Semirish

MAQOLALAR

ico
Semirishni istayman!
«Nimaga nuqul ozish haqida yozaverasizlar? Menga o‘xshab semirolmay yurganlar qancha? Axir hamma ayollar ham semiz emasku». Tahririyatimizga bo‘lgan ushbu qo‘ng‘iroqdan keyin o‘ylab ko‘rib, vazn to‘plashni xohlovchilar ham oramizda bisyor ekanligiga va ularga tavsiyalarimiz kamligiga iqror bo‘ldik. Bu masala yuzasidan, "Darakchi.uz" nashri jurnalisti Kamola diyetolog Dmitriy Vdovinning maslahatlari asosida maqola tayyorladi. Ushbu maqolani quyida o'qishingiz mumkin.

Ozg‘inlikning sababi nima?

Semirishni istayman! Buni qarangki, vazn etishmasli ham huddi ortiqcha vazn singari bir qancha sabablarga ega ekan. Ayollarda bu holat nasliy omil, noto‘g‘ri ovqatlanish, gormonal o‘zgarishlar va turli kasalliklar tufayli paydo bo‘ladi. Ko‘pgina ayollarda ovqat hazm qilish tizimi juda faol ishlagani sababli ozuqaviy moddalar organizmga singishga ulgurmaydi. Gormonlar sababli ozib ketganlar muammoni endokrinolog bilan bartaraf etgani ma’qul. Shuningdek, ovqat hazm qilish tizimidagi xastaliklar, gastrit, oshqozon yallig‘lanishi ham moddalar tanaga singmasligiga olib keladi.

Yog‘mi yoki oqsil

Aksariyat ozg‘in ayollarning xatosi shundaki, ular semirish ilinjida ko‘p ovqat tanovul qilishga va ko‘proq yotib dam olishga harakat qilishadi. Yoki to‘yib ketsa ham ovqat eyaveradi. Aslida, oshqozonga haddan ortiq egulik tushganda, ovqat hazm qilish jarayoni buziladi. Bu esa o‘z navbatida moddalar almashinuvini izdan chiqarib, salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan ayollarga bunday usulda vazn yig‘ish tavsiya etilmaydi. Yaxshisi, oqsilga boy mahsulotlar: mol go‘shti, tovuq go‘shti, sut va sut mahsulotlaridan kerakli miqdorda tanovul qilish bilan mushaklar og‘irligiga erishish mumkin. Ana shundagina to‘g‘ri vazn to‘plangan bo‘ladi.

Ochlik bilan semirtirish

Mashhur diyetolog, bir qancha sog‘lomlashtirish markazlari asoschisi Bob Shvars semirishni istagidagi ayollarni ochlik asosidagi parhezga mahkum qilib ko‘rdi. Bundan ular yanada ozib ketishadiku, deb o‘ylashga shoshmang. Ikki hafta davomida ochlikdan aziyat chekkan xonimlar keyingi ikki haftada ko‘proq va kalloriyaliroq taomlarni iste’mol qila boshlashdi. Ikki oy davom etgan bunday «ajoyib» usuldan keyin o‘sha ayollarni yog‘ bosib, «Qanday ozsam ekan» deb yana diyetologga murojaat qilishdi.

Jismoniy mashqlar ozdirmaydi?

Bir turdagi mashqlardan ham ozib, ham semirib bo‘lmaydi. Vazn tashlashda raqs, aerobika, sheyping yordam bersa, og‘ir atletika, tosh ko‘tarish kabi sport turlari bilan shug‘ullanish natijasida semirish mumkin. Chunki gantellar yordamida bajarilgan mashqlar mushaklarni chiniqtirishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari o‘zingiz istagan tana qismiga ko‘proq «ishlov berish» imkoniyati mavjud. Ko‘pgina diyetologlar mashqlar bilan bir qatorda oqsilli kokteyllarni ham tavsiya etishadi. Bu bilan kutilgan natijaga tezroq erishish mumkin. Faqat kokteyl yoki mushaklarni o‘stiruvchi dorilarning miqdori individual ravishda diyetolog-shifokor tomonidan belgilanishi lozim.

Avval davolaning, keyin to‘lishasiz!

Ayollar vazn to‘plash uchun atayin mashq zaliga borib shug‘ullanishsa ham o‘zi istagan natijaga erisholmaydi. Urinishlari zoe ketganidan tashqari, charchoq, haddan ortiq og‘riqlar tufayli xafsalasi pir bo‘ladi. Diyetologlar esa bunday vaziyatda terapevt shifokorga murojaat qilishni tavsiya etishadi. Chunki, aksariyat hollarda ayollardagi anemiya, hayz siklining buzilishi oqibatidagi yoki bavosir sabab qon ketishi mushaklarga kislorod etib kelishiga to‘sqinlik qiladi. Bu esa o‘z navbatida mushaklarning rivojlanishini sekinlashtiradi. Shu sababdan ular avval davolanib, so‘ng mashq bajarishga kirishganlari maqsadga muvofiq.  
ico
Semirishni istaysizmi?
Saytimizning bugungi mavzusi sifatida aynan shu mavzuni, ya’ni samarali hamda zararsiz semirish qoidalari mavzusini tanladik. Keling, semirish to‘g‘risida bir suhbatlashsak. [caption id="attachment_661" align="aligncenter" width="750"]Tugruqxona Semirishni istaysizmi?[/caption] Ozg‘inlik, asosan, tanamiz mushaklaridagi oqsil massasining kamayishi hisobiga kelib chiqadigan holatdir. Tanamiz sarflayotgan energiyaning o‘rnini iste’mol qilayotgan ozuqamiz parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiya to‘ldira olmasa, enerergiya a’zolarning to‘qima va hujayralar tarkibidagi zahira uglevodlar hisobiga hosil bo‘ladi. Agar, bu ham energiya sarfini to‘ldira olmasa, tanamizdagi yog‘ hamda oqsillar ham energiya hosil bo‘lishi uchun sarflanadi. O‘z - o‘zidan ma’lumki, bunday holatda odamda ozish, holsizlanish holati yuzaga keladi. Tanamizga energiya yetishmasdan u zarur energiyani hujayralarning yog‘ va oqsillari parchalanishidan olsa, organizmda juda katta salbiy o‘zgarishlarga olib keladi: Bu holatlarning barchasi sizda kuzatilmayapdimi? Demak, tanangiz energiya olishning oxirgi manbalariga hali o‘tmagan. Ya’ni, yog‘ va oqsillarning parchalanishi boshlanmagan. Agar, odam bolalaikdan ozg‘in bo‘lsa, bu holar xavfli emas. Ammo, nimadir sabab bo‘lib tezda, oyiga 3-4 kgdan ozish hayot uchun xavfli. Hamda yuqorida sanab o‘tgan belgilar aynan tezlik bilan ozayotgan odamlarda kuzatiladi. “Ozg‘inlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?” – degan savol tug‘ilishi tabiiy. Lekin, sababini sanaydigan bo‘lsak sanoq anchaga cho‘ziladi. Shuning uchun sizga eng asosiy sabablarini aytsam. Boshqa sabablari esa asosiy sabablar oqibatida yuzaga keladi.
  • Hazm tizimidagi turli o‘zgarishlar

Oshqozon-ichak tizimidagi turli yallig‘lanishlar (gastrit, enterit), ichaklar harakatining sustlashuvi, hazm bezlari ( jigar, oshqozonosti bezi ) faoliyatining buzilishi, o‘t suyuqligi tarkibining o‘zgarishi, oshqozon-ichak devorlarida turli to‘siqlarning hosil bo‘lishi ovqatning to‘la hazm bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Va organizm hujayralardagi qo‘shimcha moddalardan foydalanishiga olib keladi.
  • Gelmentlarning (parazit chuvalchanglar) aktiv faoliyati

