Ochlik mo‘jizasi

MAQOLALAR

ico
Tumov va shamollash bilan kurashish ( 18-qism )

Tumov ba’zan jondan to‘ydirib yuboradi. Agarda tumov bo‘lgan bo‘lsangiz tabiatni ayblamang, sabab yelvizak, oyoqning xo‘l bo‘lib qolishi yoki xavoning keskin sovib ketishida emas, tumovning asl kelib chiqish sababi - tanadagi sog‘aytiruvchi tanazzul (krizis)dir.
Shamollash sababi ichki tozalikning yo‘qolganidadir. Agarda chiqindi va toksinlar juda ko‘payib ketsa, organizm ularni tuzatuvchi tanazzul, ya’ni tumov yordamida xaydab chiqarishga xarakat qiladi. Uni virusli ta’sir yoki kasallik deb xisoblamang. Shu vaqtda xayotiy quvvat sizning foydangizga ishlayotganini tushunishingiz lozim.
Agarda siz tabiat bilan xamkor bo‘lsangiz, uning tozalash ishlariga yordam berasiz. Tozalash jarayoniga xalaqit beradigan hech narsa qilmasligingiz lozim. Sizdan talab qilinadigani, bu - ochlanish!

Tabiat nima qilishini sizdan yaxshi biladi. Shunday vaqtda sizdan talab qilinadigani bu - issiq to‘shakka kirib yotish. Har qanday ovqatni, shu jumladan, meva va meva sharbatlarini iste’mol qilishni to‘xtating. Vaqti-vaqti bilan issiq distillangan suvga ozgina asal va limon sharbati solib iching, imkoni bo‘lsa ko‘p miqdorda iching. Boshqa hech narsa yemang.

Yotoqxonangizni shamollatib turilishi va toza havo bo‘lishiga e’tibor qiling va o‘qimang, radio eshitmang, televizor ko‘rmang, qarindosh va do‘stlaringiz bilan suhbatlashish uchun quvvatingizni sarf qilmang. O‘zingizni boshqalarlan to‘liq ajrating.
Bunday tozalanish uchun ochligingiz qancha davom etishi kerak! Bunday tanglik yilning har qanday vaqtida bo‘lishi mumkin, lekin sovuq mavsumlarda ko‘proq bo‘ladi. Oyoqqa turish uchun ko‘pincha uch kunlik ochlik yetarli bo‘ladi. Lekin ayrim vaqtlarda yetti yoki o‘n kunga cho‘zilishi mumkin. Kunlar haqida bezovta bo‘lmang, ko‘rasiz, tozalanish tangligidan so‘ng sog‘lig‘ingiz ancha  yaxshi bo‘ladi.

Men beshta farzandni voyaga yetkazdim, ular tumov bo‘lishganda, davolanishlari va ochlanishlari uchun to‘shakka yotqizib qo‘yardim. Bir haftadan keyin ular yaxshi bo‘lar va sog‘liklari ham tiklanib ketardi. Mening 12 nevaram, 8 chevaram ham shu dasturga amal qilishadi.
Bu usul ko‘pchilikka o‘ta oddiy ko‘rinishi mumkin. Ularning fikricha, nimadir qilish kerak, davolanmoq lozimdek, ularni qo‘rquv bosadi. Sizning tozalanishingiz va sog‘lig‘ingiz uchun tabiat haddan tashqari uzoq ishlayotganday bo‘lib ko‘rinsa-da, vahimaga tushmang.

Har bir kishi tanasini qanchalar ko‘p o‘rgangani sayin o‘z salomatligiga shunchalar ko‘prok e’tibor bilan qaramog‘i lozim. Inson o‘z tanasini sog‘lom holda ushlamoq lozim va bu boshqa fanlarni o‘rganishdan ancha muximroqdir.
Har bir inson o‘z tabiati (xarakteri) ning bunyodkoridir, lekin shu bilan birgalikda u o‘z sog‘ligi va yaxshi kayfiyatining soqchisi xamdir.

Tabiat insonni yaratib, tabiiy kuchlardan o‘z salomatligi yo‘lida mohirona foydalanishi uchun unga ajoyib aql va ijodiy imkoniyatlar bergan. Ochlik bu tabiiy sog‘ayishga olib boradigan yo‘llardan biridir. Tabiat bizga oddiy tozalanish vositalarini beradi. Faqat biz tabiat bilan hamohang va uning qat’iy qonunlari bilan yashashimiz lozim. Biz tabiiy hayot tarzi tufayli o‘zimizning jismoniy, aqliy va ruhiy imkoniyatlarimizni oliy takomillashgan darajagacha yetkazishimiz mumkin. Salomatlik uchun qisqa yo‘l yo‘q. Tabiat bizni o‘z zimmamizdagi vazifani bajarayotgan deb, hisob-kitob qiladi. Ochlanayotganda biz bu vazifani bajarayotgan bo‘lamiz. Agarda biz o‘z odat va xayotimizni tabiat qonunlariga moslamaydigan bo‘lsak, u hech qachon o‘z mo‘jizalarini namoyon qilmaydi.

[su_quote cite="Gippokrat"]Har qanday ortiqchalik tabiatga ziddir. [/su_quote]

Tabiatga ishoning

Mening qatiy ishonishimcha, hech kim hech qachon kimnidir sog‘aytirish majburiyatini olmasligi kerak, chunki bu tabiatning ishi.
Ochlikning ko‘magi va tabiiy ovqatlarni iste’mol qilish natijasida, shuningdek tabiiy odatlar tufayli har qanday kishi o‘z xayotini sog‘lom qilishi mumkin. Tozalanish ichki biologik faoliyat bo‘lib, bu tananing o‘zi bajarishi mumkin bo‘lgan vazifa, lekin ochlik bilan, siz, bu ishning yanada samaraliroq bo‘lishiga erishasiz. Tabiat sizning doimo sog‘lom va yashovchan bo‘lishingizga harakat qiladi va qachonki, u tozalash tangliklarini o‘tkazayotgan ekan, nima qilayotganini juda yaxshi biladi.
Tabiatga ergashing, u hech qachon sizga pand bermaydi. Ochlik - bu buyuk yordamchi.

© Pol Bregg
«Ochlik mo‘jizasi» kitobi.
Ziyouz.uz

ico
Sakkizinchi hakim - sindorlik ( 28-qism )
Sizning mushaklaringiz yetarlicha kuchli ekanida ular umurtqani hech bir qiyinchilik va noqulayliksiz tutib turgan. Endi esa mushaklaringiz gravitatsiya (tortishuv) kurashlari natijasida nochorlashgan. Ehtimol, bunga bevaqt qarish, oshiqcha yuk yoki bo‘shasha olmaslik aybdordir. Qomatingizni   ko‘targanda,   to‘g‘rilanayotganingizda yelkangizda og‘riq sezmadingizmi? Agar shunday bo‘lsa, siz shoshilinch choralar ko‘rmog‘ingiz lozim. Eng avvalo, nochorlashgan  muskullarni mustahkamlash zarur. O‘zingizni ko‘zguda bir ko‘ring!  Munkayib qolmaganmisiz? Bukir paydo bo‘lmaydimi?  Yelkangizdagi og‘riq sabablarini bildingizmi? Agarda mushaklarning nochorligi va noto‘g‘ri qomatdan yelkangiz og‘riyotgan bo‘lsa, aziyat chekmang, siz bu vaziyatni, juda chuqurlashib ketgan  bo‘lsa xam tezda o‘nglab olasiz. Yelkadagi og‘riq insonning ikki oyoqda yurish imtiyoziga yomon munosabatda bo‘lganingiz uchun jazodir. Taxmin qiladilarki, odamzotning ajdodlari to‘rt oyoqli bo‘lishgan. Vertikal xolatda turish va yurish - inson uchun tamomila tabiiy hol. Qiziq, sut emizuvchilardan, insondan tashqari hech kim, xatto, shimpanze va gorillo ham ikki oyoqda yurmaydi. Inson umurtqasi tabiiy burmalarga ega bo‘lib, ular mushaklarning gravitatsiyaga qarshi tura olish va yelkani to‘g‘ri ushlab turish qobiliyatini beradi. Mana shu mushaklar qachongacha kuchli bo‘lsa, o‘shangacha yelka to‘g‘ri bo‘lib turadi. Qachonki muskul charchasa, yelka egiladi, og‘riq paydo bo‘ladi. Agarda siz to‘g‘ri ovqatlansangiz va o‘z tanangizga g‘amxo‘rlik qilsangiz, yaxshi qomat - muammo emas. Agarda tana eng kerakli narsalardan maxrum bo‘lsa, ko‘pincha noto‘g‘ri qomat paydo bo‘ladi. Agarda o‘ta yomon odatlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, tuzatish tadbirlariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bular masalan, maxsus mashqlar va siningizga doimiy e’tibor qaratishdir.

