"A" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
Ayollarda sink moddasi yetishmovchiligi

Sink “goʻzallik minerali” deb ataladi va bu bejizga emas. Aynan u terining, sochlarning va tishlarning sogʻligʻi, shuningdek, ayol libidosi uchun javobgardir. Ushbu elementning yetishmasligini qanday aniqlash va uni qanday toʻldirish kerak?

Chiroyli koʻrinish, ajoyib kayfiyat va bitmas – tuganmas energiya sogʻlom ayolning belgilaridir. Ammo goʻzallik manbai nima? Tibbiy nuqtai nazardan, tanasi “goʻzallik minerali” yaʼni sink bilan yetarli darajada oziqlangan ayollar jozibali deb hisoblanadi.

Sinkning muhimligini inkor etib boʻlmaydi. Olimlarning kuzatuvlariga koʻra, bu element muhimligi boʻyicha temirdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Sink, asosiy minerallar qatorida, immunitet va reproduktiv tizimlarning normal ishlashining kafolati hisoblanadi, u. shuningdek, suyak va mushak toʻqimalarining oʻsishi uchun javobgardir. Terining, sochlarning, tishlarning va ogʻiz boʻshligʻining sogʻligʻi tanadagi sinkka bogʻliq va uning kamayishi jarohatni tiklash va davolash jarayonlarini sekinlashtiradi, xotira darajasi va miya faoliyatiga taʼsir qiladi. Ayollarda libido sink miqdorini normallashtirish tufayli oshadi.

Mutaxassislar fikriga koʻra, sogʻlom, shakllangan odamning tanasi taxminan 12 g sink olishi kerak. Bunday holda, eng katta miqdor mushaklarga (60%) va suyak tizimiga (30%) taqsimlanadi. Ayollar uchun bu koʻrsatkich har xil: 9 g barcha yosh toifalari uchun (kamida), lekin ona boʻlishni rejalashtirgan yoki homilador boʻlganlar uchun 11 g dan ortiq.

Sink yetishmasligining sabablari

Sinkning yetishmasligi ayolning turmush tarzi bilan bogʻliq. Goʻsht isteʼmol qilmaydiganlarda bu muammo koʻp yuzaga keladi. Mutaxassislar go'shtdan voz kechmaslikni va kuniga kamida 40 g miqdorida goʻsht isteʼmol qilishni tavsiya qiladi. Homiladorlik paytida ayol tanasida sink darajasi ikki kishiga taqsimlanadi, shuning uchun uning dozasini oshirish kerak. Onaning qornida oʻsayotgan bolada suyak, mushak va immunitet tizimlarining normal shakllanishi bunga bogʻliq.

Ayollar uchun har qanday stressli vaziyatlar ham sink yetishmasligiga olib keladi, shuning uchun ruhiy holatga eʼtibor berish kerak.

Sink yetishmasligining belgilari

Sink yetishmasligi davolasa boʻladigan ammo alomatlari juda sezilarli kasallik.

Ulardan birinchisi soch sinishi va toʻkilishi. Haqiqat shundaki, sink normal hujayra replikatsiyasi uchun zarur boʻlgan elementdir, shuning uchun koʻrkam sochlar organizmda yetarli miqdordagi sinkni talab etadi.

Tirnoqlar ham xuddi shunday. Agar ular moʻrt boʻlib qolsa, sekin oʻsib, oq dogʻlar paydo boʻlsa, bu sink yetishmasligining belgisidir.

Sogʻlom ogʻiz boʻshligʻi va kuchli, oppoq tishlar ayolning tanasida sinkning normal darajasini koʻrsatadi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, bu element soʻlak va tish emalida joylashgan. Shuning uchun uning yetishmasligi ogʻiz boʻshligʻida yaralar paydo boʻlishiga olib keladi.

Akne paydo boʻlishi ham sink yetishmasligi bilan bogʻliq. Silliq va porloq teri tanadagi ushbu elementining yetarli darajasiga ega boʻlgan ayolning belgisidir.

Ayollarning reproduktiv salomatligi – sinkni nazorati ostida. Gormonal buzilishlar, ogʻriqli hayz koʻrish va libidoning pasayishi sink yetishmovchiligidan dalolat. Bunday tashxis qoʻyilgan homilador ayollarda erta tugʻish yoki bola tushib qolishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Suyaklarning moʻrtligi ham sink yetishmasligining xavfli oqibatiga aylanadi. Chunki suyak toʻqimalarining normal shakllanishi uchun javob beradigan kollagen ishlab chiqarilmaydi.

Sink yetishmasligini davolashning samarali usullari

Oʻz vaqtida va toʻgʻri davolanish bilan immunitetning normal holatini tiklash, yaralarni davolash jarayonini tezlashtirish, husnbuzarlarni yoʻq qilish va soch toʻkilishini toʻxtatish mumkin. Bunga faqat tajribali va malakali toʻgʻri tashxis qoʻyadigan shifokor yordam beradi, u sink yetishmovchiligi boʻlgan ayolga mos davolanish kursini tayinlaydi.

Parhez

Amaliyot shuni koʻrsatadiki, toʻgʻri tanlangan parhez ayollarga sink darajasini normallashtirishga yordam beradi. Agar sinkning atigi 20-40% ovqatdan olinsa, qanday ovqatlar foyda keltirishi mumkin?

Yuqorida aytib oʻtilganidek, bu qizil goʻsht, asosan mol goʻshti. Ushbu oqsilni kam qovurilgan yoki qaynatilgan holda yeyish kerak, past olovda 15 daqiqadan koʻp boʻlmagan vaqt davomida pishirish tavsiya etiladi.

Kundalik ratsionga sutni kiritish ham tavsiya etiladi. Bu donli mahsulotlardan sinkning yaxshiroq soʻrilishiga yordam beradi. Diyetologlarning fikriga koʻra, tuxum, loviya, kurka, tovuq filesi, losos, pishloq va bodom tarkibidagi sink boʻyicha yetakchi hisoblanadi.

Ayollarda sink yetishmasligining oqibatlari

Sink yetishmasligi tufayli ayollarda tashqi koʻrinish va gormonal fon oʻzgaradi. Buning oqibatlari qaytarilmas boʻlishi mumkin. Jinsiy muammolar paydo boʻladi — libido kamayadi. Hayz koʻrish ayniqsa ogʻriqli boʻladi, reproduktiv funksiya sustlashadi. Bularning barchasi nevrologik muammolarni aks ettiradi: uyqusizlik, diqqatni yoʻqotish va xotiraning yomonlashishi.

Sink yetishmovchiligi immunitet darajasiga taʼsir qiladi, tez-tez shamollash va jarohatni davolash jarayonining kechikishi bilan namoyon boʻladi.

Sink yetishmasligining oldini olish

Sinkning normal darajasini saqlab turish uchun ayollarga quyidagilar tavsiya etiladi:

  • sinkni oʻz ichiga olgan oziq-ovqat tanovul qilib toʻgʻri parhezga rioya qiling;
  • spirtli ichimliklardan voz keching;
  • harakatchan turmush tarzini olib boring;
  • kuniga kamida 7 soat uxlash qoidasiga rioya qiling;
  • shifokor tavsiyasiga binoan vitamin komplekslarini qabul qiling.
ico
Angioma: sabablari, belgilari, davolash va oldini olish

Ehtimol, har bir inson hayotida kamida bir marta tanada gʻalati qizil dogʻ paydo boʻlishiga duch kelgan. Angioma, asosan, hech qanday noqulaylik tugʻdirmaydigan yaxshi sifatli oʻsmadir. Qanday hollarda angiomalardan xalos boʻlish kerak va ular paydo boʻlganda tashvishlanish kerakmi?

Angioma nima?

Angioma deganda limfa (limfangioma) va qon (gemangioma) tomirlarida qizil hol yoki  “yulduzcha” shaklidagi yaxshi sifatli oʻsma tushuniladi. Kattalardagi angioma tananing deyarli har qanday joyida – yuz va boʻyin, orqa, koʻkrak, qoʻl va oyoqlarda va hatto ichki organlarda paydo boʻlishi mumkin. Baʼzida bu shakllanishlar oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlib ketishi mumkin, lekin koʻpincha yosh oʻtishi bilan (30 yoshdan keyin) ularning soni koʻpayadi. JSST statistik maʼlumotlariga koʻra, kattalarning 75 foizida angioma bor.

Shuni ham taʼkidlash kerakki, angioma koʻpincha qizil hol deb ataladi, ammo uning holga hech qanday aloqasi yoʻq. Hollar tomirlardan emas, balki nevus hujayralari — melanotsitlardan kelib chiqadi.

Angioma turlari

Angiyomalarning juda koʻp turlari mavjud, ammo kelib chiqishi boʻyicha ular ikki guruhga boʻlinadi – gemangioma (qon tomirlari toʻplamidan hosil boʻladi) va limfangioma (limfa tomirlaridan). Limfangiomalar juda kam uchraydi, ularda terining rangi oʻzgarmaydi.

Tuzilish turiga koʻra oddiy (kapillyar), kavernoz, shoxsimon va suyak ichi angiomalari farqlanadi.

Oddiy (kapillyar) angiomalar koʻpincha tugʻma boʻladi. Ular terining yuzasida mutlaqo tekis boʻlishi yoki biroz yuqoriga koʻtarilgan boʻlishi mumkin va toʻq gilos rangdan toʻq koʻk ranggacha boʻladi. Oddiy angioma kengaygan va oʻralgan kapillyarlardan iborat. Oddiy angiomalar terining har qanday joyida paydo boʻlishi mumkin. Ular hech qanday noqulaylik tugʻdirmaydi.

Kavernoz angiomalar pulsatsiyalanuvchi qip-qizil shakllanishlardir. Koʻpincha kavernoz angiomalar keksa odamlarning jigarida, shuningdek orbitalarning yogʻ toʻqimalarida va suyaklarda uchraydi.

Shoxsimon angioma juda kam uchraydi, koʻproq qoʻl va oyoqlarda uchraydi (baʼzan bosh yoki yuzda). Bunda, angioma ustidagi teri normal rangga ega, ammo kapillyar angiomalar bilan qoplanishi mumkin.

Suyak ichi angiomalari asosan bosh suyaklarida rivojlanadi va faqat yaqin atrofdagi toʻqimalarga tarqalganda seziladi. Ular qon ketishiga olib kelishi mumkin va bunday angiomani koʻpincha faqat rentgen nurida aniqlash mumkin.

Angioma sabablari

Mutaxassislar hali ham angioma paydo boʻlishiga olib keladigan sabablar haqida bir fikrga kelishmagan. Asosiy sabab limfa va qon aylanish tizimining buzilishi deb aytiladi.

Koʻpincha angiomalar quyidagilar natijasida paydo boʻladi:

  • gormonal kasalliklar;
  • quyosh ostida tez-tez va uzoq vaqt qolish;
  • jigar (yogʻli gepatoz, sirroz), oshqozon osti bezi va oshqozon-ichak trakti kasalliklari;
  • terining shikastlanishi yoki kuyishi;
  • C vitamini yetishmasligi ( qon tomirlar “moʻrtlashadi”);
  • irsiy omil.

Angioma belgilari

Angiomalar terining nuqsonlari boʻlib, ular noqulaylik yoki ogʻriq keltirmaydi, lekin shikastlanganda koʻp qon ketishi mumkin. Ular tananing har qanday qismida paydo boʻlishi mumkin, lekin koʻpincha koʻkrakda, yelkaning pastrogʻida va qoʻllarda paydo boʻladi.

Angiomalar turli oʻlchamlarga ega: diametri 0,5 mmdan bir necha millimetrgacha. Shuningdek, ular turlarga qarab har xil koʻrinishi mumkin: gemangioma koʻpincha qizil – koʻk, limfangioma esa rangsiz.

Davolash va diagnostika

Yuzaki angiomalarni tashxislash odatda mutaxassis uchun hech qanday qiyinchilik tugʻdirmaydi. Baʼzi hollarda, boshqa yaxshi yoki yomon sifatli oʻsmalarni istisno qilish zarur boʻlganda, shifokor dermatoskopdan foydalanadi. Melanomani istisno qilish zarur boʻlgan murakkab holatlarda biopsiya buyuriladi.