Bu holatni hamma bilsa kerak. Parazitlar siz iste’mol qilgan ozuqadan foydalanib o‘z hayotini olib boradi. Bu esa tanamiz uchun zarur bo‘lgan moddalarning hujayralarga so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi hamda energiya sarfi avval aytganimizdek, hujayradagi yog‘, oqsil parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya orqali qoplanadi. Ozg‘inmisiz?! Unda yuqorida aytib o‘tgan muammolarni yo‘qoting! Keyin semirish harakatini boshlang! Biz sizga jahon standartlariga mos, diyetologlar tavsiya etayotgan samarali semirish taomnomasini ham tuzib beramiz. Lekin, yuqoridagi muammolarni bartaraf etmasdan sifatli, ko‘p mahsulot yesangiz ham befoyda. U tanangizga “yuqmaydi”. Faqatgina, ko‘p va sifatli mahsulotlar bilan parazitlarni semirtirishingiz mumkin! Bu muammolarni qanday bartaraf etaman deyayapsizmi? Juda oson, gastroenterolog huzuriga boring. U birinchi sababni bartaraf etadi. Agar, muammo hazm tizimidagi o‘zgarishlardan bo‘lmasa, gelmentolog qabuliga boring. Gelmentolog esa sizni “yemirayotgan” parazitlardan ozod qiladi! Endigi maslahatlarni yuqoridagi muammolarni bartaf qilganingizdan so‘ng bajarishingizni tavsiya etamiz!

Kun tartibi

  1. Kun taribini rejali asosda olib boring. Kuniga 2,5-3 soat farq bilan 5-6 marta ovqatlanish zarur. Ovqatlanish doimo bir xil vaqtda bo‘lishi muhim ahamiyatda ega.
  2. Kun tartibi tarkibiga me’yoriy uyqu (kattalar uchun 7-8 soat ), toza havoda sayr hamda jismoniy mashqlarni kiritish asosiy omillardan hisoblanadi.
  3. Ko‘p uxlash va jismoniy mehnat qilmaslik semirishga hech qanday foyda bermaydi!

Semirish taomnomasi

Barcha biologik-tibbiy taomnomalar diyetologlar tavsiya etgan piramida asosida shakllantiriladi.
  • Piramida asosi: Donli va xamir mahsulotlari tashkil etadi. Non va non mahsulotlari, mosh, no‘xot, loviya kunlik ovqatning asosini tashkil etish kerak. Bunda ular tarkibidagi ko‘p miqdordagi uglevod va oqsillar organizmning energiyaga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga hujayralarda zahira holda ham to‘planadi. Ma’lumot o‘rnida aytishimiz mumkinki, non va non mahsulotlarning oliy navlisi tavsiya etilmaydi.
  • Piramidaning ikkinchi qavati: Sabzavot va mevalar tashkil etadi. Sabzavot va mevalarning imkon qadar shirin turlarini iste’mol qilish zarur. Masalan, olma, shaftoli, anor, uzum, qizil lavlagi uglevodlarga ancha boy. Bu mahsulotlarni ovqatlanish oraliqlarida iste’mol qilish kerak. Ya’ni, o‘zingizda oz bo‘lsada ochlikni his qildingizmi, shirin mevalardan birini tanovul qilishingiz mumkin.
  • Piramidaning uchinchi qavati: Sut va sut mahsulotlari, tuxum va go‘sht tashkil etadi. Semirishni istovchilarning ertalabki nonushtasida, albatta, sutli mahsulot bo‘lishi kerak. Uyqudan oldin ham sut yoki qatiq iste’mol qilish mumkin. Go‘shtning yog‘siz turlarini qabul qilish kerak. Bunga parranda va quyon go‘shtlari misol bo‘ladi.
  • Piramida uchi: Qandolat mahsulotlari tashkil etadi. Vazn yig‘nashni istovchilar bu mahsulotlarni kamroq iste’mol qilishgani ma’qul. Sababi, ular tarkibidagi yog‘ tibbiy jihatdan sifatsiz hisoblanadi. Yoki, tort va pishiriqlarga tvarog ishlatib iste’mol qilish mumkin. Bunda tvarogning yog‘lilik darajasi yuqori bo‘lishi tavsiya etiladi.
  • Qo‘shimcha mahsulotlar: quruq mahsulotlarni ovqatlanish oraliqlarida bemalol iste’mol qilish mumkin. Masalan, yong‘oq, bodom, pista, turshak, mayizlarni kun davomida iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Taomnomani piramida shaklida tavsiya qilishimizdan maqsad, tarkibidagi ozuqalar miqdori piramidaning asosidan uchiga tomon kamayib borishi kerakligidir.
ico
Zararsiz semirish qoidalari
Ko‘pchilik  uchun ozish asosiy muammoga aylangan. Biroq shunday vaziyatlar ham uchraydiki, organizmingizning o‘ziga xos jihatlari tufayli vazn to‘play olmaysiz. Aslida vazn tashlashdan ko‘ra uni to‘plash qiyinroq kechadi. Biroq quyida e’tiboringizga havola etilgan ko‘nikmalarni egallab, qisqa muddatda vazn to‘plashingiz mumkin.