Qanday qilib to‘g‘ri turish, o‘tirish va yurish mumkin

O‘tirganingizda umurtqa to‘g‘ri, qorin oldinga, yelkalar kerilgan, bosh ko‘tarilgan bo‘lishiga e’tibor qilmog‘ingiz lozim. Qo‘lingizni bukishingiz yoki tizzangizga qo‘yishingiz mumkin. Yurganingizda, ko‘krak qafasining o‘rta chizig‘iga mo‘ljallab qadam tashlaganingiz ma’qul. Bu yurishni salmoqli va yumshoq qiladi. Salmoqli va prujinali qadam tashlash - xuddi avtomatik ravishda energiya ishlab chiqarayotganga o‘xshaydi. Odatlar o‘zimiz tomonimizdan bunyod etiladi yoki buziladi, qad-qomatni yaxshi ushlab turish chiroyli va kuchli tanani shakllantiradi. O‘tirganingizda oyoqni birining ustiga ikkinchisini qo‘yib ya’ni chalishtirib o‘tirmang. Mushaklarga qon olib boradigan ikkinchi arteriya tizzaning tagidan o‘tadi. Oyog‘ingizni chalishtirib o‘tirganingizda qon aylanishida buzilishni sodir etasiz. Yetarli darajadagi qon aylanmaslik va oziqlanmaslik qonning uyushib qolishiga olib keladi. Uncha yosh bo‘lmagan kishilarning oyog‘iga qarang. Ularning oyoqni chalishtirib ko‘p o‘tirganliklari tufayli kapillyarlar va venaning buzilganini ko‘rasiz. Oyok mushaklari yetarli darajada ozuqa olmaganligi tufayli oyoq nochor bo‘lib qoladi. Qon aylanishi esa lanj bo‘ladi. Mashxur kardiologdan: “Yurak xuruji qachon ko‘proq sodir bo‘ladi”,- deb so‘raganlarida, u: “Odam osoyishta, oyog‘ini chalishtirib o‘tirganda”,- deb javob qaytargan. Eng yaxshisi oyoqni polga qo‘yib o‘tirgan ma’qul. Har qanday ko‘rinishdagi yomon qad-qomat yelkaning yuqori qismining og‘rishiga va yelkada charchoqning to‘planishiga olib keladi. Og‘riq bo‘yin va belda xam paydo bo‘lishi mumkin. Eng oddiy va foydali odat - to‘g‘ri turmoq, to‘g‘ri yurmoq, to‘g‘ri o‘tirmoq, hech qachon oyoqni chalishtirmaslik. Bu hech qanday alohida kuch sarflashni talab qilmaydi, lekin odamning to‘g‘ri turishi, yurishi va o‘tirishi natijasida to‘g‘ri qad-qomat o‘z-o‘zidan shakllanadi va hayotiy zarur bo‘lgan muchalar normal holatga keladi, normal faoliyat ko‘rsatadi. Shunday qilib, siz to‘g‘ri qad-qomatli bo‘lishga e’tibor qaratmog‘ingiz va bu kundalik odatingizga aylanmog‘i lozim. Biz yomon odatlarimiz bilan jazolanamiz, yaxshilari bilan siylanamiz. Agar kimdir noto‘g‘ri o‘ylayotganim va qilayotganimga meni ishontirsa, men quvonch bilan uning maslaxatlariga amal qilib, tutumimni o‘zgartiraman. O‘zining bilmasligiga yopishib olgan odam nohaqdir.

© Pol Bregg «Ochlik mo‘jizasi» kitobi. Ziyouz.uz

ico
Men har yili to‘rt marta yetti-o‘n kundan och yuraman (10-qism)
Men o‘zimning ochlik bilan davolash dasturimga ishonaman. Menda, bizning oilamizda, do‘stlarimda va dunyoning turli chekkalaridagi shogirdlarim xayotida dasturimning samarali ekani isbotlandi. Mening dasturim xaftasiga bir martadan tashqari yiliga to‘rt marta katta muddat och yurishni o‘z ichiga oladi. Yilning boshida yetti-o‘n kunlik ochlikning menga qulay bo‘lgan vaqtlarini belgilayman. Nima uchun men yetti-o‘n kun deyapman? Ayrim vaqtlarda yetti kungina och yurishimning sababi shundaki, ana shu muddatda tanam to‘liq tozalanganini sezaman. Ochlik bilan juda ko‘p yillardan beri shug‘ullanaman va shuning uchun xam tanamga uning ta’sirini juda nozik xis qilaman. Qandaydir bir ichki ovoz ochlikni tugatish kerakligini aytadi. Shunday qilib, ochlikni men yanvarning boshiga belgilayman. Bir xil vaqtlarda u 7, 8, 9 yoki 10 kun davom etadi, keyingi och yurishim erta ko‘klamga to‘g‘ri keladi va doimo 10 kun davom etadi, chunki kishdan keyin o‘z uyimni chinniday tozalashim kerak. Ayrim vaqtlarda xavosi aynigan auditoriya va zallarda ma’ruza o‘qishimga to‘g‘ri keladi. Afsuski, ko‘pchilik xavosi toza, salqin va shamollatilgan joyda o‘tira olmaydi. Shuning uchun xam xozirgi tamaddunli zamona bolalariga ma’qul bo‘lgan bunday dim xonalarda o‘zimga zarar bo‘lsa-da ma’ruza o‘qishga majbur bulaman. [su_quote cite="Oliver Uendell Xolms"]Olloh o‘z yaratiqlariga nur va havo berdi, Osmon tagida suv berdi, ammo odamlar dim g'orlarga bekinib olib O‘zlarini halok etadilar. [/su_quote]

Mening kuzatishimcha, ochlik tanani shu darajada tozalab va uning barcha tizimini faollashtirib yuborganligidan badandagi termoregulyator tizimi nixoyatda samarali ishlay boshlaydi. Masalan, yanvarda kunduzi 27, kechasi 16 daraja issik bo‘lgan Kaliforniyadagi uyimdan samolyotda 25-35 darajada sovuq bo‘lgan O‘rta G‘arbda joylashgan Minnesota shtatidagi Minneapolis shaxriga yoki Kanadaning Toroncho shaxriga borishim mumkin. Muntazam ochlanish va to‘g‘ri ovqatlanishim tufayli havoning bunday keskin o‘zgarishi va qattiq sovuqlarga mening organizmim tez moslasha oladi. Noqulay ob-xavo sharoitlariga, ayrim vaqtlarda, shu yerning maxalliy xalqidan xam bardoshliroq bo‘laman.

Ochlik tufayli tanadan toksin moddalarni xaydash va xayotiy quvvatni tiklash bilan iqlim sharoitiga yengil moslashish badanning ochlik tufayli namoyon etgan mo‘’jizalaridan biridir. Avval aytganimdek, ayrim vaqtlarda shunday sovuq iqlimli joylarda ma’ruza o‘qish uchun mo‘ljallangan auditoriyalar keragidan ortiq isitilgan va shamollatilmagan bo‘ladi. Xavosi tinglovchilar nafasi tufayli karbonat angidrid gazi bilan to‘lgan bo‘ladi. Menga mana nima uchun ko‘klamgi 10 kunlik ochlik zarur. O‘ch kun davomida tanamni qish davrida to‘planib qolgan toksin va zararli moddalardan tozalayman.

Uchinchi ochlanish davrim yoz o‘rtalari iyul yoki avgust oyining ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Yoz kunlari to‘g‘ridan to‘g‘ri paykallardan keltirilgan sabzavot va mevalarni ko‘plab yeganim uchun xam ochlik juda yengil o‘tadi. Boshqa barcha ochliklarimga nisbatan bunisidan ko‘proq xuzurlanaman. Bu davrda odatdagidek aqlan va jismonan faollikda bo‘laman. Mening kuzgi ochligim oktyabr yoki noyabrnnng oxiriga to‘g‘ri keladi. Yuqorida aytganimdek, ochliklardan samara ko‘paya boradi. Bir yilda jami 75 kun och yurib, ovqatni hazm qilish tizimimga qanday katta fiziologik dam berayotganimni tasavvur qiling. Buyrak, o‘t pufagi va garmonal tizim dam oladi. Oshqozon tagi beziga berilgan fiziologik xordiq tufayli uning insulin ajratishi yanada yaxshilanadi. Bu oshqozonga xam taalluqli bo‘lib, ochlikdan so‘ng ovqatni hazm qilishga yordam beradigan shiralarni ko‘proq ishlab chiqara boshlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak ko‘proq paydo bo‘ladi. Og‘izda totli ta’mni sezasiz va nafas olishingiz tozaroq bo‘ladi. Qancha ko‘p och yursangiz, sizdan shunchalik kam xid chiqadi.

Ta’m  va hid haqida

Bir necha yil oldin Nyu-Yorkdan Kaliforniyaga kelgan kishining ochlik dasturini kuzatdim. Undan daxshatli qo‘lansa xid kelar, ayniqsa oyoq, qo‘l, xatto olaqon ichidan chiqayotgan sassiqqa chidab bo‘lmasdi. Bu qo‘lansa xidning sababi u kishining uzoq vaqt yuvinmaganligida emas. U bir kunda 3-4 marta issiq vannaga tushar, dezodorantlarning barcha turidan foydalanar, lekin bu daxshatli qulansa xiddan xalos bo‘la olmagan ekan. U o‘zining odamlarga qo‘shilolmaydigan raddi ma’raka ekanidan asabiy holatga tushib qolgan edi. Buning ustiga u galitoz kasaliga xam mubtalo edi va u nafas chiqargandagi qo‘lansa xid xo‘kizni xam o‘ldirsa ajab emas. U foydalangan og‘iz chayqashlar, yalpizli tabletkalar, rezina saqichlarning birontasi natija bermadi. Ochlik oldidan bu odam bilan suxbatlashib bildimki, u chog‘i kelmaydigan ish bilan shug‘ullanganidan, oiladagi qiyinchilik va moliyaviy yetishmovchiliklardan xoldan toygan. Agarda inson qattiq charchab, asosiy quvvatni sarflab qo‘ysa va xayotiy kuchini yo‘qotsa, ajratish muchalari o‘z ishini samarali bajara olmaydi.

Unga o‘zini bu xolatga keltirish uchun bir necha yillar sarflaganini va ochlik xamda sog‘lom xayot tarzi yordamida axvolni o‘nglash uchun ham vaqt kerakligini aytdim. U ziyoli va mantiqli fikr yuritadigan odam bo‘lib, mendan o‘zidagi tozalanish jarayonini nazorat qilishimni so‘radi. Biz 36 soatlik ochlikdan ish boshladik. Ochliklar oralig‘ida uning og‘ir va go‘sht va tozalangan uglevod bilan tiqishtirilgan ratsioniga yangi meva va sabzavotlarni kun sayin ko‘paytirib boraverdim. Menimcha, noto‘g‘ri ovqatlaniщdan tabiiy yemakka o‘rganish o‘rtasida o‘tish davri bo‘lmog‘i lozim. Inson tanasini yomon odatlarni tezda o‘zgartirishga majbur etib bo‘lmaydi. Bunday o‘zgarishlar asta-sekinlik bilan amalga oshirilmog‘i lozim. U ilgari kuniga uch maxal go‘shtli ovqatlar iste’mol qilgan bo‘lsa, endi bir maxal yer edi. Oq nonni qoq non bilan almashtirdi.

Bir qancha vaqtdan keyin men uni yetti kunlik ochlikka o‘tkazdim. Birinchi uch kun og‘ir kechdi, chunki organizm to‘planib qolgan zaxarli moddalardan faol tozalanmoqda edi. To‘rtinchi kun qayd qilgisi kelib yurdi. Beshinchi kun uning badaniga qizamiq toshdi. Uning nafasi va badanidan chiqayotgan qo‘lansa xidga chidab bo‘lmasdi. Xar-xar zamonda uning yoniga borish uchun protivogaz kiysammi deb ham o‘ylardim. Har kuni ertalab uning peshobini taxlil uchun olib qo‘yardim. Tegishli yozuvni qilib, og‘zini yaxshilab berkitib, sovutish va tindirish uchun salqin joyga qo‘yardim. Bir necha xaftadan keyin shunday qora, bo‘tana peshob inson tanasidan chiqqaniga ishonging kelmaydi.

Shu ochlanishdan keyin notabiiy ovqatlarning yana bir qismini olib tashlab, o‘rniga yangi sabzavot va mevalarni qo‘shdim va yana bir necha kundan keyin 10 kunlik ochlik tayin qildim. Bu safargi ochlik ancha yengil kechdi, lekin toksinlar haliyam ajralib chiqayotgan edi. Bular latent, ya’ni yashirin, bilinmaydigan zaxarlar bo‘lib, tana xujayralariga o‘rnashib oladilar. Ko‘p ko‘ngilsizliklar olib kelishi mumkin bo‘lgan bu to‘plangan o‘lik materiallarni joyidan siljitish uchun katta ochlanish dasturi va ishqorli ovqatlar lozim bo‘ladi. Masalan, suhbat va ma’ruzalarimda menga shunday deyishadi. “Mister Bregg, sizning nazariyalaringizni juda xurmat qilaman, lekin sog‘lom insonman. Ko‘nglim tusagan narsani yeyman, kofeni xoxlaganimcha ichaman, normal kishidek ovqatlanaman”. Ular sog‘lom va kuchli ekanliklarini isbotlashga urinadilar. Lekin men ulardan ko‘prok bilaman. Ularning to‘qimalariga zaharlar to‘planayotganligini va bir kuni nazoratdan chiqib ketishi mumkinligini men bilaman. O‘shanda odam olib ketadigan kasal yo‘liqadi.

Ha, ko‘pchilik mustahkam salomatlikni ajdodlardan merosga oladi. Ular ko‘pincha tabiat qonunlarini masxara qilib kulishadi va bu qonunlarning bizga aloqasi yo‘q deb o‘ylab ham qo‘yadilar. Lekin to‘lov kuni, albatta, bo‘ladi. Bu kun tabiat organizmdan zararli narsalarni chiqarib tashlay boshlanganda keladi. Tabiatan sog‘lom bo‘lgan xohlagancha ichib-yeyishlari, chekishlari, bir kunda ozgina uxlab 18 soatlab ishlashlari mumkin bo‘lgan bunday kishilarning ko‘pini ko‘rganman. Keyin dard ularni shunday buraydiki, hatto kasalxonaga jo‘natishga to‘g‘ri keladi. Ularning og‘riq zo‘rligidan buklanib qolganliklarini ko‘rib, ko‘zimga achchiq yosh kelgan holatlar bo‘lgan. Bunday baquvvat kishilarni bevaqt o‘lim kutayotganini achchiq bo‘lsa-da, aytishim kerak. Men buni aniq bilaman.

Bularning barchasini tushungan holda Nyu-Yorklik mijozim bilan juda extiyotlik bilan munosobatda bo‘ldim. U o‘zining dasturiga qat’iyat va bardosh bilan amal qilardi. Uning o‘jar dushmanlarini yengish uchun deyarli bir yil davomida davriy-davriy ochlik va tabiiy xayot tarzi kerak bo‘ldi. Xozir bu odam toza va sog‘lom nafas oladi. Badanidan daxshatli hid tarqamaydi. U butunlay boshqa kishiga aylanib qolli. U o‘zining organizmi ichidagi dushmanni nafaqat yengdi, balki 20 yoshga yashardi ham. Xozir u yosh ko‘rinadigan baquvvat yoqimtoy odam bo‘lib qolgan. U endi ancha xotirjam va bosiq kishiga aylangan. Ko‘pchilik biron ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘lishini kutadilar va shundan keyingina xarakatga tushadilar. Lekin kasallikning oldini misqollab olish, qadoqlab davolanishdan afzalligini men bilaman.

