chaqaloq parvarishi

MAQOLALAR

ico
Chaqaloqning ilk haftasi (Chilla davri)

Bola dunyoga kelishi katta baxt, lekin uni to‘g‘ri parvarishlab voyaga yetkazish esa ancha mashaqqat tug‘diradigan vazifalardan biridir. Shu sababdan bu baxtga muyassar bo‘lgan onalar uchun bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishi uchun har bir organda bo‘ladigan jarayonlarga qarshi zarur tavsiyalar berilgan.

Foydali tavsiyalarlar...

Kindik - Yangi tug‘ilgan chaqaloqning yo‘ldoshidan qirqib olingan qismi, ya’ni kindigi 7-14 kun ichida tushib, yara joyi butkul bitadi. Ba’zi paytlarda bu holat cho‘zilishi mumkin. Tug‘ruqxonadan chiqqandan so‘ng chaqaloqning kindigi maxsus parvarishga muhtoj bo‘lmaydi. Chaqaloqning kiyimini har kuni almashtirish va kiydirishdan oldin albatta, dazmollash zarur. Agar chaqaloqning kindigidan qizg‘ish suyuqlik ajralsa yoxud noxush hidni sezsangiz zudlik bilan xirurgga yoki oilaviy shifokoringizga murojaat qiling.

Teri - Ko‘pchilik hollarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning yuz va tana terisida qizg‘ish tusdagi dog‘lar, toz suyagi sohasida esa ko‘kimtir tusdagi dog‘lar bo‘lishi mumkin. Bu dog‘lar ma’lum bir muddat o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Chaqaloqning burun sohasidagi oq donachalarga esa onaning xavotirlanishi o‘rinsiz, chunki bu tabiiy hol bo‘lib, u alohida parvarishni talab etmaydi va chaqaloq rivojlangan sari yo‘qolib boradi.

Sochlar - Ba’zi chaqaloqlar qalin sochlar bilan dunyoga kelishsa, ba’zi birlari esa sochlari kam holda tug‘ilishadi. Bu qorin sochlari hisoblanib, chaqaloq rivojlanish davrida to‘kilib, ularning o‘rnida yangi sochlar o‘sib chiqadi. Shu bilan birga chaqaloqning peshona va tana qismida ham mayda yumshoq sochlar bo‘lishi mumkin, bu sochlar ham vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi.

Liqildoq - Chaqaloqning bosh sohasini ushlab ko‘rganda yumshoq va tomir urib turgan joyni sezish mumkin (katta liqildoq) sal pastroqda, ya’ni ensa sohasida kichik liqildoq mavjud. Bir necha oy ichida bu sohalarda suyak rivojlanadi. Bosh terisi esa juda ham qalin bo‘lib, bolani cho‘miltirishda hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

Ko‘zlar - Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘zlari shishgan yoki uning ichida qizil dog‘lar bo‘lishi mumkin. Bu normal hol hisoblanadi. Agar bu holat bir haftadan ortiq davom etsa, zudlik bilan okulistga murojaat qilish zarur.

Og‘iz - Chaqaloqning og‘iz bo‘shlig‘idagi oq rangdagi dog‘lar infeksiya mavjudligidan dalolat berib, shifokor ko‘rigiga zarurat tug‘diradi.

Lab - Go‘dak lab sohasining tepa qismidagi shish normal hisoblanib, onaning xavotirlanishiga o‘rin yo‘q.

Ko‘krak qismi - Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘krakchalari sal shishgan bo‘lishi mumkin. Bu shishlarni siqish man etiladi, aks holda siz ko‘krak bezlariga shikast yetkazishingiz mumkin. Agar siz bilmagan holda ko‘krak bezlarini siqqan bo‘lsangiz, unda ilitilgan kamfor yog‘i bilan kompress qilish zarur va zudlik bilan shifokorga murojaat eting.