1-qoida: Kaloriyalarni hisoblang

Ko‘pchilik qizlarga ko‘p ovqat yesa ham semirmayotgandek tuyuladi. Aslida esa bunday bo‘lmaydi. Kaloriyalarni qat’iy hisoblab borish bilan qancha iste’mol qilayotganingizni bilib olishingiz mumkin. Agar kaloriya yetarli emasligi aniqlansa (o‘rtacha bo‘y uchun 2000 kaloriyadan kamroq), shunchaki ko‘proq yeyish kerak. Aynan nimalarni iste’mol qilish kerak?

2-qoida: Super-mahsulotlarni tanlang

Ko‘pchilik shirin va kaloriyasi yuqori mahsulotlarni iste’mol qilishni o‘ziga ruxsat bera olmasa, siz bu masalada erkinsiz. Menyu yuqori kaloriyali mahsulotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Biroq bu kartoshka fri va biskvit tortga ruju qo‘yishni anglatmaydi. Yog‘li go‘sht, tuxum va sutli mahsulotlar ham xolesterin manbasi ekanligini unutmang. Ortiqcha xolesterin esa yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga olib keladi. Ortiqcha shakar esa teri holati, tishlar va sog‘lik uchun salbiy ta’sir qiladi. Xo‘sh unda qanday yo‘l tutish lozim? Bir vaqtning o‘zida ham kaloriyali ham foydali super-mahsulotlarni iste’mol qiling. Bu — yong‘oq, pista, baliqning yog‘li turlari, avokado; shuningdek, asal, xurmo, banan, kunjut va yong‘oqli konfetlar ham foydali sanaladi. Agar kaloriya yetarli bo‘lsa ham vazn to‘play olmayotgan bo‘lsangiz, demak sizda moddalar almashinuvi juda tez amalga oshadi. Bunday holatda qancha yesangiz ham vazn to‘play olmaysiz. Bunda boshqa usullar ish beradi.

3-qoida: Mashqlar yordamida press mushaklarni rivojlantirish

Press mushaklarni rivojlantirishga mashqlar va oqsilga boy ratsion yordam beradi. Mashg‘ulotlardan so‘ng vaznning har bir kilogrami uchun 0,5 gramm oqsil va 0,5 gramm uglevod iste’mol qilish kerak bo‘ladi.

