El sog‘ligi — yurt boyligi

Glossit kasalligi

Tildagi patologik o‘zgarishlar ko‘pincha tizim kasalliklarida ayniqsa, me’da-ichak kasalliklarida sodir bo‘ladi. Uning kasalligi yoshga bog‘liq bo‘lmay, bu xastalik turli bemorlarda kuzatiladi.

Ushbu a’zodagi kasallik alohida bo‘lib uchraydi. Bunda kasallik alomatlari faqat tilda qayd qilinadi. Xastalik sababli tilning ko‘rinishi o‘zgarib, “qora sochli” yoki romb shaklida bo‘ladi. Til geografiya xaritasini eslatadi. Bu til geografik til yoki shifokorlar tili bilan aytganda deskvomativ glossit deb yuritiladi.

Bemor tilida har xil shakllar borligidan shikoyat qiladi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi kariyes (chirigan) tishlar va milkdagi yallig‘lanishni davolab, shaxsiy gigiyenaga e’tibor berish kerak. Ba’zida til achchiq, sho‘r ta’mni sezsa, unda bu deskvamatsiya til uchida joylashganini bildiradi. Og‘iz gigiyenasiga e’tibor bilan qaralmasa ko‘pchilik tishlarda kariyes va uning asoratlari aniqlansa (unga patogen mikroblar tushsa) kasallik anchagacha cho‘zilishi mumkin.

Og‘iz bo‘shlig‘ini uy sharoitida achchiq damlangan ko‘k choy bilan 2-3 marotaba chayib turish kerak. A va E vitaminini dokaga namlab zararlangan joyga qo‘yiladi. Bu dori vositalari 20-30 daqiqa ushlab turiladi.

Bemor nordon, achchiq, sho‘r va marinadlangan(sirkali) oziq-ovqat mahsulotlaridan parhez qilishi zarur. Glossitda til yuzasida yoriqsimon ariqchalar juda keng, uzun va yon tarafga shox singari tarqalgan bo‘ladi. Ya’ni, unda mayda-mayda burmalar kuzatiladi. Bu “burma til” deyiladi. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga qat’iy rioya qilinsa, kasallik asoratsiz kechadi va tuzalib ketadi. Aksincha bo‘lsa og‘izda zamburug‘, ya’ni kandidoz kasalligi rivojlanadi.

Stomatolog ko‘rigida tilning uchdan bir orqa qismida ko‘pincha rombga o‘xshagan o‘zgarish borligi kuzatiladi. Uni paypaslab ko‘rilganda va diqqat bilan qaralsa til yuzasidan ko‘tarilgan, qizil tusli yoki ko‘kimtir-qizil rangda bo‘ladi. Ba’zan bu shakl dumaloq, oqishroq rangda ham bo‘ladi.

Davosi

Tishlarni davolash, parodont to‘qimasini sog‘lomlashtirish, tishdagi karash va toshlarni olib tashlash, og‘iz gigiyenasiga rioya qilish kifoya.

Til epiteliysi oziqlanishining buzilishi, moddalar almashinuvi jarayonining izdan chiqishi, spirtli ichimliklar ichish, tamaki chekish, uzoq vaqt davomida antibiotiklar qabul qilish oqibatida zamburug‘lar ko‘payishi, me’da-ichak va jigar kasalliklarida so‘rg‘ichli til (“qora sochli til”) uchrashi mumkin.

Tildagi ipsimon so‘rg‘ichlarning odatda ustki qismidagi dag‘allashgan hujayra ko‘chib tushib, o‘rniga yangisi paydo bo‘ladi. Glossitda esa bu holat ro‘y bermasligiga sabab dag‘allashgan qatlam yig‘ilib qoladi va “so‘rg‘ichsimon til” paydo bo‘ladi.

Kasallikka sabab bo‘lgan nuqsonlar bartaraf etilsa bemor asta-sekin tuzalib ketadi. Ipsimon so‘rg‘ichlar juda uzun bo‘lsa sovuq, ya’ni past harorat (krioterapiya) bilan davolash usuli bor. Bemor o‘z bilganicha bu so‘rg‘ichlarni qirqib tashlashi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

© “Sog‘lom avlod” gazetasi.

  Soglom.uz nashri.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *