3.2
(30)

Ko‘pchilik odamlarning ishtahasi yaxshi bo‘lishi semirishga olib kelishini yaxshi bilishadi, shu sababli ishtaha pasayishini ular ijobiy holat va jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi deb o‘ylashadi. Bu bekor gap. Ishtahaning pasayishi vaqtinchalik holat bo‘lishi, psixo-emotsional holat bilan bog‘liq bo‘lishi yoki ba’zi dori preparatlariga bo‘lgan organizm reaksiyasi va jiddiy kasallik haqida darak berayotgan bo‘lishi mumkin, masalan xavfli saraton kasalliklaridan. Shu sababli ishtahaning pasayishini inkor etish kerak emas.

Ishtaha pasayishi sabablari

Ishtahaning pasayishini bartaraf etishdan oldin, ishtaha pasayishiga sabab bo‘layotgan sababdan qutulish kerak. Agar ishtaha pasayishiga sezilarli sabab aniqlanmasa va bu holat 2 haftadan uzoq davom etayotgan bo‘lsa, shifokor ko‘rigidan o‘tish va jiddiy kasalliklarni inkor etish kerak bo‘ladi.

ishtaha ochish

Foto: Pinkycloud.com

Deyarli barcha katta yoshli insonlarda vaqtinchalik ishtahaning yo‘qolish holatlari uchrab turadi. Ko‘pincha, bunga psixologik holat, jismoniy zo‘riqish, davom etuvchi stress, shoshilinch holatlar, apatiya, depressiya va boshqa turli xil vaziyatlar sabab bo‘la oladi. Ayniqsa, yosh qizlar chiroyli qomatga ega bo‘lish uchun turli xildagi sinalmagan diyetalarga rioya etishadi, buning natijasida ovqat hazm qilish tizimida muammolar kelib chiqib, anoreksiya holatiga olib keladi, uning oqibati esa hatto o‘lim bilan tugashi ham mumkin.

Bolalarda ishtaha pasayishiga sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Bola rivojlanishining o‘ziga xosligi;
  • Ovqatlanishdan oldin shirinlik yeyishga odatlangan bolalar;
  • Kamharakat hayot tarzi;
  • Katta yoshlilar tomonidan bolaga o‘tkaziladigan psixologik bosim;
  • Umumiy ahvolning yomonligi yoki qandaydir kasallik.

Ishtahani qanday oshirish mumkin?

Ishtahani oshirish uchun avvalo ovqatlanish tartibi va ratsionini to‘g‘irlab olish kerak.

Ishtaha ochish usullari

Kam-kamdan tez-tez ovqat yeyish. Oshqozonda ovqat yaxshi hazm bo‘lishi uchun oz-ozdan, lekin tez-tez ovqat yeyish kerak. Bunda inson och qolib ketmasligi ham kerak. Har bir ovqatlanish oralig‘I 3 soatni tashkil etishi lozim.

Ratsionning turli xilda bo‘lishi. Ovqat ratsionida albatta inson o‘zi sevib iste’mol qiladigan ovqatlar bo‘lishi kerak. Ammo, ularni doimo iste’mol qilish badga uradi. Buning oldini olish uchun esa ovqat turini o‘zgartirib turish va dessert o‘rnida turli xildagi mevalarni iste’mol qilish kerak.

ishtaha

Foto: Kakimenno.ru

Ovqatlanish doimo bir xil vaqtda bo‘lishi kerak. Har doim bir vaqtda ovqatlanish oshqozon sokining ishlab chiqarilishi va och qolish hissining bir vaqtda “uyg‘onishiga” o‘rgatadi. Och qolish hissi uyg‘onganda, ovqatlanishdan oldin shirinlik iste’mol qilish kerak emas, buning o‘rniga 30 daqiqa oldin mevalar yoki sabzavotlar tanovul qilish, ularning sharbatidan 1 stakan ichish yaxshiroq.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Endoskopiya turlari, vazifalari va bemorlar uchun foydali ko‘ratmalar

Suv balansi normada ushlab turish. Organizmning suvsizlanishi ishtahaning pasayishiga olib keladi, shuning uchun bir kunda kamida 8 stakan gazsiz suv ichish zarur. Ayniqsa jismoniy zo‘riqish vaqtida ko‘proq suv ichish talab etiladi.

Ovqatlanish madaniyati. Ovqatlanish stolining chiroyli qilib bezatilishi va ovqat tortiq qilinishida o‘ziga xos usullarni qo‘llash, ishtahani oshirishda juda yaxshi samara beradi.

Zararli odatlardan voz kechish. Tamaki mahsulotlarini chekish inson organizmi qabul qiladigan “rohatlanish” hissini chaqiradi. Shu sababli tamaki mahsulotlarini cheklash va organizmning ovqatlanishdan lazzatlanish hissini olishga o‘rgatish kerak. Bundan tashqari organizm uchun zararli bo‘lgan odat – bu haddan ortiq ko‘p ishlashdir. Zo‘riqishlardan qochish uchun o‘z vaqtida ishlab, o‘z vaqtida dam olish zarur, ayniqsa uyqu muddati bir sutkada 8 soatdan kam bo‘lmasligi lozim.

