4.2
(49)

Uzoq yotib davolanayotganlar, ayniqsa keksa yoshlilar to‘qimalarida moddalar almashinuvining buzilishi tufayli terida o‘lik hujayralarning paydo bo‘lishi bilan kechuvchi yotoq yara haqida ko‘pchiligimiz eshitganmiz. Chunki yotoq yara uzoq yotib davolanishga majbur bo‘lgan ozg‘in, organizmi zaif bo‘lgan keksa yoshlilarda, qo‘l yoki oyoq singanda uzoq muddatli gips bog‘lnaganda, protez moslamalarning teriga bevosita tegib turishganida yuzaga keladi. Hattoki, bu oddiy ko‘ringan yaralar yiringli yallig‘lanishlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Bemorlarning bir necha soatlab bir nuqtada qimirlamay yotishlari yotoq yara rivojiga asosiy turtkidir. Masalan, 4-6 soat qimirlamay yotish kasallik rivojiga kifoya qiladi. Dastlab teri biroz rangsizlanib dag‘allashadi. Ammo og‘riq sezilmaydi. Tez orada bu soha ko‘kimtir tusga kirib, suyuqlik to‘la pufakchalar ko‘zga tashlanadi yoki atrofi chegaralangan to‘q qizil dog‘ hosil bo‘ladi. Keyin bu joyning terisi shilinib yiringlashi mumkin. Buni o‘z vaqtida davolamasa, yotoq yara chuqurlashib teri osti qavatlari, mushaklar va suyak tuzilishiga ham ziyon yetqazishi ehtimoldan holi emas. Yotoq yara paydo bo‘lganda margansovka eritmasi, yod yoki brilliant ko‘ki (zelyonka) bilan tozalash tavsiya qilinmaydi. Chunki ular bilan terini artganda uning ustigina tozalanib, ichkaridagi mikroblar yo‘qolmay “bolalab” ketishi mumkin. Va bu vositalar terini yanada quruqlashtiradi hamda yotoq yara avj olishiga zamin yaratadi.

yotoq yara

Xo‘sh, endi yotoq yaradan asrovchi choralar haqida ma’lumot bersak.

  • O‘rindan turishga qiynaladigan bemorlaning ostiga kleyonka solish umuman mumkin emas. Bu teridagi qon aylanishini izdan chiqaradi. Yaxshisi kattalar uchun bir martalik pamperslardan foydalaning;
  • Profilaktika uchun har kuni bir marta dumg‘aza atroflari, kuraklar, tizza, tovon sohasini kamforali spirt bilan artib turing;
  • Terida qizarish paydo bo‘lganda yodofor eritmalari (1% li yodopirona, etadin) bilan arting. Bu dori teridan ichki qavatlargacha kirib ko‘plab zararli mikroorganizmlarga qiron keltiradi;
  • Shifokor bilan maslahatlashgan holda teri epiteliy to‘qimasii bezarar saqlaydigan surtmalardan foydalaning.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Kontakt linza zararlari

Agarda yotoq yara tez bitib ketmasa, yallig‘lanish avj olib, tana harorati ko‘tarilishi mumkin. Bunda shifokor yiring o‘chog‘ini yengil jarrohlik usuli yordamida tozalaydi. Bemorga antibacterial dori-darmonlar buyuradi.

Avvalo yaqinlari keksa va uzoq yotgan bemorlarda yotoq yara hosil bo‘lmasligini nazorat qilib turish lozim. Bemor doim chalqancha yotmasdan, iloji boricha u yondan bu yonga ag‘darilib yotishi lozim. Uning ostidagi choyshablar yig‘ilib qolmasligi uchun doimiy e’tiborda bo‘lish kerak. Yotoq yaradan saqlovchi maxsus to‘shaklardan foydalanish ham yaxshi natija beradi.

Gulira’no Mahmudova,

“Shifo-info” gazetasi.