ya’ni tana vazningizni bo‘y uzunligingizning (metrda) kvadratiga nisbati. Bunga ko‘ra, semizlik quyidagi darajalarda bo‘ladi:

Birinchi daraja – TVI 25 dan 30 gacha bo‘ladi, bunda ortiqcha tana vaznidan qutilish oson, shunchaki jismoniy mashqlar va diyeta qilish kifoya;

Ikkinchi daraja – TVI 30-35 bo‘lsa, yurak qon tomir tizimi tomonidan patologiyalar paydo bo‘lishiga xavf bo‘ladi. Bu darajaning o‘ziga xosligi, davolash davomida yo‘qotilgan tana vaznining tezda tiklanishidir.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Emizikli davrda ozish mumkinmi?

Uchinchi bosqich – TVI 35-40 ni tashkil qiladi. Bemorlarda harakatning chegaralanishi, hansirash belgilari kuzatiladi. Bu bosqichda shunchaki jismoniy mashqlar va diyeta foyda bermaydi, maxsus mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra psixoterapevtik, medikamentoz va jarrohlik amaliyoti qo‘llanilishi kerak.

To‘rtinchi daraja – bu daraja hayot uchun xavfli bosqichdir, TVI 40 dan yuqori bo‘ladi, bemorda haraktlanish chegaralanganligi, hansirashning kuchayishi, nafas va yurak qon tomir tizimi yetishmovchiliklar kuzatiladi.

Semizlik belgilari

Semizlikning asosiy belgisi – ortiqcha vazndir. Yog‘ ko‘p to‘plangan bemorlarda yelka, qo‘l, orqa, qorin dumba va son sohalarida to‘planadi. bunday bemorlarda shu sohadagi mushaklar sust rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ularda son va chov churralar uchrashi xavfi ortadi.

Birinchi darajali semizlikda aniq ajralib turadigan belgilar bo‘lmaydi. Ba’zi bemorlarda ter ajralishi kuchayadi, uyquchanlik, shishlar, ich qotish, umurtqa pog‘onasida og‘riqlar paydo bo‘lishi mumkin. Keyingi bosqichlarda bemorlarda yaqqol ko‘zga tashlanadigan belgilar nafas, yurak qon tomir tizimi, hazm qilish tizmi tomonidan kuzatiladi. Ayollarda semizlik natijasida hayz siklining buzilishi, hatto hayz ko‘rishning to‘xtashi ham uchraydi. Bundan tashqari jinsiy tizimda ham kamchiliklar uchrab, erkaklarda potensiya kamayadi.

Kasallikning bosqichiga qarab bemorlarni tungi vaqtda och qolish, bir qator endokrin buzilishlar, uyquning buzilishi kuzatiladi. Kasallik asorati sifatida gipertoniya, surunkali nafas va yurak qon tomir yetishmovchiligi, pankreatitxolesistit, tananing quyi qismlaridagi bo‘g‘imlarda artrozlar, umurtqa pog‘onasi funksiyasi buzilishi kabi muammolarni keltirish mumkin. Ter ajralishining ko‘payishi natijasida terida turli xil o‘zgarishlar husnbuzarlar, dermatitlar paydo bo‘lib turadi. Sanab o‘tilgan asoratlar oqibatida qandli diabet, insult va infarkt kelib chiqish xavfi ortadi.

Shu bilan birga semizlik tashqi ko‘rinishda kamchiliklarga ham sabab bo‘lib, insonning psixikasiga ta’sir etadi, uning o‘z o‘zini baholashi kamayadi, depressiya, nevrozlarga olib keladi.

Semizlikni diagnostikasi

Semizlik kuzatilgan hollarda bemorga tashxis qo‘yish uchun anamnez, irsiy moyillik, kasallik uzoq muddat davom etishi, hayot tarzi va ovqatlanish tartibi so‘raladi. Tana vazni indeksi va son, belning yog‘ qavati o‘lchanadi. Diagnozni aniqlashtirish uchun yog‘ning to‘plangan joyini va hajmini aniqlash uchun UTT (UZI) tekshiruvi, rentgenologik densitometriya va boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari psixoterapevt, diyetolog, endokrinolog maslahatlari kerak bo‘ladi.

Semizlikda kelib chiqadigan patologiyalarni quyidagicha aniqlash mumkin:

  • AQB (arterial qon bosimi)ni o‘lchash;
  • Glukozaga tolerantlikni tekshirish;
  • Xolesterin, triglitseridlar va lipoproteidlar miqdorini tekshirish;
  • Qonning biokimyoviy tekshiruvi talab etiladi.