Agar angioma organizmda boʻlsa, unda bir qator tadqiqotlar qoʻllaniladi – agar suyak ichi angiomasiga shubha tugʻilsa, rentgenografiya buyuriladi, ichki organlarning angiomasini aniqlashda angiografiya, ultratovush, KT qoʻllaniladi.

Zamonaviy davolash usullari

Albatta, odamlar angiomalarni davolash kerakmi yoki hech qanday tashvish tugʻdirmasa, ularga tegmagan yaxshimi degan savolga qiziqishadi. Agar angiomalar kichik boʻlsa, ularga tegmaslik va shunchaki kuzatib turish kerak. Kichik va oʻrta kattalikdagi angiomalar baʼzan olma sirkasili losyonlaridan keyin yaxshi yoʻqoladi (lekin qoʻllashdan avval shifokor bilan maslahatlashing).

Agar angiomalar katta boʻlsa, koʻp shikastlansa va qon ketsa yoki odamning tashqi koʻrinishida aks etib noqulaylik tugʻdirsa, ularni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash mumkin. Angiomani olib tashlashning uchta yoʻli mavjud: radiotoʻlqin bilan, lazer yordamida, elektrokoagulyatsiya qilib. Ushbu usullarning barchasi angiomani atrofdagi toʻqimalarga taʼsir qilmasdan olib tashlashga imkon beradi, protsedura ogʻriqsiz va qonsiz boʻlib, davolanish jarayoni tez oʻtadi va noqulaylik tugʻdirmaydi.

Konservativ davolash (kutish taktikasi, dori-darmonlar ichish, losyonlar) va operativ davolash (kriyodestruksiya, lazer bilan davolash, jarrohlik usullari) turlari mavjud. Ushbu patologiyani aniqlashning har bir holatida bemorga eng maqbul va mos davoni taʼminlaydigan individual yondashuv zarur.

Angiomaning oldini olish

Tugʻma angiomalarning oldini olishni iloji yoʻq. Quyosh nurlaridan saqlanish orqali ularning oʻsmirlik va balogʻat yoshida paydo boʻlishining oldini olish mumkin. Shuningdek, sogʻlom turmush tarzini olib borish va toʻgʻri ovqatlanishga rioya qilish kerak. ⠀

Agar angioma juda koʻp boʻlsa, qoʻshimcha ravishda dermatolog va gastroenterolog bilan maslahatlashish, umumiy va biokimyoviy qon testini oʻtkazish, yashirin sogʻliq muammolari yoʻqligiga ishonch hosil qilish kerak.

ico
Asalga allergiya

Asal eng foydali mahsulotlardan biri hisoblanadi. Uning foydasi haqida koʻp gapiriladi, ammo, afsuski, hamma ham uni yeyishi mumkin emas. Baʼzi odamlarda asalga kuchli allergiya boʻlishi mumkin.

 Asalga allergiya kamdan-kam uchraydigan hodisa. Statistikaga koʻra, dunyoda aholining 1% dan kamrogʻi bundan aziyat chekadi. Biroq, soʻnggi yillarda kasallar soni ortib bormoqda. Koʻpincha bu turdagi allergiya bolalarda uchraydi, ammo ularda yengil kechadi. Kattalardagi alomatlar ogʻirroq boʻlishi mumkin.

Asalga allergiyaning sabablari

Asal allergiyasining asosiy sabablaridan biri irsiy moyillikdir. Agar ota-onada asalga allergiya boʻlsa, bolalarda allergiya paydo boʻlishi ehtimoli ancha yuqori. Masalan, agar ota-onadan biri allergiyaga duch kelsa, bolada kasallik ehtimoli 30% ni tashkil qiladi. Va agar dada ham, onada ham kasallik boʻlsa, bolada allergiya boʻlish ehtimoli 60-70% gacha koʻtariladi.

Allergiyaning yana bir sababi asalning oʻzi emas, balki undagi oz miqdordagi gul changi boʻlishi mumkin. Gul changiga allergiya esa juda keng tarqalgan holat.

Yana bir qiziq fakt: koʻpincha allergiya yozgi va kech yozgi asal navlaridan kelib chiqadi. Ammo may asaliga allergiya juda kam uchraydi.

Aytgancha, yirik korxonalar tomonidan sanoat usulida ishlab chiqarilgan asal odatda allergiyani qoʻzgʻatmaydi, chunki u gul changidan tozalanadi. Ammo eng yaxshi, tabiiy va shifobaxsh deb hisoblangan qishloq xoʻjaligi asali allergiyaga olib kelishi mumkin, chunki ularda gul changlari bor.

Asalga allergiya qanday namoyon boʻladi

Asal allergiyasining belgilari turli boʻlishi mumkin:

  • nafas olish tizimida: yoʻtal, burun oqishi, bronxlardagi spazmlar, nafas olish qiyinlashuvi;
  • ovqat hazm qilish tizimida: qorin dam boʻlishi va ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, diareya, tomoq ogʻrigʻi;
  • yurak-qon tomir tizimida: past bosim va aritmiya;
  • asab tizimida: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, hushidan ketish;
  • terida: qichishish, dermatit, ekzema.

Asal allergik reaksiyalarning jiddiy namoyon boʻlishiga olib kelishi mumkin, baʼzan Kvinke shishi va anafilaktik shok kabi halokatli holatlar kelib chiqadi.

Asalga allergiyani qanday davolash kerak

Agar asalga allergiya juda kuchli namoyon boʻlsa, unda eng yaxshi yechim butunlay asal yemaslik, chunki allergenning hatto oz miqdori ham anafilaksiyaga olib kelishi mumkin.

Diagnostika

Odatda, shifokor bemorga qaysi mahsulot shubha ostida ekanligini aniqlash uchun savollar beradi. Bu allergenni aniqlash uchun yetarli boʻladi.

Shuningdek, shifokor teri testini buyurishi mumkin. Tadqiqot davomida tana qaysi stimulga javob berishini tushunish uchun teriga turli xil allergenlar qoʻllaniladi. Bunday test allergiya avji va gullash mavsumida oʻtkazilmaydi. Yana bir keng tarqalgan tadqiqot — shubhali allergenga antitanalarni aniqlash.

Zamonaviy davolash usullari

Agar asalga allergiya kuchli namoyon boʻlsa, antigistaminlar, ogʻir holatlarda esa glyukokortikosteroidlar yordam beradi. Ammo ularni qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar mavjud, shuning uchun ularni faqat shifokor tavsiyasiga binoan qoʻllash kerak.

Allergiyani davolash uchun allergenga mos immunoterapiya (ASIT) ham qoʻllaniladi. Uning mohiyati quyidagicha: allergen teri ostiga yuboriladi yoki til ostiga tomiziladi. Boshlanishiga allergik reaksiyaga olib kelmaydigan oz dozada. Keyin immunitet hujayralari allergenga “koʻnikishi” va notoʻgʻri reaksiya bildirmasligi uchun doza asta-sekin oshiriladi. Bu juda uzoq muddatli davolash: 3-5 yil davom etadi, ammo natijada allergiya namoyon boʻlishi sezilarli darajada kamayadi.

Asalga allergiyaning oldini olish

Asalga allergiyadan saqlanishning eng oson usuli — uni isteʼmol qilmaslik. Bundan tashqari, mahsulotlarning tarkibini, ayniqsa qandolat mahsulotlarini diqqat bilan oʻrganishingiz kerak – ularda asal boʻlishi mumkin.

Agar siz asalni yoki pishirilgan mahsulotni tarkibini bilmasdan isteʼmol qilsangiz va allergik reaksiya boshlanishini tushunsangiz, ichakdagi allergen qoldiqlarini bogʻlaydigan va uning qonga kirishiga toʻsqinlik qiladigan biror sorbent iching. Yoki soli yormasidan tayyorlangan boʻtqa yeb oling. Kuchli allergik reaksiya boshlansa, darhol tez yordam chaqiring!

ico
Allergiyada parhez qilish kerakmi?
Allergiya odatda immun tizimi zararsiz moddani xavfli deb hisoblaganda sodir boʻladi. Shu sababli organizm antitanalar ishlab chiqaradi. Allergen tanaga qayta kirgandan soʻng, ular hujayralarga gistamin kabi mediatorlarni ishlab chiqarish uchun signal beradi. Mediatorlar esa oqibatda odamga “zahar” bilan kurashishga yordam berib allergiya oqibatlarini keltirib chiqaradi. Koʻpincha immunitet tizimi quyidagilarga reaksiya bildiradi:
  • havo orqali taʼsir etish xususiyatiga ega moddalarga: chang, hayvonlarning junlari, burgalar va mogʻor;
  • asalarilar yoki ari kabi hasharotlarning chaqishi;
  • dori-darmonlar, ayniqsa penitsillin yoki unga asoslangan antibiotiklar;
  • lateks;
  • baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari.

Nima uchun ovqatlar allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin?

Agar odam mavsumiy allergiyaga ega boʻlsa, u oziq-ovqatga allergiya boʻlmaydi degani emas. Bu bir necha sabablarga koʻra sodir boʻladi:
  1. Chunki mahsulotlarning oʻzi allergendir.
Agar siz allergiyaga sabab boʻluvchi mahsulotlarni isteʼmol qilsangiz, noxush alomatlar paydo boʻladi. Ammo bu yagona variant emas. Oziq-ovqat allergenlari tanaga teri bilan aloqa qilish yoki nafas olish yoʻli bilan kirishi mumkin. Ayniqsa, ovqatni tayyorlash vaqtida – masalan, baliqni qovurayotganda. Sabab dorilar va kosmetikada ham boʻlishi mumkin.
  1. Chunki mahsulot allergenga oʻxshaydi.
Turli xil allergenlarda, masalan chang, oziq-ovqat, dori-darmonlar, hasharotlar zaharlari va boshqalar, oqsil boʻlaklarining tuzilmalari bilan oʻxshash boʻlishi mumkin. Shuning uchun organizm xato qilib bir moddani boshqasi bilan adashtirishi mumkin. Qoidaga koʻra bu faqat xom mahsulotlar bilan boʻladi.Gap shundaki, pishirish paytida oqsilning tuzilishi oʻzgaradi va organizm uni endi dushman deb qabul qilmaydi.
  1. Chunki ular gistamin darajasini oshiradi.
Baʼzi oziq-ovqatlar hujayralarni gistaminni chiqarib yuborishiga olib keladi. Gistamin allergiya alomatlarini keltirib chiqaradi. Shuning uchun, uning darajasi koʻtarilganda, odamning ahvoli yomonlashadi. Gistamin darajasini oshiradigan mahsulotlar keng maʼnoda gistaminoliberatorlar deb ataladi. Bular shokolad, sitrus mevalar, qulupnay, qahva va boshqalar. Ular isteʼmol qilingan miqdoriga qarab yengil psevdoallergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun, yangi yil bayramida bolalarning yonoqlari koʻpincha shirinliklar va mandarinlar tufayli qizarib ketadi.

Nima uchun allergiyada parhez qilish kerak

Allergologlar parhezni ikki holatda tavsiya qiladilar.
  1. Alergiyani yengillashtirish uchun
Doimiy va qattiq parhez zarur emas, ammo oʻtkir bosqichda ahamiyatga ega allergenlarni isteʼmol qilmaslik kerak. Yaʼni, allergiyaga olib keladigan mahsulotlarni cheklash kifoya. Bunday ovqatlanish eliminatsion deb ataladi. Bu qatʼiy parhezdan yaxshiroqdir, chunki ovqatdan olinadigan baʼzi foydali moddalardan mahrum boʻlish xavfi yoʻq. Parhez bemorning holatiga qarab allergolog tomonidan tuziladi. Allergiya vaqtida parhez natija koʻrsatishi uchun vaqt kerak boʻladi. Odatda 4-8 hafta , simptomlar kamayguncha parhez qilinadi. Ushbu davrda shifokorlar oziq-ovqat kundaligini yuritishni va unda nima yeyayotganingizni qayd etishni maslahat berishadi.
  1. Allergiya nimadan ekanligini aniqlash uchun
Odatda, buning uchun mutaxassis teri testini buyuradi yoki qondagi immun oqsillari — E sinfidagi immunoglobulinlar (IgE) tarkibini aniqlaydi. Ammo allergiya avjida teri testlari noaniq natija beradi va barcha allergenlar uchun immunoglobulinlarni topshirish qimmat va har doim ham aniq natija koʻrsatmaydi. Agar sababni aniqlashning iloji boʻlmasa va siz eliminatsion parhezdan keyin taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishni boshlasangiz, kamida 4 hafta davomida oziq-ovqat kundaligini yuritish tavsiya etiladi. Shoshilmaslik ularni navbat bilan yeyishni boshlash juda muhimdir. Shunday qilsangiz, allergiyaga nima sabab boʻlayotganini darhol sezasiz.

