Moyaklarni mustaqil tekshirish

Erkaklarning jinsiy a’zolarida biri bo‘lmish moyaklar, juft bez bo‘lib, yorg‘oqda joylashgan hamda u sperma ishlab chiqarish vazifasini bajaradi. Vazifasidan ham ma’lum bo‘lib turibdiki, hayotiy muhim ahamiyatga ega a’zo hisoblanadi.

Agar siz moyagingizda og‘riq yoki turli xildagi shishlarni sezsangiz uni mustaqil ravishda o‘zingiz tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Mustaqil tekshirish yordamida erkaklar moyaklaridagi o‘zgarishlarni aniqlashi mumkin. Masalan, moyakda o‘sma (rak) paydo bo‘layotgan bo‘lsa, o‘z-o‘zini tekshirish orqali xavfni aniqlash hamda shifokor bilan birga bu kasallikni bartaraf etish mumkin. Moyak o‘smasi boshqa o‘smalarga nisbatan kam uchraydi. Lekin, uni o‘tqazib yuborish, o‘z vaqtida aniqlamaslik, bilmaslik juda xavflidir!

Moyaklarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turish nima uchun muhimligini tushundingiz degan umiddaman! Agar, hali ham muhimligini tushunmagan bo‘lsangiz, oddiygina tekshirish yoki tekshirmaslik oribatida bo‘lg‘usida ota bo‘la olishingiz yoki bo‘la olmasligingizni o‘ylang! Endi aniq tushundingiz – a! Unda moyaklarni mustaqil tekshiruvni boshlaymiz.

Taxminan bir oyda bir marta iliq vanna yoki dushdan keyin (bunda yorg‘oq terisi yumshoq bo‘ladi hamda moyakni bilishga to‘sqinlik qilmaydi), quyidagi ko‘rsatmalarga muvofiq moyakni va yorg‘oqni yaxshilab kuzating. Moyaklar kattaligi, shakli, yumshoqligi kabi barcha belgilariga ahamiyat bering. Biroz o‘tgach siz yorg‘oq va moyakni shu qadar yaxshi his qilasizki, kelgusida bo‘ladigan har qanday o‘zgarishni birdan payqaysiz.

Tekshirish uchun:

  • Har bir moyakni paypaslab ko‘ring, bunda II va III barmoqlar moyak ostida, I barmoq esa moyak ustki yuzasida bo‘lishi kerak;
  • Har bir moyakni ehtiyotkorlik bilan barmoqlar orasida oldinga – orqaga, so‘ngra yon tomonlarga aylantirib ko‘ring;
  • Agar tekshiruv natijasida, biror bir shishni (og‘riqli yoki og‘riqsizligidan qatiiy nazar) sezsangiz, yorg‘oq sezuvchanligi oshganligini, terida o‘zgarish bo‘lganligini payqasangiz urolog yoki androlog shifokorga murojaat eting!

31 комментарий

  1. Mani ismim anvar. Onanizm bilan ko’p shug’ulanganman. Hozir esa o’ng tuxumimda og’riq ko’p bo’ladi. Urologa bordm kasalik yo’q dedi. Leki ishonchim komil emas.

  2. Куп йозилш нмадан булади?

  3. Аноним

    Tez bõshalishni zarari yõqmi qanday qilib uzoq vaqt ushlab turish mumkin

  4. Аноним

    Nega birxil erkaklar tez boshanadi boshqalari sekin

  5. Ko’pchilikda bo’lgani kabi menda ham tz bo’shalish bilan bog’liq muammo bor. Yuqoridagi maqolada ushbu muammoga sabab «havotirlanish» deb ko’rsatilgan. Ya’ni jinsiya a’zosini kichik yoki ingizchka ligidan xavotirlanish. Deylik menda ham shunaqa bo’gandir. Savol: jinsiya a’zoni operatsiyasiz kattalashtirish yo’llaridan ya’ni maxsus krem yoki dorilar ichish xavfli emasmi? Kelajakka zarari yo’qmikin? Kattalashtirish uchun nima qilgan ma’qul? Shular haqida batafsilroq maqola tayyorlasangizlar iltimos. Elektron pochtamga ham savollarimga javob yozsangi xursand bo’lardim. Oldindan katta raxmat!

  6. Salom doktor man yoshim 20 mada 2 oy oldin valikroz tufyli apiratsa buldim xozir tqimda ogriqbr wobadalaw diyapti doktor bu xalfi emasmi.oldindan raxmat

  7. Salom doktor man yoshim 21 mada 2 oy oldin valikroz tufyli apiratsa buldim xozir tqimda ogriqbr wobadalaw diyapti doktor bu xalfi emasmi.oldindan raxmat

  8. Salom,meni yoshim 18da.Va mening chap tuximimda vena tomirlarini kengayganini payqab qoldim.Men nima qilishim zarur?.Tekshirtiradigan bo’lsam aniq operatsiya qilishadi.Bu «varicocelectomy»og’riqli emasmi?

    • Tekshirtiring va tegishli davolash bosqichlaridan o’ting. Agar zarur bo’lsa operatsiyaga ham rozi bo’lishingiz kerak, chunki agar varikoselle bo’lsa, davolash amalga oshirilmasa, oqibati og’ir bo’ladi.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*