Qorinni yo‘qotmoqchimisiz?

Yoshi ulg‘aygani sari ko‘pchilik erkaklarda qorin chiqishi bilan bog‘liq muammo yuzaga keladi. Ba’zilarda tananing boshqa joyi semirmasdan, faqat qorinning kattalashishi kuzatiladi.

Buning sababi nimada? Mavzumiz aynan ana shu haqda.

qorin chiqishi

Qorin chiqishiga ko‘pincha gavdani to‘g‘ri tutmaslik,   noto‘g‘ri ovqatlanish va press mashqlar bilan ishlamaslik sabab bo‘ladi. Agar har kuni qorin mushaklariga ishlov beruvchi mashqlar bajarilmasa, qorinni yo‘qotish qiyin kechadi.

Ko‘pchilik piyoda yurishni jismoniy mashg‘ulot deb biladi. Lekin piyoda yurganda, qorin mushaklari umuman harakatlanmaydi. Shunday ekan, qorinni qanday yo‘qotish mumkin?

Qorin chiqishi bezovta qilyabdimi? Unda nafsni tiying!

Bu jarayonni eng oddiy usul hisoblanmish  parhezdan boshlasak. Bunda, avvalo, kundalik iste’mol qilinayotgan oziq-ovqatlar kaloriyasiga e’tibor berish zarur. Ovqat miqdori sutkada 500 kkal.dan oshmasligi kerak. Odatga ko‘ra, qariyb barcha erkaklar shirinlikni xush ko‘rishadi. Shu bois turli shirinliklar, ichimliklardan voz kechishingiz kerak. Choy va kofeni shakarsiz ichish talab etiladi. Alpqomat bo‘lishni istasangiz, alkogol ichimliklar, xususan, pivoni umuman unuting. Bundan tashqari, chips va muzqaymoqlar bilan ham vaqtincha xayrlashishga to‘g‘ri keladi. Sariyog‘ va yog‘li pishloqlar ham qorin chiqishiga olib kelishini unutmaslik lozim. Shu qoidalarga amal qilish bilan taom kaloriyasini kamida 200 kkal.ga kamaytirish mumkin. Bularning o‘rnini yogurt va sabzavotlardan tayyorlangan sho‘r-vaga almashtirsa bo‘ladi.

Dangasa bo‘lmang!

 Uyda jismoniy mashqlar bajarishni kanda qilmang. Bunda gavdani qimirlatmagan holda oyoqlar bilan harakatlanishga e’tibor qarating. Qorinning pastki mushaklariga ishlov berish uchun oyoq bilan turli   mashqlarni bajaring. Shuningdek, sekin-asta qorin mushaklarini chiqarish mashqlarini bajaring. Avvaliga bir oz qiyin bo‘lishi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan ko‘nikib ketasiz va kerakli natijaga erishasiz.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Rejalashtirilmagan homiladorlikdan saqlanish usullari

Nafas olamiz… Chiqaramiz

 Qorin yo‘qotishning yana bir usuli — bu maxsus moylar yordamida bajariladigan uqalash muolajasidir. Bundan tashqari, qorinni tortish mashqi ham juda foydali. Chunki uni istalgan paytda va istalgan joyda bajarish mumkin. Nafas olganda, qorinni torting, chiqarganda esa bo‘sh qo‘ying. Bu usulni 15 martadan bir kunda bir necha bor takrorlang. Agar ushbu usul parhez va boshqa mashqlar bilan birgalikda bajarilsa, bir oy ichida o‘z samarasini ko‘rsata boshlaydi.

Jarrohlik stoliga yetib borguncha…

 Ko‘pchilik katta qorin ko‘p suyuqlik iste’mol qilgandan paydo bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Lekin bunday emas. Qorin suyuqlikdan tashkil topmagan, u ortiqcha yog‘larning natijasidir. Chunki iste’mol qilingan suyuqlikning barchasi 15 soatda buyrakka yetib boradi. Ba’zi erkaklar qorinni jarrohlik amaliyoti bilan yo‘qotishga urinishadi. To‘g‘ri, hozirda liposaksiya, abdominoplastika va dermolipektomiya degan tushunchalar bor. Lekin ushbu amaliyotlardan keyin qorin boshqa chiqmaydi, degan kafolatni hech kim berolmaydi. Shuning uchun yuqorida tavsiya qilingan oddiy usullardan foydalanish maqsadga muvofiq.

© «Shifo-info» gazetasi.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

6 ta izoh

  1. salom savolimga aniqroq javob bersanglar juda minnatdor bulardim javob uchun oldindan katta raxmat! Savol sochim kup tukilib ancha seraklashib qoldi. sochdi qanaqa quqlashtrsa buladi? va uni jozibodor qilish yullari xaqida malumot bersagiz?

  2. qizalog’I’m tug’ilganidan 2haftadan keyin dumbachasida kichkinagina dog’cha paydo bo’ldi. Boshida o’zgarish bo’lmadi. ammo 9 oylik bo’lganida dog’cha shaklini o’zgartirib o’sa boshladi. Havotirlanib jarroh qabuliga olib bordik. jarroh ateroma deb tashxis qo’ydi va kuzatib turinglar bu xavfsiz o’sma deb aytdi. ATEROMA -o’zi qanday kasallik bu qizimni sog’lig’iga ta’sir qilmaydimi

    1. Ateroma – yog‘ to‘qimasi kistasi. Ateroma yog‘ bezlari og‘zi berkilib qolganida rivojlanadi. Og‘zi berkilib qolgan bezning ichida uning suyuqligi yig‘iladi va vaqt o‘tishi bilan shishib, hosila ko‘rinishiga keladi. Bunday hosilalar tananing tuk bilan qoplangan qismlarida uchraydi. Kaftlarda esa yog‘ bezlari bo‘lmaganligi sababli rivojlanmaydi. Ateroma no‘xat kattaligidan tovuq tuxumigacha bo‘lgan o‘lchamlarda uchraydi. Ko‘pincha boshning sochli qismida paydo bo‘ladi. Ateroma sekinlik bilan katta bo‘ladigan, og‘riqsiz hosila ko‘rinishida bo‘ladi. Ko‘p hollarda bemorlar ateromaning yiringlagan vaqtida murojaat qilishadi. Bunda yorilgan ateromaning tugunchasidan yog‘lar yiringga aralashgan holda chiqishi bilan xarakterlanadi. Ateroma jarrohlik usuli bilan davolanadi. Operatsiyaga kosmetik nuqson va tugunning tez-tez yiringlashi sabab bo‘ladi. Tugun yiringlamagan holda u kapsulasi bilan olib tashlanadi va teri tikiladi. Yiringlagan holda esa kapsulasi imkon qadar olib tashlanadi va teri tikilmaydi. Ateroma kapsulasini to‘liq olib tashlanishi uning qaytalanmasligini kafolatlaydi.

      1. Ateroma boshimda juda kop chiqadi.oxirgi 1yilda kopayib ketdi.
        Nima sabab boladi kopayishiga?
        Uni qayta chiqmasligi uchun nima qilishimiz kerak.

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close