Qaysi mahsulotlardan ehtiyot boʻlish kerak

Sensibilizatsiya reaksiyasini qoʻzgʻatmaslik yoki vaziyatni yomonlashtirmaslik uchun isteʼmol qilayotgan taomlaringizga eʼtiborli boʻling. Oziq-ovqat allergiyasiga 90% sabab boʻluvchi mahsulotlar
  • tuxum;
  • baliq;
  • sut;
  • yeryongʻoq;
  • dengiz mahsulotlari;
  • soʻya;
  • yongʻoqlar;
  • bugʻdoy.
Ammo allergik reaksiya har qanday mahsulot bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Shuning uchun, siz isteʼmol qilgan hamma narsani oziq-ovqat kundaligiga kiritishingiz juda muhimdir. Aytib oʻtganimizdek maʼlum bir oziq-ovqat tarkibida gistamin mavjud. Odatda fermentatsiya, muzlatish va konservalash paytida, ayniqsa uzoq vaqt saqlanadigan goʻsht va baliqlarda toʻplanadi. Masalan, ular:
  • dudlangan, tuzlangan va muzlatilgan baliq: skumbriya, seld baligʻi
  • pishloq: parmezan, , emmental, gauda;
  • kolbasa;
  • konservalar;
  • tuzlangan karam;
  • shampan va boshqa vinolar.
Hujayralarni gistamin ishlab chiqarishga majbur qiladigan oziq-ovqat ham mavjud. Bular:
  • sitruslar;
  • yongʻoqlar;
  • ismaloq;
  • pomidor;
  • qulupnay.
Gistaminni parchalashga xalaqit beradigan fermentni oʻz ichiga olgan mahsulotlar juda kam uchraydi. Masalan, bu qora va koʻk choy. Ammo koʻplab dorilar bu taʼsirga ega: steroid boʻlmagan yalligʻlanishga qarshi dorilar, asetilsalitsil kislotasi, ambroksol, asetilsistein va boshqalar.
ico
Allergiyaning yil davomida namoyon bo’ladigan 7ta belgisi
Yo’tal va bosh og'rig'i har doim ham shamollashni anglatmaydi. Ba'zida ular allergiyaning belgilari bo’ladi. Bu maqolada yil davomida sizni bezovta qilishi mumkin bo'lgan allergiya alomatlari bilan tanishasiz. Ko'p hollarda ularni sababi allergiya ekanligini taxmin ham qilmaysiz.

1. Quruq yo'tal

Agar u uch haftadan ko'p davom etsa, bu allergiya bo'lishi mumkin. Ayniqsa, shamollashning boshqa belgilari bo'lmagan hollarda, masalan: isitma yoki o'tkir tomoq og'rig'i yo'q bo'lsa. Odatda, allergik alomatlar biron bir allergen bilan aloqa qilganda kuchayadi. Masalan, uyda chang to'planib qolishi yoki tozalash vositalaridan nafas olish natijasida. Ko'pincha yo'tal pollinoz bilan birga keladi (mavsumiy changga allergiya). Kasallik turli xil daraxtlar va o'tlardan kelib chiqadi. Aytaylik, ba'zilar faqat bahorda, qayin gullaganda yo'taladi. Ba’zilarda esa allergiya yozning ikkinchi yarmida paydo bo'ladi. Uy hayvonlarining juni va mog'ordan ham bronxlar bezovta bo’lishi mumkin. Bu yoqimsiz alomat uyda suvaraklar paydo bo'lganda ham namoyon bo’ladi. Ularning so’laklari va mayda tana zarralari chang bilan aralashib, allergiya keltirib chiqaradi.  

2. Teri qurishi

Teri allergiyasi har doim ham qizil qichiydigan toshma bilan namoyon bo'lmaydi. Ba'zida allergen bilan aloqa qilgandan so'ng, odam faqat terisida quruqlikni his qiladi. Masalan, zargarlik metallari, kosmetika, tozalash vositalari va dorilar bunday reaksiyaga olib kelishi mumkin. Teri qurishi allergiyadan ekanligini anglash ko’pincha qiyin bo'ladi. Ayniqsa, qishda xonalarni isitish va tashqaridagi sovuq havo tufayli deb o'ylaymiz. Allergen faqat quyosh nuri ta'sirida o'zini namoyon qilishi mumkin – bu holat fotoallergik dermatit deb ataladi. Uning sababi mutlaqo zararsiz narsalar: soqol olish uchun losyon, parfyumeriya va hatto quyosh ta’siriga qarshi krem va boshqalar bo'ladi.  

3. Bosh og'rig'i

Allergiya bo'lganingizda ba'zida burun bo’shliqlarida yallig'lanish sababidan og'riq paydo bo'ladi. Sog'lom odamda ularning ichi bo'sh bo’ladi, ammo allergen bilan aloqa qilganda shish paydo bo'ladi, bu teshiklarni to'sib qo'yadi va bo’shliqlar ichidagi bosimni keltirib chiqaradi. Ba'zida og'riq yonoqlarga, jag'ga, boshning orqa qismiga ta'sir qiladi. Bu og’riq yengil yoki kuchli bo'lib o'zgarib turishi mumkin. Masalan, uyg'onganidan keyin odam o'zini yomon his qiladi va o'rnidan turganda alomatlar kamayadi. Chang, mog'or va uy hayvonlarining junlari bu reaksiyaga sabab bo'ladi. Kasallikning bundan boshqa belgilari bo'lmasligi ham mumkin. Ba'zi allergiya bilan og'riganlar migrenni boshdan kechirishadi, bu pulsatsiyalanuvchi og'riq odatda boshning yarmini qoplaydi. Yorqin nurda ahvol yomonlashadi va ba'zida ko'ngil aynishi ham kuzatiladi. Hatto yong’oq, tuxum yoki sut kabi oziq-ovqat mahsulotlari ham bunga sabab bo'lishi mumkin.  

4. Ko'ngil aynishi va qayt qilish

Immunitet tizimi xavfli deb hisoblagan moddaga duch kelganda gistaminni ishlab chiqaradi. Ushbu neyromediator allergenlarni tanadan chiqarib yuboradigan jarayonlarni ishga tushiradi. Oddiy vaziyat: odam burun orqali allergendan nafas oladi, burun oqishi va aksirish paydo bo'ladi. Oziq-ovqatga allergiyada ko'ngil aynishi va qayt qilish kabi belgilar bo’ladi, ularni esa ko’pincha ovqatdan zaharlanish deb o’ylaymiz. Bundan tashqari, og'iz bo’shlig’ida qichishish, bosh aylanishi, qorin og’rig’ini his qilish mumkin. Ko'pincha kasallik diareya bilan birga ham keladi. Deyarli har qanday ovqatga allergiya bo’lish mumkin, ammo reaksiyani tez-tez keltirib chiqaradigan ovqatlar mavjud. Bularga sut, tuxum, yong’oq, baliq, mollyusklar kiradi.  

4. Charchoq va uyqusizlik

Turli xil allergenlar orasida juda keng tarqalganlari — yostiq va choyshablarda uchraydigan uy hayvonlari junlari yoki burgalar. Ular kasallikni qo'zg'atganda odam kechasi bezovtalanib uxlaydi. Inson buni sababi allergiya ekanligi bilmay qoladi, ayniqsa boshqa alomatlar yengil bo'lsa. U shunchaki charchoq va asabiylikni boshdan kechiradi, xuddi uyqusizlikka duchor bo’lgani kabi. Ushbu holat yallig'lanishni keltirib chiqaradi – u tana allergiya alomatlariga qarshi kurashganda paydo bo'ladi.  

5. Nafas qisilishi

Changga toqat qilolmaydigan odamlar ko'pincha bunday alomatga duch kelishadi. Tomoq va nafas yo'llarining shishishi o'pkaning yetarli miqdordagi havoni ushlab turishini qiyinlashtiradi. Boshqa hollarda, yallig'lanish jarayonlari halqumda paydo bo'ladi. Allergen bilan uzoq muddatli aloqa surunkali laringitga olib kelishi mumkin (odamning tomog'i tez-tez og'riydi va ovozi xirillaydi). Mog'or allergiyasi ba’zi hollarda pnevmoniyaga ham olib keladi, chunki zamburug’ sporalari o'pkaga kirib oladi.  

6. Tashvishlanish

Ko'pincha tashvish hissi allergiya bilan ham bog'liq. Biror kishi allergenga duch kelganda tashvish hissi kuchayishi mumkin. Masalan, u gullarni hidlaydi yoki ma'lum bir taomni tatib ko'radi, biroz o'tib unda bu his paydo bo'ladi. Buning sababi sitokinlardir. Ular yallig'lanishga qarshi molekulalar bo'lib,  allergiya paytida ajralib chiqadi va umumiy ruhiy holatga ta'sir qiladi. Bundan tashqari, tashvish kasallikning boshqa belgilari bilan qo'zg'atiladi, masalan, uyqusizlik. Bunday alomatlarni e'tiborsiz qoldirish va asosiy kasallik bilan bog'liqlikni sezmay qolish oson, chunki kattalar ko'pincha tashvishlanishni allergiya emas, balki stress bilan izohlashadi. Allergiya har doim ham erta bolalikdan boshlanmaydi. Ilgari u bilan bog’liq hech qanday muammolarni sezmagan kattalar ham unga duch kelishi mumkin. Nafaqat bahorda, balki boshqa mavsumlarda ham sog’lig’ingiz yomonlashishini his qilishingiz mumkin, chunki ba'zi allergenlar yil davomida siz bilan bo’ladi. Agar g'ayrioddiy alomatlar paydo bo'lsa, darhol mutaxassis shifokorga murojaat qilishingiz kerak.  
ico
Allergik rinit

Allergik rinit — yuqori nafas yo'llarining kasalligi bo'lib, organizmda allergik reaksiyaning paydo bo'lishi tufayli yuzaga keladi. Bu kasallik ko'pincha mavsumiydir (gul changiga allergiya bo'lsa). Rinit o'tkir va surunkali bo`lishi mumkin.

Kasallik sabablari

Burun shilliq qavatining shishishi tufayli rinit paydo bo'ladi. Kasallikni qo`zg`atuvchi asosiy sabablar – allergiya uyg`otuvchilar bo`lib, ulardan eng tarqalganlari - o`simlik changchilari, chang, uy hayvonlari tuklari, kimyoviy moddalar, dori vositalari va zamburug`lar hisoblanadi.

Bu kasallik nasldan naslga o`tadi. Bolalarda bu kasallik immunitetning zaiflashishi tufayli yuzaga keladi.

Allergik rinitning belgilari

Allergik rinit quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:

  • tumov;
  • burun bitishi;
  • tez-tez aksirish;
  • tomoqdagi qitiqlash hissi;
  • davomli yo'tal xurujlari;
  • ko'z qichishishi, ko`z yoshi ajralishining kuchayishi;
  • ko`zlarning yorug'likka sezgirligi ortishi;
  • hid bilish qobiliyatining yo`qolishi;

Diagnostika

Davolash uslubini aniqlash uchun allergolog-shifokor umumiy tekshiruvdan ot`kzagandan va bemor shikoyatini tinglagandan so'ng, quyidagi tekshiruvlar va tahlillarni tayinlaydi:

  • qonning umumiy tahlili;
  • immunogramma;
  • burundan ajratilgan shilliq moddaning laboratoriya tekshiruvi;
  • rinoskopiya;
  • allergiya sababini aniqlash uchun provokatsion teri testlari.

