Pnevmoniya — o‘pkaning yallig‘lanishi

Pnevmoniya — o‘pkaning yallig‘lanish kasalligi hisoblanib, uni pnevmakokk, stafilakokk, gripp va shunga o‘xshash turli infeksion qo‘zg‘atuvchilar yuzaga chiqaradi. Qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm nafas yo‘lining boshlang‘ich qismlarida halok bo‘ladi, lekin u ajratgan toksin qonga tushib turli a’zolarda kasallik qo‘zg‘aydi. O‘pkaning yallig‘lanishi krepoz va o‘choqli bo‘ladi.

Krupoz pnevmoniya — sovuqqotganda, quvvatsizlik holatida odamda pnevmakokk va stafilakokk qo‘zg‘atuvchilari oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Ushbu turda o‘pkaning butun bir bo‘lagi zararlanishi mumkin hattoki, o‘pkani o‘zab turuvchi parda ham zararlanadi. Krupoz pnevmoniya odamda to‘satdan boshlanadi. Va quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:

  • Qattiq et uvishishi;
  • Ko‘krak qafasida og‘riq;
  • Haroratning 38-40 oC gacha tez ko‘tarilishi;
  • Quvvatsizlik, bosh og‘rishi;
  • Yuz, lab, burun chekkalarining qizarishi;
  • Nafas qisishi;
  • Ongning sustlashuvi (Alahsirash) ;
  • Balg‘amning zang rangida ajralishi;
  • To‘q rangli quyuq siydik;
  • Pulsning tezlashuvi;

Kasallik oqibatida hazm tizimi a’zolarida ham turli o‘zgarishlar yuzaga keladi. Masalan, ishtaha yo‘qoladi, chanqash, qusish, ich dam bo‘lishi, qabziyat.

Bu kasallikda bemor tezda davolanmasa, kasallikning 7 yoki 9 kunida bemor harorati 40 oC dan 35 oC ga keskin pasayib ketadi, arteriyal bosib pasayib ketadi, qattiq terlash kuzatiladi. Shu sababdan ham krupoz pnevmoniya bilan og ‘rigan bemorlarni har qanday holatda ham shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizish zarur. Agar, e’tiborsizlik qilinsa arteriyal bosimning keskin pasayishi oqibatida bemor halok bo‘lishi mumkin.

O‘choqli pnevmoniya – gripp, stafilakokk, pnevmakokk oqibatida yuzaga chiqadi. Bundan tashqari, qorin tifi, sepsis asorati sifatida rivojlanishi mumkin. Ba’zida nafa yo‘llariga yot jism tushishi, qusuq, suvning nafas yo‘llariga o‘tib ketishi oqibatida ham paydo bo‘ladi. Bunda o‘pkaning mayda bo‘lakchalari zararlanadi, Bronx devorlari bo‘rtib, tomirlar qon bilan to‘ladi. O‘choqli pnevmoniya quyidagi belgilar orqali namoyon bo‘ladi:

  • Darmonsizlik;
  • Tana haroratining 37.5-38 oC gacha ko‘tarilishi;
  • Bosh og‘rib, burun qonashi;
  • Yengil yo‘tal;
  • Yopishqoq, shilimshiq-yiringli va qonli balg‘amning ajralishi;
  • Biroz nafas qisishi;

Kasalikning bu turi ham o‘z navbatida yaxshigina parvarishni talab qiladi. O‘choqli pnevmoniya bilan og‘rigan bemor eng avvalo shifokor masalahati hamda nazorati asosida davolanishi zarur. Kasallikning ikkala turida ham bemor ko‘krak qafasidagi kuchli og‘riqdan ma’lum davr oralig‘ida (Shifokor kelguncha) xalos bo‘lish uchun quyidagi xalq tabobati usulidan foydalanish mumkin. Turpni qirg‘ichdan chiqarib, bir bo‘lak dokaga yupqa qavat qilib, ko‘krak qafasiga qo‘yiladi, avval sochiq, so‘ng ro‘mol bilan yopiladi. To‘g‘ri qilingan kompress terini qizartiradi va issiqlik hissini paydo qiladi. Teri kuyib qolmasligi kuzatib turiladi, 20 daqiqa ushlab, yaxshilab artiladi va issiq kiyim kiyiladi.

1 ta savol

  1. Salom. Savolim quyidagicha:
    Hotinim 28 yoshda, yaqinda 2 oy avval Gipotit B kasaliga chalindi. Kasallikning boshida juda og’ir axvolda edi, hozir asta sekin tuzalyapti. Savolim shundan iboratki, hotinim necha oylargacha Gipotit B kasalini boshqalarga va menga yuqtirishi mumkin yani qancha vaqtgacha kasallik virusining tashuvchisi bulib yuradi. Bundan tashqari bu kasallik qanday yullar bulan yuqadi. Iltimos ushbu savollarimga tuliqroq javob berishlaringizni iltimos qilib surayman.
    Javobingiz uchun oldindan rahmat.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*