Proktologiya

MAQOLALAR

ico
Kron kasalligi
Kron kasalligi – bu surunkali yallig‘lanish bo‘lib, asosan oshqozon-ichak tizimi jarohatlanadi. Kasallik surunkali bo‘lganligi tufayli bemor hayoti davomida bir necha bor zo‘rayishi mumkin. Kasallik ichaklarning siqilishi, qorin bo‘shlig‘idagi og‘riq, diareya, bezgak, ozish, qorin shishishi, orqa chiqaruv kanalda og‘riq, bo‘g‘imlarda og‘riq kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Lekin barcha ham bu alomatlarni sezmaydi. Ayrim bemorlarda belgilar umuman sezilmasligi mumkin. [caption id="attachment_2479" align="aligncenter" width="403"]Kron kasalligi Kron kasalligi[/caption]

Kasallik yuqumli emas

Kron kasalligi bilan asosan, 16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lganlar ko‘proq og‘rishadi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, kroon bilan og‘rigan bemorlarda 20 % holatda yaqin qarindoshlarida ham bu kasallik uchraydi. Kasallikka sabab sifatida immunalogik yoki bakteriologik muammolarni ko‘rsatishimiz mumkin. Bu kasallik yuqumli emas. Uni tashxislash uchun ichaklar roentgen tekshiruvidan o‘tqaziladi. Davolash gastroenterolog shifokor nazorati ostida dastlab konservativ davolash ishlatiladi. Agar kasallik og‘ir darajada bo‘lsa, jarrohlik amaliyoti o‘tqaziladi. [box type="info" ]Maqola Avitsenna.uz saytining "Ensiklopediya" rukni orqali e'lon qilinmoqda. Bu rukn orqali siz tibbiy atamalar, kasalliklar haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Rukn har doim to‘ldirilib boriladi![/box]  
ico
O‘tkir paraproktit​ - sabablari, turlari, belgilari, davolash usullari
Paraproktit – to‘g‘ri ichak yoki anal teshigi atrofida joylashgan yog‘ to‘qimalarining nospetsifik yiringli yallig‘lanish jarayonidir. Xalq orasida 0,5 % odamlarda uchraydi, mehnatga layoqatli yoshli insonlar orasida, turli ma’lumotlarga ko‘ra, 6,1-22,4 % uchraydi. O‘tkir paraproktitda yiringli bo‘shliq ochilib ichki teshik bartaraf qilinmagan hollarda, keyinchalik shu bemorlarning 50-100 % ida to‘g‘ri ichak oqmalari shakllanadi. To‘g‘ri ichak oqmalari bo‘yicha operatsiyadan keyin 15-30 % bemorlarda kasallik qaytalanadi va 5-33 % bemorlarda anal sfinkter yetishmovchiligi kuzatiladi. [caption id="attachment_10767" align="aligncenter" width="970"]O‘tkir paraproktit​ Foto: Zdravlab.com[/caption]

O‘tkir paraproktit​ sabablari

Paraproktitning kelib chiqishi va rivojlanishida to‘g‘ri ichak yallig‘lanishi (proktit) va natijada u osonlik bilan jarohatlanishi katta rol o‘ynaydi. Ayniqsa, issiq iqlim sharoitida, ovqatlanish tartibini buzish, achchiq taomlarni ko‘p iste’mol qilish umuman yo‘g‘on ichak yallig‘lanishiga (kolit) va shu jumladan to‘g‘ri ichak faoliyati ham buzilishiga olib keladi. Ammo paraproktit – to‘g‘ri ichakni jarohatlantirishining boshqa sabablari, ya’ni jarrohlik va davolash muolajasi yoki yot jinslardan jarohatlanishi (baliq suyagi, meva danaklari va boshqalar) natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ko‘p yillik tajriba va kuzatish natijasi shuni ko‘rsatadiki, kasallikning boshlanishi to‘g‘ri ichak devoridagi anal bezchalari ochiladigan anal kriptlari orqali o‘tgan mikrofloralar pararektal, ya’ni to‘g‘ri ichak atrofidagi yog‘ to‘qimalariga tushib rivojlana boshlaydi. Ushbu muammo bilan shug‘ullangan olimlarning fikricha, deyarli hamma holatda paraproktitning ichki teshigi to‘g‘ri ichak devorida, ya’ni anal kriptlarida bo‘ladi. Demak, o‘tkir paraproktit rivojlanishida “anal kripta”lar yallig‘lanib, o‘z faoliyatining buzilishi asosiy sabablardandir.

O‘tkir paraproktitning turlari

Etiologik omilga ko‘ra:

  • nospetsifik;
  • spetsifik;
  • postravmatik.

Abssesslar, infiltratlarning joylashuvi bo‘yicha:

  • teri osti va shilliq qavat osti;
  • o‘tirg‘ich-to‘g‘ri ichak;
  • tos-to‘g‘ri ichak;
  • to‘g‘ri ichak orti.

O‘tkir paraproktit belgilari

Kasallik odatda o‘tkir boshlanadi, prodromal davrdan so‘ng – 3 kunda tana harorati ko‘tarilishi, titroq, to‘g‘ri ichakda, oraliqda kuchayib boruvchi og‘riqlar. Ushbu simptomlarning namoyon bo‘lish darajasi har xil bo‘lishi mumkin, bu narsa jarayonning joylashuviga, mikrofloraga va organizm kurashuvchanligiga bog‘lik. Ba’zi hollarda klinik kechishida umumiy intoksikatsiya belgilari birinchi o‘ringa chiqib, mahalliy simptomlar esa parda ortida qolganday bo‘ladi. Bu ko‘pincha jarayon pararektal yog‘ to‘qimasida chegaralangan abssess shaklida emas, balki flegmona shaklida rivojlanganda kuzatiladi. Jarayon tarqalib borishi bilan bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi: holsizlik oshib boradi, ishtaha yo‘qoladi, kechqurunlari titroq, kuchli terlash. Yiringli jarayon chegaralanishi bilan og‘riqlar kuchayib, “lo‘qillovchi” xususiyatga ega bo‘ladi. Agar shu paytda adekvat davo o‘tqazilmasa, abssess to‘g‘ri ichak bo‘shlig‘iga yoki teri orqali tashqariga yorilishi mumkin. Agar, o‘z vaqtida chora ko‘rilmasa, kasallik 3 xil natija bilan tugashi mumkin:
  1. To‘g‘ri ichak oqmasi hosil bo‘lishi (85 foiz);
  2. Qaytalovchi paraproktit hosil bo‘lishi (7-11 foiz);
  3. O‘z-o‘zidan yaxshi bo‘lib ketishi (4-5 foiz)
Qachonki ichki yiringli paraproktitning teshigi yiringli jarayon bilan bir paytda yorilsa va buzilsa, yiring ichakka yoki tashqariga yorilib, keyinchalik o‘zicha bitib ketishi mumkin, bu holat juda kam uchraydi. Ko‘pchilik holatlarda esa hosil bo‘lgan yiringli jarayon o‘zicha yorilsa yoki jarrohlik yo‘li bilan faqatgina kesib qo‘yilsayu, ichki teshigi yo‘q qilinmasa, u so‘zsiz to‘g‘ri ichak oqmasiga olib keladi. Bunday holatda oylab, yillab kasallikning birgina belgisi doimo oqmaning tashqi teshigidan yiring kelib turishidir. Ayrim hollarda, oqmaning tashqi teshigi bekilib qolsa, yana tana harorati ko‘tarilib, og‘riq kuchayib bemor bezovtalanadi. Har safar qaytalanganda to‘g‘ri ichak oqmasining yangi-yangi shoxobchalari va yiring bo‘shliqlari hosil bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida anal sfinkterining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni yetishmaslik darajasiga olib kelishi mumkin.

