Marmarak (mavrak, shalfey) - ko‘p yillik o‘simlik yoki yarim butalar turkumi, vatani O‘rta er dengizi sohillari. Tibbiyotda uch turidan foydalaniladi:

Dorivor marmarak

Bo‘yi 20 50 sm ga yetadigan yarim buta. Tibbiyotda bargi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, flavonoidlar, ursol va oleanol kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Bargining damlamasi burishtiruvchi, dezinfeksiyalovchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi vosita sifatida yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishida, tomoq, og‘iz va milk shilliq pardalari yallig‘lanishida og‘iz chayish uchun qo‘llaniladi.

Efiopiya marmaragi

Bo‘yi 50 100 sm ga yetadigan ikki yoki ko‘p yillik o‘t. Ukraina, Kakaz va O‘rta Osiyo cho‘llarida va tog‘larning quruq qiyaliklarida va boshqa erlarda o‘sadi. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, flavonoidlar va boshqa moddalar bor.

Xushbo‘y marmarak

Bo‘yi 50 100 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. O‘rta Osiyo tog‘larining etaklari hamda pastki qismidagi tog‘ daralarida, toshloq qiyaliklarida va bog‘larda o‘sadi. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, flavonoidlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Qaynatmasi xalq tabobatida yurak tez urganda, darmonsizlikda, bezgak, buyrak kasalliklarini davoshlashda hamda ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Ekstraktidan tayyorlangan surtmasi va ekstraktining kontsentrati - salmus teri kasalliklarini (masalan, psoriaz) ni davolashda yaxshi natijalar beradi. Shuning uchun bu preparatlar ilmiy tibbiyotda ishlatishga tavsiya etilgan. Efir moyidan dorishunoslik amaliyotida suyuq dori shakllarining hidi va ta’mini yaxshilashda foydalaniladi. Xalq tabobatida marmarakning yana ikki turi - Tikanli marmarak va Cho‘l marmaragi er ustki qismining damlamasi yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarda hamda tomoq og‘riganda chayish, ishtaha ochish va isitmada tashnalikni qondirish uchun ichiladi. Yer ustki tarkibida efir moyi, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Mashhur hakim Gippokrat marmarkni «muqaddas o‘simlik» deb atagan.
  • Bolgariyada marmarak barglaridan tayyorlangan damlama gastrit va kolit, oshqozon yarasi, meteorizm, jigar va o‘t pufagi yallig‘lanishini davolashda foydalanishadi. Damlama quyidagi tartibda tayyorlanadi: maydalangan o‘simlik bargidan 2 oshqoshiq olinib, 400 ml qaynagan suv quyiladi, 4 6 soat damlab qo‘yiladi, har 3-4 soatda 20-30 ml dan ichib turiladi.
  • Nafas yo‘llari shamollaganda marmarakdan oligan efir moyiga ingalyatsiya qilinadi - qaynab turgan suvga 1-2 gr moy solinib, bug‘ida nafas olinadi.
  • Polshada marmarakdan shamollashni davolashda keng qo‘llaniladi. Soch to‘kilishiga qarshi ham ishlatiladi.
  • Nemislar marmarakni markaziy asab tizimini mustahkamlash uchun, tungi terlashga qarshi ishlatilar ekan.
  • Avstriyada oshqozon va ichak kasalliklari, halqum shilliq pardasi yallig‘lanishi, anginani davolashda marmarak damlamasidan foydalanilar ekan.
[box type="info" align="aligncenter" ]Ammo marmarakdan tayyorlangan dorilarni shifokor ko‘rsatmasisiz, uzoq va ortiqcha miqdorda qabul qilish yaramaydi. Aks holda zaharlanib qolish mumkin. Homiladorlarga marmarakdan tayyorlangan dorilar mumkin emas.[/box] Xitoyda marmarakni damlab ichishni xush ko‘rishadi, AQSHda esa salatlar, sho‘rvalar, sabzavot, go‘sht, baliqqa qo‘shib iste’mol qilinadi. Bodomcha bezlar yallig‘langanda, shishganda marmarakning yer ustki qismi va gulidan tayyorlangan damlama ishlatiladi. Damlamani tayyorlash uchun bir oshqoshiq solib, ustiga 2 stakan qaynab turgan suv quyilib, 2 soatga damlab qo‘yiladi. Keyin uni dokada suzib, kuniga 6-8 marta og‘iz chayiladi, g‘arg‘ara qilinadi. Bu damlamadan foydalaniladi.