© Sof.uz nashri.

ico
Semizlik emlama samarasini kamaytirishi aniqlandi
Shimoliy Karolina universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot semirish emlamalar doim ham foyda bermasligiga olib kelishini ko‘rsatdi. Shuningdek, bu xastalik grippga chalinish oqibatidagi o‘lim xavfini oshiradi.

Semizlik emlama samarasini kamaytirishi aniqlandi

Olimlar vaznning emlama samarasiga ta’sirini 1022 nafar odam misolida o‘rganib chiqdi. Ularning orasida sog‘lom va ortiqcha vazn egalari, semirish kasalligiga uchraganlar bor. Barcha ko‘ngillilarga gripga qarshi mavsumiy emlamalar qilindi. Tahlilchilar ko‘ngillilarning o‘zini his qilishi va tanalaridagi gripp virusiga qarshi antijismlarni baholab bordi. Aniqlanishicha, semizlik gripp va shamollash xavfini ikki barobarga oshirib yuborgan. Antijismlar darajasida esa farq sezilmadi. Oldinroq haddan ortiq vaznga ega kishilarda T-immun hujayralari gripga qarshi emlamalarga noto‘g‘ri javob qaytarishi isbotlangan edi.

Soglom.uz nashri.

ico
Ochlik yordamida semirish ( 17-qism )
Og‘irligi   yetmayotgan   kishilar   xam   kam   emas.   Ulardan ko‘pchiligi ozroq semirish uchun maxsus parxez bering, deb mendan - so‘rashadi. Ayrimlari shamollashdan ozib ketadilar va xatto yozning kunida xam sovqotadilar. Buning ustiga  o‘zlarining qiltiriq tanalaridan uyaladilar. Men ularga yordam beradigan parxez yo‘qligini tushuntirsam, bunga ishongilari kelmaydi. Men ularga xarqalay shunday dastur bor va unga ochlik ham kiradi desam bunga undan battar ishonmaydilar. Odatda ular: “Ochlik meni battar xarob qiladi”,-deydilar. Men ularga, to‘g‘ri ovqatlanmaganliklari uchun xam ozg‘in ekanliklarini tushuntiraman. Yana men ularga aytamanki, oziq-ovqat va ozuqa sinonimlar emas, yog‘lar, uglevodlar, qand, sut, qaymoq va boshqa yog‘li oziq-ovqatlarni parxezga kiritish semirish uchun hech qanday yordam bermaydi. Shunday ovqatlanganiga qaramay, ular battar oriqlab ketishlari mumkin. Odamning semirishi ko‘p miqdordagi ovqat yegani bilan emas, balki organizm uni qanchalik qila olganiga bog‘liqdir. Singdirish qanchalar yomon bo‘lsa, qancha yog‘li ovqatlar yegan bilan og‘irlikni   oshirib bo‘lmaydi. Salomatlikning  umumiy  ahvoli  yomonligi tufayli og‘irlikning   normadan past xoli kuzatiladi. Xazm qilish yomon axvolda bo‘lgan vaqtda tanaga ko‘p miqdorda ovqat tiqishtirishning umuman foydasi yo‘q. Ochlik yordamida xazm qilish mexanizmini yaxshiroq ishlaydigan xoliga keltirish semirishning siri xisoblanadi. Oriq kishilar faqat tozalanibgina ozuqani to‘liq  xazm qilishga erishishlari mumkin. Oriq kishilar xam semiz kishilarga kerak bo‘lgan ochlanishga muxtojlar va ochlik organizmga jismoniy xordiq beradi. Semiz kishilardagiday oriq kishilarda ham xazm qilish haddan tashqari og‘ir vazifa yuklangan. Buni, albatta xolsizlangan kishilarga tushuntirish qiyin. Ular besabrlar va og‘irligini birdan oshirishni xoxlaydilar. Lekin  bunday kishilar shuni, tushunishlari