O‘tkir paraproktit davosi

Operatsiya iloji boricha mutaxassis tomonidan amalga oshirilsa, paraproktit qaytalanmasligi yoki u to‘g‘ri ichak oqmasiga aylanmasligi, qolaversa, anal sfinkteri yetishmasligining oldini olishga imkon borligini ta’kidlamoqchiman. Operatsiyadan oldin qisqa va unumli tayyorgarlikdan o‘tish kerak, ya’ni antibiotikoterapiya, xo‘qna qilib ichakni tozalash, yiringlar joylashishini aniqlash va nihoyat ichki teshigi qaysi kriptada (oldingi, orqa yoki yonidagi) joylashganini aniqlash muhim. Operatsiya narkoz yoki bel sohasi anesteziyasi yordamida qilinadi. Jarrohning asosiy vazifasi yiringli bo‘shliqni keng kesish, maxsus zond yordamida ichki teshigini topish va uni kesish, antiseptik tozalash va oqma yo‘lining anal sfinkteri bo‘lgan munosabatini aniqlashdir. Chunki, oqma interasfinkter, transsfinkter yoki ekstasfinkter o‘tgan bo‘lib, buning har birida alohida usullar mas’ul va har bir mutaxassis buni mukammal bilishi zarur. Agar bu jarayon malakali mutaxassis tomonidan amalga oshirilmasa, bemorni nogironlikka olib kelishi mumkin. Paraproktitning og‘irroq turlarida (50-55 foiz hollarda) hatto ip (tasma) o‘tkazish usulini ham hozirgacha hech kim inkor qilgani yo‘q. Yiringli bo‘shliq retrorektal, pelviorektal yoki isheorektal sohalarda joylashganda, uning klinik kechishi qiyinroq o‘tadi va jarrohlik amaliyoti birmuncha murakkab bo‘ladi. Yuqorida qayd qilingan kasallikning og‘ir formasi yiringli pelviorektal sohasiga joylashgani bo‘lib, o‘z vaqtida, zamonaviy tekshirish usullarini ishlatmay – aniqlanmasa, qorin bo‘shlig‘i yorilishi natijasida inson hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin. O‘zbekiston kolorektal jarrohlarining tajribasi shuni ko‘rsatdiki, o‘z vaqtida tashxislangan va radikal jarrohlik usuli qo‘llangan hollarda bemorlar tez kunda sog‘ayib ish qobiliyatini tiklab oladi. Bu esa o‘z navbatida mehnatga noloyiqlikni kamaytirib, ijtimoiy jihatdan amaliy tibbiyotga yordam beradi.

O‘tkir paraproktit profilaktikasi

Kasallik yuzaga kelmasligi uchun muhim omillardan biri bu -
to‘g‘ri ovqatlanish. Eng asosiysi, kundalik ovqatimiz tarkibida o‘simlik kletchatkasiga boy mahsulotlar bo‘lishi, kundalik yeguliklarimiz tarkibida yetarli darajada suyuqlikning bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqati yetarli tana vaznini nazorat qilib borish, o‘ta og‘ir yuklarni ko‘tarmaslik zarur. Doimo o‘z vaqtida hojatga chiqish, qabziyat yuzaga kelmasligini ta’minlash ham paraproktit profilaktikasi uchun muhim omillardandir.
ico
Yo‘g‘on ichak o‘smalari
Aslida xavfli o‘smalar birdaniga paydo bo‘lmaydi. Vaholanki ichaklardagi surunkali yallig‘lanishlar va xavfsiz o‘smalar (masalan poliplar) o‘z vaqtida davolab tuzatilmasa, bora-bora rak kasalligi kelib chiqadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, yo‘g‘on ichak saratoni asosan ko‘p miqdorda go‘sht iste’mol qilish va kletchatkalarga boy meva-sabzavotlarni kam yeyish oqibatida kelib chiqishini mutaxassis olimlar isbotlashgan. Chunki go‘shtli ovqatlar organizmda yog‘ kislotalarining yig‘ilishiga olib keladi, bu esa ovqat hazmi jarayonida konserogen moddalarni ko‘paytiradi. Shuning uchun bo‘lsa kerak ko‘proq rezavor ko‘katlar bilan hayot kechiradigan Hindiston va markaziy Afrikada yo‘g‘on ichak raki nisbatan kam uchraydi. Demak, bu og‘ir kasallikning oldini olishda meyoriy ovqatlanishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim ekan.

Ichak devoridagi yaralar

yarali-kolit Kolit (yo‘g‘on ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi)da yo‘g‘on ichakning shira ajratish va so‘rilish faoliyati asta-sekinn buziladi. Surunkali kolitni davolash kechiktirilganda u og‘ir asoratlar qoldiradi. Yarali kolit shunday asoratlarning biri bo‘lib, bunda ichak devori chandiqlanadi va bujmayadi. O‘tkir yarali kolitda to‘g‘ri ichak qavati shishadi, qizaradi, so‘ng yaralar paydo bo‘ladi bu yaralar bir-biriga qo‘shilib asta-sekin ko‘payadi. Kasallikning surunkali turida esa ichak devorlari yaralar hisobiga qalinlashib zichlashadi, ichi torayadi. Yarali koliti bor bemor qorni og‘rishidan shikoyat qiladi. Axlat qon aralash keladi, ba’zan yiring qo‘shilgan bo‘ladi. Bemorning ko‘ngli aynaydi, hadeb asabiylashaveradi, kasallik zo‘raygani sayin bu holatlar kuchayib, tana harorati ko‘tariladi. Orqa chiqaruv teshigi doimo achishib turadi, qorin quldirab qappayadi. Bemor rangpar ko‘rinadi, terisi quruqshaydi, yuzi kerikib shishadi. Kasallik uzoq vaqt davolanadi. Muolaja jarayonida bemor tez-tez kolonoskopiya ko‘rigi orqali, yo‘g‘on ichak holatini tekshirtirib turishi kerak. Aks holda yarali kolit o‘sma kasalligiga aylanib, dard og‘irlashadi.

Infeksiya ko‘paygandan so‘ng…

qorindagi-og'riq Yo‘g‘on ichak eroziyasi (shilliq qavatining yaralanishi, yorilishi) kelib chiqishiga ba’zan organizmdagi gormonal o‘zgarishlar, ba’zida esa qo‘shilib kelayotgan bir necha xil kasalliklar (
zaharli buqoq, pankreatit – oshqozon bezi yallig‘lanishi, qandli diabet singarilar) sabab bo‘ladi. Shuningdek yo‘g‘on ichakda infeksiyalar ko‘payishi oqibatida shu soha shilliq qavati hamda mushak qavati nervlari boshqarilishi buziladi, immunitet susayadi va eroziya paydo bo‘ladi. Juda sho‘r hamda achchiq mahsulotlarni iste’mol qilish, vitamin E va C yetishmasligi, ovqatni yaxshi chaynamasdan yutish, spirtli ichimliklar ichish, ortiqcha ovqat yeyish, shuningdek kam kletchatkali va o‘tkir ziravorli taomlar ham yo‘g‘on ichak shilliq qavatini ta’sirlantirib eroziyani vujudga keltiradi. Bemorlar ko‘pincha qorinning tutib-tutib og‘rishidan shikoyat qiladilar. Ichning dam bo‘lishi, soxta xojat qistashi, ko‘ngil aynab qusish, ichning goh ketib goh qotishi, najasga shilliq yoki qon aralashgani kuzatiladi. Og‘riqlar dastlab kindik atrofida boshlanadi, keyinchalik chap yonboshda zo‘rayadi. Bunday vaqtda bemorning og‘zi taxirlashib, ishtaxasi yo‘qoladi, asabiylashadi. Ba’zan, ya’ni kasallik rivojlanganda tana harorati ko‘tarilishi ham mumkin. Yo‘g‘on ichak eroziyasiga chalingan bemorlar proktolog shifokor nazoratida qunt bilan muolaja olishlari zarur. Aks holda dard battar zo‘rayadi, ichakdan qon oqishi ko‘payadi, zararlangan joyda xavfli o‘smalar rivojlanadi.

Ichak tutilishi ham mumkin

ichak-tutilishi Yo‘g‘on ichak saratoni qishloq aholisi o‘rtasida shahardagiga nisbatan bir necha foiz kamroq uchraydi. Buning sababi shundaki qishloqliklar dasturxonida tabiiy mahsulotlar hamisha bo‘ladi, ular kletchatkasi ko‘p sabzavot va oshko‘klarini doimiy ravishda iste’mol qilishadi. Shaharda yashovchilar esa asosan qadoqlangan, rafinirlangan va tozalangan mahsulotlarni iste’mol qiladilar. Bundan mahsulotlar kam kletchatkali bo‘lib, yo‘g‘on ichakda qabziyat, kolit singari turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Yo‘g‘on ichak saratoni xavfli epitelial o‘smalarning har xil joylashishi bilan kechadi. Xavfli o‘smalar juda sekin (bir necha o‘n yillar ) rivojlanadi. Bu vaqtlar oralig‘ida o‘smalar ko‘payib (bo‘linib) atrofdagi a’zolarga o‘sib kiradi. Ko‘pincha yo‘g‘on ichak sohasidagi limfa tugunlari, keyin esa o‘pka va jigar zararlanadi.

Yo‘g‘on ichak rakining ilk alomatlari

Yo‘g‘on ichak rakining ilk alomatlari ichakdan qon oqishi, ich kelishining buzilishi, qorin og‘rishi va tenezm (soxta xojat qistashi) bilan ifodalanadi. Bemorlarning ba’zilari ichagidan qip-qizil qon oqadi, bu orqa chiqaruv teshigi va to‘g‘ri ichak rakining belgisidir. Agar o‘sma chambar ichakning chap yarmida jolashsa ichakdan oqqan qon rangi to‘q qizil tusda bo‘ladi va axlatga aralashgan holda ko‘rinadi. Chambar ichakning o‘ng yarmidagi saratonda esa qon yashirin tarza oqadi, ya’ni axlatdagi qon ko‘zga tashlanmay, faqat maxsus tekshiruv paytidagina aniqlanadi. Bemorning bir necha kunlar (ba’zan haftalar) davomida ichi kelmasligi va qorin sohasida og‘riq bo‘lishi chambar ichakning chap yarmi va to‘g‘ri ichak saratoni uchun xos belgilardir. Shuni ham aytish joizki, yo‘g‘on ichak saratonining 70-85 foiz hollarida ichak batamom tutilib qolishi ro‘y beradi. Bunday vaqtda tezlik bilan jarrohlik amaliyotini qo‘llash zarur. Ba’zan ich ketishi bilan qabziyat almashinadi, oz miqdorda bo‘tqasimon va suyuq najas ajraladi, goho badbo‘y yel chiqib axlat xuddi qo‘y qumalog‘i shaklida bo‘ladi. Shuningdek bemorlarda ich yurishishi qiyinlashadi, ular xojatga borganlarida oxirigacha bo‘shanmaganliklarini sezadilar, ko‘pincha soxta ich qistashidan bezovtalanishadi. Bunday holatlar davomiy bo‘lganda bemor albatta proktolog maslahatiga borishi kerak. Kasallikni aniqlash uchun avvalo ultratovush (UTT) tekshiruvidan o‘tkaziladi. Mabodo o‘sma rivojlanib ketgan bo‘lsa kompyuter tomografiya va yadro magnitli rezonans tomografiya o‘tkazish talab etiladi. Ba’zan yo‘g‘on ichak sohasini paypaslab ko‘rishning o‘ziyoq dardni aniqlashga yordam bersa, ba’zida esa rektoromanoskopiya, fibrokolonoskopiya va kolonoskopiya qo‘llanadi. Agar kasallik endigina boshlanayotgan bo‘lsa dori-darmon muolajalari va jarrohlik usuli yordamida bemorni davolash mumkin. Muhimi, jarrohlikdan qo‘rqmaslik lozim. Shuningdek bemor yomon hayollarga berilmay, tuzalishiga o‘zini ishontirishi zarur.

Ba’zan nasl suradi

nasl Agar oilada shu dard bilan og‘riganlar bor bo‘lsa, ularning farzandlari yoki nabiralarida ham bu dard kelib chiqishiga moyillik kuzatiladi. Saratonga uchramaslik uchun ular (ayniqsa 40-50 yoshlaridan keyin ) proktolog tekshiruvidan tez-tez o‘tib turishlari hamda yo‘g‘on ichak faoliyati buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Maslahatlarimiz shuki, avvalo ovqatlanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ying. Qovurilgan ovqatlarni doimiy tarzda iste’mol qilishdan saqlaning. Xo‘l meva va sabzavotlar, ayniqsa ko‘katlarni cheklanmagan miqdorda yeb turing. Qadoqlangan va rafinirlangan mahsulotlar, shuningdek ko‘cha-kuyda pishirib sotiladigan oziq-ovqatlardan o‘zingizni tiying. Surunkali ich qotish ro‘y bersa, axlatda shilliq yoki qon ko‘rinsa, qorin atrofida tez-tez og‘riq tursa va soxta xojat qistashi hamda quruq kuchanishlar bezovta qilsa mutaxassis shifokorga ko‘rining. Bir kunda ikki mahal (ertalab va kechqurun ovqatdan keyin ) ich bo‘shalishiga harakat qiling. Buning uchun ichni yumshatuvchi mahsulotlar, kletchatkasi bor oziq-ovqatlar yeb turing, ko‘proq ko‘k choy iching. Qahva va quyuq damlangan qora choyni cheklangan miqdorda ichishingiz mumkin.

© Farhod DAUTOV, Toshkent Vrachlar malakasini oshirish institutining “Proktologiya” kafedrasi professori,  "Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Gemorroy (bavosil) kasalligi: sabablari, belgilari, davolash usullari va profilaktikasi
Qadimgi Misr va Vavilonda gemorroyni jarrohlik yo‘li bilan davolashgan. Bu xastalik haqida Gippokrat, Galen, Ibn Sino asarlarida ham yetarlicha to‘xtalingan. Ma’lumki, Napoleon Bonapart ham shu xastalikdan aziyat chekkan. Hozirgi kunda gemorroyga aholining 10% chalingan bo‘lib ularning aksariyati 30-50 yoshdagi erkaklardir. Bu kasallikka ayollar ayniqsa homiladorlik davrida chalinadilar. Ko‘pchilik bemorlarga an’anaviy tibbiyot jarrohlik operatsiyalarni tavsiya etsa-da, bunga faqat 20 % ehtiyoj sezadi.

Gemorroy nima?

Insonning orqa teshigi mushak va birlashtiruvchi to‘qimalardan tashkil topgan. Ichidan shilliq qavatli bo‘g‘imchalar – ya’ni gemorroidal tugunlar bilan qoplangan. Gemorroidal tugunlar inson qattiq kuchanganida shilliq qavat bilan birga pastga surilishi mumkin. Buning natijasida qon aylanish buzilib gemorroidal tugunlar o‘lchovi kengayadi va tashqariga chiqib qoladi. [caption id="attachment_10326" align="aligncenter" width="767"]gemmoroy Foto: Stopgemor.ru[/caption]

Bavosil qanday bosqichlarda kechadi?

  1. Gemorroidal tugunlar kengayib qonaydi;
  2. Najas chiqayotgan paytda tugunlar tashqariga chiqib ketsa-da, yana joyiga qaytadi;
  3. Tugunlar chiqib ketib, joyiga qaytarish uchun qo‘llardan foydalaniladi;
  4. Tugunlar chiqib ketib joylashtirib bo‘lmaydi;
  5. Tugunlarning chiqib ketishi keskin og‘riq bilan birga kuzatiladi.
Qon oqishi har qanday bosqichda ham yuzaga kelishi mumkin.

Gemorroyning belgilari

Agar hojatga kirganda (bo‘shanish paytida) ichki kiyim, tualet qog‘oz yoki unitazda qon ko‘rsangiz, orqa teshik qismida qichish, gemorroidal tugunlarning tashqariga chiqishini kuzatsangiz darhol shifokor-proktologga murojat qiling. Gemorroy belgilarining ostida jiddiy ichak kasalliklari ham yashirinishi mumkin.

Gemorroy sabablari

Ofisda, kompyuter oldida, kutubxonada qiziqarli kitob bilan tikuv mashinasi oldida soatlab o‘tirish zararlidir. Bunday paytda soatiga bir mahal har qanday zarur ishlarni qo‘yib 5-10 daqiqali tanaffus qilish kerak. Yumshoq kursi o‘rniga qattiq o‘rindiqdan foydalaning (bu bel va umurtqa uchun ham foydali). O‘rindiqqa maxsus yog‘och taxtachani (bu maslahat haydovchilarga hamtegishli) qo‘yib o‘tiring. Boshlanayotgan gemorooyda og‘ir jismoniy ishlar bajarish mumkin emas. Haydovchilar esa rul oldida 3 soatdan ko‘p vaqt o‘tkazishlari zararlidir. Yo‘lda tanaffus qilib, faollik bilan harakatlanish kerak.

Homiladorlikda gemorroy

Gemorroyga homilador ayollar ko‘p chalinadilar. Hisobotlarga ko‘ra gemorroyga 41-42% homilador va tuqqan ayollar chalinsa, boshqa yoshdagi ayollar ichida bu ko‘rsatkich atigi 8% ni tashkil etadi. Ko‘pincha gemorroy birinchi va ikkinchi homiladorlik davrida paydo bo‘ladi. [caption id="attachment_10325" align="aligncenter" width="719"]homiladorlikda gemorroy Foto: Lediveka.ru[/caption] Homiladorlik nafaqat katta ichak tomirlarini, balki oyoq va ba’zida, jinsiy a’zolar tomirlarining ham shishiga olib keladi. Bunga asosiy sabab, homilador ayolning o‘sayotgan bachadoni tos tomirlarini va o‘ng tomonda joylashgan katta tomirni siqib qo‘yishidadir. Natijada qorindan pastda joylashgan qon tomirlaridan qon qaytishi qiyinlashadi va shuning ta’sirida ular shishadi. Undan tashqari homiladorlik payti progesteron gormonining oshishi tomir devorlarining mayinlashishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ularning oson shishiga sababchi bo‘ladi. Aynan shu progesteron gormoni homilador ayolda ich qotishini ham keltiradi. Ich qotishi esa, o‘z navbatida, bavosilga sababchi bo‘ladi. Tug‘ish jarayonida bolani itarish payti ayolning kuchanishi ham bavosil (gemorroy) paydo bo‘lishini keltiradi.

Gemorroy profilaktikasi uchun mashqlar

[caption id="attachment_10327" align="aligncenter" width="711"]Gemorroy profilaktikasi uchun mashqlar Gemorroy profilaktikasi uchun mashqlar / Foto: iberia-2000.ru[/caption] Gemorroyni oldini olish uchun kichik tosdagi qon aylanishni yaxshilash maqsadida muntazam ravishda qorin mushaklarini kuchaytirish zarur. Mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan ba’zi mashqlar bu noxush xastalikdan xalos bo‘lishga yordam beradi:
  1. Tik turib oyoqlarni juftlashtiriladi, dumba va orqa teshik mushaklarini taranglashtiriladi.
  2. Qattiq o‘rindiqqa o‘tirib belni tik tutiladi, bir oz oldinga burilib orqa teshik mushaklarini muntazam taranglashtiriladi.
  3. Chalqancha yotib yelka kengligida oyoqlarni bukib tovonlarni polga tirab turiladi. Bel va tovonlarga tayanib tos poldan ko‘tariladi.
  4. Chalqancha yotib oyoqlarni navbatma-navbat ko‘tariladi.
  5. Chalqancha yotib oyoqlarni ikki tarafga yoyiladi va qaychi shaklida birlashtiriladi.
  6. Chalqancha yotib tizzalarda bukilgan oyoqlar ko‘tariladi va xuddi velosipedda ketayotgandek harakatlarni bajariladi.
  7. Chalqancha yotib tizzalar bukiladi va qattiq holda qoringa birlashtiriladi.
  8. Mashqlarni kuniga 2-3 marta bajarish kerak.

Gemorroy kasalligida qanday ovqatlanish kerak?

Gemorroy kasalligida bir vaqtda ovqatlanish kerak. Ovqatlanish tartibi organizmni ich ketishi va qabziyatdan muhofaza qilish zarur. Buning uchun xamirli va o‘ta yog‘li ovqatlar keskin kamaytiriladi. Taomnomangizda muntazam ravishda qatiq, kepak mahsulotlari, sabzavotlar, tarkibida magniy va sulfatlar bo‘lgan mineral suvlar bo‘lishi shart. Xona haroratidagi iliq mineral suvni kuniga uch mahal bir piyoladan ichishni o‘zingizga odat qilib oling. Achchiq, tuzlangan taomlar, ichimliklar qat’iy mumkin emas.

Gemorroy va qabziyat

Agar gemorroyga qabziyat sabab bo‘lgan bo‘lsa, taomnomangizni ozuqa kletchatkasi bilan boyiting. U ozuqa kepagi, karam, loviya, lavlagi, oshqovoq, sabzi, tarvuz, qovun, qora undan tayyorlangan, javdari nonda ko‘pdir. Oxirgi paytlarda bargizub urug‘i asosida tayyorlangan (mukofalk) va sellyulozadan tayyorlangan (MKS-28) dori vositalari keng tarqaldi. Shu bilan bir qatorda ko‘p miqdorda suyuqlik ichish (sutkasiga 2-3 litrgacha) zarur. Aks holda bunday parhez organizmning suvsizlanishiga olib keladi. Og‘riqni qoldirish va kasallikning zo‘rayishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda mustahab qilinadi. Sharq mamlakatlarida gemorroyga chalinish xavfi xalqning kichikligidan mustahab qilishga o‘rganganligi sababli kamdir. Zo‘rayishlar paytida och-pushti rangli margansovka eritmasida mustahab qilish yoki hojatdan chiqkandan keyin 1,5-2 daqiqa margansovkali vannalar qabul qilinadi.

Gemorroediktomiya - gemorroy operatsiyasi

Agar kasallik zo‘rayib, konservativ davolash muolajalari yaxshi yordam bermasa, har hojatga kirganda tugunlar tashqariga chiqsa, operatsiya (gemorroediktomiya) tavsiya etiladi. O‘rta yoshgacha bo‘lgan insonlar keksalarga qaraganda operatsiyani oson kechirib yaxshi natijalarga erishadilar. Ammo keksa yoshdagi kishilarda yaralar bitish qiyin bo‘lib, yiringlashi ham mumkin.

Gemorroyni xalq tabobati usuli orqali davolash usullari

Sarimsoqpiyozli sut

Sarimsoqpiyoz qon tarkibini yaxshilaydi, ateroskleroz va yurak qon-tomir kasalliklariga qarshi profilaktika vazifasini o‘taydi. Shu va yana bir qancha shifobaxsh xususiyatlari tufayli sarimsoqpiyozdan sharq tabobatida bir necha asrlardan buyon keng foydalaniladi. Jumladan bavosil kasalligini davolashda sarimsoqpiyozli sut qo‘l keladi. Bir bosh sarimsoqpiyozning boshi olinib, so‘ng po‘sti bilan 200 ml sutga solib 30 daqiqa qaynatiladi. Bu vaqt oralig‘ida sarimsoqpiyoz sanchqi tiqqanda kiradigan darajada yumshoq holga kelishi kerak. Damlama xona haroratida sovitilib, ovqatdan so‘ng 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinadi. Davolash kursi 10 kunni tashkil etib, 2 haftadan so‘ng yana takrorlanadi. Yana bir retsept: 1 bosh sarimsoqpiyozni tozalab 4-5 donasini qirg‘ichdan o‘tkazib 200 ml sutga solib 2 soatga sovitgichga qo‘yamiz. Bunday shifobaxsh ichimlik kuniga 3 mahal yarim choy qoshiqdan 1 hafta davomida ichiladi. 3 kun dam olib, davolash kursi yana takrorlanadi. Agar bunday retseptlar asosida dori tayyorlashga erinsangiz, kuniga 3 dona sarimsoqpiyozni ovqatdan so‘ng 1 donadan iste’mol qiling. So‘ng ketidan 1 piyola sut ichib yuboring. Sarimsoqpiyozni oshqozon yarasi va gastrit, oshqozon osti bezi kasalliklari avj olgan paytlarda, epilepsiyada qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlik davrida esa shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul.

Bavosilni davolashda kartoshkali kompresslar

Chiqish teshigidagi achishishni bartaraf etishda qirg‘ichdan o‘tkazilgan xom kartoshka yordamga keladi. Bu vosita birinchi marta qo‘llanilgandayoq kasallikning noqulay belgilarini yo‘qotadi, shu bilan birga davolaydi. Yuvinib chiqib maydalangan kartoshka kerakli joyga 10 daqiqaga qo‘yiladi.

Gemorroyni davolashda “Гепариновая мазь”

Unchalik qimmat bo‘lmagan ushbu dori vositasi bir necha kasalliklarda qo‘llaniladi. Shu jumladan bavosilda ham. Maz tarkibida geparin, benzokain, benzilnikotinat bo‘lib, u surunkali va o‘tkir bavosilda ham samara beradi. Uning ta’siri surtilgach bir necha daqiqadan so‘ng seziladi. Geparinning trombolitik hususiyatlari qon tarkibidagi fibrin miqdorini kamaytiradi. Natijada qon quyilmaydi va tromblar hosil bo‘lmaydi. Ammo u hosil bo‘lishga ulgurgan qon quyqalarini yo‘qotish xususiyatiga ega emas. U faqat yangi tromblar hosil bo‘lishining oldini oladi. Maz tarkibidagi benzokain esa og‘riq va noqulayliklarni yo‘qotadi. Geparin mazi tashqi bavosilda samarali bo‘lib, ichki bavosilda tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari geparin dori vositasini homilador ayollar qo‘llashi mumkin emas, uning tarkibidagi moddalar ona qornidagi bolaga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Bavosilni davolashda itshumurt (облепиха) yog‘i

Itshumurt yog‘i — xalq tabobatida bavosilni davolashda keng tarqalgan vositadir. Uni hatto homiladorlikda ham qo‘llash mumkin. Itshumurt yog‘i(облепиховое масло) — organik kislotalar hamda vitaminlarga boy bo‘lib, zarar yetgan terini yangilash xususiyatiga ega. U og‘riqni oladi, qon ketishi va boshqa noqulayliklarni yo‘qotadi. Itshumurt yog‘i(облепиховое масло) tarkibidagi vitamin C — qon tomirlarni mustahkamlovchi kollagen ishlab chiqarilishida ishtirok etadi. Qo‘lanilishi. Ushbu vositadan kompleks foydalanish yaxshi natija beradi. Bunda itshumurt yog‘i iste’mol qilinadi, ham malham sifatida qo‘yiladi. Davolash davomida ichni yurg‘izish uchun klechatkaga boy mahsulotlar, sabzavotlar, quruq mevalar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Itshumurt yog‘i ertalab och qoringa 1 osh qoshiqdan ichiladi, yarim soat o‘tgach nonushta qilish mumkin. Itshumurt yog‘idan kompresslar chiqish teshigiga qo‘yilib, kuniga 3 marta yangilanadi. Kechasiga esa paxtali tamponlar yog‘ga botirilib qo‘yiladi. Davolash kasallik belgilari — og‘riq va qon ketishi yo‘qolguncha davom ettiriladi. Bavosil kasalligida ich qotishining oldini olish uchun jo‘xori yog‘i, zaytun yog‘i va uzum yog‘larini salatlar tarkibida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

© Abduqodir Sattorov. "Malham" tabobat markazi rahbari. "Tib.uz" nashri.

ico
Appenditsit – ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi
Appenditsit – ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi. O‘tkir va surunkali kechishi mumkin.

Appenditsit sabablari

Appenditsit

Appenditsit belgilari

  • Kindik, qorin yuqorisida o‘tkir og‘riq, 2- 6 soatdan so‘ng o‘ng tomonga siljiydi;
  • Ko‘ngil aynish, qayt qilish;
  • Oshqozon faoliyati buzilishi;
  • Tez-tez siydik chiqarish;
  • Til oq karash bilan qoplanishi;
  • Tana harorati 38C gacha oshishi;
  • Taxikardiya.
Appenditsit

Appenditsit diagnostikasi

  • Qon umumiy tahlili;
  • Siydik tahlili;
  • Qorin palpatsiyasi;
  • Qorin bo‘shlig‘i a’zolari UTTsi;
  • Qorin bo‘shlig‘i a’zolari, o‘pka rentgenologik tekshiruvi;
  • Diagnostik laparoskopiya. Ayollarda ginekologik kasalliklarni istisno qilish uchun ginekolog ko‘rigidan o‘tish lozim.

Appenditsitni davolash

O‘tkir turida – operativ usulda operatsiya qilinadi. Surunkali appenditsitda: Antibiotiklar, spazmolitiklar, fizioterapiyadan foydalaniladi.

Appenditsitda parhez

Quyidagilar man etiladi:
  • Yog‘li go‘sht va baliq turlari;
  • Qovurilgan ovqatlar;
  • Dudlanganlar;
  • Achchiq ovqatlar, ziravorlar;
  • Hamirli ovqatlar;
  • Tuzlanganlar;
  • Yog‘li pishloq va sut navlari;
  • Spirtli va gazlangan ichimliklar.

Appenditsit o‘z vaqtida davolanilmasa, quyidagi asoratlar berishi mumkin?

  • Qorin bo‘shlig‘i absesi;
  • O‘pka arteriyasi tromboemboliyasi;
  • Tos venalari tromboflebiti;
  • Peritonit;
  • Jigar absesi;
  • Darvoza venasi yiringli yallig‘lanishi;
  • O‘lim holatlari.

Kimlar bu kasallikka ko‘proq moyil bo‘lishadi?

  • Homiladorlar;
  • 10-12 yoshdagi bolalar;
  • Qabziyat kuzatilayotgan bemorlar;
  • Ko‘p miqdorda oqsilli ovqat qabul qiluvchilar.

Profilaktikasi

  • Qabziyat va oshqozon-ichak kasalliklarini vaqtida davolash;
  • Pista va danakli mevalar iste’molini cheklash;
  • O‘simlik kletchatkasini saqlovchi mahsulotlarni iste’mol qilish;
  • Ko‘p ovqatlanmaslik.
ico
Bavosil yoxud gemorroy haqida
Bavosil (Gemorroy) – to‘g‘ri ichak venalarini kengayishi bo‘lib, ular tugunlar ko‘rinishida anus sohasiga bo‘rtib turadi. Kasallikka moyillik keltiruvchi va keltirib chiqaruvchi ko‘plab sabablar 2 guruhga bo‘linadi: 1. To‘g‘ri ichakni, orqa chiqaruv teshigini va ularning venoz tizimini tug‘ma o‘ziga xos tuzilishi. 2. Endo- va ekzokrin omillarning keyingi zararli ta’sirlari. bavosil Zamonaviy klinik qarashlarga ko‘ra gemorroyga gemorroidal tugunlardagi xilma xil patologik jarayonlarga oid deb qarash lozim (qon ketish, ichki tugunlarning tushishi, tromboz, yallig‘lanish, tashqi tugunlarning nekrozi va yiringlashi,  hakozolar). Gemorroy bilan voyaga yetgan odamlarning 10 % dan ko‘progi og‘riydi. Adabiyotlardagi ma’lumotlarga asoslangan holda gemorroy kelib chiqishini tushuntiradigan quyidagi nazariyalarni keltirish mumkin: 1. Anorektal soha venoz tizimining tug‘ma yetishmovchiligi nazariyasi; 2. Mexanik nazariya – unga ko‘ra venoz bosimi oshishi munosabati bilan gemorroidal venalarda varikoz o‘zgarishlar bo‘lishi aytiladi; 3. O‘sma nazariyasi – unga ko‘ra gemorroy o‘sma hisoblanadi; 4. Infeksion nazariya; Ba’zi kasalliklar, masalan, xafaqon (gipertoniya) kasalligi, yurak - o‘pka kasalliklarida qon aylanishining katta aylanasida noturg‘unlik bo‘lishi ham gemorroy rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda gemorroy asosiy kasallikning simptomlaridan biri bo‘ladi va operativ davolanmaydi (agar asoratlari bo‘lmasa!).

Bavosil kaslligining klinik kechishi va shakllari

Gemorroy darak beruvchi belgilar davri bilan boshlanadi (anal teshigi sohasida nohush sezgi, yengil qichish). Bu davr bir necha oydan bir necha yillargacha davom etishi mumkin. Keyinchalik qon ketish paydo bo‘ladi va ayrim holatlarda, uzoq davom etayotgan gemorroyda
anemiya rivojlanishi mumkin. Surunkali gemorroy anal teshigi sohasidagi og‘riqlar (defekatsiya vaqtida va parhez buzilganda) bilan kechadi. Keyingi davrda ichki gemorroidal tugunlarning tashqariga tushib qolishi kuzatiladi. Gemorroydagi simptomlar triadasi: tugun (shish), og‘rik va qon ketish. Ichki gemorroidal tugunlar tushishida 4 ta bosqich ajratiladi: 1. Tugunlar kuchanish paytida tushadi va keyin mustakil tug‘rilanib ketadi. 2. Tugunlar kuchanish vaqtida tushadi, lekin mustaqil to‘g‘rilanmaydi. 3. Tugunlar piyoda yurgan vaqtda tushib qoladi va bemor o‘zi to‘g‘rilab qo‘ymaguncha to‘g‘rilanmaydi. 4. Tugunlar doimo tushib turadi va to‘g‘rilab qo‘yilgandan keyin ham yana tushib qolaveradi. Gemorroidal tugunlar trombozi anal sohadagi kuchli og‘riqlar bilan kechadi. Ba’zi hollarda, gemorroidal tugunlar yallig‘lanishi anal soha shishi va tugunlar nekrozi bilan kechishi kuzatiladi.

O‘tkir gemorroyning 3 ta og‘ir darajasi ajiratiladi:

I daraja – tashqi gemorroidal tugunlar o‘lchami unchalik katta emas, zich elastik holatda, ular tishsimon liniyadan pastda joylashgan, palpatsiyada og‘riqli. Anal soha terisi biroz qizargan. Bemor shikoyatlari – kuchanish vaqtida kuydiruvchi og‘riq sezish va qichishish. II daraja – perianal sohaning ko‘proq qismida ancha rivojlangan shish, qizarish. Shu sohani palpatsiya wilganda va to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirganda kuchli og‘rikli. Bemorlar anal teshigi sohasidagi kuchli og‘riqdan shikoyat qiladilar, ayniqsa, piyoda yurganda va o‘tirganda. III daraja – anal teshigi atrofidagi to‘kimalar «yallig‘langan shish» bilan qoplangan. Bu soha palpatsiyada kuchli og‘riqli, shu sababdan to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirishning imkoniyati yo‘q. Anal teshigi sohasida, anal kanalidan tushib turgan, tuk qizil yoki ko‘kimtir qizg‘ish rangli ichki gemorraidal tugunlar ko‘rinib turadi. O‘z vaqtida davolanmasa tugunlar nekrozga uchrashi mumkin.