Faol hayot tarzi. Ishtaha ochilishi uchun muntazam ravishda organizmni jismoniy mashqlar bilan chiniqtirib borish kerak. Toza havoda sayr etish, tongda yengil yugurish, sport bilan shug‘ullanish, yoga mashqlariga qatnash va ish joyida lift o‘rniga zinalardan chiqib tushish tavsiya etiladi.

Vitaminlar qabul qilish. Organizmda vitaminlar yetishmovchiligi ham ishtahaga salbiy ta’sir etadi. Su sababli erta bahorda va kuzda vitamin komplekslarini qo‘shimcha ravishda qabul qilib turish kerak. Ayniqsa ishtaha ochish uchun askorbin kislota (vitamin C) va vitamin B12 katta rol o‘ynaydi.

Kattalar uchun tavsiyalar

Ishtaha ochish va tana vazniga massa qo‘shish uchun hayot tarzini va odatlarni o‘zgartirish kerak. Kamharakat hayot tarzi va zararli odatlar, hamda doimiy stress holatlari ishtahaning pasayishiga olib keladi. Shu sababli toza havoda ko‘proq sayr qilish, badantarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish, yetarlicha uxlash inson jismoniy holatiga va ruhiyatiga ijobiy ta’sir etadi, ishtaha, ovqatlanish istagi ham ortadi.

Ovqatlanish insonda quvonch hissini uyg‘otishi shart. Buning uchun ovqatlanish stolini bezatish, ovqatlanayotganda shoshmaslik, ovqatning mazasini yaxshilab his etish lozim. Ovqatlanishdan 20-30 daqiqa oldin yashil olma, bir bo‘lak limon yoki 2-3 qoshiq karam sharbati qabul qilish qonda insulin miqdorini va oshqozon shilliq qavatlarini “qitiqlaydi”, buning natijasida ishtaha yanada oshadi. Bundan tashqari tayyor bo‘lgan ovqatga maxsus qo‘shimchalar va ziravorlar qo‘shib iste’mol qilish ham tavsiya etiladi.

Xalq tabobatidan foydalangan holda ishtahani ochish ham yaxshi natija beradi. Masalan, zangori sachratqi (отвар цикория),  shuvoq (горькой полыни), qoqio‘t (одуванчиков) nastoykalari hazm qilish tizimi a’zolariga va ishtaha ochishga yordam beradi. Bu vositalarning barchasini dorixonalardan osongina topsa bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  E vitamini haqida

Kattalarda ishtaha ochish yo‘llari

  • Alloxol – bir kunda 2 mahal, ovqatdan keyin qabul qilish;
  • Askorbin kislota (vitamin C) – 1 kunda 2 tabletkadan, ovqatlanishdan oldin bir oy muddatda qabul qilish mumkin.

Keksa yoshli insonlarda ishtaha pasayishi tuli xil a’zolardagi kasalliklar sababli kelib chiqishi mumkin, masalan, oshqozon, ichak, jigar, buyrak, yurak-qon tomir tizimi, qandli diabet, endokrin tizimi kasalliklari. Qariyalarda ovqatlanish tartibi va tarkibi, ovqat mahsulotlari bilan kiradigan mikroelementlar va vitaminlar yetishmovchiligi umumiy quvvatsizlik, holsizlik, tana vaznining kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Uy sharoitida keksa yoshli insonlar ovqatlanishdan oldin dorivor o‘simliklar damlamasidan (fitochoy) ichishlari lozim. Bundan tashqari ishtahani ochishda sarimsoq, ko‘katlar, ko‘k piyoz, turp suvi hamda sitrus mevalar iste’mol qilish yaxshi samara beradi. Keksalar ko‘proq toza havoda sayr qilishlari va kuchlari yetguncha jismoniy mashqlar bajarishlari kerak, shunda organizm energiyasi sarflanib ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyoj ortadi.

Bola ishtahasani ochish​ usullari

Bolalarda ishtahaning yo‘qligi ota-onalarni tashvishga soluvchi eng ko‘p tarqalgan holatlardan biridir. Vahima qilishga shoshilmang, avvalo bolaning hayot tarzini yaxshi o‘rganib, uning nima sababdan ovqatlanish istagi yo‘qligi haqida bilib oling. Hech qachon bolani majburlab ovqatlantirmang, bu uning psixologiyasiga va hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir etishi mumkin (ovqatlanishga bo‘lgan nafrat, yegan ovqatni qayt qilib tashlash).

bola ishtahasini ochish

Foto: Shutterstock.com

Bolaning ishtahasiga ijobiy ta’sir etish uchun, tongni gimnastika va suv o‘yinlari bilan boshlash kerak. Kun davomida ham bolaning aktiv harakatda bo‘lishi ta’minlash lozim, sayr qilish va turli xil o‘yinlar, ayniqsa tushlik va kechki ovqat oldidan bola kayfiyatini ko‘tarish, bola ishtahasining ochilishiga olib keladi.

