3.8
(22)

Bo‘yin osteoxondrozi ko‘pincha yoshi katta kishilarda  ayniqsa, kasallik ko‘p o‘tirib ishlaydigan va kam­harakat insonlarda ko‘p uchraydi. Uning dastlabki bosqichlarida maxsus mashqlar orqali bartaraf qilish mumkin. Agarda, bo‘yningiz azaldan og‘riydigan bo‘lsa siz uni shifokorga ko‘rsatishingizni maslahat beramiz!

Hozirgi mashqlar yengil og‘riqlar uchun mo‘ljallangandir. Bular umurtqa, xususan, bo‘yindagi zo‘riqishni va og‘riqni bartaraf etadi, harakatchanlikni tiklaydi.

Marhamat mashqlar bilan tanishing

1. Bu mashq tik turgan yoki stulda o‘tirgan holda bajariladi. Mushaklar bo‘shashgan, qo‘llar ikki yonda. Boshni imkon qadar chap tomonga buring, so‘ng ohistalik bilan dastlabki holatga qaytib, xuddi shuni o‘ng tomonda ham bajaring. Shuni 5-10 martadan takrorlang.
2. Boshni yon tomon eging, ayni paytda qo‘l kafti yordamida egilishga qarshilik ko‘rsating. Masalan, boshni chap tomonga egganda chap qo‘l bilan qarshilik ko‘rsatasiz. Mashqni 30 soniyalik tanaffus bilan 5-10 marta takrorlang.
3. Oldingi mashqqa o‘xshaydi, ammo egilishlar old va orqaga bo‘ladi. Boshni old tomonga egganda, qo‘lni iyakka tiragan holda qarshilik ko‘rsating.bo`yin ostexondroz mashqi
4. Stulda o‘tirgan yoki tik turgan holda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Yelkalarni iloji boricha yuqoriga ko‘taring. Shunday holatda 10 soniya turing, keyin bo‘yin mushaklarini bo‘shashtirib, yelkalarni asta tushiring. Chuqur nafas olib, mashq­ni 5-10 marta bajaring.
5. Qo‘llarni bosh orqasiga olib o‘tib, barmoqlarni ensada birlashtiring. Boshni asta orqaga tashlang va shu paytning o‘zida qo‘llar bilan teskari tomonga qarshilik ko‘rsating. Shu holatda bir necha soniya turing. Dam olib, mashqni 3-6 marta qaytaring.

Mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishing: