Dorivor ne’matlar

MAQOLALAR

ico
Disbakterioz kasalligini davolashda bioqatiqning foydasi bormi?
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, inson tanasida taxminan yuz trilliondan ortiq hujayralar mavjud. Butun tanada, asosan ichaklarda yashaydigan bakteriyalar esa inson hujayralaridan bir qancha marotaba kichik bo‘lsa-da, hayotiy faoliyatga kuchli ta’sir etadi. Ammo ularning ko‘pchiligi zararsiz, hatto foydali ekanligi aniqlangan. Foydali mikroblar kishi salomatligini ta’minlaydi, immunitetni ko‘taradi, ovqat hazm bo‘lishiga ko‘maklashadi. disbakterioz Me’yoriy mikroflora kishi tana og‘irligining 5 foizini tashkil etadi, ular hazm qilishda qatnashib, ichaklarda suv, oqsil, yog‘, uglevod, xolesterin, temir, kalsiyning so‘rilishini ta’minlaydi. Shuningdek, vitamin va gormonlarni sintezlaydi, organizm uchun zaharli moddalarni zararsizlantiradi. Turli xastaliklarda, ekologik buzilishlar kuzatilganda, sifatsiz suv yoki oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilinganda, shuningdek, antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanilganda mikroflorada mikrob turlarining nisbati keskin o‘zgarib, ularning ko‘pchiligi qirilib ketadi, natijada disbakterioz paydo bo‘lishi mumkin. Kuzatishlarga ko‘ra, katta yoshdagi kishilarning 90 foizi, bolalarning esa 95 foizi disbakterioz bilan og‘riydilar. Disbakteriozda organizmning oziq moddalarni o‘zlashtirish jarayoni buziladi, fermentlar va vitaminlar sintezi keskin pasayadi. Davolashdan avval ichaklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar qanchalik ko‘paygani, ularning sonini aniqlash uchun bak-posev tekshiruvini o‘tkazish kerak bo‘ladi. Ya’ni, laboratoriya mutaxassislari bemor najasini idishlarga ekib, uni o‘stiradilar. Besh kunda o‘sib chiqqach, foydali mikroblar soni, zararli mikroblarning qaysi turi ko‘paygani, hamda ularga ta’sir qiladigan antibiotiklar aniqlanadi. Antibiotiklarning ta’sirchanligi ijobiy bo‘lsa, kasallik yaxshi davolanadi.

Disbakterioz belgilari

Ota-onalar bolalarda qorin og‘rig‘i bilan boshlanadigan ilk holatlarni kuzatishi mumkin. Bolaning qornida g‘urillash, qattiq og‘riq bo‘lib, tez-tez ichi ketadi. Bunga ovqat iste’mol qilishda shaxsiy gigiyenaga rioya qilinmaganligi ham sabab bo‘lishi mumkin.

Didisbakteriozni davolashda qo‘shimcha muolaja

Ichak disbakteriozi kerakli dori-darmonlardan tashqari qatiq bilan ham davolanadi. Mutaxasssilarning fikriga ko‘ra, har kuni 200 gramm qatiq iste’mol qilish kishi salomatligini asraydi va ichning ravon kelishini ta’minlaydi. Disbakteriozda bioqatiqlar foydasi haqida ko‘p gapirilishi bejiz emas. Negaki oddiy qatiq achitqi zamburug‘laridan tayyorlansa, bioqatiq achitqi zamburug‘laridan tashqari bifido va laktobakteriyalar kabi qo‘shimchalar bilan boyitiladi. Bugungi kunda shifobaxsh bioqatiqlar savdo do‘konlarida ko‘p. Bioqatiqning oddiy qatiqqa nisbatan davolovchi xususiyati ko‘proq. Ular ichak mikroflorasini yaxshilaydi, organizmdagi zararli xiltlarni tashqariga chiqaradi, o‘z o‘rnida disbakterioz holatini bartaraf etadi. Bioqatiq kechasi uyqu oldidan ichak faoliyati faollashgan vaqtda ichilsa, yaxshi natijaga erishish mumkin. Uni muntazam ravishda iste’mol qilish inson salomatligini mustahkamlashda ahamiyati beqiyos. U organizmda moddalar almashinuvini faollashtiradi, soch to‘kilishidan xalos qiladi, tirnoqlarni mustahkamlaydi, yuz va teri rangini yaxshilaydi, eng asosiysi asab tizimi ishi tiklanishiga yordam beradi. Bioqatiqni xarid qilishdan oldin uning yaroqlilik muddatiga e’tibor qarating. Ishlab chiqarilgan kundan uch kun o‘tsa, unda bifidobakteriyalar miqdori nihoyatda ozayib ketgan bo‘ladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Qorin dam bo‘lishi (meteorizm) kasallikmi?

© Nigora TURSUNOVA, umumamaliyot shifokori. "Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Bronxial astma qiynaganda

Bronxial astma bilan og‘rigan bemorlar kuniga ikki piyoladan ortiq choy yoki kofe ichmasligi zarur. Yoga bilan shug‘ullanish xastalikka chalonmaslikni oldini oladi.