Ko‘pchilik bolalar ovqatlanish vaqtini ularning o‘ynashi uchun xalaqit beradigan jarayon deb qabul qilishadi. Shu sababli bola likopchasiga ovqatni kamroq suzib berish kerak, shunda bola uni tezroq iste’mol qiladi va o‘zining sevimli o‘yiniga qaytadi. Ammo, ovqatlanish oralig‘idagi shirinliklar bilan ishtahani bo‘g‘ish yaxshi emas, bunda bolaning o‘z vaqtida ovqatlanish tartibi buziladi.

Psixologik usullardan: sabzavot va souslardan shaklchalar yasash, likopchalarda multfilm qahramonlari surati tushirilgan bo‘lishi (likopchada qaysi qahramon turganligini bilish uchun ovqatni oxirigacha yeyish buyuriladi) bola kayfiyatini ko‘taradi va ovqatlanishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Ishtaha ochish uchun tabiiy retseptlar

ishatahani oshirish

Foto: Nextews.com

Shuvoq (горькая полина) nastoykasi

Kerakli mahsulotlar:

  • Quritilgan shuvoq o‘simligi 1 choy qoshiq;
  • 2 stakan suv.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Speleoterapiya - g‘or bilan davolash

Tayyorlash usuli:

  • 1 osh qoshiq quritilgan o‘simlikni qaynab turgan suvga soling, ya’ni choy kabi damlang;
  • 20 daqiqa kuting. Tayyor bo‘lgan nastoykani ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin ¼ stakan hajmda, bir kunda 2-3 marta qabul qiling.

Qoqio‘t (одуванчиков) nastoykasi

Kerakli mahsulotlar:

  • Qoqio‘t ildizidan 1 osh qoshiq;
  • 250 ml suv.

Tayyorlash usuli:

  • Qoqio‘t ildizining quritilgan holida 1 choy qoshiq olib qaynatilgan suvga soling va uni yana qaynating;
  • So‘ng qaynatilgan nastoykani 1 soatga tindirib qo‘yiladi.
  • Tayyor bo‘lgan nastoykani 1 choy qoshiqdan ovqatdan oldin 3 mahal qabul qilish kerak.

Zangori sachratqi (отвар цикория)

Kerakli mahsulotlar:

  • Sachratqi ildizidan 2 osh qoshiq;
  • 500 ml suv.

Tayyorlash usuli:

  • O‘simlik ildizini qaynagan suvda 10 daqiqa ushlang;
  • Tayyor bo‘lgan nastoykadan yarim stakandan ovqatdan 1 kunda 3 mahal qabul qiling.
  • Yuqoridagi nastoykalarni tayyor holda dorixonalardan ham olsangiz bo‘ladi.

Quyidagi video lavha orqali mutaxassis Mamlakat Rustamovaning to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish borasidagi foydali tavsiyalari bilan tanishishingiz mumkin. Zero, ishtaha pasayishi pasayishining asosiy omillaridan biri bu ovqatlanish tartibiga hamda to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilmaslikdir. Salomat bo‘ling!


Savol: Assalomu alaykum ishtaha ochishga nima maslahat berasiz? Ertalab umuman hech nima yegim kelmaydi, tushlik, kechki ovqat ham oz-oz yeyman, xolos. Shu bilan keyingi kun ertalabgacha bemalol yuraman. Sal narsaga to‘yib qolaman, hech nima o‘tmaydi. Ko‘pchilik, tibbiyotga yaqin do‘stlarim askarbinka olsang yaxshi bo‘ladi deyishgandi. Shu gap rostmi yoki boshqa usullari bormi? Javob uchun rahmat.

Javob: Ha, askorbinkani olsangiz ishtaha nisbatan ochiladi. Lekin baribir buni sababini topish kerak. Ko‘p hollarda ishtaha pasayishining sababi qalqonsimon bez kasalligi bo‘ladi. Shuning uchun birinchi navbatda endokrinologga ko‘rining.
Ishtahani ochish uchun qalampir yeyish ham naf berishi mumkin. Lekin shifokor qabulida bo‘lib, kasallikning sababini aniqlashni unutmang.

© Javlon Abdullayev, shifokor.
ATF.UZ — Onlayn tibbiy konsultatsiya

Gripp va yuqori nafas yo’llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri TeraFludir.

TeraFlu bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: 2 mg benzoksoniy xloridi, 1,5 mg lidokain gidroxloridi,; Yordamchi moddalar: etanol, qalampiryalpiz moyi, mentol, gliserin, xlorid kislotasi, tozalangan suv.https://apteka.uz/product/teraflyu

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo’llaniladigan boshqa preparatlar: GRIPHOT, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.