Siz, shu kitobni o‘qiyotganlar, tabiat detoksikatsiya jarayoni bilan zarba berganga qadar kutib o‘tirmasligingiz lozim. Tanaga jismoniy xordiq berish yo‘li bilan o‘zini o‘zi tozalash uchun imkoniyat yaratish aqlan va mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. To‘plangan zaxarlardan xalos bo‘lish uchun tanangizga imkon bering. Axir, xozirgi murakkab tamaddun ustimizga ko‘plab zaxarli moddalarni ag‘darmoqda.

 © Pol Bregg «Ochlik mo‘jizasi» kitobi. Ziyouz.uz

ico
To‘qqizinchi hakim - aql (29-qism)
Shunday naql bor: “Xudo uchlikni xush ko‘radi”. Ruhiyat - insonning birlamchi asosi bo‘lib, har birimizning o‘ziga xosligimiz va takrorlanmasligimizni ko‘rsatadi. Aql - bu ikkinchi asos bo‘lib, qalb u orqali ifodasini topadi. Demak, aql qalbning namoyon bo‘lish vositasidir. Tana - esa insonning uchinchi asosi bo‘lib, jismoniy, ko‘rinuvchi qismidir va uning yordamida inson aqli ifodasini topadi. U odamning atrof muxit bilan aloqasi uchun zarur vositadir. Mana shu uchala asos inson deb atalmish yaxlitlikni tashkil etadi. Biz bilamizki, tana aloxida vazifalarni bajaradigan mustaqil, lekin bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birisiz mavjud bo‘lolmaydigan muchalar, xujayralar va to‘qimalar birligini anglatadi. Juda ko‘p vaqtlar mobaynida bu turli muchalarni bir-biridan ajratib, aloqasiz deb qarash biror a’zoni tana va undagi boshqa muchalardan ajratgan holda davolashga urinishlar bo‘lgan. Lekin ular tananing bir a’zosi og‘risa, butun tanada og‘riq bo‘lishini, ya’ni hamma muchalar o‘zaro bog‘liqligini tushunib yetmaganlar. Tana har xil vazifalarning mujassamlashganligini ko‘rsatuvchi ajoyib birlik namunasidir. Bitta bo‘lak uchun nima yaxshi bo‘lsa, hamma joyi uchun ham shu yaxshi, bir bo‘lagi uchun nima yomon bo‘lsa, xammasi uchun yomon. Agarda oyoqdagi bir barmoq qorason bilan kasallansa, bundan butun tana jabrlanmaydimi? Odam nafaqat butun tanasida og‘riq sezadi, tezda boshqa kasalliklarning belgilari ham paydo bo‘ladi. Masalan, ishtahasizlik, bosh og‘riq, bezgak. Axir barmoq butun tananing arzimas kichik bo‘lagi-ku? Ochlik ilmida biz insonning butunisi: uning qalbi, aqli va tanasi bilan ish ko‘ramiz.

Fikrlash va salomatlik

Bemor kishi o‘zicha endi tuzalmasam kerak deb ta’kidlayversa, uning bu bashorati deyarli hamisha amalga oshadi va azobini to o‘lganicha ko‘tarib yuradi. TANA - NODONDIR. Siz buni esingizdan chiqarishingizni istamayman. Aynan shuning uchun xam shu yerda buni takror-takror aytaman. Bizni nazorat qiladigan yagona chin omil ongdir. Mana nima uchun doimo yaxshi fikrlarni ko‘ngildan o‘tkazish zarur. Ong doimo tanani nazorat qilmog‘i lozim. Siz o‘zingizning salbiy fikrlaringizni ijobiy fikrlar bilan almashtirishga  o‘rganmog‘ingiz  lozim.  Agar  sizda:   “Men qariyapman chog‘i, qariganda ko‘rish qobiliyati susayadi. Mening ko‘zim ham xiralashayapti” tarzidagi salbiy fikrlar xuruj qilaversa, uning o‘rniga taxminan quyidagi ijobiy fikrni xayoldan o‘tkazing: “Yoshim ko‘z xiralashishi uchun sabab emas. Yoshim zahar emas. Ko‘z xiralashishiga boshqa sabab bor va u bilan kurashsa bo‘ladi” Miya tilsiz tanani boshqaradi va tana miya topshiriqlarini bajarishga moyil. Miya tanani sexrlaydi. Aqlning o‘z qarorlarini tanaga o‘tkazishiga imkon bering, agarda aksi bo‘lsa, ya’ni tana aqlni boshqaradigan bo‘lsa, unda siz kasalning quliga aylanasiz. Narkotiklarni iste’mol qilish odatlari tananing aqlni boshqarganiga aniq misoldir. Tananing xaddan tashqari narkotiklarga intilishi miyani tanaga jinoyat qilish topshirig‘ini berishgacha majbur qilishi mumkinki, narkotiklar yordamida aql tana darajasiga tushib qoladi. Yuqoridagilar alkogol, choy, kofe va boshqa ko‘plab qo‘zg‘atuvchilarga xam aloqador. Bu sharoitda zaxarlanuvchi aql emas, tana xisoblanadi. Aql tananing qo‘li bo‘lganligi uchun xam biz yomon odatlarga o‘chmiz. Tana: “Ye, ich va o‘yna-kul, ertangi kun haqida o‘ylama” tarzidagi soxta falsafaga amal qiladi. Bu adashishdir. Siz ertagayoq o‘lib qolmaysiz, lekin yuqoridagi noto‘g‘ri falsafa bilan yashab, 10-20 yildan keyin bevaqt qarigan va kechayu-kunduz kasalliklardan azob chekadigan kishiga aylanasiz. Siz o‘zingizning yomon odatlaringiz tufayli jazolanayotganingizni ESDA TUTING. Bu - qonun. Kasallik, og‘riq va jismoniy qiyinchiliklar qaysidir ma’noda sizning inson ekanligingizni bildiruvchi ko‘rsatkichlardir. Siz o‘z tanangizga qarshi jinoyat sodir etasiz, chunki siz tabiiy hayot tarzi yordamida o‘zingizga berilgan aqldan foydalanib, uni boshqarish imkoniyatidan foydalanmaysiz. Salomatlik va uzoq umr ko‘rishga erishishi uchun sizning aqlingiz nima qila oladi? Ko‘pchilik ayollar va erkaklar nima qilsa o‘shani. O‘z fikringizni real kuch, foydalanish yo‘liga qarab itarishi xam tortishi xam mumkin bo‘lgan magnit deb xisoblang. Ko‘pchilik kishilar na ijobiy va na salbiy fikr yuritish usuliga qodir emaslar. Ijobiy fikrlash usuli samaraga, salbiy fikrlash buzg‘unchilikka, bo‘shlik va omadsizlikka olib keladi. Shuning uchun xam  har bir kishi o‘zida ijobiy ruxiy fikrlar bo‘lishiga intilmog‘i lozim. Bunga erishish uchun bardosh va iroda lozim bo‘ladi. Har bir to‘qimaga ta’sir o‘tkazaoladigan salbiy va buzg‘unchi fikrlarning ko‘plab ko‘rinishlari mavjud. Shulardan eng kuchlisi qo‘rquv va unga yo‘ldosh bo‘lgan bezovtalik, tushkunlik, vaximachilik, xavotir, hasad, irodaning susayishi, rashk, qizg‘onchiqlik, dushmanlik, xafagarchilik o‘ziga ishonchsizlik va achinish kabilardir. Bularning barchasi tana va miyaning toliqishiga olib boradi va oqibatda quvvatning kamayishi, asabiy holat, sekin yoki tez sodir bo‘ladigan zaxarlanishga olib keladi. Intoksikatsiya natijasida salbiy xissiyotlarga moyillik paydo bo‘ladi. Qo‘rquv va bezovtalik boshqa salbiy fikrlar singari o‘ylashda vaximalarga olib boradi. To‘g‘ri qarorlar qabul qilish imkonini beradigan to‘g‘ri o‘ylash uchun miyaning umuman toza bo‘lishi lozim bo‘ladi. Xiralashgan miya faqat noo‘rin xulosaga kelishi va ayrim hollarda esa umuman qaror qabul qila olmasligi mumkin. Ijobiy mental kuchlar nimani anglatadi? Bu buzg‘unchi kuchlarning ziddi sifatida xotirjamlik, tafakkur va ichki bemalollikni bildiradi. Miyangizning tanaga xo‘jayin bo‘lishiga imkon bering. Miya sizning kim ekanligingiz haqidagi qarashlaringiz shakllanadigan joydir. Shunday qilib, bu yerda eslatib o‘tilgan to‘qqizta tabiiy xakimlarni yordamchi qilib olib, o‘zingizdan, nimani xohlasangiz, o‘shanga erishishingiz mumkin. Ijobiy fikrlar kuchiga ishoning, hech qachon tafakkurda salbiy fikrlarnnng g‘olib kelishiga yo‘l qo‘ymang. Agarda siz mana shu tartibda yashasangiz, miyangizni buyuk bunyodkorlik fikrlar o‘chog‘iga aylantira olasiz. Har bir ochlanish bilan ongingizni kuchliroq va ijobiyroq qilib boraverasiz. Har bir ochlanish bilan qo‘rquv va bezovtalikdan xolos bo‘lib boraverasiz.

