Estetik jihatdan ko‘krak ayollik timsoli, nazokat aks ettiruvchi va ayol go‘zalligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi tasodif emasdir. Hayot davomida sezilarli darajada vazn yo‘qotish, yosh o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar, homiladorlik, irsiyat, chekish kabi turli omillar birgalikda ayollarda ko‘krak shakliga, hajmiga va natijada tashqi ko‘rinishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p ayollar plastik jarroh bilan suhbat davomida ko‘krakning tashqi ko‘rinishidan qoniqmayotganliklarini ta’kidlashadi. Ko‘pincha bemorlar ko‘krakning «oldingi shakli yo‘qolib qolganligiga», ko‘krakning «kichik hajmiga» yoki «katta hajmiga», shuningdek, «asimmetrik» noxush ko‘rinishda bo‘lganligi kabi mazmunda ma’lumotga ega bo‘lishni xohlashadi. Har bir holatga ko‘ra, plastik korreksiyaning turli yondashuvlari mavjud.

Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti (mastopeksiya)

Bu plastik operatsiya nisbatan kichik hajmdagi ko‘krakning turli darajada «pastga siljib qolishini» (yani ptozni) bartaraf etish maqsadida bajariladi. Mazkur amaliyot natijasida ortiqcha bo‘lgan teri olinadi va ko‘krak nisbatan yuqoriga ko‘tariladi. Normada ko‘krak so‘rg‘ichi va bez to‘qimasi (yani parenximasi) ko‘krak osti burmaning (KOB) yuqorisida joylashgan bo‘ladi. Ko‘krak so‘rg‘ichi KOBdan 5-7 sm balandroqda joylashgan bo‘lishi estetik standartlarga mos keladi. Ko‘krak ptozining (pastga «osilib» qolishining) tasnifi (Regnault bo‘yicha): ptoz darajasi ko‘krak so‘rg‘ichining KOBga nisbatan belgilanadi va quyidagi variantlar farqlanadi: [caption id="" align="aligncenter" width="702"]Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti ( mastopeksiya ) Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti (mastopeksiya)[/caption]
  • Ptoz I darajasi - so‘rg‘ich KOBga nisbatan barobar joylashgan bo‘lib, bez parenximasi uning ostida joylashgan.
  • Ptoz II darajasi – o‘rtacha «osilib» qolishi: so‘rg‘ich KOBga nisbatan pastroqda, lekin hali ham parenximaning pastki qismidan balandroq joylashgan.
  • Ptoz III darajasi – jiddiy darajada «osilib» qolishi, so‘rg‘ich KOB ostida va ko‘krak parenximasining pastki qismida joylashgan.
So‘rg‘ich atrofidagi zona (areola) - ko‘krakning bir vaqtda ham estetik, hamda markaz bo‘lib, ideal diametri esa, odatda, o‘rtacha bo‘yli ayollar uchun 40-45 mm tashkil etadi.

Mazkur plastik amaliyot kim uchun ko‘rsatilgan?

[caption id="attachment_4805" align="aligncenter" width="600"]Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti - mastopeksiya Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti - mastopeksiya[/caption] Mastopeksiya ayollarda ko‘krak ptoziga xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishini korreksiyasi orqali avvalgi estetik (konus) shaklni tiklash va simmetrik holatga keltirish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu amaliyot ko‘krak osti burma (KOB) sohasidagi teri muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.

Mastopeksiya turlari

  1. Aylana mastopeksiya (periareolar) - Bu usulning afzalligi shundaki, kesma areola aylanasi bo‘ylab amalga oshiriladi va shuning uchun operatsiyadan keyingi chandiq deyarli ko‘rinmas bo‘ladi.
  2. Vertikal mastopeksiya - Vertikal texnikaning ustunligi ko‘krakning yanada estetik (konusga yaqin) shaklini tiklash imkoniyati borligidan iboratdir. Mazkur operatsiya natijasida ko‘krak ostida vertikal chandiq qolishini ham hisobga olish lozim.

Amaliyot o‘tkazilishidan oldin bemor uchun qanday ma’lumot foydali bo‘lishi mumkin?

Mastopeksiya o‘rtacha 1-3 soat davom etadi va ko‘pincha umumiy og‘riqsizlantirish (ba’zan mahalliy og‘riqsizlantirish ham) yordamida o‘tkaziladi. Odatda operatsiyadan keyin 10 kun ichida choklar olinadi. Mastopeksiya ba’zan ko‘krak hajmini oshirish plastikasi (endoprotezlash operatsiyasi) yoki lipofilling bilan birgalikda ham o‘tkazilishi mumkin. Bir qator klinik tahlillar va ba’zan instrumental tekshiruvlardan so‘ng amaliyot o‘tkazish masalasida bir qarorga kelish mumkin. Amaliyotdan kamida 2 hafta oldin chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechish lozim. Har qanday jarrohlik amaliyot kabi qorin plastikasidan so‘ng asoratlar kelib chiqish ehtimoli ham holi emas.

Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar:

  • ko‘krak asimmetriyasi;
  • yog‘li nekroz;
  • og‘riq;
  • qonash;
  • infeksiya;

Amaliyotdan so‘nggi davr

Mastopeksiya amaliyotidan so‘ng bemorlar odatda tez faol hayotga qaytishadi. Bemorlar operatsiyadan keyin ish faoliyatni 1 haftada qaytishlari mumkin, lekin 2 oy davomida jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi. Plastik korreksiyadan so‘ng natija uzoq vaqt davomida saqlanishi uchun bemorlarga maxsus ichki libos kiyish tavsiya etiladi.

Qanday holatlarda amaliyotdan voz kechish tavsiya etiladi?

[su_note note_color="#e7e7e7"] [su_frame][/su_frame]Maqola muallifi plastik jarroh Alohanov Laziz Bahodirovich. Maqola muallifiga savollaringiz bo‘lsa, saytimizning "Savol-javob" bo‘limida yoki ushbu maqola ostiga izoh shaklida yozib qoldiring. Plastik jarroh bilan bevosita dr.alohanov@esthetic.uz e-maili orqali bog‘lanishingiz mumkin.[/su_note]