Isteriya – nevrozning bir turimi?

«Isteriya» so‘zi – yunoncha «histeria» so‘zidan olingan bo‘lib, bachadon degan ma’noni anglatadi. Bu kasallik belgilari haqida qadimgi risolalarda ko‘p yozilgan va isteriyani avvallari bachadon funksiyasi bilan bog‘lashgan. Chunki uni, asosan, ayollarda kuzatishgan. Keyinchalik isterik buzilishlar erkaklarda ham aniqlangan bo‘lsa-da, uning avvalgi nomi saqlanib qolgan. Isteriya nevrozning boshqa turlari kabi keng tarqalgan kasallikdir.
Isterik nevroz, asosan, yoshlik davrida, ko‘proq ayollarda kuzatiladi. Ayni paytda uning kelib chiqishida xulq-atvorning bolalikdan isterik tarzda shakllanishi katta ahamiyat kasb etadi.
Isteriya qanday namoyon bo‘ladi?
Ortiqcha ta’sirlanish, har narsaga haddan tashqari e’tibor berish, mustaqil fikrlay olmaslik, ortiqcha ishonuvchanlik, rang-barang his-tuyg‘ularga berilish isteriya uchun juda xos belgilardir. Ular ruhan va jismonan zaif kishilar hisoblanadi. Ko‘pchilik isterik bemorlar fe’l-atvori xuddi bolalar fe’l-atvoriga o‘xshab ketadi. Bunday bemorlar uchun atrofdagilar diqqatini o‘ziga jalb etish xosdir. Isterik buzilishlar faqat nevrozlarda emas, balki psixopatiyalarda ham kuzatiladi. Isterik nevroz simptomlari aksariyat hollarda xilma-xil kasalliklar alomatlarini eslatadi. Shu bois ham isteriyani «katta mug‘ombir» deb atashadi. Isteriyada barcha ichki a’zolar kasalliklarini eslatuvchi belgilarini kuzatish mumkin. Aslida ularda ichki a’zolar kasalliklari aniqlanmaydi.
Puerilizm – bolalar xatti-harakatini eslatuvchi holat bo‘lib, katta yoshdagilarda kuzatiladi. Bolalarga xos bo‘lgan qiliqlar, boladek ingichka tovush chiqarib gapirish, ko‘zlarni katta-katta qilib ochish, kipriklarni pirpiratish, birov gapirganda, og‘zini ochib turish puerilizm uchun juda xosdir. Bemor shu qilig‘i bilan boshqalarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi.
Isteriklarda ham tutqanoq xuruji kuzatiladimi?
Isterik tutqanoq xuruji ham keng tarqalgan belgilardan biridir. Isteriyada kuzatiluvchi tutqanoqlar har xil bo‘ladi va ularning epilepsiyada kuzatiladigan haqiqiy tutqanoqlardan farq qiladigan tomoni ko‘p. Isterik tutqanoq hech qachon bemor yolg‘iz qolganda ro‘y bermaydi, chunki unga doim tomoshabinlar kerak bo‘ladi. Talvasa tutganda, bemor birdan yerga yiqilib, mushaklari tortishadi va talpina boshlaydi, lekin boshi bilan qattiq narsalarga urilmaydi. Bemor “tutqanoq xuruji” paytida o‘ziga qulay joy topib, biror joyiga qattiq shikast yetkazmasdan yiqiladi. Xuruj paytida yoy singari egiladi – bunga isterik yoy deb ataladi. Bunday fe’l-atvor ko‘pgina injiq va erka bolalarga xosdir. Masalan, onasi yangi o‘yinchoq olib bermaganda, bola do‘konda yerga yiqilib, qo‘l va oyoqlarini yerga uradi, goho boshini ham yerga urib qattiq chinqirab yig‘laydi. Qo‘rqib ketgan ona bolasi so‘ragan o‘yinchoqni olib bersa, bola shu zahoti tinchlanadi. Bu odat keyinchalik voyaga yetgan yoshda ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Isteriyada shuningdek soxta falajliklar, sezgi buzilishlari, giperkinezlar, tananing qaqshab og‘rishlari kabi belgilar ham kuzatiladi.
Davolash qanday olib borilishi kerak?
Isterik bemorlarni davolashni o‘ta qisqa muddat ichida olib borish lozim. Davolash muolajalari qancha ko‘p cho‘zilsa, ijobiy natijaga erishish shuncha qiyin bo‘ladi. Bemor to‘la tuzalgandan so‘ng ham oilaviy va boshqa mojarolar oqibatida kasallik belgilari yana namoyon bo‘lib doktor qabuliga kelib qolishi mumkin. Isterik bemorlar vrach va tabiblarga eng ko‘p qatnaydigan bemorlar sirasiga kiradi. Tuzalib ketgandan so‘ng ham biroz vaqt o‘tgach ularda «Vrach yo‘qligi sindromi» rivojlanib yana o‘zi davolagan vrach qabuliga kelib qolishi mumkin. Bunday hollarda bemorga qo‘llangan avvalgi davolash usulini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Agar Sizda muvaffaqiyatli davolanib, rahmatlar aytib ketgan bemorni bir-necha oydan so‘ng boshqa bir vrachning qabulida ko‘rib qolsangiz, aslo hafa bo‘lmaslik kerak. Chunki isterik bemorlar vrachlarni o‘zgartirib turishni xush ko‘rishadi.