Ochlik qalb, ong va tanani ulug‘laydi. Sizga hayotda bundan boshqa yana nima kerak?

Ochlik yordamida qanday odam bo‘lishni xoxlasangiz, o‘shanday odamga aylanishingiz mumkin. Bunga erishish yo‘li - doimo yaxshilikka intilib yashash. Tana va ong uyg‘unligiga bo‘lgandagina to‘g‘ri ruxiy muvozanatga erishiladi. Hech qachon unutmangki, insonda ruxiyat birinchi o‘rinda, mental, ya’ni aql - ikkinchi, jismoniyat – uchinchi o‘rinda turadi, ikkinchi va uchinchilar uyg‘unlashgandagina sog‘lom ruxiy xayotga erishish mumkin bo‘ladi. Ana shu uchta ko‘rsatkichning uyg‘unligiga erishish va ularni tushunish, insondagi yashirin imkoniyatlardan biridir. O‘zingizga yaratuvchilik falsafasini ishlab chiqishda ongingizdan foydalaning. Sog‘lik haqida esa foyda beradigan tarzda o‘ylang. U sizning ruxiy hayotingiz uchun zarur. Agarda siz bunda batartib bo‘lsangiz dil, ong, fikr va tana salomatligi ta’minlangan bo‘ladi. Ochlik va samarali hayot dasturi sizni haqiqiy hayot mazmunini anglashning yuqori cho‘qqilariga olib chiqadi. Bunday natijaga yer yuzida sanoqli kishilargina erishadi. [su_quote cite="Djeyms Maklekter"]Inson yo‘liqqan eng katta fojia, bu hissiy tushkunlik, aqliy to‘poslik va tashabbusning yo‘qligidir. Bularning barchasining noto‘g‘ri ovqatlanishdan boshlanadi. [/su_quote] [su_quote cite="Seneka"]Odamlar o‘lmaydi, ular o‘zlarini o‘zlari o‘ldiradilar. [/su_quote]

© Pol Bregg «Ochlik mo‘jizasi» kitobi. Ziyouz.uz

ico
Ochlikni qanday tugallash kerak? ( 11-qism )
Yetti kunlik ochlik davrida oshqozon va ichaklaringiz kichrayib qoladi. Ochlikni to‘xtatish lozim bo‘lgan vaqt kelganda qo‘yidagilarni bajaring: Ochlikning yettinchi kuni taxminan kech soat beshlarda to‘rt-beshta pomidorning po‘stlog‘ini archilang, to‘g‘rang va qaynoq suvga tashlang va suvni tezda olovdan oling. Sovuting va ishtaxa bo‘lganda yeng. Sakkizinchi kuni ertalabga qirilgan sabzi va karamdan salat, ularga bir apelsinning yarmini siqib suvini aralashtiring, buni va keyin kichikroq likopda dimlangan ko‘katlarni tanovvul qilish mumkin. Ko‘kat bilan bug‘doy nonidan ikki bo‘lak yeyish mumkin. Kuni bilan xoxlagancha distillangan suv ichish mumkin. Tushlikka qirilgan sabzi, kesilgan karam va ustiga apelsin sharbati sepilgan salat yeyish mumkin. Salatdan keyin sabzavotlik ikki ovqat qaynatilgan barra karam, oshqovoq sabzi yoki ko‘k loviya, bunga ikki bo‘lak qoq nonni qo‘shsa bo‘ladi. Bunday taomda umuman yog‘ bo‘lmaydi. To‘qqizinchi kuni ertalabga xar qanday mevani, masalan, olma, nok, xurmo, uzum, yeyish mumkin. Buning ustiga ikki qoshiq undirilgan bug‘doyni bir osh qoshiq asal aralashtirib shirin qilib yesa ma’qul bo‘ladi. Tushlikka qirilgan karam, sabzi va selderdan tayyorlangan salatni yeyish va bitta sabzavotli issiq salat va bir bo‘lak qoq non yetarli bo‘ladi. Kechlikda salatning barglilaridan va pomidor xamda ikkita sabzavotli ovqat. O‘ninchi kundan boshlab shu kitob so‘ngida keltirilgan taomnoma asosida ovqatlanish mumkin.

O‘n kunlik ochlikni qanday tugallash kerak

Yetti va o‘n kunlik ochlik o‘rtasida farq kam. O‘ninchi kuni soat beshlarda bir necha dona pomidor yeng va keyin esa yuqorida aytilgan grafikka amal qiling. O‘zingiz xoxlagandan ko‘p yemang. Yetti kundan o‘n kungacha ovqat yemadingiz va shu davrda ishtaxangiz xam yo‘qolganini esingizdan chiqarmang. Sizning ovqat yeya boshlaganingiz tezda quvvatga kirib ketishingizni anglatmaydi. Tana detoksikatsiya dasturidan shimilish dasturiga o‘tishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Ichakning bo‘shanishidan xotirjam bo‘ling

Tana yana ovqatga o‘rganishi uchun bir-ikki kun kerak bo‘ladi, shuning uchun maboda ichak ovqatni qabul qilishga tezda moslasha olmasa bezovta bo‘lmang. Ko‘pincha, ochlik yakunlangach, birinchi ovqatlanishdan keyinoq xojatga chiqiladi. Lekin bu xar bir kishida xar xil bo‘ladi va shuning uchun xam barchaga bir xil mezon qo‘yib bo‘lmaydi. O‘ylaymanki, tabiatga nisbatan bardoshli bo‘lasiz va ichakni uning xoxishiga qarshi ishlashga majbur etmaysiz. Tabiat ichakni o‘z shaxsiy sanitar va antiseptik tizimi bilan ta’minlagan va bu tizim kerakli vaqtda tabiiy xarakatga keladi. Yegan ovqatingiz ichakning peristaltik imkoniyatini, ya’ni ularning qisqarib cho‘zilib to‘lqinsimon xarakat qilish qobiliyatini oshiradi. Agarda bu yerda ovqat masalasida keltirilgan tavsiyalarga to‘lik amal qilsangiz sog‘lom va muntazam ishlaydigan ochlik tizimini yo‘lga qo‘ygan bo‘lasiz.