Ich kelishi - Chaqaloq hayotining ilk kunlarida ich kelishi biroz ko‘kimtir shilimshiq holda bo‘ladi, biroq ona suti bilan oziqlana boshlagandan so‘ng ich ketishi normal sariq tusga kiradi.

Peshob - Yangi tug‘ilgan bola tez-tez peshob chiqaradi, shuning uchun tagliklarni tez-tez almashtirib turish zarur.

Jinsiy a’zolar - Qiz bolalarning tashqi jinsiy a’zolari shishgan va ba’zi hollarda qonli ajralmalar kelishi mumkin, bu normal holdir. O‘g‘il bolalarda esa peshob chiqishining og‘riqli kechishi, shish va qizarish holatlari kuzatiladi, bu holat ro‘y berganda mutaxassisga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Bolani sog‘lom va kasalliklarga chalintirmay o‘stirish uchun uni chiniqtirish lozim. Chiniqtirishning asosiy qoidalaridan biri, bu bolaning chiniqtirish paytidagi sog‘lig‘idir. Bola sog‘lom bo‘lishi kerak. Chiniqtirish muolajalari ijobiy ta’sir etishi uchun ularni tez-tez amalga oshirib turish kerak. Chiniqtirish muolajalarini chaqaloq tug‘ilgan davridan o‘smirlik davrigacha davom ettirish mumkin.

 

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Chaqaloq ko‘p yig‘lasa, nima qilish kerak?

Nega bola tinmay qichqirib yig‘lamoqda?

Siz tomondan quyidagilar talab etiladi:

1. Bolada aynan vrach yordami talab qilinadigan holat-mi yo‘q-mi? aniqlash kerak:

Vahima qilish kerak, agar:

  • Bolaning to‘xtamay qusayotgan bo‘lsa;
  • Bola tanasini oqarib ketgan bo‘lsa;

Agar bu ikki simptom kuzatilmay bola ko‘rinishi yaxshi bo‘lsa, ko‘rinishi kasalga o‘xshamasa, u holda vrachni chaqirish hojati yo‘q.

chaqaloq kop yiglasa

Aniqlang: bola badanida og‘riq yo‘q-mi?

Bolani yechintirib quyidagilarga ahamiyat berib chiqing:

  • Bolaning qo‘li yoki oyog‘ining qimmirlashi o‘zgarmaganmi?
  • Tanasida oldin siz ko‘rmagan shish yoki qizarishlar yoq-mi?

Agar qandaydir g‘ayrioddiy narsa sezgan bo‘lsangiz vrachga murojaat qiling. Ko‘pincha yuqoridagi o‘zgarishlar bolani yiqitib yuborganda kuzatiladi.

  • Bola soni egiladigan joyda (qorin tagi) shishlar yo‘q-mi?

Bu holat ichak o‘tkazish yo‘llarida grija yoki ichak o‘tkazish sistemasi buzulganligidan dalolat beradi va tibbiy yordamni talab etadi.

  • Bola qornini ushlab ko‘ring. Tarrang bo‘lib ishgan emas-mi? Yoki siz tegsangiz bola battar qichqirib yuborayotgani yo‘q-mi?

Bunday holatning sababi ichak yo‘llarining buzulishidadir. Lekin ko‘pincha bu holat bilan birga qusish, bola tanasining oqarib ketishi va umumiy holsizlik kuzatiladi. Bola qornining aynan yig‘lash payti emas sal tinganida ko‘rish kerak. Chunki yig‘layotgan bola qorni tarrang bo‘ladi.

  • Bola tagliklari yopishgan joylarida qattiq qizarish yo‘q-mi?

Bu juda katta og‘riq keltirishi mumkin.

  • Bola burnidan quyuq sariq suyuqlik chiqmayapti-mi?

Bu quloq yallig‘lanishi bo‘lishi mumkin.

  • Bola kattasini qilaman deb kuchanmayapti-mi, yoki sizning kuzatishlaringiz bo‘yicha 2 kundan beri ichi kelmagan-mi?