lozimki, ochlik oqibati bo‘lgan jismoniy hordiq ovqat hazm qilish  muchalarining yaxshi ishlashini ta’minlaydi. Agarda xaddan   tashqari ko‘p ovqat iste’mol qilinmagan bo‘lsa, organizm favqulodda ulkan hayotiy quvvatga ega bo‘ladi. Men 50 yil davomida ochlik va tabiiy hayot tarzi yordamida ko‘plab ozg‘in kishilarni davolashda katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdim. Mening opam bor va men uni juda yaxshi ko‘raman. U juda zaif tug‘ilgan   ekan.   U tug‘ilganda ikki kilodan oshmagan desam adashmayman.  Luiza opam butun umri davomida “qiltiriq”degan laqabni ko‘tarib yurdi. Onam unga yoshligida barkamol bo‘lishi uchun iloji boricha ko‘proq   sut, qaymoq, cho‘chqa go‘shti, kartoshka yedirardi. Yillar o‘tdi, biroq opam bu yeguliklarni qanchalik ko‘p yegani sayin noziqlashib va rangsizlanib xastalanib borardi. U shu darajada darmonsizlanib qolardiki, ba’zan to‘shakda yotib qolishiga to‘g‘ri kelardi. Lekin shu davrda dam u og‘irlikni oshiradigan, ya’ni semirtiradigan parhezda bo‘lardi. Men uzoq vaqt salomatligimni tiklab Virjiniya shtatiga, Luiza yashayotgan joyga qaytib kelganimda, u katta qiz bo‘lib qolgan, lekin hali turmushga chiqmagan edi. Maktabda dars berar va noziqkina, oqquvadan kelgan, qotma va kamdarmon edi. Sinfda o‘tkazilgan og‘ir ish kunidan keyin uyga keliboq karovatiga horg‘in o‘zini tashlab, uzoq vaqt dam olishga majbur bo‘lardi. Men Virjiniyaga yozgi ta’til boshlanganda kelgan edim. Men o‘z dasturim haqida opamga gapirib berdim va yordam bermoqchiligimni aytdim. U mendagi tabiiy hayot tarzi natijalarini ko‘rib, buyuk mo‘’jiza, deb baxoladi va mening barcha taklifimga rozi bo‘ldi. Men opamga dasturning bir qismi tanaga jismoniy hordiq beradigan davriy      ochliklar o‘tkazishdan iboratligini tushuntirdim va bu ochlanishlar natijasida ovqat hazm qilish tizimi to‘liq yangilanishini uqtirdim. Tozalanish oshqozon shirasini ko‘proq ishlab chiqarish imkonini beradi va buning natijasida ko‘proq oqsil singdirish yo‘li paydo bo‘ladi. Nafaqat oqsil o‘zlashtirish yaxshilanadi, balki ochlik natijasida butun ovqat hazm qilish tizimi faoliyati yaxshilanadi va yangilanadi. Ochlik dasturidan keyin hayot mazmuni hisoblanmish modda almashinuvi jarayoni, hayotiy faoliyatimizni quvvat bilan ta’minlaydigan to‘qimalardagi ximiyaviy o‘zgarishlar, o‘lganlarini almashtiradigan yangi materiallarning sintezlashuvi kabi jarayonlarning barchasi endi ancha katta samara bilan ishlay boshlaydi. Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatadiki, ochlik natijasida moddalar almashinuvi, ya’ni metobolizmning yaxshilanishi ochlanishdan keyin paydo bo‘lgan to‘qimalarning salmog‘ini oshirar ekan. Tananing samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun kerak bo‘ladigan barcha narsalarni, ya’ni oqsil, yog‘, uglevod, qand, minerallar, vitaminlar va hakozolarni organizm hazm qilishiga ochlik yordam beradi. Luiza dasturni yetti kunlik ochlikdan boshladi va faqat distillangan suv ichardi. Opam tabiat uning tanasini to‘liq tozalashiga va tozalangan ovqat hazm qilish tizimi unga yangi tana bunyod etishi uchun yordam berishiga ishonchi komil edi. Birinchi kunda u ozroq ozdi, lekin ochlik to‘xtatilganidan keyin unda katta sog‘lom ishtaha paydo bo‘ldi. Shu bir xaftalik fiziologik hordiq unga ajoyib natijalar berdi. U joniga tekkan yog‘ va kashalar o‘rniga yangi parhez bilan ovqatlana boshlaganidan so‘ng, xayotida hech qachon ovqatdan bunchalar lazzatlanmaganligini mamnun bo‘lib aytdi. Parhez 50 foiz yangi xom sabzavot va mevalardan tashkil  edi. Bundan  tashqari  men  unga   qaynatilgan  sabzavot, kungaboqar pistasi, undirilgan bug‘doy, yong‘oq va har xil turdagi yong‘oqlar yog‘idan berardim. Uch hafta o‘tgach, keyingi o‘n kunlik ochlikni tayinladim. Bu uning yangi xayotining boshlanishi bo‘ldi. U endi semira boshladi. Mening o‘ta ozg‘in va toliqqan opam endi go‘zal to‘lishgan ayolga aylana bordi. Tanasining har bir bo‘lagi huddi yangidan bunyod etilganga o‘xshardi. Oldin hech bunday bo‘lmagan sochlari endi yaltillardi. Oldin hech bo‘lmagan xolat yuzidagi qizillik va kulgich, yosh bolalardagina bo‘ladigan chaqnab turuvchi ko‘zlar o‘zgacha edi. Luizadagi bunday o‘zgarishdan ota-onalarimiz, do‘stlar va qarindoshlar xayron edilar. Eng ajablanarlisi, mening opam  okrugda eng mashxur qizlardan biri bo‘ldi va keyingi yil esa xushro‘y yigitga turmushga chiqdi. Ular baxtli yashashadi va farzandlari bor. Mening opam ko‘p yillardan buyon o‘z xushro‘yligi va go‘zalligini saqlab kelmoqda. Opamga ochlanishdan tashqari jismoniy tarbiya dasturini berdim. Buni u dastlab yaqin masofaga piyoda sayr qilishdan boshladi va keyin uni uzaytira bordi. Men unga toza havoda, ko‘proq bo‘lishni va har kuni 20 minutlik nafas olish mashqini bajarishni topshirdim. Mening opam nimalar qilgan bo‘lsa, keyinchalik ularni yuzlab kishilar    takrorladilar. Vazningiz ko‘p yoki kam bo‘lganda xam ochlik ajoyib natijalar beradi. Ikkala toifadagi kishilarga ham bitta dastur - ochlik bilan omuxta ravishda tabiiy xayot tarzi zarur. O‘z sog‘lig‘ingizni tiklashning yagona sexrli kaliti -ochlikdir va uning ko‘magida salomatlikni eng oliy takomilga yetkazish mumkin. Ochlik buyuk tozalovchidir. Tozalangan tanadagi barcha tizimlar normal faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ochlik sog‘lomlik va uzoq umr ko‘rish yo‘lidir. Albatta, odamlar xar xil bo‘ladi, birovlar yaxshi natijaga boshqalardan tezroq erishadi. Agarda siz juda ozg‘in bo‘lsangiz va ko‘p parxezlarni sinab ko‘rgan bo‘lsangiz va ular sizga foyda bermagan bo‘lsa, xafa bo‘lmang. Ochlik dasturidan foydalanib ko‘ring. Sizni normal vaznga keltirish uchun tabiatga imkon bering. [su_quote cite="Emerson"]Erk va to‘g‘ri xordiq insonni charchoq bilmay haqiqat izlashga undaydi. Cheksiz izlanish! Haqiqat - turmushning cho‘qqisi. [/su_quote]

© Pol Bregg «Ochlik mo‘jizasi» kitobi. Ziyouz.uz