Allergik rinitni davolash

Allergik rinitni davolash quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • immunoterapiya;
  • antigistamin dorilar;
  • qon tomirlarini toraytiruvchi dorilar;
  • hujayra membranasi stabilizatorlari;
  • glyukokortikosteroidlar;
  • davolovchi mashqlar;
  • ingalyatsiya.

Burun to`sig`ining qiyshiqligi tufayli kelib chiqqan surunkali rinitda jarrohlik amaliyoti o`tkazilishi buyuriladi

Parhez

Kasallikni davolash paytida shifokor bemorga ma'lum bir parhezni belgilaydi, bu parhez quyidagi oziq-ovqatlarni iste'mol qilishni istisno qiladi:

  • tovuq go`shti, tovuq tuxumi;
  • mevalar (ayniqsa, sitrus mevalar);
  • asal va u bilan bog`liq mahsulotlar;
  • bo'yoqlar va oziq-ovqat qo'shimchalari bo'lgan yeguliklar va suyuqliklar.

Xavfli jihatlari

Agar allergik rinit o'z vaqtida davolanmasa, quyidagi asoratlar paydo bo'lishi mumkin:

  • sinusit;
  • otit;
  • eshak yemi;
  • bronxial astma;
  • Kvinke shishi;
  • atopik dermatit.

Xavf guruhi

Xavf guruhidagi bemorlar:

  • naslida allergik kasalliklar borlar;
  • ekologik jihatdan nosog'lom joyda yashovchi odamlar;
  • tez-tez yuqumli kasalliklarga chalinadigan bolalar;

Profilaktika

Shifokorlar quyidagi profilaktika choralarini tavsiya qiladilar:

  • allergiya qo`zg`atuvchilar bilan aloqada bo`lmaslik;
  • yozda ochiq havoda harakat qilishni cheklash (agar o`simlik changiga allergiya bo'lsa);
  • haftasiga kamida bir marta uyda nam tozalashni amalga oshirish;
  • shampunlar, cho`milish uchun gellar, kremlar va boshqa kosmetika vositalarini ishlatishdan oldin, allergik reaksiyani tekshirish uchun ularni tirsakning bukiladigan joyiga surtib ko`rish;
  • to'g'ri ovqatlanish.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

ico
Abstinensiya - ruhiy va somato-nevrologik buzilish

Abstinensiya narkotiklarni uzoq vaqt qabul qilishni to‘xtatish qoibatida yuzaga keladigan ruhiy va somato-nevrologik buzilishlarning birga kelishidir. Abstinensiya quvvatsizlik, ko‘p terlash, qusish, ich ketish, qo‘l titrashi, bo‘g‘imlarda og‘riq, nafas qisishi, yurak o‘ynashi va uyqusuzlik bilan kechadi. Abstinensiya holatida bemorlar ruhi tushgan yoki asabiy, serzarda bo‘lib qoladilar. Og‘ir abstinent sindrom agressiya bilan kechishi mumkin. Ba’zan bemorlar har qanday yo‘l bilan narkotikni olish uchun yig‘laydilar, o‘zlarini kasallikka soladilar: narkotik kiritilgandan so‘ng bu holat yo‘qolib ketadi. Hattoki, bemorlar qulflarni buzib preparatlarni o‘g‘irlaydilar.

[caption id="attachment_2440" align="aligncenter" width="365"]Abstinensiya Abstinensiya[/caption]

Yotoq rejimida davolanadi

Abstinensiyani davolash narkolog shifokor tomonidan shifoxonada yotish rejimida olib boriladi. Bemorlar bu holatdan davolanishni ko‘p ham istashmaydi. Dorilarni qabul qilishi nazoratsiz qoldirilsa, bemorlar dori vositalarini qabul qilmasligi mumkin. Shu sababdan bemor doimo naorat ostida bo‘lishi lozim.

[box type="info" ]Maqola Avitsenna.uz saytining "Ensiklopediya" rukni orqali e'lon qilinmoqda. Bu rukn orqali siz tibbiy atamalar, kasalliklar haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Rukn har doim to‘ldirilib boriladi![/box]

ico
Arterial gipertoniyaning qanday turlari farqlanadi?

Arterial gipertoniya - 18 va undan katta yoshdagi aholining qariyb 20 foizida uchrashi aniqlangan. Katta yoshlilarda arterial gipertoniya bilan kasallanish ko‘payib borib, 60 yoshdan keyin 40 foizdan ortiq hollarda uchraydi.

Arterial gipertoniya bosh miya insulti, yurakning ishemik kasalligi, shu jumladan, o‘tkir miokard infarktini keltirib chiqaruvchi eng jiddiy omillardan hisoblanadi. Yurak qon-tomir kasalliklaridan bo‘ladigan kasallanish va o‘limning 30 foizidan ortig‘i arterial gipertoniya bilan bog‘liq.

Hozirgi davrda qon bosimining yuqorimi, pastmi, doimo bir xilda turishi «ishchi qon bosimi» deb yuritiladi. Bu degan so‘z kishi uni o‘zining o‘rtacha bosin deb bilishi lozim. Mabodo ana shu o‘rtacha bosim ko‘tarilsa, dori darmon bilan o‘z xoliga keltirish lozim, Ilgari bundan 1015 yil muqaddam bosim yuqori bo‘lsa, vrachlar darhol dori-darmonlar yordamida uni odatdagi normaga (120/60 mm ga) tushnrar edilar.

Hozirgi vaqtda odamning qon bosin o‘ziga xos qancha bo‘lib turishi surishtiriladi, uning organizmi o‘rgangan bosimni tushirish tavsiya etilmaydi, o‘sha baland bosimga odamning hamma organlari moslashib qolgan bo‘ladi. Agar bu bosimni pasaytirish tavsiya etilsa, bemorning tinkasi qurib charchaydi, behol bo‘lib qoladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda vrachlar dori-darmonlarni buyurishdan avval «kundalik o‘rtacha ko‘rsatkich bosimni» surishtirishadi.

Arterial gipertoniya quyidagi hollarda kelib chiqadi:

  • buyrak kasalliklari (nefrit, piyelonefrit va h.k.);
  • endokrin kasalliklar (feoxromatsitoma, Kushing sindromi, gipertireoz, aldosteronizm va boshqa);
  • tomir kasalliklari (aorta koarktatsiyasi, buyrak yoki uyqu arteriyalari siqilishi (stenoz);
  • uzoq vaqt gormonlar (glyukokortikoidlar) qabul qilish;
  • homilaga qarshi dorilar qo‘llash

Hozirda arterial gipertoniya kasalligining darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga asosan aniqlanadi. Bu mezonlar quyidagi jadvalda keltirib o‘tilgan:

Toifasi SAB (mm.sim.ust) DAB (mm.sim.ust)
Optimal arterial bosim < 120 < 80
Me’yoriy 120 - 129 80 - 84
Yuqori me’yoriy 130 - 139 85 -89
Birinchi darajali arterial gipertoniya (Yengil) 140 -159 90 -99
Ikkinchi darajali arterial gipertoniya 160 - 179 100 - 109
Uchinchi darajali arterial gipertoniya (Og‘ir) ≥ 180 ≥ 110
Alohida sistalogik arterial gipertoniya ≥ 140 ≤ 90

Bu kasallikni boshidan o‘tqazayotgan bemorlar agar cheksa chekishni to‘xtatish, ozishi, parhez saqlashi, alkogol, tuz miqdorini cheklashi hamda muntazam jismoniy mashqlar qilishi lozim!

O‘qing: Qon bosimi oshganda birinchi yordam ko‘rsatish

ico
Aritmiya - turlari, xavfli jihatlari, davolash va oldini olish usullari

Aritmiyalar haqida soʻz yuritish juda ham murakkabdir. Zero, bu muammo tibbiyotdagi, xususan, yurak xastaliklarini oʻrganuvchi soha – kardiologiyadagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Gap yurak maromining buzilishlari boʻlmish aritmiyalar haqida ketmoqda.

Aniqlik kiritamiz, aritmiya nima?

Aritmiya soʻzi yunoncha aritmos (“a” – yoʻq, “ritmos” – marom) soʻzidan olingan boʻlib, barcha yurak maromi buzilishlari uchun umumiy atama hisoblanadi. Aritmiya bilan tibbiyotning kardiologiya sohasi keng shugʻullanadi. Umuman olganda, yurak aritmiyasi yurakning kundalik “jismoniy” ishidagi oʻzgarish boʻlib, bunda yurak maromining son va sifat jihatidan buzilishi kuzatiladi.

aritmiya

Yurak aritmiyasi surunkali yoki xurujli boʻlishi, baʼzida qaysidir kasallikning yoki tanadagi buzilishlarning belgisi sifatida kuzatilishi mumkin. Misol uchun, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, sigareta chekish, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini qabul qilish aritmiyaga sabab boʻlishi mumkin. Aritmiyani tashxislash uchun EKG (elektrokardiografiya) tekshiruvi mavjud. Bu tekshiruv keng tarqalgan boʻlib, aritmiyalarni tashxislabgina qolmay, balki ularning turlarini ham aniqlashga yordam beradi.

Har bir inson hayoti davomi bir marotaba boʻlsa-da, yurak faoliyati buzilishini oʻzida his qilib koʻradi. Ayniqsa, imtihon oldidan, maʼsuliyatli vaziyatlarda, kuchli asabiylashishda yurak oʻzining “borligini” bildiradi. Yurak 24 soat davomida 100 000 martadan koʻproq qisqaradi.

Aritmiyaning turlari

Yurak aritmiyalarining bir necha turlari mavjud.

Sinus tugunining aritmiyalari koʻp hollarda xavfsiz boʻlib, alohida davo yoki yondoshuvni talab etmaydi. Bu aritmiyalarga sinusli taxikardiya, sinusli bradikardiya, sinusli aritmiya kiradi.

Sinusli taxikardiya bu yurak urishlari sonining 90 martada koʻp boʻlishidir. Bu aritmiya turi sogʻlom odamda ham uchraydi, masalan, yugurganda, zinadan yuqori qavatga koʻtarilganda yurak tana ehtiyojlarini qondirish maqsadida tezroq ura boshlaydi. Jismoniy yuklama toʻxtatilgach, yurak urishi soni oʻz meʼyoriga keladi. Biroq sinusli taxikardiya kamqonlik, qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlarning belgisi boʻlishi mumkin.

Sinusli bradikardiya yurak urishlari sonining 60 tadan kam boʻlishidir. Bu aritmiya ham sogʻlom odamda uchraydi, ayniqsa, uyqu paytida tananing ehtiyojlari kam boʻlganda, yurak urishlari soni kamayib ketadi.

Ektopik aritmiyalar murakkabrok aritmiya turi boʻlib, mutaxassis yondashuvini talab etadi. Bunday aritmiyalarni tashxislash uchun kardiolog-mutaxassisga murojaat qilish kerak. Ektopik aritmiyalarga hilpillovchi aritmiya, qorinchalar va qorincha usti ekstrasistoliyalari kiradi.

Ekstrasistola yurakning navbatdan tashqari qisqarishi boʻlib, odam ekstrasistola yuz berganda yurak joyidan qoʻzgʻalganidek, qotib qolgandek hissiyotni sezadi. Ekstrasistolalar sogʻlom odamda ham uchrab turadi. Biroq ularning soni bemor odamga nisbatan ancha kam boʻladi va maxsus davoni talab etmaydi.

Aritmiyalar qanday tashxislanadi?

Aritmiyalarni tashxislash uchun bemorda xuruj paytida EKG tekshiruvini oʻtkazish lozim. Buni davo muassasalarida bajarish mumkin. Murakkab aritmiyalar uchun esa yanada chuqurroq tekshiruv talab etiladi. Bunday tekshiruvlarga 24 soat davomida yurak faoliyatini yozib oluvchi Xolter boʻyicha EKG tekshiruvini olish mumkin. Bu tekshiruv mitti uskuna yordamida bajariladi. Ushbu uskuna odam tanasiga oʻrnatiladi. Tekshiruv yordamida koʻpgina murakkab aritmiyalarga tashxis qoʻyish mumkin. Bu tekshiruv ancha yillardan beri Oʻzbekistonda mavjud va muvaffaqiyat bilan qoʻllanilib kelinmoqda.