U holda gliserin svechalaridan foydalangan holda bola ichini yumshating va qornini soat strelkasi bo‘yicha iliq qo‘l bilan sekin-sekin silang.

  • Bola milklari ishib so‘lagi ko‘p oqmoqda-mi?

Bu hol tishi chiqayotganidan dalolat beradi.

  • Bola tanasini yaxshilab ko‘rib chiqing, odatda hatto soch barmoq atrofida aylanib qolishi bolaga noqulaylik keltirishi mumkin.

Agar yuqoradigalardan siz hech narsa bolangizda topmagan bo‘lsangiz, u holda quyidagilarga nazar soling:

  • Yaqin orada bolaga yangi mahsulot berishni boshlamagan edingiz-mi? Agar emizayotgan bo‘lsangiz, o‘zingiz yangi bir mahsulotni, oldin iste’mol qilmagan mahsulotni yeb qo‘ymadingiz-mi? Yoki smes berayotgan bo‘lsangiz, smes turini almashtirmagan edingiz-mi?
  • Balki bolangiz psixologik nuqtai nazardan xafa bo‘lmoqda holos. Agar bolada jismoniy yoki allergik sabablarni ko‘rmagan bo‘lsangiz, u holda bolani mehr bilan tinchlantirishga uruning.
  • Bolani quchog‘ingizda olib ko‘chaga olib chiqib aylanib keling;
  • Emizib ko‘tarib yuring;
  • Bola massajidan foydalaning, ayniqsa qorin massaji foydali bo‘ladi.

Agar yuqoridagilardan kelib chiqqan harakatlaringiz yordam bermay, bolangiz hali ham tinmay yig‘layotgan bo‘lsa, u holda vrachga murojaat qiling.

Foydali maqola:Chaqaloq ko‘p yig‘lashiga sabab nima?

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Chaqaloq ko‘p yig‘lashiga sabab nima?

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yig‘lash refleksi tabiiy hisoblanadi. Faqat qorni ochganda, tagi ho‘l bo‘lganda, uyqusi kelganida chaqaloqning yig‘lashi me’yoriy holatdir.

Ammo ayrim hollarda chaqaloqlarning qorni to‘ymasligi, ich qotishi va qorni og‘rishi ham uning ko‘p yig‘lashiga sabab bo‘lishi mumkin.

Chaqaloq ko‘p yig‘lasa, xavfsirash asoslimi?

Yangi chaqaloqning haddan ziyod ko‘p yig‘lashi boshqa jiddiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Go‘dak tug‘ilgandan so‘ng ayrim sabablarga ko‘ra paydo bo‘luvchi bosh miya ichki bosimi kasalligi va boshqa xastaliklar yuzaga kelish ehtimoli yuqori. Chaqaloqni 10 daqiqadan ortiq yig‘lashi miyada qon aylanishining buzilishiga sabab bo‘ladi. Bu holat esa keyinchalik jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bola yig‘laganda ona imkon qadar uni tezroq tinchlantirishga harakat qilishi lozim. Asosan bosh miya ichki bosimi kasalligi bilan tug‘ilgan chaqaloqlar orasida ko‘p yig‘lash kuzatiladi. Shuningdek, raxit kasalligi rivojlanayotgan pallada ham bolada ko‘p bezovtalik bo‘lishi mumkin. Buning asosiy sabablardan biri haqida biroz to‘xtalmoqchimiz.

Epidemiologik ma’lumotlarga ko‘ra homilador ayollarning ko‘pchiligi orasida homiladorlik davridagi kasalliklar va uning asoratlari onaning turmush tarzi yaxshi emasligidan kelib chiqadi. «Homiladorlikdagi xavfli omillar» so‘zi shundan kelib chiqqan.