Ovqat hazm  qilishning eng mukammal dasturi

Barcha kerakli narsalarni o‘z ichiga olgan parxezda yashab quyidagi tartibga amal qilaman. Birinchi bo‘shanish ertalab uyqudan uyg‘ongandan keyin bo‘ladi. Tanani bir necha marta aylanayotganday harakatlantirish to‘liq bo‘shanish imkonini beradi. Yuqorida aytganimdek, salomatlnk uchun foydali deb xisoblaganim bois xam men ertalab nonushta qilmayman. Uyqudan bir necha soat o‘tgach, yangi mevalardan bir bo‘lak ananas, banan, apelsin yoki bir nechta o‘rik tanovvul qilaman. Bir nechta olxo‘ri yeyishim mumkin. Taxminan yana biror soatlardan keyin bugun xisobidan birinchi marta ovqatlanishga o‘tiraman va sabzavotlardan sabzi, karam, va ko‘katlardan tayyorlangan salatni yeyishdan boshlayman. Bular ovqat hazm qilish yo‘lining yaxshi qo‘zgatuvchilari bo‘lib xizmat qiladi. Men o‘zim uchun eng avvalo salat yeyishni odat qilib olganman. Tanamni tabiiy ovqatlarni kabul kilishga o‘rgatishim lozim deb xisoblayman. Ko‘plar suyuq ovkatdan yoki go‘sht va non yeyishdan boshlashadi. Menimcha, bu unchalik to‘g‘ri emas, axir xom taomlar qo‘zg‘atuvchilarga boy bo‘lib, ular ovqat hazm qiluvchi suyuqlik ajratib chiqishini qo‘zg‘aydi. Bu ozuqaning to‘laroq parchalanishi uchun yaxshi muxit bo‘ladi. Shuning uchun xam xar qanday ovqatlanishni yangi sabzavot yeyishdan boshlashni qatiy maslaxat beraman va bir necha yil shu tariqa ovqatlanganingizdan keyin tanangiz boshqacha ovqatlanishni xoxlamay xam qoladi. Natijada, siz o‘z ovqatingizning umumiy xajmining 60 foizi sabzavot va meva bo‘lishiga erishasiz. Ona tabiat tomonidan siz uchun tayyorlangan sabzavot va mevalar - tirik ozuqalar bo‘lib, quyosh energiyasini o‘zida jamlagan va xayotiy quvvatga boydir. Xozirgi zamon sivilizatsiyalashgan kishilari bundan 5-6 ming yil oldin yashagan ajdodlari singari yashay olmaydilar deb o‘ylayman. Shuning uchun xam sizning ozuqangiz 100 foiz sabzavot va meva bo‘lsin demoqchi emasman. Mana shuning uchun xam eng ma’qul parxez 60 foiz sabzavot va meva, 20 foiz oqsilli taom deb xisoblayman. Bu oqsil go‘sht, baliq, tuxum, tabiiy pishloq yoki yong‘ok va pista xolida bo‘lishi xam mumkin. Pivo achitqisi va undirilgan bug‘doy xam oqsil o‘rnini qoplashi mumkin. Keyingi 20 foiz ozuqa o‘z navbatida uch qismga bo‘linadi. Uchdan biri - tabiiy kraxmal bo‘lib, bular: non, guruch va dukkaklilardan olinadi. Keyingi uchdan biri - tabiiy qand bo‘lib, U quruq meva, asal va sharbatlardan olinadi. Oxirgi uchdan biri -unchalik to‘yinmagan tabiiy yog‘lar bo‘lib u pista, zaytun, soya va boshqalardan olinadi. Tabiiy kraxmal, qand va yog‘ - yuqori darajada konsentratsiyalashgan, ya’ni kuchaytirilgan ozuqa bo‘lib, ularni kam miqdorda iste’mol qilgan ma’qul.

Go‘shtxo‘rlikka qarshi

Ovqatlanish bo‘yicha mutaxasis bo‘lganimga ellik yil bo‘lgan bo‘lsa, shu davrda etxo‘rlar va vegeterianlar (etemaslar) o‘rtasida qattiq munozara bo‘lib kelayotganiga guvoxman. Ikkala tomon xam ilmiy asoslangan fikrlari bilan o‘z nuqtai nazarilarini o‘tkazishga xarakat qiladilar. Men u yoki bu tomon uchun tashviqot qilmoqchi emasman. Bu mavzuda yuzlab kitoblar yozilgan. Ozuqa masalasida gap ketganda “xech qachon” degan so‘zdan foydalanmaslikni ma’qul ko‘raman. Tarkibida yangi sabzavot va mevalar ko‘p bo‘lgan parxez ushlab va ochlik dasturiga amal qilib kelganligim tufayli vujudim shu darajada sezgir bo‘lib ketganki, xar safar nima yeyishim kerakligi xaqida  bexato xabar beradi. Mana shu o‘tgan yillar davomida men go‘sht va baliq yeyishdan chiqib ketdim, mening taomlarim asosan yangi va qaynatilgan sabzavot va mevalar, yongoq, pista, undirilgan bug‘doy va xakozolar. Lekin tanam menga ba’zan ozroq go‘sht yoki baliq, ozgina tabiiy pishloq yoki yangi tuxum iste’mol qilishim lozimligini xam aytadi. Boshqacha qilib aytganda, mening vujudimda ozuqani tiklash instinkti taraqqiy topdi. Shunday xam bo‘ladiki, men 4-5 yil go‘sht yoki baliq yemayman. Lekin vaqti kelib tanam bir bo‘lak go‘sht yoki baliq yeyishim lozimligi xaqida  “telegramma” yuborib qoladi. Bunday ichki ovoz menga yaxshi yordam bermoqda. Hayot tarzimga ko‘ra men asosan etemasman. Men yuzlab cho‘chqa va qoramollari bo‘lgan ferma egasi farzandi edim va shu yerda qanchalab mollar so‘yilardi. Lekin o‘ldirish men uchun o‘ta noxush xolat edi. Biron narsani xayotdan maxrum etishni istamaganligim uchun xam ovchilik va baliqchilik bilan xech qachon shug‘ullanmaganman. Men juda qoloq bo‘lgan mamlakatlarga 12 marta ekspeditsiyalar tashkil etganman va u yerlarda et yemaydigan sog‘lom, baquvvat maxalliy vegeterianlarni ko‘rdim. Boshqa tomondan go‘sht iste’mol qiladigan va salomatligi bilan maqtana oladigan ko‘plab xalqlarni xam ko‘rdim. Shuning uchun xam etemaslik masalasida munozora ketadigan bo‘lsa, bosiqlik bilan yondashishni ma’qul ko‘raman. O‘z tanamizni tozalab va takomillashtira borib, u yoki bu ozuqa extiyojiga nozik sezgini rivojlantira boramiz. [su_quote cite="Benjamin Franklin"]Qat’iy parxez tanani barcha tashqi ko‘ngilsizliklarga qarshi qurollantiradi. Shuning uchun u issiq, sovuq va charchoqqa tezda berilmaydi. [/su_quote]

© Pol Bregg «Ochlik mo’jizasi» kitobi. Ziyouz.uz

ico
Ochlik davrida huqna qilishga qarshiman ( 12-qism )
Ochlik bo‘yicha men o‘qigan ko‘plab kitoblarda xar kuni huqna qilish maslaxat  beriladi.   Men   butunlay   boshqa   fikrdaman. Favqulodda   xolatlardan   tashqari   vaqtlarda   huqna  qilishga qarshiman. Ichak butunlay ishlamay qolganda xuqna qilish mumkin, u xam eng so‘ngi chora sifatida. Agarda xuqnani surgi bilan solishtiradigan bo‘lsak, ayrim piklari  bo‘lishiga  qaramay xuknaning ustunligi  ko‘proq. Lekin undan ko‘proq foydalanish ichakning normal faoliyat ko‘rsatishini   ta’minlaydigan   mikroblarni   yuvib   ketishi   va to‘qimalarini yallig‘lantirishi mumkin. Ochlik vaqtida tana xordiq xolatida bo‘ladi. Tanaga ovqat kelishi to‘xtagach, ichakning to‘lqinsimon kerilish va siqilish xarakatlari xam to‘xtaydi. Butun ajratish tizimi bu vaqtda dam oladi va siz unga xalaqit bermaganingiz ma’qul. Organizmning o‘z sanitar va dezinfeksiya xizmati mavjud bo‘lib, ichaklarda faoliyat ko‘rsatadi va ochlanish davrida deyarli benuqson ishlaydi. Bezovta  bo‘lmang, xuqna xam, surgi xam qilmang. Ichaklarning tinch dam olishiga imkon bering, axir, siz shu maqsadda och yuribsiz-ku. Umumiy g‘oya xam qudratli ajratish tizimiga xordiq berishdan iboratdir. Vaqti-vaqti bilan, ochlik vaqtidayam, ichaklarning bo‘shalishi (“kattasi” bilan tashqariga chiqish) bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lmasa, bu endi siz zaxarlanayapsiz, degani emas. Yakunlanib tabiiy ovqatlardan iste’mol qila boshlasangiz, ichaklar borgan sayin yaxshi ishlab ketaveradi. Alkogol minglab yigit-qizlarning sog‘liqlariga zomin bo‘lmoqda. Spirtli ichimliklarii ichib, hayotiy quvvat va sog‘liqni saqlab bo‘lmaydi.  Bunday qo‘zg‘atuvchiga qaram bo‘la turib o‘zingizni yaxshi his qila olmaysiz.