Aritmiya nimasi bilan xavfli?

Har qanday aritmiyani ham xavfli deyish nooʻrin. Xavf aritmiyaning qanchalik murakkabligiga, tanaga qanchalik zarar bera olishiga bogʻliq. Shuningdek, aritmiyaning xavflilik darajasini belgilashda, bemorning avval oʻtkazgan yoki ayni paytdagi kasalligi ham hisobga olinadi. Masalan, miokard infarkti oʻtkazgan bemorlarda aritmiyaning boʻlishi har doim yuqori oʻlim xavfi borligidan darak beradi.

Aritmiyani davolash

Zamonaviy tibbiyot aritmiyalarni davolashda ancha ilgarilab ketdi. Shunday boʻlsa-da, aritmiyaning baʼzi turlari oldida tibbiyot ojizligicha qolmoqda. Bugungi kunda aritmiyalarni ham dori-darmon bilan, ham dorisiz davolash mumkin. Har qanday aritmiya alohida yondashuvni talab etadi va har bir bemor bu borada oʻziga xosdir.

Aritmiyasi mavjud boʻlgan kishi mutlaqo oʻz-oʻzicha davolanmasligi, xususan, oʻzbilarmonlik bilan aritmiyani toʻxtatuvchi dori vositalarini isteʼmol qilmasligi kerak, chunki aritmiya boshqa xastaliklar bilan birga kechishi mumkin. Hamma aritmiyalar ham davo talab etavermaydi. Aritmiyani davolash zaruriyatini shifokor hal qiladi.

Tomir urishi qanday aniqlanadi?

Tomir urishlari sonini aniqlashni har bir odam bilishi kerak. Buning uchun shifokor boʻlish shart emas. Odam bilagining barmoqlarga yaqin qismining ikki chetida ikki arteriya tomiri oʻtgan, bu tomirlar koʻrsatkich va oʻrta barmoq bilan birga asta sekinlik bilan bosib koʻrilsa, tomir urishini aniqlash mumkin. Ammo tomir hamma odamga birday kuch bilan uravermaydi. Masalan, qon bosimi baland odamlarda tomir urishlari sezilarli daraja kuchli boʻladi.

Qon bosimi past odamlarda esa tomir urishini ilgʻash biroz qiyin. Shu sababli, tomir urishini aniqlashda, eʼtibor bir joyga jamlash kerak boʻladi. Tomir urishlari sonini aniqlash uchun avval tomirni yaxshilab topib olib, soʻngra sekundomer yoqiladi. Eʼtiborni tomirga qaratib, bir daqiqadagi urishlar sonini xayolan sanaladi. Sanayotgan paytda sekundomerga kamroq qarash lozim, aks holda inson beixtiyor sekundomer ishlash ritmiga qarab sanaydi va xato qiladi. Sogʻlom odamning yuragi tinch holatda 60 tadan 90 tagacha uradi. Tomir urishi sonidan tashqari uning, bir maromda urish-urmasligini ham aniqlash kerak.

Xurujda birinchi yordam

  • Derazalar ochiladi, koʻylakning yoqasi yechiladi, kamar sal boʻshatiladi.
  • Divan yoki oʻringa qulay oʻrnashiladi.
  • Koʻzlar yumiladi va 10 soniya davomida koʻz olmalari ikkala koʻrsatkich barmoq bilan qattiqroq, lekin ogʻritmaydigan darajada bosiladi. Ushbu amal 1 daqiqada 3 marta bajariladi.
  • Chuqur nafas olinadi va ushlab turiladi; amal 5 marta takrorlanadi va 2-3 daqiqa kutib turiladi, soʻngra yana bajarish mumkin.
  • Oyoqni tizza boʻgʻimida bukib, oʻtirib olinadi, qorinlar songa tekkan; shu vaziyatda chuqur nafas olib soʻng, kuchaniq bajariladi.

Muolajalar yordam bermagan hollarda tez tibbiy yordam chaqirish kerak. Xuruj tezda oʻtib ketgan boʻlsa-da, shifokor qabuliga borish lozim.

Aritmiyaga chalinmaslik choralari

  • Sigareta chekmaslik.
  • Spirtli ichimliklar isteʼmolini toʻxtatish.
  • Qahvani yoki tarkibidan kofein saqlovchi mahsulotlarni ortiqcha isteʼmol qilmaslik kerak.
  • Baliq mahsulotlarini koʻproq isteʼmol qilish lozim.
  • Yashil rangli har qanday sabzavot yoki oshkoʻkni koʻproq isteʼmol qilish lozim.
  • Profilaktik tarzda vitamin E qabulini esdan chiqarmaslik lozim.

© Umid Abdusattorov, karidolog.

ico
Arterial bosim

Arterial bosim bu tomirlar devoriga tushadigan qon bosimi bo‘lib, arterial bosim yurakdan otilib chiqadigan qon miqdoriga, qon oqimiga, umumiy pereferik tomirlarning nechog‘lik qarshilik ko‘rsatishiga, tomirlar devorining elatikligiga bog‘liq. Sistolik (maksimal), diastolik (minimal) va puls arterial bosimi farqlanadi.

[caption id="attachment_2458" align="aligncenter" width="500"]Arterial bosim Arterial bosimni o'lchash[/caption]

Sistolik bosim – arterial sistemada chap qorinch sistolasidan keyin payd bo‘ladigan puls to‘lqini maksimal ko‘tariladigan vaqtdagi bosim. Diastolik bosim esa yurak diastolasi oxirida, puls to‘lqini tushgan vaqtda yuzaga keladi. Sistolik va diastolik bosim o‘rtasidagi farq puls bosimi deyiladi.

Arterial bosim ma’lum soatlarda, yaxshisi ertalab, tushki ovqatgacha, imkon boricha bir xil hav haroratida o‘lchanadi.

Mavzuga aloqador maqola: Arterial gipertoniyaning qanday turlari farqlanadi

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri TeraFludir.

TeraFlu bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: 2 mg benzoksoniy xloridi, 1,5 mg lidokain gidroxloridi,; Yordamchi moddalar: etanol, qalampiryalpiz moyi, mentol, gliserin, xlorid kislotasi, tozalangan suv.https://apteka.uz/product/teraflyu

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: GRIPHOT, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Adenoid va ularni davolash usullari

Burun-halqum murtak bezining kattalashuvi adenoid deyilib, 2 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Ba’zan kattalarda ham kuzatilishi mumkin. Adenoid o‘sib kattalashganda burun-halqum gumbazini to‘ldirishi va yon devorlari bo‘ylab pastga, eshitish naylarining halqum og‘zigacha tarqalishi mumkin.

Adenoidlarning paydo bo‘lish sabablari

Burun-halqum murtagi to‘qimalarining patologik o‘sishi odatda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda, yuqumli kasalliklar bilan og‘rigandan keyin paydo bo‘ladi. Masalan, skarlatina, difteriya, qizamiq, angina, gripp kabi kasalliklarning kelib chiqishi shu jarayon bilan bog‘liq. Ba’zida irsiy sabablar, shuningdek tez-tez shamollashlar, ota-onalarning o‘z farzandlarining chiniqishlariga, sport bilan shug‘ullanishlariga va vaqtida tibbiy ko‘riklardan o‘tishlariga e’tiborsizlik bilan qarashlari ham adenoidlarga imkon yaratadi.

[caption id="attachment_10392" align="aligncenter" width="690"]adenoidlar Foto: Bestsellers.co[/caption]

Adenoid alomatlari

Avvalo burundan nafas olish buziladi, bola og‘izdan nafas ola boshlaydi. Bemor bo‘shashgan va parishonxotir bo‘lib qoladi. Adenoid tufayli organizmda kislorod yetishmasligi ro‘y beradi va bunda quyidagi holatlar kuzatiladi: bosh og‘rig‘i; umumiy madorsizlik; uyqusizlik; tez-tez charchash; badjahllik; eshitish qobiliyatining pasayishi; yuqori jag‘ tishlarning noto‘g‘ri rivojlanishi.

Adenoidlarning turlari

Adenoidlar uch darajada farqlanadi: I darajada adenoidlar dimog‘ suyagining 1/3 qismigacha yopib turadi, II darajada 1/2 qismigacha va III darajada 2/3 qismigacha yoki deyarli butunlay bekitadi. I darajada adenoid bolaning uyg‘oq paytida burundan nafas olishini sezilarli darajada qiyinlashtirmaydi, lekin uyqu paytida venalarning qonga to‘lishi tufayli ularning hajmi ozmi-ko‘pmi kengayadi. Shuning uchun kasallik anamnezida bolaning uxlash vaqtida og‘zi ochiq bo‘lishi aniqlansa, bu adenoid borligidan dalolat berishi mumkin.

Rivojlanishi

Murtak hajmining kattalashishi shu darajaga yetadiki, ayrim hollarda burun-halqum bo‘shlig‘ini, xoanalarini, eshituv nayini, burun-halqumni to‘liq egallashi mumkin. Bunday hollarda bemorda, quloqni tez-tez surunkali shamollashi eshitish qobiliyati keskin pasayadi, tovush jarangdorligi o‘zgaradi, manqalik, teri va yumshoq pardalarning oqarishi sodir bo‘ladi. Burun orqali nafas olishning o‘zgarishi buzilishidan so‘ng, burundan doimo seroz suyuqlik oqib turadi, burun bo‘shlig‘i tez-tez yallig‘lanib sinusitlar paydo bo‘ladi.

Adenoidlar qanday asorat berishi mumkin?

Bolalarda kasalliklar uzoq davom etganda yuz skeletining rivojlanishida beso‘naqay buzilishlarga olib keladi. Doimo osilib turadigan pastki jag‘ tor va cho‘zinchoq bo‘lib qoladi, yuqori jag‘da esa qattiq tanglay noto‘g‘ri rivojlanadi. U baland va tor bo‘lib shakllanadi, tishlaring noto‘g‘ri joylashishi tufayli prikus buziladi. Adenoidlar nafas funksiyasiga, miya qon aylanishining ayrim mexanizmlariga salbiy ta’sir qiladi. Xotira zaiflashib har xil nerv-psixik o‘zgarishlarga olib keladi. Burun-xalqum murtagining gipertrofiyasi bilan kasallangan bolalarda vaqt o‘tishi bilan ko‘krak qafasi shakllanishining buzilishi (g‘oz ko‘kragi), kamqonlik, ko‘z tubidagi dog‘ o‘lchamining kattalashishi kuzatilishi mumkin.

Adenoidni davolash

Konservativ davo o‘tkir shamollash vaqtida qo‘llaniladi, qolgan holatlarda adenoid faqat jarohlik usuli bilan olib tashlanadi. Konservativ usul murtaklar oz-moz kattalashganda yoki operatsiya qilib bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Bemorga antigistamin preparatlar va kalsiy glyukonat buyuriladi. Kattalashgan murtaklar burundan nafas olishni qiyinlashtirib qo‘yganda operatsiya zarur bo‘lib, u ko‘pincha 5-7 yoshlarda qilinadi. Biroq burundan nafas olish ancha qiyinlashganda, eshitish qobiliyati pasayib ketganda va adenoidlar tufayli boshqa patologik hodisalar ro‘y berganda adenotomiya ko‘krak yoshidagi bolalarda ham amalga oshiriladi.

Jarrohlikdan so‘ng

Operatsiyadan keyin bolani bolishli karavotga yonbosh bilan 25-30 daqiqa yotqiziladi, shu bilan bir vaqtda unga muz bo‘lakchasini yutish yoki muzqaymoq yalashga ruxsat beriladi (bu tana haroratining pasayishi va qon ketishining tezroq to‘xtatishiga yordam beradi). Operatsiyadan 2 soat keyin bemorga suyuq, sovuq ovqatlar beriladi. O‘tkir, issiq qovurib pishirilgan ovqatlar, murch, sirka qo‘shilgan, sho‘r taomlar berish mumkin emas, chunki bunday vaqtda burundan qon ketib qolishi mumkin. Shunday ovqatlanish tartibiga bemor 4-5 kun davomida rioya qilishi kerak.

