Zotiljam

MAQOLALAR

ico
Gripp asoratlari xavfli
Gripp kasalligini bilmaydigan, u bilan kasallanmagan odamlar oramizda juda kamchilikni tashkil qilishi aniq. Shu holatni hisobga olib, bugungi mavzuni aynan gripp kasalligiga bag‘shlaymiz. Gripp kasalligi shu nomli viruslar orqali kelib chiqadigan o‘ta yuqumli kasalliklar toifasidandir. Gripp virusini tasniflash biroz qiyin, sababi ular antigen tuzilishini vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turadi. Ya’ni, virusning turli xildagi turlari bizda kasallik qo‘zg‘atadi. Virusdagi bu holat har 10-18 yil ichida ommaviy gripp bilan kasallanishga, epidemiyaga, pandemiyaga sababchi bo‘ladi. Masalan, cho‘chqa grippi, “ispan” grippi. Gripp asoratlari Gripp viruslari odam, tovuq, dengiz cho‘chqasi va boshqa 30 dan oshiq hayvonlarga ta’sir etib uni zararlash xususiyatiga ega. Infeksiya bemor aksirganda, yo‘talganda,gaplashganda atrof-muhitga, shu bilan bir qatorda sog‘lom insonga ham yuqadi. Aholining barcha toifasi (ayollar, erkaklar, bolalar, keksalar) gripp kasalligiga moyil bo‘ladi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 1-3 kungacha davom etadi. Virus yuqori nafas yo‘llarining (burun bo‘shlig‘i, halqumning burun va og‘iz qismi) shilliq qavatiepitelial hujayralariga kiradi. Yuqori nafas yo‘llariga bir dona virus tushsa, 8 soatdan keyin uning soni 1017 tagacha ko‘payadi. Bu sondan virus juda tezlikda ko‘payishi yaqqol ayon bo‘lib turibdi. Gripp virusi qonga tushgach immune tizim sustlashadi. Hamda,
  • Rinit – burun bo‘shlig‘i yallig‘lanishi;
  • Otit – quloqning yallig‘lanishi;
  • Bronxit – bronxlarning yallig‘lanishi;
  • Zotiljam - o‘pka to‘qimasining yallig‘lanishi;
  • Gaymorit;
  • Meningit;
  • Ensifalit kabi og‘ir yallig‘lanish kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Shu o‘rinda bir jumlani ta’kidlab o‘tish joiz, ya’ni “Gripp xavfli emas, uning asoratlari xavfli!”. Yuqorida sanab o‘tilgan, asoratlar bu jumlani isbotlab turibdi. Bundan tashqari, gripp virusi asoratlaridan eng xatarlisi ko‘ruv, eshituv, ovoz a’zolaridagi o’zgarishlardir. O‘zgarishlar bora – bora ko‘rlik hamda karlikka ham olib kelishi amaliyotda isbotlangan holatdir! Amaliyotda gripp ta’sirining o‘lim bilan yakunlangan holatlari ham kuzatilgan. Faqat, bu holat ahyon – ahyonda “chaqmoqsimon” gripp o‘z ta’sirini organizmning immun tizimi himoyasini buzib o‘tgandagina yuzaga keladi. (Juda kam holatda)

Organizm gripp bilan kasallanganda bemorda:

