Bepushtlik

MAQOLALAR

ico
Inseminatsiya - sun'iy urug‘lantirish

"Farzandsizlik - og‘tirmas dard" - deya xalqimiz bejizga aytishmaydi. Albatta, bu dardni boshidan o‘tqazgan yoki o‘tqazayotganlar barcha shifokor-u, tabiblarga ko‘rinadilar. Albatta, bunda muammo aniqlanadi, agar iloji bo‘lsa oilaga shifokorlar "quvonch" ulashadi. Agar, muammo yirik bo‘lsa natijani aytishga ham iymanadi, odam!

Aynan, ana shunday hollarda "oilaning" istaklariga binoan zamonaviy tibbiyot na‘munalaridan bo‘lgan, sun‘iy urug‘lantirish - inseminatsiya qo‘llaniladi. Bu usul barcha holatlar uchun qo‘llanilmaydi. U faqat

  • Ayol  to‘liq sog‘lom bo‘lib , biroq er spermalarining urug‘lantirish qobiliyati o‘rtacha pasaygan hollarda;
  • Sperma ko‘rsatkichlari normal bo‘lib, ovulyatsiya payti bachadon bo‘yni ishlab chiqargan shilliq spermatazoidlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida er-xotin juftligining bir-biriga mos kelmasligi (qarama-qarshi bepushtlik) tashxisi qo‘yilsa qo‘llaniladi.

Uning qo‘llanilishi ham ancha qiyinchilik tug‘diradi. Usul bachadon ichida bajariladi. Chunki, inseminatsiya uchun tavsiya etiladigan yuqoridagi har ikkala omil ham spermatozoidlarning bachadon ichiga zarur miqdorda yoki umuman tushmasligi bilan bog‘liq.
Inseminatsiyada dastlab spermaga ishlov beriladi. Ishlov berish esa bir necha qismdan iborat.
Spermatozoidlar inseminatsiya o‘tkazish uchun tayyorlanadi: bu laborotoriya sharoitida  zichlik gradiyenti usullari yordamida amalga oshiriladi. Bu usullar spermatozoidlarni tozalash va taqsimlashga qaratilgan. Natijada inseminatsiya uchun eng harakatchan spermatozoidlar ajraladi. Ular o‘z morfologiyasiga ko‘ra ishlov berilmagan spermaga nisbatan yaxshiroq bo‘ladi.
So‘ng ovulyatsiya bo‘lganini ultratovush tekshiruvida aniqlab, o‘sha kuni yoki ertasiga oldindan tozalab tayyorlangan shahvat kateter yordamida to‘g‘ri bachadon ichiga quyiladi. Albatta, barcha jarayonlar qoidalarga amalqilib o‘tqazilsa, yaqin bir yil ichida o‘sha oilalarning 10 - 20 foizida (Statistika)  "Beshik to‘y" bo‘lishi aniq. Afsuski, ayrim hollarda e‘tiborsizlik yoki shifokorlarning masuliyatsizligi tufayli ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, ba’zi klinikalarda erkak spermasini, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (tozalamasdan, tekshirmasdan) shpris orqali ayol qiniga yuborish muolajalari olib boriladi. Bu homiladorlikka erishishning tabiiy usulidan deyarli farq qilmaydi va farzandsizlik holati yana qayta kuzatilishi mumkin. Bu holat yana ruhiy tushkunlikka olib keladi.Bundan tashqari, tozalanmagan shahvat bachadon ichiga o‘tkir shamollash, turli xavfli kasallik viruslarini olib kirishi ham mumkin.

Mamlakatimizda qonunan inseminatsiya qilish va ovulyatsiya induksiyasi usllariga ruxsat etilgan!

ico
Erkak bepushtligiga sabablar ne?!
Hozirda jahon bo‘yicha eng muammoli dard bu bepushtlik dardidir. Bu dard ortidan kelib chiqadigan kasalliklarga esa asab va ruhiy kasalliklarni misol keltirishimiz mumkin.  Aslida, erkak bepushtligiga sabab bo‘luvchi omillar juda ko‘p. Eng ko‘p uchraydiganlarini sanaydigan bo‘lsak, [caption id="attachment_702" align="aligncenter" width="526"] Foto: Andrology.ru[/caption]
  • tug‘ma yetishmovchiliklar (kriptorxizm yoki monorxizm – moyakning o‘z o‘rniga tushmaganlik holati, moyakning bittasi yoki ikkalasi ham yorg‘oqda bo‘lmay, qorin bo‘shlig‘ida qolishi; anorxizm – ba’zan ikkala, ko‘p hollarda bitta moyakning tug‘ma bo‘lmasligi; gipospadiya – siyik chiqarish yo‘lining qisman yoki butunlay bo‘lmasligi; epispadiya – erkaklar tashqi siydik yo‘lidan bir qismining tug‘ma kamchiligi, masalan, shu teshikning jinsiy olatning ustki yoki pastki qismida bo‘lishi),
  • uzoq davom etgan chov, chov-yorg‘oq churralari (grijalari),
  • moyakning o‘tkir kasalliklari – orxit (sil, zaxm, so‘zak va boshqa kasalliklarda moyakning yallig‘lanishi) va orxoepididimit (erkak jinsiy bezi va ortig‘ining yallig‘lanishi),
  • moyaklarning buralishi va shikastlanishi,
  • prostatit va venerik (jinsiy yo‘l bilan yuquvchi tanosil kasalliklari) kasalliklar,
  • varikotsele – urug‘ tizimchasining varikoz kengayishi (erkaklar bepushtligining 15 foizini tashkil qiladi)
  • jinsiy buzilish,
  • immunitetning o‘ta pastligi, jinsiy zaiflik,
  • gormonal buzilish, masalan, erkaklik gormoni – testosteron tanqisligi,
  • tashqi ta’sirlar – ruhan siqilish, alkogol, tamaki, narkotik moddalar va ba’zi dori vositalari; ekologiyaning yomonligi (radiatsiya, vitamin C va rux tanqisligi), jinsiy a’zolarga nisbatan e’tiborsiz bo‘lish (haddan tashqari tor kiyim, og‘ir jismoniy mehnat va boshqalar),
  • shahvat (sperma) tarkibining yomonlashishi.
Biz sanab o‘tganimiz, umumiy holdagi tibbiy jihatlar hisoblanadi. O‘zingiz bilganingizdek, har bir inson alohida xususiyatga ega va bu holatlar ham barcha odamlar uchun farq qilinishi mumkin!
ico
Farzandsizlik - «og‘ritmas dard»
Farzandsizlik hozirda ko‘pchilikni qiynayotgan «og‘ritmas dard» hisoblanadi. Tibbiy jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, farzand ko‘rmaslikning ko‘pgina holatlari uchraydi. Bularga ko‘pgina kasalliklar, a’zolardagi kamchiliklar va hokazo tibbiy asoratlar. Bulardan tashqari farzandsizlikning oddiygina ijtimoiy tibbiy holatlari ham borki, bular ta’sirida sog‘ insonni ham turli «xalq tashxislari» orqali kasalga yoki «farzandsiz» degan nomga musharraf qilib qo‘yish mumkin. Biz hozir shunday sabablar bilan sizni tanishtirib o‘tamiz: Birinchi sabab, ayrim yosh kelin-kuyovlardagi olti oygacha muddatda farzand bo‘lavermasligini fiziologik holat ya’ni meyor deya qabul etishmaydi. Chunki, bunda organizmdagi ayrim «elementlar» o‘zaro bir biriga moslashib olgunicha vaqt kerak bo‘ladi. Lekin, yoshlar buni tushunmasligi tufayli munosabatlarni chigallashtiradi. Ikkinchi sabab, farzand bo‘lishini o‘ta intiq kutish, bu borada kelinlarga qilinadigan tazyiqlar (ayniqsa, qaynonalar tomonidan) ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Ziqliq natijasida, qolaversa, «hayz oldi sindromi» paytidagi siqilishlar homilaning ko‘z ilg‘amas darajada kichik paytidayoq sezilmay, odatiy qoni tarkibida tushib ketaverishiga sabab bo‘lishi mumkin; Uchinchi sabab, yosh kelin-kuyovlar orasida «jinsiy munosabat nechog‘li ko‘p bo‘lsa, shuncha tez farzandli bo‘lish mumkin» degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud.  Ammo, farzandli bo‘lish uchun erkakning uch kunlik urug‘i yig‘ilsagina kifoya qiladi. To‘rtinchi sabab, jinsiy munosabatdan so‘ng, ayol kishi o‘z vujudidan erning urug‘ suyuqligi oqib chiqib ketmayotganligiga e’tiborli bo‘lishimaydilar. Jimodan so‘ng tezda g‘usl qilish uchun turib ketish yaramaydi. To‘la urug‘lanish o‘z o‘rnida qaror topishi uchun ikkovlon bir necha soat o‘rinlaridan qo‘zg‘almay suhbatlashib yotganlari ma’qul; Beshinchi sabab, o‘ta tez jinsiy munosabatda bo‘laverish ayrim hollarda ayol qinida erkakning spermasiga nisbatan qarshi antitelolar hosil bo‘lishi mumkin. Buni sodda qilib tushintiradigan bo‘lsak, biror kasal bilan kasallansangiz organizm unga qarshi antitelo ishlab chiqaradi. Siz esa sog‘ayasiz. Bu jarayon avvalgi holatning teskarisidir. Ya’ni ayol organizmi sog‘ayish niyatida antitelolar ishlab chiqaradi. Lekin, bu kasallikka, ayni farzandsizlik kasalligiga chalinishga sabab bo‘ladi. Bunga ilmiy tibbiyotda  «immunologik bepushtlik» deyiladi. Asosiy ijtimoiy sabab, hozirgi kunimiz ko‘pchilikda sayohatlar bilan o‘tmoqda, birov ishlashga, birov dam olishga, kimdir o‘qishga va shunga o‘xshash «go‘shangadan uzoq holalar». Bunday holatdagi yoshlar o‘z jufti bilan haftada, oyda ayrimlari yilda bir marta uchrashishadi. Xotinlari esa, ota-onasining hizmatlarida bo‘lib yurishaveradi. Uchrashuv kechalari esa, doim ayolning tuxum hujayrasi yetilish vaqtiga ya’ni ovulyatsiya davriga to‘g‘ri kelavermaydi. Tabiy holki, farzandni keyingi safar kelganda ko‘rish kechikib boraveradi. Aslini oladigan bo‘lsak, har bir oilaning ijtimoiy fikrlashiga qarab, bu sabablar ham o‘zgarib boradi. Biz misol qilgan sabablar umuman olganda, bizning jamiyatda kuzatilib turgan oddiy holatlardir. Agar shu holatlar bartaraf etilsa, balki , ajralishlar soni kamayarmidi!!! Omon bo‘ling, azizlar.