El sog‘ligi — yurt boyligi

Milklarim yuvganimda juda tez qonaydi

Savol: Mening milklarim yuvganimda qonayveradi, ko‘rinishi qizarib, shishib turadi. Stomatologga borsam «milklaring shamollagan» deb tashxis qo‘ydi va har 3 oyda 5 kunlik ampitsilin bilan davoladi. 3 ta kurs muolaja oldim, lekin foydasi 2 3-haftaga boryapti. Lekin boshqa stomatolog «senda vitamin C yetishmaydi» — dedi. Namatak bilan chaydim, foyda bo‘lgandek bolyapti, lekin tishlarim qorayib qolyapti va ishtaham ham ochilyapti (o‘zi vaznim yetarli) . Aytingchi vitamin C ni ukolini milklarimga qildirsam ishtaham bundan ham ochilib ketmasmikan maslahat bering!
Javob:
 — Milklar bo‘shashib qolishining asosiy sabablari og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish jarayonlari, tish emalida saqlanib qolgan va uzoq vaqt tozalanmagan toshlar hamda organizmda C vitaminiging yetishmasligidan deya izohlanadi. Milklar bo‘shashib qolishini davolash uchun avvalo uning sababini aniqlab, so‘ng kerakli muolaja turi belgilanadi. Shunga ko‘ra bunday muolajalar milklar yallig‘lanishiga qarshi inyeksiya ukollari hamda vitaminli preparatlar yuborilishi bilan o‘tkaziladi. Qolaversa, muolaja yakunlangandan so‘ng shifokor ko‘rsatmasi bilan milklarni mustaxkamlovchi surtmalar va maxsus tish pastalari tavsiya etiladi. Siz aytgandek S vitaminili inyeksiya ukollarini milklar holatiga qarab qo‘llash mumkin. Uy sharotida milklarni vaqtinchalik mustaxkamlash uchun isiriq, moychechak, marmarak (shalfey) o‘simliklari va anor po‘stidan tayyorlangan damlamalarda og‘izni chayqash mumkin. C vitamini muolaja vaqtida qo‘llanilganda ishtaxani ochilishi yoki boshqa qandaydir xolatlarga olib kelmaydi.

© «Sug‘diyona» gazetasi

© Sugdiyona.uz

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. abujon

    Tishimni har safar yuvganimda davomli qonaydi. Buni sababi nimada. Moychechak damlamasidan foydakanyapman lekin uning foydasi bo‘gani yo‘q. Yana qanday uy sharoitida muolaja qilsam bo‘kadi. Javob uchun oldindan rahmat.

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.