El sog‘ligi — yurt boyligi

Ataksiya — tik tura olmasdan chayqalib yurish

Ataksiya – chayqalib yurish va tik tura olmasdan gandraklab harakatlanish. Kasallik miyacha faoliyatidagi turli o‘zgarishlar. Masalan, miyacha yallig‘lanishi, miyachadagi jarohatlar, qon-tomirdagi patalogiyalar. Bundan tashqari bo‘yin osteoxondrozi ham ataksiya holatiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Kasallik bemorda chayqalib yurish, gavdaning bir tomonga yoki orqaga og‘ib ketishi holida namoyon bo‘ladi. Ya’ni, sog‘lom odam mast kishidek harakatda bo‘ladi. Bolalarda mushaklar bo‘shashgan, qo‘llar orqali harakatlar sust va qiyinchilik bilan bajariladi. Bunda bolalar o‘zini-o‘zi butkul eplay olmaslik holati ham kuzatiladi.

Ataksiya holatidagi bemor

Ataksiya holatidagi bemor

Diqqat! «soxta ataksiya»

Ba’zan uchrab turadigan chayqalishlar charchashdan, qon bosimi o‘zgarishidan yoki kamqonlikdan bo‘lishi mumkin. Shu sababli ham o‘z-o‘ziga tashxis qo‘yish noto‘g‘ri!

Agar bemorda ataksiya holati aniqlansa, nevropatolog vrach tomonidan kasallikning sababiga qarab muolajalar olib boriladi.

Kengroq ma’lumot olish uchun: Bemor nega chayqalib yuradi yoki ataksiya nima?

 

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *