Migren kasalligi (So‘ragan edingiz)

Boshning chap tomonidagi og‘riqlar bilan kuzatiladigan (ifodalanadigan) kasallikdir. Migren ko‘pincha ayollarda uchraydi. Kasallikka asosan qon-tomir tonusini boshqarib turuvchi nerv ishining buzilishi, ko‘pincha oilada va naslda bo‘lgan qon-tomir kasalliklariga beriluvchanlik sabab bo‘ladi.

migren kasalligi

Migren ba’zi bemorlarda balog‘atga yetish davridan boshlanadi. Kasallik xuruji odatda asabiylashish yoki o‘ta charchash oqibatida yuz beradi. Xurujning tutush muddati, sababi, og‘ir-yengilligi yosh o‘tishi bilan o‘zgara boradi. Bu holatning qaysi tarafga o‘zgarishi bemorning turmush tarziga, dam olish rejimiga, to‘g‘ri ovqatalishiga, mehnat sharoitiga (kuchli shovqin, ravshan yorug‘lik mumkin emas) bog‘liq.

Migren xuruji…

Ko‘pincha migren xuruji yosh o‘tishi bilan og‘irlashib boradi. Xuruj oldi davrida bemorda tashnalik, ochlik hissining paydo bo‘lishi, kayfiyat o‘zgarishi, mudroq bosish kabi holatlar kuzatiladi. Xuruj tutganda og‘riqdan tashqari, bemorning ko‘z oldi jivirlab, har xil narsalar ko‘rinadi. Migrenda asosan bemorning chakka qismi og‘riydi, ba’zan qayt qiladi so‘ngra bemorda og‘riq biroz sustlashadi. Migren xuruji darajasiga ko‘ra 2-3 soatdan bir necha sutkagacha cho‘zilishi mumkin. Xurujlar o‘rtasidagi davrda bemorni migren qiynamaydi, boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak butunlay sog‘lom bo‘ladi.

Bemor xurujni yengillatish yoki to‘xtatish uchun uning belgilari paydo bo‘lishi bilan shakarli kofe, achchiq choy ichib, issiq o‘ralib yotishi, hamda yotoqxonada yorug‘likni kamaytirish, shovqinsizlikni ta’minlashi lozim.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Migrenning davosi bormi?

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

8 ta izoh

  1. Migrenni kofe bilan davolasa bo’ladimi kofe ichmasam boshimda kuchli og’riq bo’ladi shifokor migren dib tashhis qo’ydi
    yoshim 26da

  2. Migren kasalligiga qanday chora qollaw m.n dori darmonlarini yozib yuboringlar iltimos sizlardan.

  3. Salom migren bilan og’rigan bemorni butunlay tuzata olsa boladimi? Javobigiz uchun oldindan raxmt.

  4. Mening boshimning o’ng tomonida yuzaga keladigan og’riq huddi migrenga ta’rif berilganiday faqat o’ng chakkamda bo’ladi bu ham migrenmi uning davosi bormi?
    Qaysi shifokorga murojaat qilishim kerak?

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close