4.2
(76)

Savol: O‘g‘limizni  jinsiy a’zosi boshqa o‘g‘il bola tengqurlariga nisbatan kichikdek tuyuladi. Jinsiy a’zoning normadagi uzunligi qancha bo’lishi kerak?

Shifokor konsultatsiyasi

Diagnostika va muolajalar

Androlog javobi:

Jinsiy a’zosi kichikdek tuyilishining tibbiy atalishi mikro penis deyiladi. Vahimaga hojat yo‘q. O‘lchab ko‘rmasdan qaror qabul qilish tog‘ri emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 2smdan kichik bo‘lishi mikro penis diagnozini qo‘yishimizga asos bo‘ladi. O‘lchashni albatta shifokor o‘tqazgani ma’qul.  Yoshga mos jadvali quyidagicha: 

Yoshi Normal holatda o‘rtacha penis bo‘yi Tortilgan holatda o‘rtacha penis bo‘yi
0-28 kun 3.2 sm 3.5 sm
1-5 oy 3.7 sm 4.0 sm
6-12 oy 3.9 sm 4.2 sm
1-2 yosh 4.3 sm 4.7 sm
2-3 yosh 4.8 sm 5.0 sm
3-4 yosh 5.1 sm 5.5 sm
4-5 yosh 5.3 sm 5.7 sm
5-6 yosh 5.6 sm 6.0 sm
6-7 yosh 5.7 sm 6.1 sm
7-8 yosh 5.9 sm 6.2 sm
8-10 yosh 5.7 sm 6.2 sm
10-11 yosh 6.3 sm 6.9 sm
11-12 yosh 7.6 sm 8.5 sm
Voyaga yetganlarda 8,5 sm 9.3 sm

Penis kichikligini «Ko‘milgan penis» yoki «yashiringan» penisdan ajratish kerak bo‘ladi, buningchun pediatr yoki androlog tekshiruvi kerak bo‘ladi

© Murodov Zarifjon.
Andrology.uz