3.9
(8)

Homiladorlikda ratsional ovqatlanish homiladorlikning normal kechishida muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan ham saytimizning bugungi mavzusini homilador ayollarning ratsional ovqatlanishi mavzusiga qaratdik. Ayolda hech qanday bezovtalik sezilmasdan homila rivojlanayotganbo‘lsa, homilador ayol kuniga 4 mahal ovqatlanishi zarur. Bir kunlik ovqat ratsionida oqsilning yarmini hayvon oqsili (g‘o‘sht, baliq – 25%, 20% — sut mahsulotlari, 5% — tuxum) tashkil qilish kerak. O‘simlik oqsillariga bo‘lgan ehtiyoj dukkaklilar (mosh, no‘xot, loviya), guruch, karam, kartoshka yordamida qoplanadi. Uglevod manbasi sifatida shakardan tashqari, non, yorma, mevalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Homiladorlik vaqtida, mol, cho‘chqa, qo‘y go‘shtlarini iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Bundan tashqari, homiladorlikning ikkinchi yarmida o‘zboshimchalik bilan dori vositalarini iste’mol qilish, dudlangan, konservalangan, tuzlangan mahsulotlarni tanovul qilish mumkin emas.

Shifokor konsultatsiyasi

Diagnostika

Diqqat, bu muhim!

Ratsionda osh tuzi sutkasiga 6 gramdan oshmasligi kerak. Ya’ni, sho‘r ovqatlar yeyish, tuzlamalar iste’mol qilish homilali ayolga tavsiiya etilmaydi. Bundan tashqari, ikkinchi yarmidan boshlab, iste’mol qilayotgan suyuqligingiz (sho‘rva, suv,choy,sharbat) 1-1,2 litrdan yuqori bo‘lishi tavsiya etilmaydi.

Homiladorlikning dastlabki davrlaridan boshlab, ayolda vitaminga bo‘lgan talab 2-2.5 marta oshadi. Shuni hisobga olgan holatda ayollarimiz bolalarining sog‘lom o‘sishi uchun vitaminlarga boy mahsulotlardan iste’mol qilish tavsiya etiladi (Yoz va kuzda meva, sabzavotlar bilan, qish va bahorda polivitamin preparatlari orqali to‘ldiriladi). Homilador ayollar vitaminlar ichidan ayniqsa, C vitaminini ko‘proq iste’mol qilishlari zarur (Dozani umumiy holatga qarab shifokor belgilaydi). Bu davrda ayollarda qabziyatga moyillik kuchayadi. Shu sababdan, qabziyat yuzaga kelmasligi uchun nahorga meva (olxo‘ri, olcha) va sabzavotlarni (sabzi) xomligicha yegan ma’qul. Lekin surgi dorilar qabul qilish homiladorlarga tavsiya etilmaydi ayniqsa, birinchi yarmida.

Chunki, surgi dorilarni ko‘p ichish ichaklar harakatini kuchaytiradi, bu esa bachadon harakatiga ham ta’sir etishi mumkin. Oqibatda ayolda homila tashlash kuzatilishi ham mumkin. Bunday hollarda qabziyatni yo‘qotish uchun bug‘doy kepagidan foydalaniladi: 2 osh qoshiq kepakka20-30 daqiqa qaynagan 100 gramm suv qo‘shiladi, bo‘rtgan kepakni ovqatdan oldin yoki ovqat vaqtida kuniga 2 mahal iste’mol qilinadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Tug‘ruqdan keyin jinsiy yo‘llar kengayishi tabiiy holatmi?