El sog‘ligi — yurt boyligi

Sovuq kunlarda semirib ketmaslik uchun nima qilish kerak?

Bir oydan keyin bemalol o‘tgan yilgi jinsilarni va kerakli o‘lchamdagi bahorgi ko‘ylaklarni kiyishga yordam beradigan foydali maslahatlar bilan tanishing!

semirib ketmaslik uchun

Tez-tez ovqatlaning

Bir kunda uch marta emas, besh marta yeng. Lekin oz-ozdan va o‘ylab: porsiya mushtingiz o‘lchamida va faqat murakkab uglevodlardan tashkil topmagan bo‘lishi kerak.

Shunda siz kun davomida o‘zingizni och his qilmaysiz va shokolad, pishiriqlar bilan tamaddi qilishni kamaytirasiz.

Kun davomida ko‘proq suyuqlik iching

Chanqoqni ko‘pincha ochlik deb qabul qilishadi — va yeyishadi, lekin aslida bir piyola suv ichishni xohlagan bo‘lishadi. Ovqatlanishni aynan undan boshlang — u keragidan ortiqcha yeyishga imkon bermaydi.

Oltidan keyin yeng

Parhezshunoslarning fikricha, kechki ovqatni yaxshisi uxlashdan to‘rt soat oldin yegan ma’qul — shunda organizm ovqatni hazm qilishga ulguradi. Lekin agar siz soat 22.00 da emas, masalan, 1.00 da uxlashga yotsangiz, u holda siz bu vaqtgacha och qolasiz va yarim tunda ovqatlanishga majbur bo‘lasiz.

Qo‘llaringizni ish bilan band qiling

Kechqurun televizor qarshisida o‘tirganingizda, o‘zingiz sezmagan holda ortiqcha shirinliklar yoki yong‘oqlar yeb qo‘yishingiz mumkin.

Shuning uchun qo‘llaringizni yeguliklardan tashqari boshqa biron-bir ish bilan band qiling: to‘qing, kashemir sviteringizdagi yumaloqchalarni olib tashlang yoki o‘zingiz xohlagan ish bilan shug‘ullaning.

Tovuq to‘shini o‘z holiga qo‘ying

Ozishni orzu qiluvchilarning ko‘pchiligi tovuq to‘shining bir qismini o‘z menyularining asosi qilib belgilaydilar. Natijada bir haftadan keyin to‘g‘ri ovqatlanish ularda g‘amginlik uyg‘otadi, ikki haftadan keyin esa tunlari shokoladni sho‘rvaga qo‘shib yeydigan bo‘lishadi.

Bunday qilish noto‘g‘ri — turli xildagi oziq-ovqatlarni iste’mol qiling, tovuq go‘shtini ham bir haftada bir-ikki marta yeyishingiz mumkin.

Foydali maqola: Tez va oson ozishni istaysizmi?

Passion.ru / Daryo.uz

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.