© Pol Bregg «Ochlik mo’jizasi» kitobi. Ziyouz.uz

ico
Tilingiz hech qachon aldamaydi! ( 13-qism )
Sizning tilingiz - bamisoli sexrli ko‘zgu.    Tanangiz va to‘qimangizda   qancha  toksin  moddalari  to‘planib   qolganligini tilingizga qarab aytib bersa bo‘ladi. Til - butun ovqat xazm qilish tizimi va oshqozonning ko‘zgusidir. Bizning tanamizda og‘izdan orqa chiqaruv teshigigacha cho‘zilgan o‘n metrlik kanal mavjud. Ana shu yerda namlik va issiqlik joylanadi. Biz istemol qiladigan barcha ovqatlar ana shu kanal orqali o‘tadi. Xar xil ozuqalarning shu kanal orqali o‘tishi uchun xar xil vaqt kerak bo‘ladi. Ko‘pchilik kishilar xozirgi vaqtda sun’iy tozalangan (rafinadlangan), og‘ir, kislota xosil qiladigan ovqatlar yeydilar. Ular ko‘plab oq un, tozalangan qand va o‘ta yog‘li taomlar iste’mol qiladilar. Tamaddun ozuqasi deyilmish bundan ko‘pchilik oziqlarda o‘sha kanallardan tezda o‘tadigan tegishli zichlik, namlik, tolalik yetishmaydi. Men ko‘pchilik kasalliklarni keltirib chikaradigan yoki sababchi bo‘ladigan umumiy bir omil bor deb xisoblayman. Bu - ich qotish yoki qabziyat. Qabziyatning xar xil sabablarini ko‘rsatishadi, lekin ozuqaning kirish soni va darajasiga, chiqarishning soni va darajasi to‘g‘ri kelmasa ich qotish sodir bo‘ladi. Ich qotish ko‘plab jiddiy kasalliklarning boshlanishiga sababchi bo‘ladi. Xozirgi zamonda odamlar nimani xoxlasa o‘shani, ko‘ngillari tusagan vaqtda va tez-tez yeyishga o‘rganib qolganlar va buni zarar qilmaydi deb o‘ylashadi. Bizlarga bir kunlik quvvat bo‘ladi deb, ertalabdan kuchli ovqat yeyishga o‘rganishgan. Keyin tushlik, tushdan keyingi kofe, yaxshi kechlik ovqat va televizor oldida tamaddi, xamda yotish oldidan yana ovqat. Bularning ustiga yog‘li qaymoqdan tayyorlangan va sho‘r yong‘oq qo‘shilgan muzqaymoq. Bu demak, bir kunda organizmda ovqatning olti va undan ko‘p marta achishi jarayoni kechadi. Odatda, odam ertalab ichaklarni bir marta tozalasa ya’ni kattasi bilan tashqariga chiqsa, uning ovqatni xazm qilish tizimida qotib qolish xavfi yo‘q deb xisoblanadi. O‘ziga tiqishtirib olgan ovqatlar qoldig‘idan xolos bo‘lish uchun bu umuman yetarli emas. Qolgan ovqatlar bijg‘ib, ichaklarga o‘tirib u yerda fermentativ va bakterial o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Inson organizmi shu darajada kuchliki, ko‘p qabul qilingan va xatto ayrim xollarda zararli bo‘lgan ovqatlarni xam xazm qila oladi.  Noto‘g‘ri   ovqatlanayapsiz,   deb,   odamlarni   ishontirish  qiyin. Bir kunda bir marta ichakni tozalab, xaqiqatda ich qotishidan jabrlanadi va oqibatda esa bundan ham yomon bo‘lishi mumkin. Organizmda qo‘rqinchli xavfni olib yurganligi xaqida  aytib beradigan va ogox etuvchi belgi borki, bu nosog‘lom tildir. Agarda   ikki-uch   kun   faqat  distillangan   suv   ichib   och  yursangiz, ana shu “sexrli ko‘zgu” to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ichaklarimizda adashib kelib to‘planib qolgan qandaydir daxshatli zaxarni olib yurganimizni  aytib  beradi.  Til  og‘ir  qo‘lansa   xidli  toksin moddalari bilan qoplanadi. Bu tanangizning barcha to‘qimalarida qoplangan toksin cho‘kindilari, so‘lak va boshqa zaxarlar aniq miqdorini   bildiruvchi  ko‘rsatgichlardir.   Bular   esa   ochlanish tufayli oshqozonning, ichaklarning va boshqa organlarning ichki qismidan yuvilib ketadi. O‘zini sog‘lomman deb yurgan kishilardagi zaxarli moddalar miqdoriga ishonish qiyin. Ko‘plab kasalliklarning sababchisi ovqat xazm qilish kanalidagi ich qotish bo‘lib, xatto qon tomirlar va nafas olish tizimlaridagi xastaliklar xam shular jumlasidandir. Men zaxarlar ichaklarga so‘rilib, tanadagi barcha tizimlarni zaxarlaydi, deb xisoblayman. Ochlanish davrida tilning oq narsalar bilan qoplanishidan  katta miqdorda zaxarli moddalar to‘planib qolganini aniqlash mumkin. To‘qimalar, ayniqsa, xayotiy zarur muchalar bo‘lmish, jigar, bezlarning tuzilishi xuddi ari uyasidek g‘ovakliklarni eslatadi. Endi ana shu g‘ovakliklar quyuq moddalar to‘lib qolganligini ko‘z oldingizga keltiring. Amerikachasiga ovqatlanib yurgan kishilar organizmida katta  miqdordagi toksinlar to‘planib qolganligini xayotim davomida yuzlab marta ko‘rganman. Tasavvur qilaylik, odam shamollab qoldi. Joyingizda to‘xtab, yaxshilab bir o‘ylab ko‘ring, nima uchun burun va tomoq orqali bunchalar ko‘p so‘lak va suyuqlik chiqayapti? Axir organizm zo‘riqib bo‘lsa-da o‘pka, buyrak, o‘t pufagida to‘planib qolgan zaxarlardan xolos bo‘lishi kerak-ku! Shunday qilib, o‘zingizni yaxshi bilmoqchi bo‘lsangiz, tilingizni diqqat bilan o‘rganing. Til, tanangizning xar qaysi qismlarining sog‘ yoki nosog‘lomligini aks ettiradigan organdir. Mustahkam sog‘liq uchun yo‘lingizda yo‘lchi yulduz bo‘ladigan xam mana shu “sexrli ko‘zgu” bo‘ladi. Ochlik jadvaliga qanchalar qat’iy rioya qilsangiz, qanchalik to‘g‘ri ovqatlansangiz, tilingiz shunchalik toza bo‘la boradi. Toza til, bu-sizning kasalliklardan, darmonsizlik va qarilikdan xoli ekanligingizni va yangi hayot yo‘lida mustahkam turganligingizning belgisidir. Odam qarilikdan o‘lmaydi va qari kishilar uchun maxsus kasalliklar bor, deb bo‘lmaydi. Ko‘pchilik kasalliklar qarilarga qanday ta’sir qilsa, yoshlarga ham shunchalik kuch bilan ta’sir qiladi. Shu kasalliklarning ko‘pchiligi tananing toksin moddalari bilan to‘lib ketganligi tufayli bo‘ladi. Badanni ochlik va tabiiy taomlar yordamida pokiza saqlang. Sizning tilingiz va peshobingiz sizga ichki tozalanish yo‘lini ko‘rsatadi. Ochlik vaqtida ularni diqqat bilan kuzating. Inson tanasi ximiya va fizika qonunlari asosida yaralgan. Ular hech qachon o‘zgarmaydi. Bu qonunlar har bir asab tolasi, har bir muskul, tananing har bir muchasiga yozilgai. Bu qonunlar to‘qimalar, tananing muchalariga ayrim vazifalar yuklagan holda ularni boshqaradilar. Bu qonunlar asosan butun tanani qamrab olgan murakkab asab tarmoqlari yordamida ishlandi. Ular asab belgilari (impulslari) paydo bo‘ladigan markaziy asab tizimi xamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ong nazoratida bo‘lmagan o‘sish (vegetativ) asab tizimi orqali faoliyat ko‘rsatadi.

© Pol Bregg «Ochlik mo’jizasi» kitobi. Ziyouz.uz

ico
Tishni tishga bosib bo‘lsada kuling! ( 14-qism )
“Men jonim bilan och yurgan bo‘lardim, chunki ochlik o‘zining ajoyib mo‘’jizasi bilan yordam qilishiga ishonaman. Lekin och yurishning birinchi uch kunidagi azoblarga chiday olmayman”. Men o‘z ma’ruzalarimda ochlik mo‘’jizalari xaqida gapirganimda bunday so‘zlarni ko‘p eshitganman. Bunday kishilarga bitta maslaxatim bor “Tishni tishga bosib bo‘lsa-da, kuling”; “Men bir safar och yurib ko‘rdim, lekin shunday darmonsizlandim va o‘zimni shunday yomon xis qildimki, natijada ovkatlanib qo‘ydim.” Mana bu men doim eshitadigan xangomalardan yana biri. Men shu kitobning biron joyida ochlikni o‘tkazish oson deb aytmadim. Ovqat xayotimizda shu darajada muxim o‘rin olganki, agar ovqatni olib qo‘yib, och yurasan deyishsa, ular jismoniy va ruhiy jixatdan qattiq qiynaladilar. Ochlikning keng yoyilishi yo‘lidagi asosiy to‘siq - shu! Odamlar odatlarning qulidirlar. "Men xar zamonda Gavaya orollaridagi yangi va ajoyib Rokfeller mexmonxonasida bo‘laman. Bu yaxshi amerika mexmonxonasida yashash va ovqatlanish uchun birdaniga pul to‘lash lozim bo‘ladi. Ertalabki nonushta 7.30 da, tushlik 12.30 da va kechki soat 7 da. Xar safar men oshxona yonidan shu vaqtlarda o‘tsam mehmonlar eshik oldida oshxonaga kirish va qorinlarini tezroq to‘ydirish uchun sabrsizlik bilan kutishayotganini ko‘raman. [su_quote cite="Tomas Edison"]Kelajak shifokori mijoziga dori bermaydi, lekin unga mos parhez bilan qiziqtiradi. [/su_quote] Bu odamlar ayni shu vaqtda och edilarmi? Qanaqasiga shunday bo‘lishi mumkin? Ko‘pchilik plyajda ag‘nab yotish, karta o‘ynash yoki kitob o‘qishdan boshqa biron ish qilmaganlar. Ular ovqat yeyish uchun umuman hech qanday ish qilmaganlar, lekin mana shu aniq vaqtlarda ovqat yeyish lozimligiga ishonchlari komil. Xuddi shunday holat men Kaliforniyaga qaytayotgan kemada xam sodir bo‘ldi. U yerda ham bir to‘da odamlar oshxonaning eshigi qachon ochilishini sabrsizlik bilan kutardilar.

Yeyish uchun yashamang, yashash uchun yeng

Ovqat! Ovqat! Ovqat! Ehtimol bu insoniyatning, shukronasidir, lekin g‘amxonasi ham bo‘lishi mumkin. Meyoridan ko‘p ovqat yeb qo‘yish inson tanasiga ko‘plab zarar keltiradi. Lekin bir kun kelib ovqatni xazm qilish tizimi meyoridan ortiqcha ishni bajarishdan bosh tortadi. Buning oqibati esa o‘ta qayg‘uli. Ovqatni xazm qilish tizimining kasalligi xozirgi zamon kishilarining ofatidir. Bu kasalliklar ro‘yxatini boshida ich qotish turadi. Tonnalab tabletka, paroshok va boshqa dorilar ichakda to‘planib qolgan zaxarlarni tozalash uchun ishlatiladi. Rivojlangan zamon odamlari oshqozonlarini shu darajada ko‘p oziqlantiradiki, ularni hazm qilish va ajratish muchalari qayta ishlay va chiqarib tashlay olmaydilar. Buni hamma imkoniyatidan foydalanib bo‘lingan avtomashinadan yanada tezroq yurishni talab qilishga o‘xshatish mumkin. Ich qotishlar ko‘p kasalliklarga bosh sababchiligiga shubha yo‘q. Buning isboti uchun bir tajriba o‘tkazing. Tushlik qiladigan hamma ovqatingizni tayyorlab oling va yemang, ularning barchasini bir idishga solib suvli idishning ichiga quying. Bunda issiqlikning 38° bo‘lishini ta’minlang. Haroratning doimiy shunday bo‘lishiga e’tiborni qarating. Endi, sakkiz soatdan keyin ovqatingiz qanday ahvolda bo‘lishini bir ko‘ring. Birinchi, e’tiboringizni tortadigani - og‘ir ko‘ngilsiz hid. Keyin ovqat achib, gaz chiqara boshlaydi. Gaz bosimi insonga ko‘p ko‘ngilsizliklar olib keladi. U diafragmaga bosim o‘tkazishi va yurak o‘ynog‘i yoki boshqa ko‘ngilsizliklarga olib kelishi mumkin. Agarda tanada achigan ozuqalar uzluksiz toksinlar ishlab chiqaraversa, bosh og‘rig‘i va boshqa organlarda ham og‘riq turishiga olib keladi. Boshlang‘ich bakterialogiya guvohlik beradiki, yo‘g‘on ichakdagi hazm bo‘lmagan ovqat bakteriyaning ko‘payishi uchun eng  yaxshi muhitdir. Shunday qilib, biz, o‘zimiz, o‘z organizmimizga ko‘p zararlar keltiradigan katta hajmdagi dushmanlarimizni ko‘paytirar ekanmiz. Agarda siz tez-tez shamollab turish kasaliga yuliqqan bo‘lsangiz, bilingki, ich qotish ana shu kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarining yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit  yaratadi. Xaddan  tashqari   ko‘p  ovqat  yutishingiz,  ayniqsa  ko‘plab , zararli ovqatlar yeyishingiz natijasida hosil bo‘ladigan toksin moddalari eng muxim muchalardan biri-jigarni ishdan chiqarishi mumkin. Tana uchun jigarning ahamiyati qanchalik    muhim ekanligini har birimiz bilmog‘imiz lozim. Jigar - o‘zicha ulkan ximiyaviy laboratoriya bo‘lib, juda ko‘p vazifalarni bajaradi. U nafaqat o‘t ishlab chiqaradi, balki organizmni tozalovchi asosiy a’zo xisoblanadn. Ovqat hazm qilishning umumiy yagona jarayonida jigar va ichak xamkordirlar. Agarda shulardan biri xavf ostida qolsa, ikkinchisi unga yordamga shoshiladi. Agarda bunday holat tez-tez takrorlansa, mucha vayron bo‘ladi. Agar jigar va ovqat xazm qilish yo‘lining faoliyati buzilsa, odam jiddiy kasal bo‘ladi. Ana shuning uchun xam jigar   kasallanishi va ko‘plab boshqa ko‘ngilsizliklar ich qotish bilan bog‘liq bo‘ladi. Tanani tozalash maqsadida ochlikka kirishganingizda ovqatdan tiyilish ancha qiyinchilik bilan kechadi. Ochlanganingizda tananing xayotiy  quvvati zararli moddalarni qo‘zg‘atadi va modda almashinuvchi jarayoniga kiritib, oqibatda zararsizlantiradi. Ana shu zararli moddalar umuman chiqib ketgandan keyin, siz  o‘zingizni  ancha  yaxshi   xis   qilasiz. Ochlanaverganingiz sari xar kuni sharoit  o‘zgaradi. Tanangizdan ko‘p miqdorda zaxarli moddalar chiqayotganida siz o‘zingizni yomon xis qilasiz. Lekin shuni xam esda saqlash lozimki, uch kunlik ochlikka nisbatan, yetti kunlik ochlikdan keyin o‘zingizni yaxshiroq xis qilasiz. Sizga kulfatlar keltirgan toksin - moddalari ko‘proq chiqib ketganligi tufayli ana shunday bo‘ldi. O‘n kunlik ochlikning oxirida men boshlanishiga nisbatan o‘zimni kuchliroq xis qilaman. Tana qancha ko‘p tozalansa, xayotiy quvvat shunchalik ko‘p qo‘shilaveradi. Shuning uchun xam tanani tozalash davridagi barcha ko‘ngilsizliklarga bardoshli bo‘lib, tishni tishga bosib tabassum qiling. Chunki siz    bilasizki, tozalanib bo‘lishingiz bilan o‘zingizni kuchliroq sezasiz. [su_quote]Tabiatni ayblamang, u o‘z vazifasini bajarayotir, o‘zingizni ayblang![/su_quote]

© Pol Bregg «Ochlik mo‘jizasi» kitobi. Ziyouz.uz