Kitob muallifi Zarifboy Ibodullayevga o‘z minnadorchiligimizni bildiramiz.

3 комментария

  1. Хеч ким дард чекмасин экан , айникса Рухин узинда болмаса жудям кийин азоб экан, Кайфиятин йук хеч нарсани кизиги колмагандай куринар дунёо,
    Хозир хусусий полекникалар жудям куп, борсен докторлар хам, точна ташхис куймайди хам, бир кориши фалон пул, пул хам майли, берган дориларин ичасан чин ихлослар билан на тасир килади на эфект беради, улар бизнес кивоти инсон соглиги билан зарачаям кизикишмеди, яна манашу дориларни фалон аптекадан оласан деб адресигача курсатиб харитасини беради,
    Ман бир йилдирки куркув вахима , билан яшаб келаман,
    Хаёлимда битта фикир нега мен тузалмаябман, нега мен бу куйга тушуб колдим, базида чап томоним огрийди юракни текширтираман хамма ерим соппа сог, унда бу огриклар каерда келаётганин докторлар тушунтириб беролмайди хам, тинимсиз кекираман, ошкозонимга 2 марта зонт йутим хаммаси яхши, утимни текширтирдим у хам яхши, жасадимни текширтирмаган жойим колмади, хамма анализлар мияни эмрт,егг, вахокозолар,
    Афсуски дово йук, базан вахима босиб докторимга тел килсам олдимга келин дейди, борсен яна дори езади нахот тасири болса, дорини езганига яна пул хам олади, базида тел килиб безовта болсам гаплашгиси хам келмайди, нега бизда тажрибали докторлар йук, хатто тошмига бордим, хар сохани докторларига учрадим, афсуски биронтаси шифо беролмас, хош мани касалим Невроз болсам нервди барча дори уколини кабул килдим на бир эфеект бор, фобия деб хам куришди Психатрга бордим ичган дориларими на тасири бор, сеянс колмади бошкаси колмади лекин хаммаси бефойда дорилар, мана бир йилдирки ичим аптека болиб кетди,
    Нахот биронта доктор УЗБ да шифо топа ололмаса дардимга, Хозирда ёш болламан, Онам ва укам енимда болмасалар узимни емон хис этаман, Гохида миямни вохима эгалаб оладида кон босимим кутарилади ичим калтирайди, кул оёк музлайди, Манашу холда яхшаб келябман, Яхшиямки ишим Тошкент шахрида, Тошкентда нахот тажрибали доктор топилмаса, шу саволар хар кун миямда айланаверади,
    Кийналиб кетим, узимни чалгитиш учун токка чикаман ойлам билан еки бог ва паркларга бораман, лекин бе фойда,
    Илтимос килардим, мен учун бирон шифо боладигон дори борми еки Доктор борми, ?
    Топилса жудям яхши боларди, Шу кунгача 100 дан ошик докторларга учрадим хар соханикига лекин биронтасидан шифо топа ололмадим,
    Мана хозир бу гапларни бир кайгу , бир алам билан езябман, нафас олишим гохида огирлашиб кетади, бошим айланиб кетади, даво борми , эй Биродарларим,
    Ёшим 31 да, Исмим Жахонгир, агар биронта тажрибали доктор болса илтимос тел килинг телфонин берин , Илтимос!!!
    +998906325036. Бу мени нумерим кутиб коламан!!!!

  2. Аноним

    Детский синдиром накида малумот берсангиз

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*