Gemorroyni davolash

Gemorroyni boshlang‘ich bosqichlarda konservativ davolash kerak, bunga defekatsiya aktini va najas konsistensiyasini parhez yo‘li bilan me'yorlashtirish kiradi. Gigiyenik rejimga rioya qilish zarur, defekatsiya aktidan keyin tahoratlanish yoki dush qabul qilsa b‘ladi. O‘tkir gemorroyda ham konservativ davo qilinadi: mikroxuknalar, shag‘amchalar, kuchsiz margansovkali iliq vannachalar. Kuchli og‘riqlarda oraliq sohasiga avvaliga sovuq, analgetiklar, keyin esa qizdiruvchi kompress qilinadi. Gemorraidal tugunlar trombozida magnitoterapiya ham yaxshi yordam beradi. Baliq moyi va "vishnevskiy" bilan qilinadigan mikroxuknalar yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Gemorroy bo‘yicha operatsiyalarning hozirgi kunda eng samarador operatsiya usullari – Milligan-Morgan bo‘yicha gemorroidektomiya va shu operatsiyaning I, II variant modifikatsiyalari (proktologiya ITI) hisoblanadi. (Adabiyotlar bo‘yicha) Operatsiya uchun sabab bo‘ladigan holatlar: 1. Konservativ davo bilan to‘xtatib bo‘lmaydigan gemorroidal qon ketishlar, anemiya darajasining oshib borishi. 2. Katta gemorroidal tugunlar borligi, defekatsiya aktining buzilishi, tez-tez bo‘lib turadigan qon ketishlar, yallig‘lanishlar. 3. Gigiyenani buzuvchi, og‘riq chaqiruvchi va boshqa noqulaylaklarni keltirib chiqaruvchi tugunlarning salga yoki doimiy tushishilari. Bundan tashqari gemorroyning dastlabki bosqichlarida quyidagi xalq tabobati namunalarini qo‘llash orqali kasallikni yo‘qotish (yengillatish) mumkin:
  • Sedana yog‘idan ikki-uch oy davomida ikki grammdan kuniga uch mahaldan ichib turilsa, foyda beradi, shunchasini yo‘g‘on ichak og‘ziga surtilsa ham davosi bor.
  • Qorataloq qattiqligini ketqazish uchun yuqoridagi usulda iste’mol qilish yoki tashqaridan surtish tavsiya qilinadi.
  • Zulukni quritib, tuyib aloe bilan teng miqdorda aralashtirib, bavosil yarasiga qo‘yilsa, uni quritib yuboradi. Bu 5-8 marta takrorlansa, kasallik yengillashadi.

Foydali tavsiyalar...

Maqolamizning so‘ngida shu soha mutaxassislari tavsiya etilgan   bavosil xastaligining oldini olish va uni davolash chora-tadbirlarini eslatib o‘tamiz: ( Quyidagi tavsiyalar tib.islom.uz tomonidan chop etilgan ) 1. Sog‘lom hayot, meyorida mehnat qilish va ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish, to‘g‘ri dam olish, achchiq va sho‘r taomlarga, spirtli ichimliklarga, tamaki, nos chekishlarga va boshqalarga ruju qo‘ymaslik va, ayniqsa, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish bavosil va ko‘pg‘ina kasalliklarning oldini oladigan omillardandir. Chunki kasallikni davolashdan uning oldini olish ming marta afzaldir. 2. Bavosilning oldini olish asosan qabziyat, ya’ni ich qotishga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim hisoblanadi. Chunki yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakda uzoq vaqt to‘planib qolgan va qattiklashgan najas yoki axlat toshi ichak devorining tomirini siqadi, shilliq qavatni tirnaydi, jarohatlayli. Shu boisdan qabziyat har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ichaklarni o‘z vaqtida bo‘shatib turish katta ahamiyatga ega. 3. Odatda hojatdan keyin orqa chiqaruv teshigi sohasini iliq suv bilan yuvishga yoshlikdan odatlanish kerak. 4. Kishi o‘zining ichi ravon bo‘lishi uchun meva va sabzavotlar, kepakli non, sut-qatiqli ovqatlar, o‘simlik moyi, o‘rik va anjir qoqilari, mayiz, ko‘kat va ziravorlardan muntazam ravishda iste’mol qilish kerak. Lekin murchli, qalampirli, sirkali ovkatlar, xom piyoz, sarimsoq piyoz, turp ichak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar ekanligini ham esda tutishimiz kerak.

Diqqat, juda muhim maslahatlar!

5. Agar orqa chiqaruv teshigi achishsa, bemor hojatga borganida qiynalsa, axlatidan qon ko‘rinsa yoki gemorroidal tugunlar paydo bo‘lsa, uyalib-qimtinib o‘tirmasdan zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi zarur. Ming afsuski, bemorlar shifokorlarga juda kech, bavosil eng og‘irlashgan bosqichida, ya’ni zudlik bilan bavosilni kesib olishdan boshqa iloj qolmagandagina murojaat qilishadi. Biroq bavosilni kesib tashlash jarrohlik noilojlikdan qilinuvchi eng so‘nggi choradir. Har qanday jarroxdik insonni jismonan zaiflashtiradi va parhez bilan yashashga majbur kiladi. 6. Bavosil kasalligining rivojlanishidagi bosqichlarga qarab davolash usuli tanlanadi va dori-darmonlar ham shunga binoan belgilanadi. Jumladan, sovuq suv, isiriq, aloe suvlarida orqa teshikni kuniga 3-4 marta yuvish, zira kaynatmasini va choy o‘rnida bargizub urug‘ini, ermon va kora andizny damlab ichib yurish, grelka va shamcha qo‘yish, vanna-da o‘tirish, har kuni kechkurun moychechak bilan klizma qilib turish va hokazo. Davoning nafi kasallik bosqichiga, shifokorga o‘z vaqida kechiktirmasdan murojaat qilish va uning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarib yurishga bog‘liqdir. 7. Shamollashdan, ayniqsa, tananing pastki qismi shamollashdan, uzoq vaqt yurishdan va turib ishlashdan sakdanmoq kerak. Hech qachon sovuq joyga, ayniqsa, temir, beton va tosh ustilariga o‘tirmaslik kerak. 8. Bolalarga va ayollarga og‘ir yuk ko‘tarish mumkin emas, chunki zo‘riqishdan, kuchanishdan orqa teshik chiqib ketishi mumkin. 9. Bavosilni davolash davrida ovqat va taomlar iste’mol kilinishi to‘xtatiladi: qovurilgan va yog‘li ovqatlar, qazi, norin, mosh, sut, kabob, kolbasa, achchiq va sho‘r taomlar, shirinliklar va kofe, kakao va muzqaymoq, spirtli ichimliklar, tamaki, nos va boshqalar. Davolanish davrida jismoniy ish kilish ham vaqtincha to‘xtatiladi. 10. Davolanish davrida quyidagi ovqatlarni iste’mol qilish mumkin: faqat piyozi qovurilgan hamma ovqatlar, qaynatma, dimlama, bug‘da pishgan taomlar, asal, hamma mevalar, sabzavot, ko‘katlar, qatiq, asosan suyuq ovqatlar, go‘sht qiyma holida va hokazo. 11. Kam harakat qiluvchi kishilar badantarbiya bilan shug‘ullanishlari lozim.
ico
Bavosil yoxud gemorroy qiynoqlari
Ta’kidlash kerakki, bavosilga chalingan bemorlarning aksariyati, shifokorga murojaat qilishdan iymanib, o‘zlaricha dori-darmon qilishadi. Noto‘g‘ri muolajaning oqibati esa ma’lum: kasallik yanada zo‘rayib, ahvol og‘irlashadi… Xo‘sh, bavosil qanday kasallik? Kelib chiqish sabablari nimada? Davosi-chi? Shu kabi savollarga proktolog-jarroh shifokor Rustam To‘laganov javob beradi. gemorroy

Ich qotishi yomon!

