Tilingiz hech qachon aldamaydi ( 13-qism )

Sizning tilingiz — bamisoli sexrli ko‘zgu.    Tanangiz va to‘qimangizda   qancha  toksin  moddalari  to‘planib   qolganligini tilingizga qarab aytib bersa bo‘ladi. Til — butun ovqat xazm qilish tizimi va oshqozonning ko‘zgusidir. Bizning tanamizda og‘izdan orqa chiqaruv teshigigacha cho‘zilgan o‘n metrlik kanal mavjud. Ana shu yerda namlik va issiqlik joylanadi. Biz istemol qiladigan barcha ovqatlar ana shu kanal orqali o‘tadi. Xar xil ozuqalarning shu kanal orqali o‘tishi uchun xar xil vaqt kerak bo‘ladi. Ko‘pchilik kishilar xozirgi vaqtda sun’iy tozalangan (rafinadlangan), og‘ir, kislota xosil qiladigan ovqatlar yeydilar. Ular ko‘plab oq un, tozalangan qand va o‘ta yog‘li taomlar iste’mol qiladilar. Tamaddun ozuqasi deyilmish bundan ko‘pchilik oziqlarda o‘sha kanallardan tezda o‘tadigan tegishli zichlik, namlik, tolalik yetishmaydi.
Men ko‘pchilik kasalliklarni keltirib chikaradigan yoki sababchi bo‘ladigan umumiy bir omil bor deb xisoblayman. Bu — ich qotish yoki qabziyat. Qabziyatning xar xil sabablarini ko‘rsatishadi, lekin ozuqaning kirish soni va darajasiga, chiqarishning soni va darajasi to‘g‘ri kelmasa ich qotish sodir bo‘ladi. Ich qotish ko‘plab jiddiy kasalliklarning boshlanishiga sababchi bo‘ladi.
Xozirgi zamonda odamlar nimani xoxlasa o‘shani, ko‘ngillari tusagan vaqtda va tez-tez yeyishga o‘rganib qolganlar va buni zarar qilmaydi deb o‘ylashadi. Bizlarga bir kunlik quvvat bo‘ladi deb, ertalabdan kuchli ovqat yeyishga o‘rganishgan.
Keyin tushlik, tushdan keyingi kofe, yaxshi kechlik ovqat va televizor oldida tamaddi, xamda yotish oldidan yana ovqat. Bularning ustiga yog‘li qaymoqdan tayyorlangan va sho‘r yong‘oq qo‘shilgan muzqaymoq. Bu demak, bir kunda organizmda ovqatning olti va undan ko‘p marta achishi jarayoni kechadi.
Odatda, odam ertalab ichaklarni bir marta tozalasa ya’ni kattasi bilan tashqariga chiqsa, uning ovqatni xazm qilish tizimida qotib qolish xavfi yo‘q deb xisoblanadi. O‘ziga tiqishtirib olgan ovqatlar qoldig‘idan xolos bo‘lish uchun bu umuman yetarli emas. Qolgan ovqatlar bijg‘ib, ichaklarga o‘tirib u yerda fermentativ va bakterial o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Inson organizmi shu darajada kuchliki, ko‘p qabul qilingan va xatto ayrim xollarda zararli bo‘lgan ovqatlarni xam xazm qila oladi.  Noto‘g‘ri   ovqatlanayapsiz,   deb,   odamlarni   ishontirish  qiyin. Bir kunda bir marta ichakni tozalab, xaqiqatda ich qotishidan jabrlanadi va oqibatda esa bundan ham yomon bo‘lishi mumkin. Organizmda qo‘rqinchli xavfni olib yurganligi xaqida  aytib beradigan va ogox etuvchi belgi borki, bu nosog‘lom tildir.
Agarda   ikki-uch   kun   faqat  distillangan   suv   ichib   och  yursangiz, ana shu “sexrli ko‘zgu” to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ichaklarimizda adashib kelib to‘planib qolgan qandaydir daxshatli zaxarni olib yurganimizni  aytib  beradi.  Til  og‘ir  qo‘lansa   xidli  toksin moddalari bilan qoplanadi. Bu tanangizning barcha to‘qimalarida qoplangan toksin cho‘kindilari, so‘lak va boshqa zaxarlar aniq miqdorini   bildiruvchi  ko‘rsatgichlardir.   Bular   esa   ochlanish tufayli oshqozonning, ichaklarning va boshqa organlarning ichki qismidan yuvilib ketadi.
O‘zini sog‘lomman deb yurgan kishilardagi zaxarli moddalar miqdoriga ishonish qiyin. Ko‘plab kasalliklarning sababchisi ovqat xazm qilish kanalidagi ich qotish bo‘lib, xatto qon tomirlar va nafas olish tizimlaridagi xastaliklar xam shular jumlasidandir. Men zaxarlar ichaklarga so‘rilib, tanadagi barcha tizimlarni zaxarlaydi, deb xisoblayman.
Ochlanish davrida tilning oq narsalar bilan qoplanishidan  katta miqdorda zaxarli moddalar to‘planib qolganini aniqlash mumkin. To‘qimalar, ayniqsa, xayotiy zarur muchalar bo‘lmish, jigar, bezlarning tuzilishi xuddi ari uyasidek g‘ovakliklarni eslatadi. Endi ana shu g‘ovakliklar quyuq moddalar to‘lib qolganligini ko‘z oldingizga keltiring. Amerikachasiga ovqatlanib yurgan kishilar organizmida katta  miqdordagi toksinlar to‘planib qolganligini xayotim davomida yuzlab marta ko‘rganman. Tasavvur qilaylik, odam shamollab qoldi. Joyingizda to‘xtab, yaxshilab bir o‘ylab ko‘ring, nima uchun burun va tomoq orqali bunchalar ko‘p so‘lak va suyuqlik chiqayapti? Axir organizm zo‘riqib bo‘lsa-da o‘pka, buyrak, o‘t pufagida to‘planib qolgan zaxarlardan xolos bo‘lishi kerak-ku!
Shunday qilib, o‘zingizni yaxshi bilmoqchi bo‘lsangiz, tilingizni diqqat bilan o‘rganing. Til, tanangizning xar qaysi qismlarining sog‘ yoki nosog‘lomligini aks ettiradigan organdir.
Mustahkam sog‘liq uchun yo‘lingizda yo‘lchi yulduz bo‘ladigan xam mana shu “sexrli ko‘zgu” bo‘ladi.
Ochlik jadvaliga qanchalar qat’iy rioya qilsangiz, qanchalik to‘g‘ri ovqatlansangiz, tilingiz shunchalik toza bo‘la boradi. Toza til, bu-sizning kasalliklardan, darmonsizlik va qarilikdan xoli ekanligingizni va yangi hayot yo‘lida mustahkam turganligingizning belgisidir.
Odam qarilikdan o‘lmaydi va qari kishilar uchun maxsus kasalliklar bor, deb bo‘lmaydi. Ko‘pchilik kasalliklar qarilarga qanday ta’sir qilsa, yoshlarga ham shunchalik kuch bilan ta’sir qiladi. Shu kasalliklarning ko‘pchiligi tananing toksin moddalari bilan to‘lib ketganligi tufayli bo‘ladi. Badanni ochlik va tabiiy taomlar yordamida pokiza saqlang. Sizning tilingiz va peshobingiz sizga ichki tozalanish yo‘lini ko‘rsatadi. Ochlik vaqtida ularni diqqat bilan kuzating.
Inson tanasi ximiya va fizika qonunlari asosida yaralgan. Ular hech qachon o‘zgarmaydi.
Bu qonunlar har bir asab tolasi, har bir muskul, tananing har bir muchasiga yozilgai. Bu qonunlar to‘qimalar, tananing muchalariga ayrim vazifalar yuklagan holda ularni boshqaradilar. Bu qonunlar asosan butun tanani qamrab olgan murakkab asab tarmoqlari yordamida ishlandi. Ular asab belgilari (impulslari) paydo bo‘ladigan markaziy asab tizimi xamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ong nazoratida bo‘lmagan o‘sish (vegetativ) asab tizimi orqali faoliyat ko‘rsatadi.

Mazkur kitobning elektron ko’rinishin tayyorlagan Islom.uz sayti mutasaddilariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Bizni Telegram’da ham kuzatishingiz mumkin. Telegram’dagi kanallarimiz @AvitsennaUz hamda @Medicine_Uz

loading...

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*