  • Tana harorati ko‘tarilishi (38-39C, undan ham yuqori)
  • Holsizlik;
  • Et uvishishi;
  • Bosh og‘rishi kabi belgilar kuzatiladi.
Mavzuga a’loqador bo‘lgan, saytimizning “Bog‘lanish” bo‘limi orqali yo‘llangan savolaga ham shu o‘rinda javob berib o‘tsak.
  • Gripp virusiga qarshi emlash haqida ma’lumot bersangiz?
  • Gripp virusiga qarshi emlash mavsum boshlanishidan 1-1.5 oy oldin qilinadi. Organizmda esa 2-3 haftada gripp virusiga qarshi immunitet hosil bo‘ladi. JSST har mavsumdan oldin maxsus vaksinalar amaliyot uchun taqdim etiladi. Emlash, asosan, yosh bolalar hamda keksalarga tavsiya etiladi. Gripp virusiga qarshi emlash organizmni kasallikka chalinishdan saqlaydi!
Kasallikni davolashda virusning ko‘payishini va uning faoliyatini to‘xtatishga qaratilgan choralar ko‘riladi. Buning uchun bemorga interferon, immunomodulin beriladi. Remantadin, sulfanilamid, turli antibiotiklar ham kasallik og‘ir kechganda uning asoratlari yuzaga kelmasligi uchun tavsiya etiladi.
Yuqoridagi, tavsiyaviy harakterdagi dori vositalari tibbiyot xodimlari uchun ma’lumot sifatida taqdim etildi. Har bir shaxs individual xususiyatlarga egaligini hisobga olgan holda, reklamalar orqali taklif etilayotgan har bir dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingizni Avitsenna.uz sayti nomidan qattiiy ravishda so‘raymiz.
Grippni davolashda Abu Ali ibn Sino kitoblarida keltirilgan tabiiy usullar haqida
ushbu link orqali batafsil ma’lumot oling.  
ico
Go‘daklarda tug‘ma zotiljam
SABABLARI. Tug‘ma intranatal zotiljam (pnevmoniya) tug‘ruq jarayonida (qog‘onoq suvi yoki bola tug‘ruq yo‘llaridan o‘tayotganida) bola o‘pkasida yuzaga keladi. Bu kasallikni anaerob bakteriyalar qo‘zg‘atishi ham mumkin. Postanal zotiljam esa ko‘pincha tug‘ruqxonada, chaqaloqlar patologiyasi bo‘limlaridagi noqulay shart-sharoit oqibatida orttiriladi. Homiladorlikning og‘ir kechishi, surunkali homila ichi gipoksiyasi, onada infeksion jarayonlarning kuzatilishi, bosh miya ichi shikastlari va ensefalopatiya, ko‘p bora o‘qchib qayt qilish hamda homilaning chala rivojlanishi yoki o‘sishdan ortda qolishi kabi holatlar tug‘ma zotiljamga sabab bo‘ladi. Onaning uzoq muddat surunkali dardlar bilan qayta-qayta kasalxonaga yotishi, bemor yotadigan xonalarda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinmasligi, chaqaloqlar xonasida malakali hamshira yordami yetishmasligi va boshqa bir qancha sabablar tufayli orttirilgan zotiljam yuzaga keladi. Bolada zotiljam paydo bo‘lishida onaning jismonan va ruhan toliqishi, tanasining zaharlanishi, kasallikka qarshilik ko‘rsatish qobiliyatining susayishi singari omillar sababchidir. [caption id="attachment_2706" align="aligncenter" width="444"]Tug'ma zotiljam Tug'ma zotiljam[/caption] KЕCHISHI VA ASORATLARI. Tug‘ma transplatsentar zotiljam bolaning jag‘, miya va buyraklarini zararlaydi. Bolaning tug‘ilishi og‘ir kechadi, birinchi yig‘isidan so‘ng hansirash, holsizlik, apnoe (nafas olishning vaqtincha to‘xtab qolishi) xurujlari va shishlar kuzatiladi. Tug‘ilganidan bir oz muddat o‘tib jigar kattalashuvi seziladi, biroq talog‘i kattalashmasligi mumkin. Intranatal zotiljamda esa bola tug‘ilganidan bir necha kun o‘tib, bezovtalik, hansirash va lanjlik kuzatiladi. Birinchi yoki ikkinchi kun oxiriga borib tana harorati ko‘tariladi, diareya, konyuktivit, otit, og‘izdan ko‘pik kelishi hollari uchraydi. Zotiljamga chalingan bolaning tana harorati ko‘tariladi, emmay qo‘yadi, ko‘p uxlaydi yoki aksincha, uxlolmay bezovtalanadi. Ba’zida talvasa tutadi, yuragi tez uradi, onda-sonda yo‘talishi mumkin. DAVOLASH. Zotiljamga duchor bo‘lgan kichik yoshdagi bolalarni, albatta, bolalar shifoxonalarining maxsus bo‘limlarida davolatish lozim. Katta yoshdagi bolalarga esa uy sharoitida davolashga ruxsat beriladi. Lekin bunday hollarda poliklinika shifokori har kuni bemor bolani kelib, nazoratdan o‘kazishi zarur. Bemorning taomlari yuqori kaloriyali, biroq yengil hazm bo‘ladigan, tarkibi yetarlicha vitamin va minerallar bilan to‘yingan bo‘lishi kerak. Yog‘siz mol go‘shti, jigar, tuxum, tvorog, sutli mahsulotlar, sabzavotlar, yashil salat bargi, o‘simlik yog‘i, asal, olma singarilar bolaning ovqatida bo‘lishi tavsiya etiladi. Ko‘pincha kasallik davrida bolaning ishtahasi yo‘qoladi, bunday vaqtlarda uni majburlab emas, balki oz-ozdan tez-tez ovqatlantirish kerak. Bolaning to‘liq sog‘ayib ketishida jismoniy mashqlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlanishida bolaga ehtiyot bo‘lib oyoqlar uchun oddiy bo‘lgan gimnastik mashqlar – bukish va yoyish, ohista aylantirish, shuningdek, nafas yo‘llari mashqi – nafas olganda qo‘llarni keng yoyish va nafas chiqarganda qo‘llarni birlashtirish buyuriladi.