Bavosil to‘g‘ri ichak pastki qismi vena qon tomirining tugun-tugun bo‘lib kengayishi bo‘lib, tugunlar orqa chiqaruv teshigida joylashishiga qarab ichki va tashqi bo‘ladi. Tibbiyot otasi Gippokrat bu kasallikka “gemorroy” deb nom bergan edi. Bavosil rivojlanishiga turki beruvchi sabablar bir qancha – kamharakatlilik, og‘ir yuk ko‘tarish, uzoq vaqt ich qotishi, yo‘g‘on ichak kasalliklari va hokazo. Bu kasallikka chalinish anchayin oson. Gap shundaki, odam ko‘p vaqtini vertikal, ya’ni tik holatda o‘tkazadi. Oqibatda esa oyoq, kichik chanoq a’zolari va to‘g‘ri ichak venalarida qon bosimi oshadi. Odamning yoshi o‘tgani sayin bu venalar zaiflashadi. Shu ahvolda o‘tkir ta’mli va yog‘li ovqatlarni ko‘p yesangiz, spirtli ichimliklardan tiyilmasangiz, muammo orttirib olishingiz hech gap emas. Avvaliga hazm ishi buziladi, qabziyat kelib chiqadi. Surunkali qabziyat, ya’ni ich qotishi esa ko‘pincha bavolsini o‘ziga “hamroh” qilib oladi. Homilador ayollarda ham bavosil ko‘p kuzatildi. Chunki ularda to‘g‘ri ichak chanoqqa yopishib turishga majbur va bu vena tomirlarining ezilishiga olib keladi. Tug‘ruq paytidagi kuchanish ham qo‘shimcha salbiy ta’sirlardan hisoblanadi.

Bavosilning bosqichlari

Avvaliga bavosil tugunlari kattalashib, ko‘pincha hojat paytida qonaydi, chunki uzoq vaqtgacha qonga to‘lib turishi natijasida tugunlar cho‘ziladi va devori yupqalashib qoladi. Keyin yorilib, yaralar paydo bo‘ladi. Bavolsilning qon chiqmaydigan turi ham bor, bunda orqa teshik sohasi qichiydi, achishadi, xuddi nimadir borga o‘xshab tuyuladi. Ba’zan bemorlar o‘tib ketar, deb beparvo yuraveradilar. Oqibatda kasallik surunkali turga o‘tadi, jiddiy davo qilinmasa, tobora zo‘rayib, asoratlari paydo bo‘ladi. Eng ko‘p uchraydigan asorati – bu qon ketib,
kamqonlik (anemiya)ga olib kelishi yoki o‘tkir trombozlar hosil qilishi. Kasallikning ikkinchi bosqichida odam uzoq o‘tirsa va kuchanaversa, tugunlar tashqariga chiqib qolishi mumkin. Ba’zan hojatda artinganda qog‘ozda qon izlarini ko‘rish mumkin, ba’zan esa hojat paytida qon tizillab oqadi. Ana shunda darrov shifokor-proktologga murojaat qilish shart. Afsuski, beparvo bo‘lganda, uchinchi bosqich boshlanadi. Endi bemor chiqib qolgan tugunni qo‘li bilan itarib ichkariga kiritishga majbur bo‘ladi. Bu bosqichda tugunlar, hatto, aksirganda yoki og‘ir yuk ko‘targanda ham chiqib ketishi mumkin. Asorat og‘irlashganda, jarrohlik yo‘li bilan davolanadi. To‘rtinchi bosqichda bavosil tugunlari ichga kirmaydi, uzum shodasiga o‘xshab ketadi, yallig‘lanadi. Bunday paytda og‘riq juda kuchli bo‘ladi, hatto, hojat qog‘ozining salgina tegishi ham kuchli og‘riq beradi.

Bavosil kasalligining davosi bor

Shifokor tekshirganda, to‘g‘ri ichakda xavfli o‘sma yoki poliplar va yaralar bor-yo‘qligini aniqlab, davolashga kirishadi. Bavosil to‘g‘ri davolansa, bir haftada o‘tib ketadi. Shifokor tekshirishdan oldin, albatta, og‘riqsizlantiradi. Qanday og‘riqsizlantiradigan preparatlar – tabletkalar, surtmalar, gemorroidal shamchalar kerakligini aytadi. Bavosilga qarshi shamchalar murakkab konservativ davolash uchun mo‘ljallangan. Bir xil shamchalar og‘riqsizlantiruvchi, boshqalari yallig‘lanishga qarshi, yana biri spazmolitik, boshqasi yarani bitiruvchi yoki qon oqishini to‘xtatish xususiyatiga ega. Dorixonalardan qaysi shamchani ishlatsa bo‘lishini farmatsevtdan so‘rash maqsadga muvofiq emas, chunki avval shifokor ko‘rigidan o‘tib, tashxis aniq bo‘lgandan keyingina mutaxassis nazoratida, uning tavsiyasi bilan davolashga kirishiladi. Bavosilni davolashda, avvalo, kasallikni keltirib chiqargan asosiy sabablarni aniqlash va shu sabablarni iloji boricha yo‘qotish kerak bo‘ladi. Spirtli ichimliklar ichmaslik, garmdori, qora murch, sirka va sho‘r narsalarni vaqtincha iste’mol qilmaslik zarur. Yog‘li sho‘rvalar, dudlangan mahsulotlar, o‘tkir ziravorlardan voz kechish, yengil hazm bo‘ladigan ovqatlarni tanovul qilish zarur. Bu xastalikka chalingan kishilar lavlagi, karam, sabzi, qora non, qatiq, kepak non, o‘simlik moyi, olma, anjir, qora olxo‘pi, o‘rikdan ko‘proq iste’mol qilishlari kerak, o‘rik sharbati nihoyatda foydali. Eng muhimi, ichingiz hamisha ravon bo‘lsin.

Zaruriy maslahatlar

  • Kuniga kamida 1,5-2 litr suyuqlik iching.
  • Sarxil sabzavot va mevalardan ko‘proq yeb turing. Bug‘doy kepagi ich kelishini osonlashtirib, qabziyatning oldini oladi.
  • Orqa chiqaruv teshigi sohasini jarohatlamaslik uchun ko‘p huqna qilmang.
  • Jismonan faol bo‘ling, kichik chanoq a’zolarida qon aylanishini yaxshilaydigan mashqlar bajaring.
  • Ich kelishi ravon bo‘lishini ta’minlang.
  • Ortiqcha vazningiz bo‘lsa, ozing.
  • O‘zboshimchalik bilan davolanmay, proktolog shifokorga murojaat qiling.
O‘zingizga o‘zingiz tashxis qo‘yib, o‘zboshimchalik bilan davolanmang! Bavosil «niqobi» ostida to‘g‘ri ichakning boshqa kasalliklari yashiringan bo‘lishi mumkin. Tashxisni faqat mutaxassis qo‘yadi.
Foydali maqola:  Bavosil yoxud gemorroyda qanday muolajalar qo‘llash mumkin?

© Tib.uz nashri