Semizlikni davolash

semizlikdan qutulish

Semizlikni kompleks davolash – nafaqat kosmetik jihatdan samarali, balki sog‘liqni ham hayot sifatini ham oshiradi. Muolajaning boshlanishida maxsus diyeta va jismoniy mashqlar buyuriladi. Yog‘ va uglevodga boy mahsulotlar kamaytirilib ovqatlanish kaloriyasi kamaytiriladi, bunda oqsil va kletchatkaga boy mahsulotlar tavsiya etiladi. Agar bemor semizlikning so‘ngi bosqichlarida statsionar holatda davolanayotgan bo‘lsa ma’lum bir muddatga ochlik bilan davolanadi. Jismoniy mashq esa oddiy yurishdan boshlanadi, ya’ni bemorga 1 kunda kamida 10.000 qadam yurish buyuriladi. Jismoniy mashqlar mutaxassis tomonidan qat’iy belgilab beriladi. Chunki kardiozo‘riqish kuzatilishi mumkin, masalan, suzish, yugurish, velosiped haydash kabi mashqlar. Jismoniy mashqlar haftasiga 3-5 marta kuniga 30-40 daqiqa davomida olib borilishi kerak.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ortiqcha vaznni yashirishning 5 usuli

Semizlikka qarshi kurashishda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish katta ahamiyat kasb etadi. Vaqt o‘tishi bilan bunday hayot tarzi odat tusiga kirib qoladi va qayta semirmaslikka asos bo‘la oladi.

Ayrim insonlar semizlikdan qutulgandan so‘ng to‘g‘ri ovqatlanmaslik va kamharakatlilikka qaytib qolishadi, ularda semizlik tezlik bilan oson yuzaga keladi.

Kerakli holatlarda shifokor dori preparatlari buyuradi. Bunday preparatlar qat’iy ravishda individual tavsiya qilinadi, lekin ularning ta’sir qilish effekti barchasida bir xil. Ularning dozasi diyeta va jismoniy mashqlardan kelib chiqib birgalikda belgilanadi. Dorilar buyurishga asos bo‘lib diyeta bilan olib borilgan muolajaning 3 oydan ko‘p muhlatda samara bermasligi va TVI 30 ga teng ekanligiga bo‘la oladi.

Medikamentoz davo amfetamin preparatlari bilan olib boriladi, ularning ta’sir effekti och qolish hissini chaqirmaslikdir. Ammo bunday dorilar nojo‘ya ta’sirlarga ham ega uyquning buzilishi, allergik reaksiyalar, qayt qilish va boshqalar. Ayrim hollarda antidepressantlar ham yaxshi samara berishi mumkin.

Psixoemotsional holatlarni bartaraf etish uchun esa psixoterapiya buyuriladi. Semizlikning og‘ir ko‘rinishlarida xirurgik muolaja yordam beradi. Bariatrik xirurgiya – TVI 40 dan yuqori bo‘lgan holatlarda o‘tkaziladi. Bunday operatsiyalarga oshqozonni bandajlash, vertikal gastroplastika, oshqozonni shuntlash kiradi. Kosmetik ko‘rinishni yaxshilash uchun liposaksiya – mahalliy yog‘larni yo‘qotish amaliyoti bajariladi.

Semizlikda ovqatlanish

Semizlik paytida ovqatlanish keragidan ortiq ko‘payadi, ovqatlanish tartibini korreksiya qilish semizlik bilan kurashishning eng samarali yo‘lidir. Bunda diyeta kunlik ratsion tarkibida qabul qilinishi qiyin bo‘lgan yog‘larni kamaytirish, ayrim oqsillar, tuz iste’molini kamaytirish yo‘li bilan olib boriladi. Semizlik bilan aziyat chekayotgan insonlar uchun eng samarali ratsiondan biri kam kamdan kuniga 5-6 marta ovqatlanish tartibiga o‘tish hisoblanadi. Ovqatni bug‘da yoki qaynatib pishirilgan holda, tuzlar va ta’m beruvchi ziravorlardan foydalanmagan ko‘rinishda iste’mol qilish kerak.

semizlikni davolash

Oq non, un mahsulotlari, shakar va kartoshkani kamaytirish zarur. Agar nonsiz ovqatlana olmasangiz qora non iste’mol qilgan yaxshi, shunda ham kuniga 300 gr dan ko‘p bo‘lmagan holda. 3 va 4 darajali semizlikda un mahsulotlari, makaron, non va har qanday shirinliklar iste’mol qilishdan tiyilish kerak. Ovqat ratsionida kartoshkadan tashqari mevalar va sabzavotlar bo‘lishi lozim. Salatlar tayyorlaganda oz miqdorda o‘simlik moylaridan foydalangan ma’qul. Yog‘larni ovqat tarkibidan butunlay chiqarib tashlash kerak emas, kuni 50-70 gr.dan oshmasa bo‘lgani. Xolesterin saqlovchi mahsulotlarni umuman iste’mol qilish kerak emas.

Agar diyeta va jismoniy aktivlikni bir vaqtda olib borilsa muolajaning samarasini qisqa vaqt ichida ko‘rsa bo‘ladi.

Semizlikni oldini olish

Barcha kasalliklar kabi semizlikni ham davolagandan ko‘ra oldini olgan yaxshiroq. Semizlik profilaktikasi o‘z ichiga muntazam jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya etish, ovqat ratsioni tarkibida kletchatka va vitaminlarga boy mahsulotlar bo‘lishi talab etiladi.

Semizlik bilan kurashish – uzoq muddat, sabr va iroda talab etadigan jarayondir. Ko‘pchilik semizlikka qarshi kurashishda erta taslim bo‘lishadi, bunday vaqtda yaqinlar ko‘magi va shifokorlar maslahati katta ahamiyat kasb etadi, to‘gri tanlangan muolaja va choralar bemor odamga yordam berib o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Vaqt o‘tishi bilan inson sog‘lom turmush tarziga o‘rganib qoladi va bu odat tusiga aylandi. Doimo sog‘ bo‘ling!

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close