Qon bosimi tushganda tabiiy retseptlar

Qon bosimi pasayishi (gipotoniya) markaziy asab tizimi faoliyatida tomir tonusi va nevrogormonal tartibning buzilishi oqibatida kuzatiladigan kasallik bo‘lib, qon bosimining keskin pasayishi bilan kuzatiladi. Gipotoniya shartli ravishda bir necha turga bo‘linadi: surunkali (qon bosimining uzoq davr mobaynida pasayishi), ­ o‘tkir (boshqa bir kasallik belgisi sifatida qon bosimining pasayishi), ­ simptomatik (bemorda bosimning asta­sekin pasayishi, kasallikning ochiq belgilari bo‘lmaydi), ­ bir martalik pasayish.

Gipotoniya kasalligini tabiiy usulda bartaraf qilish uchun tabiiy retseptlar

Jenshen tindirmasi tetiklashtirish xususiyatiga ega, yurak ishini yaxshilaydi. Qon bosimi pasayib ketganda 2 hafta davomida kuniga 3 mahal 15-25 tomchidan qabul qiling. Dozasi oshib ketmasligi kerak. Aks holda uyqusizlik, bosh og‘rig‘i kelib chiqishi mumin.
Manchjuriya araliyasi tindirmasi ham yordam beradi: kuniga 2-3 mahal 30-40 tomchidan qabul qilinadi. Gipertoniklarga mumkin emas!
Yarim choy qoshiq zanjabil kukunini achchiq damlangan 1 stakan shirin choyga aralashtiring. 1 hafta davomida 3 mahaldan ichasiz. Dozasi oshib ketmasin!
O‘lmaso‘t (bo‘znoch)dan 10 gr olib, ustiga 1 stakan qaynoq suv quyiladi va 30-40 daqiqa o‘rab damlab qo‘yiladi. Suzib olgach, kuniga 2-3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan sovuq holda ichiladi.
Rodiolaning maydalangan ildizidan 1 choy qoshig‘i ustiga 1 litr suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi, va yana 10 daqiqa damlab qo‘yiladi. Kuniga 2-3 stakandan ichiladi. Agar gipotoniya toliqish oqibatida paydo bo‘lsa, qaynatma yaxshi foyda qiladi.
Levziya damlamasidan kuniga 2 mahal ertalab va tushlikda 30-40 tomchidan ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.
Ajriq o‘tining quritilganini tolqon qilib kuninga 3 mahal 1 choy qoshiqdan 5 kun davomida kapotsa va orqasidan issiqroq suv ichilsa qon bosimini oshiradi.
Shirin bodomdan 2 kg olib, teng miqdorda shakar qo‘shiladi va tuyib qorong‘u joydan saqlanadi. Kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan 15 kun davomida yegan bemor bugumon tuzaladi.
Yomg‘ir suvidan 3 litr olib, unga 1 kg novvot qo‘shib qaynatiladi kechasi ochiq joyda kunduzi qorong‘uda saqlanadi. Kuniga 3 mahal 15 kun davomida 100 gr dan ichiladi.
O‘lmaso‘t (bo‘znoch) dan 10 gr olib, ustiga 1 stakan qaynoq suv quyiladi va damlab qo‘yiladi. Ovqatlanishdan yarim soat oldin ertalab va tushlikda 2 mahal 20-30 tomchidan och xolda ichiladi.
Semizo‘tning ho‘l o‘tidan 25 gr olib, ustiga 200 ml suv quyiladi va 10 daqiqa qaynatib, 2 soat damlab qo‘yiladi. Suzib olgach kuniga 3-4 mahal ichilsa arterial qon bosiminin ko‘taradi.
Shizandra (xitoy limonnigi)ning urug‘i va mevasidan spirtli damlama tayyorlab iste’mol qilinadi. Uning uchun 100 gr urug‘ va meva ustiga yarim letr aroq quyiladi 10 kun qorong‘u va iliq joyda saqlanadi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach kuniga 3 mahal 10 tomchidan ichiladi.

Qon bosimi pasayishining oldini olish uchun eng yaxshi yo‘l sog‘lom turmush tarzi hisoblanadi. Bu kasallikda xavf guruhida bo‘lgan shaxslar to‘g‘ri ovqatlanishlari, muntazam jismoniy mashqlar bajarishlari, yaxshi hordiq chiqarishlari kerak. Bundan tashqari, gipotoniklarga qiyin vaziyatlarning oldini olish uchun eng yaxshi tavsiya: salbiy his-tuyg‘ular bosimning sezilarli pasayishiga omil bo‘lgani uchun salbiy hissiyotlardan o‘zingizni asrang.

Diqqat! Bu kabi davolashning tabiiy usullari bilan Biosfera.uz saytida batafsil tanishishingiz mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting. Biz sizga yangi loyihalar taqdim etishdan xursandmiz!

Bizni Telegram’da ham kuzatishingiz mumkin. Telegram’dagi kanallarimiz @AvitsennaUz hamda @Medicine_Uz

loading...

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*