Gipofiz bezining oldingi bo‘lagida ishlab chiqariladigan o‘sish gormoni yetishmasligi tufayli gipofizar pakanalik yuzaga keladi. Bunda bolaning tanasi va qo‘l-oyoqlari mutanosib ravishda kichrayib, mushaklari zaif rivojlanadi. [caption id="attachment_3980" align="aligncenter" width="506"]pakanalik Gipofizar pakanalik[/caption] Gipofizar pakanalikda ichki endokrin bezlar (qalqonsimon, jinsiy, buyrak usti bezlari)ning faoliyati ham ancha sust kechadi. Bemor bolalarning bo‘yi o‘z tengqurlarinikiga nisbatan ancha past bo‘ladi. Maslahat shuki, pakanalikning oldini olish uchun bolalar ayni o‘sish yoshida og‘ir yuk ko‘tarmasliklari va yoshiga mos kelmagan jismoniy yumushlarni bajarmasliklari lozim. O‘sish yoshidagi bolalar vitaminga boy ovqatlar, tarkibida oqsil va kalsiy ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishlari kerak. Bundan tashqari, turnikka osilish, gimnastik mashqlarni doimiy bajarish ham bo‘y o‘sishiga yordam beradi. Muolajalar mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra o‘tkazilsa yanada yaxshi.

© Tibbiyot fanlari doktori, professor Mashkura Zohidova. "Sihat-salomatlik" jurnali.

Ushbu maqolani ham o'qing:
D vitamini haqida