Ozish uchun banan yeyish – foydami yoki zarar?

Banan — bu dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida  eng ommabop va oddiy mevalardan biri hisoblanadi. Yuqori ozuqaviy ahamiyatga ega va tarkibi ko‘plab mikrominerallar va antioksidantlarga boy bo‘lgan banan sog‘liq uchun foydali meva deb hisoblanish huquqiga ega.

ozish uchun banan

KrasFrukt

Bananlarning kaloriyasi

Og‘irligi 120—140 g bo‘lgan o‘rtacha kattalikdagi pishgan banan taxminan 100—120 kilokaloriyani tashkil qiladi. Uning tarkibini  25—30 gramm uglevod, 1,5 g oqsil va 0,5 g o‘simlik yog‘i tashkil qiladi.

Banan tarkibidagi pektinlar tufayli uning kaloriyasi va shakar organizm tomonidan asta-sekinlik bilan hazm qilinadi.

Vitaminlar va minerallar tarkibi

O‘rtacha kattalikdagi bitta banan modda almashinish uchun muhim bo‘lgan B6 vitamini sutkalik normasining 25—30 foizini, C vitamini normasining 12—15 foizini, marganets kunduzgi ehtiyoj normasining 16foizini, kaliyning 12 foizini va magniyning 8 foizini qoplaydi.

Banan tarkibiga katexina va dofamin kabi antioksidantlar ham kiradi. Dofamin miyaga borib tushmasa ham, erkin radikallardan muvaffaqiyatli ravishda himoya qiladi.

Bananlar parhezli hisoblanadimi?

Tarkibidagi kraxmallar va kletchatkalar tufayli to‘yimli bo‘lgan va mikrominerallarga boy hisoblanuvchi banan parhezli nonushta uchun eng yaxshi variant hisoblanadi. Asosiysi — bir kunda bitta o‘rtacha kattalikdagi banan yeyish tavsiya qilinadi.

Bananlarning zarari

Ichaklari nosog‘lom bo‘lgan kishilarga kasallikni chuqurlashtirmaslik uchun banan yeyish tavsiya etilmaydi. O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, banan ba’zi odamlarda allergiyaga va qorin dam bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

© Fitseven / Daryo

Bizni Telegram’da ham kuzatishingiz mumkin. Telegram’dagi kanallarimiz @AvitsennaUz hamda @Medicine_Uz

loading...

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*