Davolovchi mashqlar

Adenoid olib tashlangandan keyin bola burundan to‘liq nafas ololmaydi. Chunki u uzoq vaqt davomida og‘zidan nafas olishga o‘rganib qolgan bo‘ladi. Shifokor va ota-onalar ko‘magi bilan maxsus “burundan nafas olish gimnastikasi” bir oy davomida bajarib turilsa, bola burundan to‘liq nafas olishga o‘rganadi. Burun gimnastikasining quyidagi usuli tavsiya etiladi:

1-mashq: bemor ko‘kragini biroz chiqarib (tirishmay) va qornini biroz kirgazib, to‘g‘ri turadi; (tovonlar 90 darajali burchak ostida birlashgan). Bemor qo‘llarini ko‘krak qafasining quyi qismiga tirab, ohista burnidan nafas ola boshlaydi, shu bilan birga, qorin oldinga qappayib chiqib turmasligi kerak. Nafas olish vaqtida qo‘llar ostida qovurg‘alar ayrilayotgani yaqqol seziladi. Nafasni burundan asta chiqarish lozim.

2-mashq: bemor xuddi o‘sha holatda turibdi. Faqat qo‘llarini orqasiga qilib olgan va ikkala kaftini bilashtirgan; qornini imkon qadar ichkariroq tortish kerak. Burun orqali sekin nafas olinadi; bunda ko‘krak qafasi kengayadi va o‘pkalar bir maromda havoga to‘ladi. Shundan so‘ng albatta burundan ohista nafas chiqariladi.

3- mashq: bemor xuddi o‘sha holatda, ammo kaftlarini ensasiga qo‘ygan. Bunda barmoqlarning uchlari o‘rta chiziqqacha borib taqalgan; burun orqali chuqur nafas olish bilan bir vaqtda avval oldinga uzatilgan tirsaklar ikki tarafga asta yoyiladi. Sekin nafas chiqarilganida, tirsaklar asta boshlang‘ich holatiga qaytariladi.

4-mashq: xuddi o‘sha holat, ammo qo‘llar ikki yonboshga erkin tushirilgan. Nafas olinganda, badan bilan 12-15 darajali burchak hosil qilgunga qadar, qo‘llar ohista orqaga harakatlantiriladi; shu vaqtning o‘zida, shoshilmay, bemor oyoqlari uchida biroz ko‘tarilib, iloji boricha qornini ichiga tortib, o‘sha vaqtdayoq ko‘kragini shishiradi. Nafas chiqarilganda esa, ohista boshlang‘ich holatga qaytariladi.

 

Rajabboy MASHARIPOV, tibbiyot fanlari doktori, professor.
"Sihat salomatlik" gazetasi.

Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.

Otrivin bu – burun bo'shlig'iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)

1 ml Eritma tarkibida: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi 1 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o'n ikki suvli, natriy xlorid, dinatriy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.tozalangan suv

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi -https://apteka.uz/uz/product/otrivin

Nafas yo'li yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Amerika pediatriya akademiyasi bolalarni ovqatlantirish bo‘yisha tavsiyalarini o‘zgartirdi

Amerika pediatriya akademiyasi (American Academy of Pediatrics/AAP) bolalarni ovqatlantirish bo‘yicha tavsiyalarini kengaytirdi va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga meva sharbatlarini berishga qarshi chiqdi. Bolalarni ovqatlantirish bo‘yicha qo‘mita arizasi Pediatrics jurnalida chop etildi.

bolalar ovqatlanishi

Arizaning asosiy qismlari

  • 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga meva sharbatlarini berishning hech qanday foydasi yo‘q. Bolalarning sog‘lom mo‘’tadillashtirilgan ratsionida meva sharbatlari hech qanday o‘rin tutishmaydi va ularning butun mevalardan ustunligi yo‘q.
  • Tiklangan meva sharbatlari va 100 %li yangi sharbatlar 1 yoshdan katta bo‘lgan bolalar ovqatlanish ratsionini bir qismi bo‘lishi mumkin. Lekin mevali ichimliklar meva sharbatining to‘liq ekvivalenti sifatida qaralmaydi.
  • Diareyani davolashda va organizmning suvsizlanishida sharbatdan foydalanilmaydi.
  • Sharbatlarni haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish ovqatlarni ko‘p yoki kam, shuningdek diareya, meteorizm, qorin dam bo‘lishi va kariyes bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
  • Kalsiy bilan boyitilgan sharbatlar kalsiy va vitamin D manbai bo‘lishi mumkin, lekin uning tarkibida ona suti, bolalar aralashmalari yoki sigir suti tarkibidagi ozuqlantiruvchi moddalar yo‘q.

Bolalarni ovqatlantirish bo‘yicha AAP tavsiyalari:

  • Agar klinik ko‘rsatma bo‘lmasa, sharbatlarni 12 oygacha bolalar ovqatlanish ratsioniga kiritish kerak emas.
  • Sharbatni iste’mol qilishni chegaralash:
    - 1 yoshdan 3 yoshgacha bolalarga 1 kunda 4 unsiy (120 ml);
    -4-6 yoshdagilarga 1 kunda 4 dan 6 unsiy (120-180ml);
    - 7-18 yoshdagilarga 1 kunda 8 unsiydan oshmagan (240ml) yoki 1 stakan sharbat buyuriladi.
  • Butilkadagi yoki yengil transportirovka qilinadigan idishdagi sharbatlarni bolalarga berish mumkin emas.
  • Sharbatni uyqudan oldin berish mumkin emas.

© med-info.uz

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Asrning buyuk yo‘lg‘oni: Sellyulit

Bundan 100 yil oldin ayollar, terilaridagi notekisliklar – bu chiroyli emas va ularni qanday qilib bo‘lsayam yo‘qotish kerak degan tushunishni hatto hayollariga ham keltirmaganlar. Klassiklarni rasmlarida ko‘ylaksiz go‘zal ayollar o‘zlarini tanalarini ko‘z – ko‘z qilib turishgan, usta – rassom esa ularni bellaridagi notekisliklarni yaqqol chizib ko‘rsatib bergan edi. Endi esa tananing bunday holati zamonamiz ayollari uchun yomon tush kabi bo‘lib qolgan va unga qarshi ayyovsiz kurashish kerak (aslida esa hojati yo‘q!) degan tushuncha paydo bo‘lgan.

Sellyulit nima o‘zi?

Sellyulit – bu teridagi odatda qorin, bel va dumbadagi notekislik va do‘ngiliklar hisoblanadi. XX – asr boshigacha bu nafaqat kasal hisoblanmagan hatto kosmetik nuqson sifatida tan olinmagan: o‘sha zamon yulduzlari rasmlarida biz bu holatni butun go‘zaligida ko‘ramiz va hatto reto‘sh rivojlangan davrlarda ham buni maskirovka qilish, berkitish hech kimni hayoliga kelmagan. Sellyulit mavjudligi o‘zingizni his qilishingizga ta’sir qilmaydi, modda almashuvi yomonlashmaydi va teri elastikligiga zarar yetkazmaydi. Uni mavjudligi hech narsaga umuman ta’sir etmaydi, agar kuzatuvchilarni estetik hissiyotlarini inobatga olmasak.

sellyulit

Birinchi marta sellyulit haqida 19 asrda Fransiyada so‘z yuritilgan. O‘sha paytda terini bu holatini “apelsin po‘stlog‘i” deb nomlangan va bu kosmetik nuqson hisoblanmay shunchaki terini holati bo‘lgan. Sellyulitni hozirgi tushunchasi 1973 yilda tug‘ilgan: ayni o‘shanda Gollivud yulduzlarini uchun kosmetik salon egasi Nikol Ronsar o‘zini “Sellyulit”: bu siz oldin qutula olmagan g‘ijimlar, shishchalar va do‘ngchalar degan kitobni chop etdi. Uni tan olishicha sellyulit muammosi bilan u 1967 yildan buyon shug‘ullanib, undan xalos etish usullarini izlagan va niyatiga yetgan. Asosiy jiloli jurnal Vogue kitobga retsenziya chop etdi va u bir zumda bestellerga aylandi va millionlab ayollar tanasidagi do‘ngichalarga qarshi kurashib g‘alaba nashidasiga surishni orzu qila boshladilar. Ronsarni kitobi bir necha marta qayta chop etildi va unga qo‘shimcha sifatida parhez retseptlar to‘plamini ham chop etdi. 2008 yilda kitob butunlay qayta ishlandi va “Sellyulitni bartaraf qilish” nomi bilan chop etildi.

Nega terini notekisliklari bilan kurashish g‘oyasi shunchalik mashhur bo‘lib ketdi

Aytish kerakki, aynan XX – asrda ayollar go‘zalligi tushunchasi butunlay o‘zgardi: to‘lishgan, do‘mboq, go‘zallar o‘rniga endi yosh o‘smir qizlarnikiga o‘xshash qaddi – qomatlar mashhur bo‘la boshladi: ingichka bel, kichkina ko‘krak, ingichka qo‘l va oyoqlar va albatta bolalarnikiday tekkis ideal teri. Go‘zallikni “bolalarcha” standarti modaga kirib keldi.

Xo‘sh, sellyulitchi? U bu yangi standartlarga to‘g‘ri kelmadi, o‘smir qizlarda sellyulit bo‘lmaydi, chunki u yetilgan teri va teriosti kletchatkasi alomatidir. Bu katta odamni, farqi yo‘q, erkakmi yoki ayolmi terisini absolyut normal holati hisoblanadi. Nikol Ronsar esa o‘z kitobida sellyulit – bu organizmni zaharlar bilan zaharlanish oqibati deb taqidlashni davom ettirdi va zaharlardan xalos bo‘lishni taklif etdi.

1978 yilda Amerika tibbiyot assotsiyasi sellyulitni kasallik emas va uni davolashni hojati yo‘q deb e’lon qilishiga qaramasdan, undan qutulush usularini taklif etayotgan kosmetik kompaniyalar uchun sellyulit – oltin xazina bo‘lib qoldi. Mana 50 yildan ortiq vaqtdan buyon sellyulitdan qutulish uchun yuzlab massaj turlari, o‘ranishlar, kremlar, yog‘lar va skrablar taklif etilmoqda, protseduralar – eng talab qilinayotgan xizmat turlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Gap shundaki, sellyulit qaryib hammada bor

Apelsin po‘stlog‘i effektini yaratadigan do‘ngchalar, teri osti yog‘ kletchatkasini to‘planishi teri va mushaklarini birlashtiradigan to‘qimani tortilib ketishi oqibatida paydo bo‘ladi. Statistikaga ko‘ra, kamida 90% ayollarda sellyulit kuzatiladi, chunonchi uni mavjudligi tana vazni va semizlik darajasiga bog‘liq emas.

Hatto ozgandan so‘ng u oldingidan ham ko‘proq kuzatiladi. O‘zgacha tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lgan yog‘ qatlalarini paydo bo‘lish sabablari bor. Teri osti qatlamda yog‘ hujayralari – adipotsitlar joylashgan.

selyullit erkaklarda

Teri va chuqur to‘qimalarni birlashtiradigan tolalar, yog‘lar to‘planadigan yacheykalarni shakllantiradi. Yog‘ hujayralari o‘lchami kattalashmasa, bu yacheykalar teri ustida do‘ngichalar paydo qiladi. Ayollar adipotsiti erkaklarnikiga qaraganda yirikroq va ko‘proq yog‘ to‘plash qobiliyatiga ega. Ayollarda, odatda tabiatdan sezgir, yupqa va elastik teri bo‘lib, uni ostidagi yog‘ ayniqsa sezilib turadi. Chunonchi, terini qarilik distrofiyasi yoki kam harakatli turmush tarzi tufayli sellyulit yanada sezirarli va ko‘rinarli bo‘lib qolishi mumkin.

