El sog‘ligi — yurt boyligi

Uyqusizlik dardi — insomniya

Uyqusizlik – (lotincha insomniya), uzoq muddat davomida uyqu davomiyligining yetarli emasligi yoki sifatining qoniqarsizligi bilan xarakterlanadigan uyqu buzilishining bir turi hisoblanadi. Bu dard XXI  asr muammolaridan biri hisoblanib, ish biland band aholining 50% ida kuzatiladi va ularning 30 foizida xronik tus olgan.

insomniya uyqusizlik

Insomniya | Uyqusizlik

Xronik uyqusizlik odamlarda ish faoliyatini buzilishi, ta’sirlanuvchanlik va depressiyaga olib kelib, kam ifodalanuvchi o‘zgarishlardan to yurak, xazm qilish va asab tizimining og‘ir patologiyalarigacha olib kelishi mumkin. Bemorlarning o‘zboshimchalik bilan turli xil tinchlantiruvchi, uxlatuvchi preparatlarni noto‘g‘ri qabul qilishi aytib o‘tilgan o‘zgarishlarni yanada kuchaytirishi mumkin.

Tabiatda har bir narsa o‘zaro bog‘liq va o‘ziga xos garmoniyaga ega. Agar organizmning qayeridadir biror muammo tug‘ilsa, boshqa bir joyda u darxol aks etadi. Masalan uyqusizlik bilan namoyon bo‘ladi. Shu sababli «uxlay olmayapman» kabi shikoyat inson tanasining xech bo‘lmasa bir qismida patologik jarayon yotganini bilintiradi.

Uyqusizlik muammosining moxiyati shundaki organizm bo‘shasha olmaydi va ko‘p xollarda bu uch yo‘nalishda kechadi:

  • Tananing jismoniy jihatidan bo‘shashish imkoniyati yo‘q.
  • Bosh miyaning uxlashga qarshiligi paydo bo‘ladi.
  • Tashqi muhitning shovqinlari bunga sharoit yaratadi.

Sog‘lom uyquning buzilishini quyidagi turlari farqlanadi:

  • Kechki payt uxlay olmaslik
  • Kechki payt oson uxlash, lekin tunda uyg‘onib ketib qaytib uxlay olmaslik
  • Yaxshi uxlay olish, lekin tez-tez uyg‘onib ketish
  • Go‘yoki uxlaganday bo‘lish, lekin uyquga to‘ymaslik, yuzaki tush ko‘rish.

Kechki payt uxlay olmaslik. Nima qilmoq kerak?

Bu uyqu buzilishining eng keng tarqalgan turi bo‘lib, quyidagi sabablar xisobga rivojlanishi mumkin:

1. Tana bo‘shashi uchun o‘ziga qulay xolat topa olmayapti:

  • Organizning charchamaganligi
  • Jismoniy mexnatning ortiqchaligi
  • Og‘riq, ta’sirlanuvchanlik va diskomfort
  • Biologik soatning izdan chiqishi (kunning boshqa qismida uxlash).

2. Tana bo‘shashishi uchun muhitning ta’siri:

  • Xona va yopinchiq ostidagi haroratning noqulayligi
  • Yostiq, yopinchiq va joyning noqulayligi
  • Xonani qorong‘uligi yoki televizor va kompyuter nurining mavjudligi
  • Xaddan ziyod tinchlik
  • Birga yashovchi xonadoshlar shovqini
  • Sherigingizni karavotni g‘ijirlatishi

3. Bosh miyaning notinchligi va uyquga qarshiligi:

  • Doimiy notinch fikrlar
  • Muxim muammolar
  • Tungi qo‘rquv
  • Kechasi bilan ertangi kun muammolarini o‘ylab yotishga odatlanish
  • Uyquni ikkinchi darajaliga aylantirish

Uxlash jarayoni avtomatik emas. U asta sekin rivojlanadi va buning uchun 40 daqiqa davomida tanani, muhitni va miyani tayyorlab, barcha sharoitlarni yaratishni talab etadi.

© Gepamed.uz 

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.