Bronxial astma bilan qiynalayotgan bemorlar uchun xalq tabobatida turli damlama va qaynatmalar mavjud.

Ularga bu tavsiyalar juda katta foyda berishi aniq:

  •  2 osh qoshiq maydalangan sholg‘omni 1 stakan qaynagan suvda 15 daqiqa qaynatib sovutib, 1 stakandan kechasi ichiladi.
  • 1 choy qoshiq shuvoq giyohini 1 stakan qaynagan suvga solib, yarim soatga damlab qo‘yiladi. Va kuniga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ovqatdan 30 daqida oldin ichladi.
  • 3 dona evkalipt bargini  200 gr qaynagan suvga solib 2 soatga damlab qo‘ying. Keyin uni ovqatdan oldin kuniga 1 mahal yarim piyola miqdorida 20 kun iching. Va 20 kun tanaffus qiling va jarayonni takrorlang.

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Pulmoksoldir.

Pulmoksol bu – 30 mg/5 ml 150 ml sirop va bolalar uchun 15 mg/5 ml 150 ml sirop (o'lchov stakani bilan birgalikda)

Har 5 ml sirop tarkibi:

Faol modda: ambroksol gidroxloridi 15 mg; Yordamchi moddalar: benzoy kislotasi, sorbitol (70%), qulupnay essensiyasi, deionizatsiya qilingan suv.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/pulmoksol

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Rinoksil, Suprima bronxo, Ambroksol, Linkas va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Teri uchun foydali mahsulotlar
Maqolada teri uchun eng foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar va ularning xususiyatlari bilan tanishasiz. teri uchun foydali mahsulotlar-min

O‘simlik va yong‘oq yog‘lari

Tozalanmagan yog‘larning hammasi foyda keltiradi: ularning tarkibi organizmga ichkaridan ham, tashqaridan ham ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi to‘yinmagan yog‘lardan iborat.
Zaytun yog‘i va uning muhim xususiyatlari haqida hamma biladi. Lekin boshqa yog‘larning borligini ko‘pchilik bilmaydi: zaytun yog‘idan qolishmaydigan va ancha arzonroq turadigan xantal yog‘i; uzum danaklari va oshqovoq urug‘laridan olingan yog‘lar; zig‘ir, kunjut, bodom yog‘lari va boshqalar. Bu yog‘larning hammasi — vitaminlar, mikroelementlar va minerallar koni hisoblanadi. Masalan, uzum danaklaridan olingan yog‘ tarkibidagi xlorofill moddasi terini ajoyib tarzda taranglashtiradi va yaralarning bitish jarayonini faollashtiradi, zig‘ir yog‘ining tarkibidagi fitoestrogenlar esa ayollar sog‘lig‘ini saqlashda asosiy rollardan birini bajaradi.

Dengiz mahsulotlari

Agar siz teringizdagi muammolar bilan kurashayotgan bo‘lsangiz, unda taomnomangizda dengiz balig‘i, mayda qisqichbaqalar, sakkizoyoqlar va boshqa dengiz mahsulotlari bo‘lishi kerak. Chunki, dengiz mahsulotlari teri sog‘lom bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan yog‘ kislotasi omega-3 dan tashqari uning chiroyli rangi uchun javob beruvchi yodga ham boydir.

Ko‘katlar

Petrushka, shivit, kinza, rayhon va boshqa ko‘katlar organizmni deyarli hamma elementlar bilan ta’minlaydi. Salatlarga, birinchi va ikkinchi ovqatlarga ham petrushka yoki shivitlardan biroz qo‘shing. Lekin shuni esingizda tuting: C vitamini kislorod bilan aloqa qilishda tez buziladi, shuning uchun yangi tayyorlangan salatni sovitgichda saqlamang — birdan iste’mol qiling. C vitamini metall bilan aloqa qilganda ham xuddi shunday hodisa yuz beradi, shuning uchun ko‘katlarni sopoldan yasalgan pichoq bilan to‘g‘rang.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Terining turiga qarab yuzni parvarishlashda nimalarga ahamiyat berish kerak?