Rayhon MUDARISOVA, pediatr

"Sihat - salomatlik" jurnali

ico
Pnevmoniya - o‘pkaning yallig‘lanishi
Pnevmoniya - o‘pkaning yallig‘lanish kasalligi hisoblanib, uni pnevmakokk, stafilakokk, gripp va shunga o‘xshash turli infeksion qo‘zg‘atuvchilar yuzaga chiqaradi. Qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm nafas yo‘lining boshlang‘ich qismlarida halok bo‘ladi, lekin u ajratgan toksin qonga tushib turli a’zolarda kasallik qo‘zg‘aydi. O‘pkaning yallig‘lanishi krepoz va o‘choqli bo‘ladi. Krupoz pnevmoniya - sovuqqotganda, quvvatsizlik holatida odamda pnevmakokk va stafilakokk qo‘zg‘atuvchilari oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Ushbu turda o‘pkaning butun bir bo‘lagi zararlanishi mumkin hattoki, o‘pkani o‘zab turuvchi parda ham zararlanadi. Krupoz pnevmoniya odamda to‘satdan boshlanadi. Va quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:
  • Qattiq et uvishishi;
  • Ko‘krak qafasida og‘riq;
  • Haroratning 38-40 oC gacha tez ko‘tarilishi;
  • Quvvatsizlik, bosh og‘rishi;
  • Yuz, lab, burun chekkalarining qizarishi;
  • Nafas qisishi;
  • Ongning sustlashuvi (Alahsirash) ;
  • Balg‘amning zang rangida ajralishi;
  • To‘q rangli quyuq siydik;
  • Pulsning tezlashuvi;
Kasallik oqibatida hazm tizimi a’zolarida ham turli o‘zgarishlar yuzaga keladi. Masalan, ishtaha yo‘qoladi, chanqash, qusish, ich dam bo‘lishi, qabziyat. Bu kasallikda bemor tezda davolanmasa, kasallikning 7 yoki 9 kunida bemor harorati 40 oC dan 35 oC ga keskin pasayib ketadi, arteriyal bosib pasayib ketadi, qattiq terlash kuzatiladi. Shu sababdan ham krupoz pnevmoniya bilan og ‘rigan bemorlarni har qanday holatda ham shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizish zarur. Agar, e’tiborsizlik qilinsa arteriyal bosimning keskin pasayishi oqibatida bemor halok bo‘lishi mumkin. O‘choqli pnevmoniya – gripp, stafilakokk, pnevmakokk oqibatida yuzaga chiqadi. Bundan tashqari, qorin tifi, sepsis asorati sifatida rivojlanishi mumkin. Ba’zida nafa yo‘llariga yot jism tushishi, qusuq, suvning nafas yo‘llariga o‘tib ketishi oqibatida ham paydo bo‘ladi. Bunda o‘pkaning mayda bo‘lakchalari zararlanadi, Bronx devorlari bo‘rtib, tomirlar qon bilan to‘ladi. O‘choqli pnevmoniya quyidagi belgilar orqali namoyon bo‘ladi:
  • Darmonsizlik;
  • Tana haroratining 37.5-38 oC gacha ko‘tarilishi;
  • Bosh og‘rib, burun qonashi;
  • Yengil yo‘tal;
  • Yopishqoq, shilimshiq-yiringli va qonli balg‘amning ajralishi;
  • Biroz nafas qisishi;
Kasalikning bu turi ham o‘z navbatida yaxshigina parvarishni talab qiladi. O‘choqli pnevmoniya bilan og‘rigan bemor eng avvalo shifokor masalahati hamda nazorati asosida davolanishi zarur. Kasallikning ikkala turida ham bemor ko‘krak qafasidagi kuchli og‘riqdan ma’lum davr oralig‘ida (Shifokor kelguncha) xalos bo‘lish uchun quyidagi xalq tabobati usulidan foydalanish mumkin. Turpni qirg‘ichdan chiqarib, bir bo‘lak dokaga yupqa qavat qilib, ko‘krak qafasiga qo‘yiladi, avval sochiq, so‘ng ro‘mol bilan yopiladi. To‘g‘ri qilingan kompress terini qizartiradi va issiqlik hissini paydo qiladi. Teri kuyib qolmasligi kuzatib turiladi, 20 daqiqa ushlab, yaxshilab artiladi va issiq kiyim kiyiladi.