Ortiqcha vaznga ega bo‘lmagan o‘rta statistik ayolni organizmida yog‘ foizi, prinsipda erkak organizmidagidan ko‘p hisoblanadi. Bu farqlar jinsiy balog‘atga yetish davridan boshlanadi va umr davomida saqlanib qoladi va biokimyoviy, jinsiy farqlar oqibati hisoblanadi.

O‘smirlik davrida tanada yog‘likni normal kechishini taminlaydi. Bunday farqlikni sababi – ayollarni jinsiy gormonlari estrogenlarda: aynan ular tufayli organizmda yog‘lar taqsimlanishi “ayollar turi bo‘yicha” kechadi (u ko‘proq tos va dumbada bo‘ladi), uni to‘planishi esa teng barobar samarali bo‘ladi. Undan tashqari, yog‘ to‘qimasi gormonlar ishlab chiqarishga ko‘p hollarda javobgar hisoblanadi. Ayniqsa, estrogenlarni ishlab chiqarishda. Shuning uchun ham, har xil mashq yoki ochlik tufayli ko‘p miqdorda yog‘ to‘qimalarini yo‘qotganlarda hayz kelmay qolishi mumkin.

Do‘ngilikli sonlar — bu semirishni emas, ayol jinsining belgisidir. Har xil statistik ma’lumotlarga qaraganda, 85% dan 98% gacha bo‘lgan ayollarda dumba-bel sohalarida ko‘rinarli yog‘ to‘plamlari aniqlangan. Bu ularning bo‘yi yoki vazni bilan emas, balki gormonlari sabablidir. Bu degani, sellyulit har bir qirqinchi ayolda uchramaydi.

Sellyulit bilan kurashish mumkinmi?

Kosmetologlar kurashish mumkin deb ta’kidlashmoqda va quyidagi usullarni taklif etishmoqda:

Liposaksiya

Liposaksiya — bu yog‘lik to‘qimalarni jarrolik yo‘li bilan olib tashlashdir. Bu sellyulitni davolashga qaratilgan, lekin kosmetik defekt rivojlanishiga ham olib kelishi mumkin. Chunki bu operatsiyadan keyin organizmda qolgan yog‘ to‘qimasi teri osti qavatiga notekis tarqalishi va do‘ngilik va chuqurchalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Mezoterapiya

mezoterapiya

Mezoterapiya — bu yog‘ to‘qimalariga qilinadigan inyeksiyalar, ancha og‘riqli va yoqimsiz tadbir bo‘la turib, odam sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin. Lipolitik preparatlarni asosiy ta’sir qiluvchi moddasi – fosfatidilxolin bir qancha Yevropa mamlakatlarida man etilgan, chunki uni asosida o‘tkazilgan amaliyotlar ko‘p hollarda jiddiy asoratlarga olib kelgan.

Antitsellyulit diyetasi

Antitsellyulit diyetasi ma’lum bo‘ldiki bu diyeta nafaqat ko‘zga ko‘rinadigan sellyulitni yo‘qotmaydi, balki ochlikdan so‘ng tarangligini yo‘qotgan teri tufayli kuchaytiradi.

Massajlar

Massajlar go‘yoki g‘ijimlangan yog‘ to‘qimalarini tarqatib, teri osti kletchatkasini ancha tekis qilib qo‘yadi. Ammo bu jiddiy shikastlanishlarda, jumladan g‘urra va shishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari massaj yog‘ qatlamiga emas teriga yo‘naltirilgan. U teri ostiga qon kelishini yahshilaydi, tonusni ko‘taradi va oqibatda sellyulitni sezilmaydigan qilib qo‘yadi, lekin hech qanaqasiga yog‘ to‘qimalari holatiga ta’sir qila olmaydi.

O‘ranish

Sellyulit

O‘ranish (rus - обёртывание) – bu protsedura organizmni suyuqlik yo‘qotishiga olib keladi. O‘ranish bilan ortiqcha shug‘ullanib bo‘lmaydi, chunki bu sog‘liq uchun xavfli – organizm suvsizlanishi oqibatida qon hajmi kamayadi, natijada organizmda toksinlar oshadi, elektrolit balansi buziladi, toliqish, mushaklar zaifligi, teri qichishishi vujudga keladi.

Suvsizlanish – juda havfli!

Inson organizmdagi umumiy suv hajmini 2%ni yo‘qotganda toliqish alomatlari paydo bo‘ladi. Agar sizning vazningiz 60 kg bo‘lsa va 1.2l suyuqlik yo‘qotsangiz, o‘zingizni darmonsizlanayotganingizni sezasiz. Agar 7% suyuqlik yo‘qotsangiz gallyutsinatsiya, 10% da esa hushdan ketasiz. Bundan tashqari o‘ranish kosmetik vositalarini ayrimlarini tarkibida xavfli modda – 1.4-dioksan bor. The California Department of Public Health (CDPH) hisobotlariga ko‘ra bu modda tezda teri o‘pka va ovqat hazm trakti orqali so‘riladi. O‘ranishlardagi issiqlik rejimini yaratish absorbsiyani tezlatadi. Shu holatda teri g‘ovaklari ochiq va 1.4 dioksan qonga yana tezroq tushadi va oqibatda og‘ir kasalliklar, jumladan saratonga olib kelishi mumkin. Amerika zaharli moddalar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 43% tanani moddalashtiruvchi kosmetik vositalar tarkibida 1.4-dioksan uchraydi.

Zarba-to‘lqinli antitsellyulit terapiya

antisellyullit

Zarba-to‘lqinli antitsellyulit terapiya (rus – ударно-волновая антицеллюлитная терапия) ham sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Buni prinsipi infrazvuk diapazonda bo‘lgan to‘lqinlarni to‘qimalarga akustik ta’siriga asoslangan. Bu protsedurani endokrin tizim kasalliklarida, gormonal disbalansda, yurak faoliyati, buyrak, jigar va tomirlar faoliyati buzilishlarida har qanday tabiatga ega yangi tuzilishlar mavjudligida, venalarni varikoz kengayishida, tromboflebitda, dermatitlar va boshqa teri kasalliklarida, homiladorlikda, ko‘krak bilan oziqlantirish davrlarida qo‘llash qat’iyan man etiladi. Bundan tashqari hozirgacha, zarba to‘lqinli antitsellyulit terapiyani sellyulitga uzoq vaqt ta’siri to‘g‘risida hech qanday klinik tadqiqotlar nashr etilmagan.

Pressoterapiya

Pressoterapiya – organizmni hujayralar suyuqlikni ortiqchasidan xalos etadigan protsedura bo‘lib, mohiyati bo‘yicha bu oddiy apparatli limfodrenaj bo‘lib, bu protsedurani muntazam takrorlab turilmasa, organizm dastlabki holatiga qaytadi. Bundan tashqari apparatli limfodrenaj juda ko‘p qarshi ko‘rsatmalarga ega

Sellyulit bilan kurashish kerakmi?

Agar siz yuqorida bayon etilganlarni bilib olganingizdan so‘ng ham sellyulitga qarshi kurashmoqchi bo‘lsangiz – bu sizni ongli ravishda qabul qilgan qaroringiz. Faqat uni kosmetolog emas faqat terapevt bilan maslahatlashib qilishingiz zarur.

Unutmaslik kerakki, kosmetologlar taklif etayotgan protseduralar vaqtinchalik samaraga ega, qaddi qomatingizni ushlab turish uchun esa ularni muntazam va butun qolgan umringiz davomida bajarish kerak.

Shuning uchun, ekspertlar fikriga ko‘ra, sellyulitni tashqi ko‘rinishlarini kamaytirish uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish kifoya bo‘ladi. Bu degani – to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu va hordiqni rejimiga amal qilish, qon bosimi va tana vaznini nazorat qilish, ko‘p sayr qilish, sport bilan yugurish, yurish, suzish bilan shug‘ullanish.

Shunday turmush tarzida, albatta, teriga tonus beruvchi massajlar, avaylaydigan kosmetik vositalarni qo‘llash sog‘lig‘ingizga hech qanday zarar keltirmaydi.

© Med-info.uz nashri.

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Angina kasalligi haqida nimalar bilasiz?

Angina kasalligi keng tarqalgan umumiy infeksion kasallik bo‘lib tanglay murtaklarining o‘tkir yallig‘lanishidir. Angina so‘zi lotinchadan «Angere - qismoq, bo‘g‘ilmoq» degan ma’noni bildiradi.

Angina kasalligi bir necha asrdan beri ma’lum kasallik. Anginani davolash va oldini olishdan maqsad, birinchidan uning ko‘p va tez-tez uchrashi bo‘lsa, ikkinchidan umum infeksion - toksikoallergik xastaliklar bilan bog‘liq bo‘lib ichki a’zolarni va bo‘g‘imlarni shikastlantirishi mumkin. Kasallikning kelib chiqishida asosan mikroorganizmlar (A guruhidagi gemolitik streptakokk) muhim o‘rin egallaydi. Ularning zaharlari va ishlab chiqaradigan fermentlari kasallikning rivojlanishiga ta’sir etadi, kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar normada odam og‘iz bo‘shlig‘ida va bodomchasimon bezda nopotogen holatda doimo bo‘ladi, bodomcha bezlari - bolachalar og‘zini ochganda halqumning ikki tomonida, bodomni eslatadigan ovalsimon shaklda bo‘ladi.

O‘tkir angina

O‘tkir anginaning bir necha turlari mavjud. Ularga kataral, folikulyar, lakunar va yuqumli kasalliklarda uchraydigan anginalar kiradi. Kasallik bodomcha bezlari shishuvi, qizarishi, yuzalarini yiring bog‘lashi bilan kuzatiladi. Kasallik bilan ko‘proq maktabgacha, maktab yoshidagi bolalar og‘riydi. Unda tomoqda og‘riq, yutinish qiyinligi, umumiy quvvatsizlik, tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i belgilari namoyon bo‘ladi. Angina o‘zining klinik kechishiga ko‘ra 3-5 kundan 7-10 kungacha davom etishi mumkin. Davolanish jarayonida bemorning umumiy ahvoli yaxshilanadi, bezdagi shishlar, qizarishlar kamayadi, yiringli karashlar yo‘qoladi. Regionar limfa tugunlari kichiklashadi. O‘tkir angina ambulator sharoitda davolanadi, agarda asoratlari (paratanzilyar absess, yutqun orti absessi, tonzilogen intoksikatsiya) bilan kuzatilsa statsionar davo tavsiya etiladi. Angina kasalligining umumiy asoratlardan revmatizm va buyraklarning zararlanishi ko‘p kuzatiladi. Yuqorida asoratlar kuzatilmasligi uchun kasallik boshlanishi bilan lor vrachga uchrab lozim tavsiyalarni davom ettirish kerak.

Anginani davolash

Davolashda antibiotiklar, yallig‘lanishga qarshi dori-vositalar va mahalliy antiseptiklardan foydalaniladi. O‘tkir anginalar o‘z vaqtida davolanmasa, surunkali tanzillit formasiga o‘tishi kuzatiladi. Agarda yil davomida ikki uch marotaba va undan ortiq qaytalanish kuzatilsa, operativ yo‘l bilan davolanish tavsiya etiladi. Kasallikning oldini olish uchun bemor organizmini mustahkamlash va shu bilan har xil noxush tassurotlarga, sovqotish, charchash, infeksiya va hokozolarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini oshirish kerak. Ovqatlanish, uxlash, o‘qish yoki ishlash, dam olish rejimiga rioya qilish, gigiyenik sharoitlar, chiniqish katta ahamiyatga ega. Mahalliy chiniqtirish muolajalariga tomoqni iliq suv bilan chayqash kiradi, suv haroratini asta-sekin 15-18 gradusgacha tushiriladi. Suvga soda yoki furatsillin qo‘shish mumkin, so‘ngra oyoq vannasi dastlab 36-37 gradusli suv olinadi, so‘ngra 22-23 gradusgacha tushiriladi, buni yil bo‘yi kun ora o‘tkazish tavsiya etiladi.

Fayzullo Mamatvaliyev,
Namangan shahar bolalar shifoxonasi
LOR bo‘lim vrachi.