© Wmj.ru / Daryo.uz

ico
Kamqonlik (Anemiya)
Anemiya yoki kamqonlik atamasi ostida qon hajmining birligida qizil qon pigmentining (gemoglobin) yoki qizil qon tanachalarining (eritrositlar) yetishmasligi tushuniladi. Anemiya quyidagi sabablarga ega bo‘lishi mumkin: o‘tkir yoki surunkali qon yo‘qotish (yara, operasiya, oshqozon-ichak sohasida qon yo‘qotish); qon hujayralarining tez nobud bo‘lishi yoki eritrositlar hayotining davomiyligining qisqarishi; bir xil, balanslashtirilmagan oziqlanish, qon uchun foydali bo‘lgan elementlarning tanqisligi (oqsil, temir, foliy kislotasi, B12 vitamini, mis); ichakda muhim elementlarning so‘rilishining buzilishi (surunkali oshqozon-ichak kasalliklari tufayli). Eng keng tarqalgan anemiyaning turidan biri bu - temir moddasining tanqisligidir. Uning oziq-ovqatlardagi yetishmovchiligi uning organizmdagi defisitga olib keladi. Qon tizimi yetarli darajada temir moddasini qabul qilmasa, u o‘z navbatida gemoglobinning yetarli miqdorini ham ishlab chiqara olmaydi. Oqibatda esa eritrositlar unga yetarli darajada qoniqmasdan, organizm yetarli miqdorda kislorodga erishmaydi. Anemiyada bolaning terisi rangsiz, oq bo‘lib, bolaning tirnoqlari ostida, lablari va ko‘zning shilliq qatlamining shunday rangda bo‘lishi kuzatiladi. Agarda ushbu holatda bola o‘zini toliqqan, e’tiborning susayishi, holsizlik hamda ishtahaning pasayishi qo‘shilsa albatta vrachga murojaat eting. Anemiya faqat qon taxlilidan so‘ng aniq belgilanadi. Muhim: aksariyat bolalar rangsiz yuz va toliqqan ko‘rinishda bo‘lsalar ham, kamqonlik kasalligidan aziyat chekmaydilar.

Kasallik qanday kechadi?

Bolalarda anemiya toliqish, rangsizlik, ishtahaning yo‘qolishi, bosh og‘riqlari, teri quruqligi, tirnoq va sochlarning sinuvchanligi, og‘iz burchaklaridagi yoriqlar va turli yuqumli kasalliklarga tez chalinishlari bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Kasallikning og‘ir shakllarida qiyin nafas olish, bosh aylanish, tez yurak urishi, shilliq qatlamlarning o‘zgarishi (silliq malina rangidagi til, ta’m, hid sezishning o‘zgarishi, yutishning murakkablashishi), shu bilan birga jigar va taloqning shishishi ham kuzatiladi. Agarda emizikli bola rangsiz, holsiz, ishtahasining bo‘g‘ilganligi, rivojlanishning sustligi va yuqiumli kasalliklarga tez chalinishi kuzatilsa - bu kamqonlikning belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Simptomlar: • Rangsiz lablar va tirnoqlar. • Rangsiz ko‘zlar. • Toliqish. • Nafasning bo‘g‘ilishi • Ishtahaning yo‘qligi • Tez yurak urishi Anemiyani shubha qilsangiz albatta bolani vrach nazoratidan o‘tkazing. Anemiya boshqa kasallikning simptomi bo‘lishi mumkin. Qonning taxliliga muvofiq vrach chindan ham bolangizda anemiya mavjudiligi haqida to‘liq axborotni beradi. Ayrim hollarda kasalxonada yanada chuqurroq tekshirish amalga oshirilishi mumkin. Agarda anemiya temir moddasining yetishmovchiligi natijasida vujudga kelgan bo‘lsa, u holda vrach temir moddasi mavjud tomchi, sok yoki tabletka ko‘rinishidagi dori vositalarini yozib beradi. Muddatdan ilgari tug‘ilgan bolalarda yoki bola faqat ona suti bilan oziqlansa, profilaktik usul bilan temir moddali tomchilarni qabuli yordamida anemiyaning oldini olish mumkin.

Uy muhitidagi yordam

Bolaga temir moddasi mavjud mahsulotlarni bering. Bu - baliq, potroxa, tuxum sarig‘i. To‘q yashil bargli sabzavotlar va yong‘oq ham temir moddasiga boydir. C vitamining qabuli ham temir moddasining yaxshi so‘rilishiga sabab bo‘ladi.

Davolanish

Agar bolangizda anemiya mavjud deb hisoblansangiz uni albatta vrach nazoratidan o‘tkazing. Faqat qon taxlili yordamida anemiya boshqa kasallik simptomimi yoki uning bir turimi - buni aniq holda vrach yordamida bilib olasiz. Bolaga turli xil oziq-ovqatni taklif eting. U temir moddasiga boy bo‘lsin: go‘sht, tuxum, boshoqli non, suli yormasi, sabzavotlar, mevalar bering. Chunki bir xil tusdagi mahsulot va taomlar ham bola organizmida temir moddasining tanqisligiga olib kelishi mumkin. Ovqatdan so‘ng tortiq etiladigan C vitaminiga boy turli mevali soklar temirning yaxshi so‘rilishiga olib keladi. Anemiyani maxsus parhezga amal qilgan holda davolay olmaysiz. Shu sababli vrach temir moddasi mavjud dori vositalarini yozib beradi. Ularni iloji bo‘lsa ertalab nahorga bersangiz, ta’sir etish kuchini oshiradi. Yomon hazm etish yoki temir moddasining yetarli darajada ichaklarda so‘rilmaslik holatlarida preparat inyeksiya ko‘rinishida belgilanadi. Barcha dori vositalari singari ushbu dorilar ham bola qo‘li etmaydigan joyda saqlanishi lozim. Katta hajmdagi temir moddasining qabuli bola organizmining zaharlanishiga olib keladi. Ushbu dori-darmonlardan bola axlatining rangi to‘q tusga ega bo‘ladi. Mavzuga aloqador maqolalar: