Aloe haqida nimalar bilasiz

Asli vatani Afrika bo‘lgan bu o‘simlik yurtimizga bir necha asrlar oldin kirib kelgan. Hozir diyorimizda aloening turfa turlari mavjud. U manzarali va shifobaxsh o‘simlik sifatida xonadonlarda o‘stiriladi.

Ushbu o‘simlikning qariyb 180 turi ma’lum. Aloe bargidan olib quritiladigan shira-sabur sifatida, konservasiya qilingan sharbati esa turli yaralarni, kuygan terini, gastrit va kolitni davolashda ishlatiladi.

Xalq tabobatida aloe bargidan va uning shirasidan turli kasalliklarni: oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yaralarni, o‘pka silini va boshqalarni davolashda foydalaniladi. Tarkibida bakteriyalarning ko‘payishining oldini oluvchi modda bor. Shuning uchun ham uning bargidan ari chaqqanda, terini pichoq yoki boshqa narsa bilan kesib olganda yiringlab ketmasligi uchun aloe bargini o‘rtasidan uzunasiga yorib, dardmand joyga qo‘yib bog‘lanadi. Arining zahrini ham ketkazadi.

Tibbiyotda qo‘llash uchun aloening yangi yig‘ilgan bargidan shira olinadi va spirt bilan konservalanadi. Shira bakterisid xususiyatiga ega bo‘lib, kuygan joyni, yuqumli va boshqa yaralarni hamda me’da va ichakning ba’zi kasalliklari (kolit, gastrit va h.k.) davolashda ishlatiladi. Aloening suvli ekstrakti immunostimullovchi xususiyatga ega bo‘lib, organizmni turli kasalliklardan himoya qiladi.

Shuningdek, biogen stimulyatorlarga boy aloe barglaridan kanakunjut yog‘i hamda ekvalipt efir moyi qo‘shib, aloe emulsiyasi tayyorlanadi. Ushbu preparatlar organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Shuning uchun aloe bargidan tayyorlangan stimulyatorli suyuq ekstrakt ko‘z kasalliklari (konyunktivit, ko‘z shishasimon tanachasining xiralashishi va h.k.)ni surunkali artrit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasini ham davolashda keng qo‘llaniladi.

Aloe emulsiyasi teri kasalliklarini (quruq va ho‘l epidermit) hamda nur bilan davolash natijasida 2 3 darajali kuygan joylarni tuzatishda ishlatiladi.

Ginekologik xastaliklarda ham odatda aloe bargi shirasidan bachadon eroziyasi kasalligiga qarshi davolanadi. U nafaqat dorivor o‘simlik balki ishtaha ochuvchi hamdir.

Avitsenna.uz saytida quyidagi o‘simliklarning ham shifobaxshlik xususiyatlari bilan tanishishingiz mumkin:

Bizni Telegram’da ham kuzatishingiz mumkin. Telegram’dagi kanallarimiz @AvitsennaUz hamda @Medicine_Uz

Yuklanmoqda...

8 комментариев

  1. Quloq pardasi shikastlangan, (bolaligida simob tomgan) bemor hozir 56 yoshda qulog’i faqat baland tovushlarni eshitadi. Eshitishni oshirish uchun tabobatda qanday maslahat beriladi.

  2. Aloe oshqozon yarasida qanday istemol qilinadi

    • Yangi barglaridan kesib olib suvda qaytnatiladi, 1:10 nisbatda. Keyin sovutib ovqatdan oldin kuniga 3 mahal iste’mol qilinadi.

      • Assalom. Qancha suvga qancha barg solish kerak? Qancha vaqt qaynatish kerak? Ovqatdan nechchi minut oldin qancha o’lchamda ichish kerak? Keyin qancha vaqt ichib yurish kerak? Hammasini yaxshilab tushuntirib berolasizmi? Oldindan rahmad.

  3. Salom doktor bundan 4 yil oldin ayollar eroziya kasalligiga chalingandim davolandim 3 yil buldi Amerikadaman biron marta doktorga kurinmadim hozirda jinsiy azoyimdan kop ajralma kelayapti bu yerda qilmagan dorim qolmadi nima qilsam bu dardtdan qutulaman

  4. Salom negadur qulog’im ichida nimadur qimirlaganday bõlyapti va yotsam qulog’imda g’alati signal shang’ilagan ovoz eshitilganday bõladi. Javob uchun oldindan raxmat

  5. o’n ikki barmoqli ichak yarasini ( yazva) aloe bilan butunlay davolasa boladimi. va uning istemol jarayoni qanday boladi oldindan rahmat

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*