Yo‘talni davolaymiz

Maqolani «Yo‘talni davolaymiz» deb nomladik. Lekin, biz maqolaga qo‘shimcha qilgan hoatda uning oldini olishni ham yozib o‘tamiz.

Yo‘talni oldini olish

  •  Sovuq kunlarda ko‘krak qismini issiqroq saqlash kerak, iloji bo‘lsa sharf o‘rab yurgan ma’qul.
  •  Shamollagan odam bilan muloqot qilayotganda yaqin o‘tirmaslik kerak, aks holda virus va bakteriyalar havo orqali o‘tadi.
  •  Oziq-ovqat va ichimliklarni muzlagan holda iste’mol qilmagan ma’qul. Bunday holat surunkali davom etsa, inson o‘tkir xastaliklarga chalinishi mumkin.

Endi esa maqolaning asosiy qismi haqida so‘z yuritamiz.

Yo‘talni davolash

Yo‘tal bilan birga isitma chiqsa, bu shamollashdan darak beradi. Yo‘tal ba’zan shunchalar qattiq bo‘ladiki kechasi uxlashga qo‘ymaydi, bunday hollarda uni sal yumshatish darkor. Buning uchun quyidagilarni qilish kerak:

  • Suyuqlik ichish. Inson shamollaganda ko‘p suyuqlik yo‘qotadi, shuning uchun bunday paytda suyuqlik iste’mol qilish juda foydali. Organizm yo‘qotgan suv miqdorini tiklab olishga yordam beradi. Bunda ko‘proq asalli choy ichgan ma’qul. Limonli choy ichish ham foydali, ammo meyoridan o‘tkazib yuborish kerak emas, aks holda qon bosimi tushib ketishi mumkin. Asalli sutni issiq holda ichish ham foydali.
  •  Garmdori. Ovqatni garmdori bilan tanovul qilish shamollashni davolab yo‘taldan xalos qiladi. Ovqatga murch qo‘shib iste’mol qilish, achchiq, sho‘rroq issiq sho‘rvani piyoz bilan tanovul qilish yuqoridagilarga misol bo‘la oladi.
  •  Balg‘amdan xalos qiluvchi dorilar. Agar siz tomog‘ingizda balg‘am his qilayotgan bo‘lsangiz, balg‘am ko‘chiruvchi dorilardan foydalanganingiz ma’qul. Bunday dorilarni mahalliy dorixonalardan ham topsangiz bo‘ladi. Dorixona xodimlari bunda sizga yordam beradilar.
  •  Tibbiy spirtdan foydalanish. Bunda ko‘krak qafasi tananing orqa qismi spirt yoki qizdiruvchi maz yordamida uqalanadi, oyoqning pay va to‘piq qismi bilan birgalikda barmoqlar ham xuddi shunday uqalanadi, bo‘yinga esa kompress qo‘yiladi. Bu yaxshi yordam beradigan usullardan biridir.
  • Xalq tabobati. Xalq tabobatida juda keng qo‘llaniladigan bir usul bor, bunda turp, lavlagi yoki sholg‘om olinib uning ichi o‘yiladi, taxminan uchdan ikki qismi va asal bilan 80 foizi to‘ldirib ustidagi qopqog‘i yopilib kosachaga solib qo‘yiladi. Buni kechasi qilganingiz ma’qul. Sababi u ko‘proq shu holda turishi kerak. Ertalab undan suyuqlik ajralib chiqadi uni uchga bo‘lib, bir kunda uch mahal ichasiz. Albatta xalq tabobatida bunday yo‘llar ko‘p.
Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Bizni Telegram’da ham kuzatishingiz mumkin. Telegram’dagi kanallarimiz @AvitsennaUz hamda @Medicine_Uz

Yuklanmoqda...

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*