Mavzuga aloqador maqola: Angina: kasallik belgilari, sababi va davolash usullari

 

Tomoqdagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Lorobendir.

Loroben bu – 200 ml og’izni chayqash uchun eritma (o'lchov stakani bilan birgalikda).

100 ml eritma tarkibi:

Faol moddalar: benzidamin gidroxloridi 150 mg, xlorheksidin glyukonat 120 mg. Yordamchi moddalar: polisorbat 20, sorbitol 70%, propilen glikol, sariq xinolin, yalpiz essensiyasi, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrat digidrati, tozalangan suv.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/loroben

Tomoqdagi yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Lizobakt, Adjisept, Lorsept, Geksolarin, Grammidin Neo, Tonzilotren va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Adenoidlar xavflimi?

Kasallanib kattalashgan (burun-halqum) murtak bezi - adenoidlar deyiladi. Adenoidlar bemor bolada burun orqali nafas olishning qiyinlashishi, eshitish qobiliyatining pasayishi va shunga o‘xshash bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi.
Murtak bezi burun-halqum gumbazida joylashgan bo‘lib, halqum limfoid halqasi tarkibiga kiradi. LOR asboblari bilan ko‘rilganda, murtak bezini aniq ko‘rish mumkin.

Keng tarqalgan kasallik

Keng tarqalgan kasallik hisoblanmish adenoidlar ko‘pincha 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida uchraydi. Kasallikning rivojlanishiga burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini va murtaklarni yallig‘lantiradigan kasalliklar, chunonchi qizamiq, skarlatina, gripp, yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari va boshqalar sabab bo‘ladi.
Murtak bezlari immun tizimining bir qismi hisoblanadi, limfoid halqasi burun orqali kirayotgan havo tarkibidagi mikroorganizmlarni tutib qolib, nafas yo‘llariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Murtaklarda maxsus hujayralar (limfotsitlar) ishlab chiqariladi va ular mikroorganizmlarni zararsizlantiradi.

Eshitish qobiliyatiga ham ta'sir etadi

Adenoidlar har qanday yallig‘lanishdan ta’sirlanadi, kasallik vaqtida kattalashadi. Yallig‘lanish jarayoni bosilgandan keyin asli holiga qaytadi. Agar kasallanishlar orasidagi vaqt juda qisqa bir hafta yoki bundan kam bo‘lsa, adenoidlar asli holigacha kichiklashishga ulgurmay,  doimo yallig‘langan holatda bo‘ladi. Hatto yana ham kattalashib, burun-halqumni yopib qo‘yishi mumkin. Buning oqibatda burundan nafas olish qiyinlashadi, eshitish qobiliyati pasayadi.

Bundan tashqari...

O‘z vaqtida davolash choralari ko‘rilmasa, adenoidlar tufayli yuz shakli, tishlam (prikus), qon tarkibi o‘zgarishi, umurtqa pog‘onasi qiyshayishi, nutq buzilishi, buyraklar ishi izdan chiqishi, hatto siydik tutolmaslik holatlari kelib chiqishi mumkin.
Shuningdek, adenoidlar immun tizimining o‘ziga xos “o‘quv markazi” ham. Bu a’zoda har  bir kasallik qo‘zg‘atuvchi uchun immunokompetent “hujayra javobi” shakllanadi. Kattalar uchun uncha xavfli bo‘lmagan infeksiyalar bolalarning immun tizimiga ta’sir qiladi,  ularning immun tizimi zo‘riqib ishlaydi. Shu sababli, bolalarning murtaklari kattalarnikiga qaraganda yirikroq bo‘ladi. Bola ulg‘aya borgani sari bunday immun hujayralarga ehtiyoj yo‘qola boradi va murtaklar kichrayadi. O‘smirlik davriga borib adenoidlar juda kichiklashib ketadi, ba’zilarda esa butunlay yo‘qoladi.

Kasallikning ilk alomati - burundan nafas olishning qiyinlashishi

Adenoidlar rivojlanayotganda dimog‘ning uchdan bir qismini  yarmini hatto  butunlay yopib qo‘yadi. Burundan nafas olishning qiyinlashishi kasallikning ilk alomati hisoblanadi. Bola ba’zan yoki umuman burni bilan nafas ololmaydi, shu bois og‘zini ochib uxlaydi, uxlayotganida xurrak otadi.

Adenoid bor-yo‘qligini tekshirish mumkin

Bolada adenoidlar bor-yo‘qligini oddiy usulda tekshirib ko‘rish mumkin. Buning uchun bolaning bitta burun teshigiga paxtani yaqinlashtiring, so‘ng ikkinchi burni teshigini barmog‘ingiz bilan yopib turib, burnidan nafas olishini buyuring. Paxta bo‘lagidagi tukchalarning  harakatiga qarab burundan havo nechog‘li o‘tayotganini bilib olishingiz mumkin.
Adenoidlar tufayli eshitish qobiliyati pasayadi, bola gaplarni yaxshi eshitmaydi, ba’zan qayta so‘raydi.
Bemorning burnidan tiniq va oqish shilliq yoki sarg‘imtir yashil rangli ajralma kelishi, shuningdek tomog‘ining qichishishi ham adenoidlar rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Kasalliklarga tez chalinuvchan bola

Bola rinit (tumov), gaymorit, angina, faringit, traxeit, o‘tkir respirator kasalliklariga tez-tez chalinadigan bo‘lib qoladi. O‘tkir o‘rta otit bilan qayta-qayta og‘rib turishi  yoki surunkali otitning zo‘rayib turishi, dimog‘i bilan gapirishi mumkin. Bular ham bolani adenoidlar bezovta qilayotganini bildiradi.
Eshituv nayiga kirish sohasi dimog‘da – adenoid to‘qimasiga yaqin joylashgan. Shu sababli, bolaning dimog‘ murtak bezi kattalashsa,  eshitish nayining teshigini berkitib qo‘yib, o‘rta havoning quloqqa o‘tishini qiyinlashtiradi. Natijada nog‘ora parda harakatchanligini yo‘qotadi, bu eshitish qobiliyatida aks etadi, ya’ni bola gaplarni yaxshi eshitmaydi.

Yallig‘lanish kasalliklari ham paydo bo‘ladi

Burun va yondosh bo‘shliqlari shilliq qavatlari burun bo‘shlig‘ini bakteriya, virus kabi kasallik qo‘zg‘atuvchilardan tozalaydigan shilliq ishlab chiqaradi. Agar bolada adenoidlar kabi havo oqimiga halal beruvchi to‘siqlar bo‘lsa, shilliqning chiqib ketishi qiyinlashadi va infeksiya rivojlanib, yallig‘lanish kasalliklari paydo bo‘lishi uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Shu sababli adenoidlari bor bolalar tez-tez va uzoq kasal bo‘ladilar.

Adenoidlar yuqorida aytib o‘tilganidek burundan nafas olishni qiyinlashtirib, bola organizmini yallig‘lanish kasalliklariga moyil qilib qo‘yadi, shuningdek adenoidlarning o‘zi ham bakteriya va viruslar hujumi uchun qulay muhit hisoblanadi. Binobarin,  dimog‘ murtak bezi to‘qimasi surunkali yallig‘lanish holatida bo‘ladi. Bu organizmning ko‘plab a’zo va tizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Surunkali infeksiya o‘chog‘i esa bola organizmida infeksion, yallig‘lanish, allergik kasalliklarni rivojlantirib yuborishi mumkin.

Eng, xavfli tomoni kislorod yetishmasligi

Ma’lumki, kislorod bosh miyaning faoliyati uchun juda zarur, bolalar uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bolalarning burun bo‘shlig‘i shilliq qavati rivojlangan qon tomirlar tizimiga ega bo‘lib, bu yerda kislorod faol  o‘zlashtiriladi. Burundan nafas olishning qiyinlashishidan aziyat chekadigan bolalarda doimo kislorod yetishmaydi, birinchi navbatda, bundan bosh miyaga ziyon yetadi. Shu sababli bu bolalarning maktab darslarni yaxshi o‘zlashtira olmaydi, diqqatini to‘play olmaydi.
Adenoidi bor bolalarda yuz skeleti suyaklarining o‘sishi buziladi. Bu o‘z navbatida nutqning shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bola ayrim harflarni to‘g‘ri talaffuz qilmaydi, dimog‘i bilan gapiradi. Ba’zida ota-onalar bolaning talaffuziga “o‘rganib” qolishib kamchiliklarni sezmadilar.

Adenoidlardan aziyat chekadigan bola kataral va yiringli o‘rta otitlarga tez-tez chalinib turishi mumkin.

Adenoid to‘qimasi o‘sib kattalashganda, surunkali yallig‘lanish holatiga o‘tadi. Shu sababli, oqib turgan shilliq yoki yiring nafas tizimining quyi bo‘limlariga tushadi va shilliq qavatidan o‘tib, faringit, laringit, traxeit va bronxitni keltirib chiqarishi mumkin.
Shuningdek, adenoidlar keltirib chiqaradigan jarayonlar ba’zan qon tarkibining o‘zgarishi, asab tizimi ta’sirlanishi, siydik tutolmaslik ro‘y berishi, buyraklar ishining buzilishiga olib keladi va hokazo.

Davolash

Adenoidlarni LOR shifokori davolaydi. Kasallik konservativ dori-darmonlar jarrohlik yo‘li bilan davolanadi. Burunni yuviladi, maxsus dorilar tomiziladi, boladagi shamollash kasalliklarini bartaraf etiladi. Fizioterapevtik muolajalar qo‘llanilishi ham mumkin.  Adenotomiyada adenoidlar mahalliy og‘riqsizlantirib orqali olib tashlanadi, jarrohlik muolajasi bir necha daqiqa davom etadi.

Adenotomiyadan so‘ng bemor quyidagilarga amal qilishi kerak

  1. jismoniy mehnat, mashqlar bilan shifokor belgilagan muddatgacha shug‘ullanmay turish;
  2. bola qattiq va issiq taomlarni yemasligi kerak, vitaminlarga boy yangi mahsulotlardan tayyorlangan suyuq ovqatlar beriladi;
  3. kamida 3 kungacha bolani issiq suvda cho‘miltirmaslik, shuningdek, quyoshda, issiq va dim xonalarda uzoq bo‘lmasligi  zarur;
  4. operatsiyadan so‘ng kechqurun yoki ertalab bolaning tana harorati biroz ko‘tarilishi mumkin. Issiqni tushirish uchun tarkibida aspirin bor bo‘lgan preparatlarni qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki bunday preparatlar qon oqishini yuzaga keltiradi.

Ba’zi hollarda bolalar hatto adenotomiya o‘tkazilgandan keyin ham o‘rganib qolganidek og‘zidan nafas olaveradi. Shuning uchun burnidan nafas olishni o‘rgatish maqsadida maxsus nafas olish mashqlari ishlab chiqilgan. Shunga ko‘ra:

  1. shoshmasdan, sekin og‘izdan nafas olib, nafas chiqarish;
  2. burundan nafas olib yurish; bir qadam tashlab nafas olinadi, ikkinchi qadamda nafas chiqariladi;
  3. joyida turib yugurish;
  4. burundan chuqur nafas olib o‘tirib-turish;
  5. burunning goh chap, goh o‘ng teshiklari bilan nafas olish;
  6. gavdani o‘ng va chap tomonlarga egib, nafas chiqarayotganda “M” va “N” tovushlarini talaffuz qilish kerak.

© Ulug‘bek ERGASHЕV,
LOR shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi.
"Sihat-salomatlik" gazetasidan.

Tomoqdagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Lorobendir.

Loroben bu – 200 ml og’izni chayqash uchun eritma (o'lchov stakani bilan birgalikda).

100 ml eritma tarkibi:

Faol moddalar: benzidamin gidroxloridi 150 mg, xlorheksidin glyukonat 120 mg. Yordamchi moddalar: polisorbat 20, sorbitol 70%, propilen glikol, sariq xinolin, yalpiz essensiyasi, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrat digidrati, tozalangan suv.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/loroben

Tomoqdagi yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Lizobakt, Adjisept, Lorsept, Geksolarin, Grammidin Neo, Tonzilotren va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.