Homiladorlikdagi xavfli omillar

Quyidagi omillar chaqaloqning ko‘p bezovtalanishi, haddan ortiq ko‘p yig‘lashiga sabab bo‘lishi mumkin. Ya’ni:

– Onaning boshidan o‘tkazgan kasalliklari, turli infeksion kasalliklarga chalinganligi, ayniqsa, u qizilcha, sil, qizamiq, tepki, suvchechak xastaliklari bilan og‘rigan bo‘lsa. Shu bilan birga irsiy kasalliklardan – gemofiliya, qandli diabet, ruhiy-asab va suyak-bo‘g‘im kasalliklari bilan og‘rigan ayollar farzandida yig‘loqilik ko‘p kuzatiladi.

Yana onaning oilaviy sharoiti va jismoniy sog‘lom o‘sganligi hamda bolaning otasi haqida ma’lumotlar yig‘ishga harakat qilinadi.

Chaqaloqlardagi yig‘loqilik, cho‘chish, qo‘rquv kuzatilgan vaqt­da ko‘pincha onalardan go‘dakning nechanchi homiladorlik davrida tug‘ilganligi va tug‘ruqning qanday kechganligi, ona ayrim homiladorlikni sun’iy to‘xtatganmi-yo‘qmi (ya’ni, abort haqida) so‘rab-surishtiriladi. Shuningdek, oiladagi boshqa bolalarda kuzatilgan kasalliklar, onada asab kasalliklari bor-yo‘qligi, kun tartibiga qay darajada rioya qilishi va to‘g‘ri ovqatlanishi haqida so‘raladi.

Tug‘ruq davrida bolaning kindik o‘qiga o‘ralishi va tug‘ruq jarayoni og‘ir kechganida, uzoq davom etishi ham chaqaloqlarda ko‘p yig‘lashga sabab bo‘lishi mumkin.

Bir donishmanddan «Qaysi ayol eng chiroyli ayol?» – deb so‘raganlarida, u «Eng chiroyli ayol - bu homilador ayoldir», deb javob bergan ekan. Shunday ekan doimo homilador ayollarimizni asrab-avaylashimiz, ardoqlashimiz, mehr ko‘rsatishimiz kerak. Zero, «Sog‘lom avlod – sog‘lom kelajakdir».

Ushbu maqolani ham o‘qing: Chaqaloq ko‘p yig‘lasa, nima qilish kerak? 

© Feruza Jabborova, neonatolog.
"Sog‘lom avlod" gazetasi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Ilk reflekslar
Chaqaloq tug‘ilganidan keyin birinchi kunlariyoq unda tug‘ma reflektor reaksiyalari kuzatiladi. Kichkintoy reflekslarini tekshira turib, shifokor uning nerv tizimining holatiga baho beradi. Agar shifokor: «Bolaning muskullar tonusi va fiziologik reflekslari normada», — desa, demak, bolangiz o‘zini yaxshi sezayapti degani bo‘ladi.

Bu qanday reflekslar?

