Yod miqdori yetishmasligi turli qalqonsimon bez kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu kasallikning yurtimiz hududidagi eng keng tarqalgan turi endemik bo‘qoq bo‘lib, asosan, yosh bolalar, o‘smirlar, homilador hamda emizikli ayollarda ko‘p uchraydi. Bu haqda bloger Gulruxsor Xudayberdiyeva o‘z blogida ma’lumot berib o‘tgan.
Asoratlar xavfli
Bez faoliyatining pasayishi, yod miqdorining yetishmasligi quyidagi salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi:- Homiladorlikda og‘ir asoratlarga sabab bo‘ladi:
- Homilada miya rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
- Umuman, homila o‘sishi va rivojlanishida orqaga qolish;
- Bola tashlash va bolaning muddatidan oldin tug‘ilishi;
- O‘lik chaqloqning yoki aqliy va jismoniy jihatdan zaif, nogiron bolaning dunyoga kelishi…
- Bolalarda o‘sish jarayonini kechikishi va aqliy qobiliyatni pasayishi;
- Yurak-qon tomir kasalliklari;
- Gipertoniya;
- Gipotoniya;
- Ateroskleroz;
- Oshqozon-ichak kasalliklari;
- Qabziyat va ich ketishi;
- Asab tizimi faoliyati buzilishi;
- Depressiya;
- Jinsiy bezlar faoliyati susayishi;
- Suyaklar rivojlanishinining pasayishi;
- Past bo‘ylik va osteoporoz;
- Ayrim holatlarda bu xastalik qalqonsimon bezda saraton bo‘lmagan va yoki saraton o‘simtalarining paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.
- Hatto yod tanqisligining eng yengil shaklida ham mintaqa aholisining intelektual salohiyati 15 20 foizga kamayadi.
Yodga kunlik ehtiyoj
Yoshga nisbatan yodga bo‘lgan kunlik ehtiyoj miqdori qancha?- 1-2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 50 mkg;
- 2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 90 mkg;
- 7-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 120 mkg;
- 12 yoshdan kattalar uchun – 150 mkg;
- Homilador va emizikli ayollar uchun – 200 mkg.
Endemik bo‘qoqni davolash
- Endemik bo‘qoqning oldini olish hamda davolashning eng samarali, eng oson va arzon usuli – bu yodlangan osh tuzi iste’moli;
- Yod preparatlaridan iste’mol qilib borish (shifokor tekshiruvidan so‘ng);
- Yod miqdori okean baliqlarida juda yuqori. Yod tanqisligiga qarshi kurashish uchun Tinch okeani mahsulotlarining konserva ko‘rinishidan yeb turish lozim. Biroq ilmiy tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, Amudaryo va Sirdaryo suv havzalaridan tutilib iste’mol qilinadigan baliqlarda yod miqdori juda kam.
Profilaktik uchun
100 gramm xurmoda atigi 2,8 mkg, yong‘oqda esa 4,6 mkg yod borligi ma’lum bo‘lgan. Yod kam mintaqada yashaganligimiz tufayli yurtimizda yetishtiriladigan meva, sabzavot, dukkakli ekinlar, suv va tuproq tarkibida ham bu modda kam bo‘lib, organizmning yodga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaydi.Yoshlarimizning benuqson, sog‘lom rivojlanishida, homilador ayollar farzandlarini bekamu ko‘st dunyoga keltirishlarida qalqonsimon bez gormonlarining ahamiyati nihoyatda katta. Doimo salomat bo‘ling, azizlar!
Gulruxsor Xudayberdiyeva, Jurnalist, bloger.
Mavzuga aloqador maqola: Qalqonsimon bez kasalliklari
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?