 
  • Ko‘zni pirpiratish refleksi - Bola yuziga to‘satdan yorug‘lik tushsa yoki havo oqimi tegsa, u ko‘zlarini tez-tez yumib ochadi.
  • Qidirish refleksi - Kichkintoyning yuzini og‘ziga yaqin joyini silang, u shu topdayoq boshini shu tomonga burib, og‘zini ochadi. Ko‘krak uchini yuziga tegizsangiz ham, u xuddi shunday harakat qilib, uni og‘ziga oladi.
  • Xartum (yoki lab cho‘chchaitirish) refleksi - Bolaning yuqori labiga engil urib tursangiz, og‘zi atrofidagi muskullar qisqaradi va bola labini cho‘chchaytiradi. Bu refleks bolalarda 2-3 oygacha saqlanadi.
  • So‘rish refleksi - Agar chaqaloqning lablari yoki tiliga tegsangiz, u shu ondayoq xudsi so‘rayotgandek harakat qila boshlaydi. Emgandan keyin, bolada bu refleks bir muncha so‘nadi, ammo keyingi emizish vaktiga yaqin yana kuchayadi.
  • Yutish refleksi - Agar kichkintoy og‘ziga biron nima tushsa, u yutadi. Garchi bu refleks tug‘ma bo‘lsa-da, ammo kichkintoy yutish harakatlarini nafas olish bilan muvozanatga keltirishga o‘rganishi lozim bo‘ladi va buni o‘rganib olmaguncha, vaqti-vaqti bilan yo‘talib qo‘yadi. Bola qonida kislorod miqdori kamayganida, nafas oladi. Bachadonda unga ozgina kislorod ham etarli edi. Endilikda unga ko‘proq kislorod talab qilinadi hamda uning organizmi yangi sharoitga ko‘nikishi lozim bo‘ladi. Shuning uchun ma’lum vaqt davomida u to‘g‘ri nafas olishni o‘rganadi: tez nafas olib, sekin chiqarishga va buning orasida ovqatni yutishga odatlanadi.
  • Kaft-og‘iz refleksi - Kaftining katta barmoqcha tepaligi yaqinida barmog‘ingizni botirsangiz, bola og‘zini ochib, sal boshini egadi. Bu refleks chaqaloq hayotining uchinchi oyiga kelib so‘nadi. Bu vaqt mobaynida siz bu refleksdan bolangiz og‘zini ochishi kerak bo‘lib qolgan hollarda (masalan, dori ichirish uchun) foydalanishingiz mumkin.
  • Ilib olish refleksi (Robimson refleksi) - Agar kichkintoy kaftiga ko‘rsatkich barmog‘ingizni bersangiz, u uni shu darajada mahkam ushlaydiki, hatto o‘z vaznini ham ko‘tara oladi. Bu refleks etti oyga kettib go‘nib boradi.
  • Quchoqlab olish refleksi (Moro refleksi) - Agar chaqaloqni yo‘rgaklayotgan stolni uning boshidan 20-30 sm narida sal ursangiz, bola qo‘llari va barmoqlarini yozib yuboradi, oyoqchalarini cho‘zadi va orqasini ko‘taradi. Keyin u yana yig‘ilib oladi: qo‘llarini ko‘kraklari ustida xuddi o‘zini quchoqlayotgandek, oyoklarini esa qorni tomon yig‘ib oladi (embrion holati).
  • Oyoq tagi refleksi - Oyoqchasi tagining ikkinchi va uchinchi barmoqchalari atrofini barmog‘ingiz bilan bossangiz, bola barmoqlarini yig‘ib oladi.
  • Babinskiy refleksi - Bolaning tovonidan barmoqlariga tomon barmog‘ingiz bilan «chiziq» o‘tkazsangiz, kichkintoy avval katta barmog‘ini, keyin elpig‘ich kabi qolgan barmoqlarini yozadi va yana yig‘ib oladi.
  • Himoya refleksi - Chaqaloqni qorniga yotqizsangiz, u boshini yonga buradi va ko‘tarishga urinadi. 1-1,5 oydan keyin u boshini ushlashga urinadi. Ularning bu harakatlarini kuzatish naqadar zavqli, to‘g‘rimi? Bu tug‘ma refleks ularga qorni bilan yotganda nafas tiqilib qolmaslik uchun juda kerak.
  • Emaklash refleksi - Kichkintoy qorni bilan yotganda, qo‘lingizni oyoqlari ostiga tirang, u shu ondayoq itariladi. Bu refleks 3-4 oylardan keyin yo‘qoladi.
  • Tiralish refleksi - Agar chaqaloqni qo‘ltiqlaridan ushlab ko‘tarsangiz, u oyoqlarini yig‘ib oladi. Agar uning oyoqlarini biron erga qo‘ysangiz, u gavdasini to‘g‘rilab, yarim bukilgan oyoklarida turadi. Agar uning tanasini engilgina oldinga buksangiz, u qadam tashlaydi.
  • Sho‘ng‘ish refleksi - Agar kichkintoyning yuziga suv tegsa, uning yurak urishi sekinlashadi. Agar u to‘satdan suv ostida bo‘lib qolsa, ma’lum vaqtga nafas olmay turadi.

Sangzor.uz