Yassioyoqlik

MAQOLALAR

ico
Yassioyoqlik — davosiz dard emas.

Yassioyoqlik oyoq panjasining murakkab va eng ko‘p uchraydigan deformasiyasidir. U tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin. Tajribada asosan orttirilgan yassi-oyoqlik uchraydi. Yassioyoqlikning paydo bo‘lishida yondosh kasalliklar (raxit, miopatiya, nevrologik kasalliklar, jarohat), rasional bo‘lmagan poyabzal sabab bo‘lishi mumkin.

Yassioyoqlikning quyidagi klinik belgilari mavjud: boldir - panja bo‘g‘imi suyaklari joylashishida shunday buzilish ro‘y beradiki, panja kaftining o‘rtasi – yerga tegmaydigan qismi yassilanib, tegadigan bo‘ladi, natijada, oyoq kafti kengayib, yalpoqlanib qoladi. Bu kasallik qizlar va o‘g‘il bolalarda deyarli bir xil darajada uchraydi. Yuqorida sanab o‘tilgan o‘zgarishlar natijasida bolalarning qadam tashlashi buziladi, og‘irlik oyoq kaftiga zarb bilan tushadi va tayanch-harakat sistemasining yuqori qismiga ham noto‘g‘ri taqsimlanadi, ikkilamchi deformasiya va kasalliklar paydo bo‘ladi. Oyoq venalarining varikoz kengayishida ham yassioyoqlikni ma’lum darajada sababchi deb ko‘rsatish mumkin.

Davolash usullari haqida gapirganda, yassioyoqlik aniqlanishi bilan muolajalarni boshlash zarurligini aytish maqsadga muvofiq. Tug‘ma yassioyoqlikda bola chillalik davridan boshlab davolovchi massaj va vanna qabul qilgani ma’qul. Orttirilgan yassioyoqlikning birinchi belgilari paydo bo‘lishi sezila boshlagach – davolovchi massaj, kalsiy xlor eritmasi bilan elektroforez, parafin yoki ozokerit aplikasiyalari, tuzli davolovchi vannalar buyuriladi. Poyabzal, albatta, supinatorli bo‘lishi kerak. Umuman oyoq kiyimi haqida gapirganda, kun davomida faqat bitta oyoq kiyimida yurish maslahat berilmaydi, uni bir-ikki marta almashtirish maqsadga muvofiq. Ushbu kasallikda xirurgik usuli juda kam holatlarda qo‘llaniladi.

Yassioyoqlik uzoq vaqt davolanadigan, sabr va qanoat talab qiladigan kasallik ekanligini unutmaslik kerak. Bu kasallikni bolalarda asoratsiz to‘liq davolash mumkin. Kattalarda ham davolash muolajalari doimiy ravishda o‘tkazib turilsa, hech qanday asoratlar kuzatilmaydi.

Endi yassioyoqlikni davolashda va uni oldini olishda qo‘l keladigan (qo‘llaniladigan) ba’zi bir mashqlarni sizni e’tiboringizga havola etsak.

  • Tik turing, oyoq uchlari bir-biriga tegib tursin, tovon esa ajratilgan holatda, tanani galma-gal o‘ng va chapga buring;
  • Oyoq uchi va tovonda yuring;
  • Oyoq barmoqlarini qisgan holda so‘ngra yozgan holda harakatlaning;
  • Kuniga 3-4 mahal 10-15 daqiqadan oyoqlarning tashqi tovoni bilan yuring;
  • Oyoq uchlari yordamida biror buyumni poldan ko‘taring. Masalan, qalamlarni;
  • Tovonlarni poldan uzmasdan o‘tirib turing;
  • O‘tiring: tizzalarni to‘g‘irlab, oyoq oyoq uchlarini o‘zingizga torting, so‘ng oyoqlar tagini birlashtiring; Oyoq kaftlarini aylanma harakatlantiring.

Yassioyoqlikni davolash borasidagi tavsiyalar bilan quyidagi maqola orqali batafsil tanishib olishingiz mumkin: Yassioyoqlikni davolash choralari

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Yassioyoqlikni davolash

Saytimizda e’lon qilingan  “Yassioyoqlik – davosiz dard emas” maqolasi ko‘pgina foydalanuvchilarning qiziqishiga sababchi bo‘ldi va shu yuzasidan savollar ham talaygina berildi (berilmoda). Savollarning asosiy ko‘rinishi yassioyoqlikni tuzatish, uni butkul bartaraf etish xususida bo‘lmoqda. Bugun yassioyoqlikni bartarat qilish uchun qanday choralar ko‘rish haqida suhbatlashamiz.

Tuzatsa bo‘ladigan dard...

Odatda orttirilgan oyoq-kaft nuqsonlarini tuzatsa bo‘ladi. Maxsus realibitatsion choralar kasallikning og‘ir ko‘rinishiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yassioyoqlikdan qiynalayotgan bolani yilida bir marta ortoped ko‘rigiga ko‘rsatib turish lozim. Va holatdan kelib chiqib yiliga ikki bor konservatib davo choralari qo‘llaniladi. Bunda mushaklarni rag‘batlantiruvchi elektr va ultratovush usullari, kontrast dush, suvosti massajlari, davolash gimnastik kurslar qo‘llaniladi. Oyoq shaklidan kelib chiqqan holda shifokor ortoped tavsiya etgan patak-supinatorlarni poyafzalga qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Ortopedik pataklarlani qo‘yish kerak bo‘lgan poyafzallarning orqasi qattiq va bolder-oyoqni mahkam ushlab turadigan, poshnali (taxminan, 2,5 sm) bo‘lishi lozim.

Davo gimnastikasi

Davo gimnastikasi, agar uni har kuni bajarib tursangiz tuzalish ehtimolligi juda ortadi. Yozda bolani tez-tez qum, toshchalar ustida yalangoyoq yurishga o‘rgating, oyoq barmoqlari bilan orcha qubbuasi va tayoqchalarini olib o‘ynasin.

[caption id="attachment_2682" align="aligncenter" width="423"]Yassioyoqlik Yurish uchun maxsus[/caption]

Qishda esa har kuni massaj gilamchalarida yursin, oyoq barmoqlari bilan polda sochilib yotgan qalamlarni terishga majburlang, xona bo‘ylab oyoq uchi va tovonda galma-gal yurishga zamin yarating. Agar bu mashqlar bolada o‘yin shaklida, hech bir majburiyatlarsiz amalga oshirilsa, samara yana ham oshadi.

Qo‘llanma

Yosh ota-onalarda yassioyoqlikni uy sharoitida ham aniqlash mumkinmi, degan savol tug‘ilishi tabiiy hol. Bolada 4-5 yoshdan so‘ng yassioyoqlik bor yo‘qligini mustaqil aniqlash mumkin. Buning uchun bola oyoqlariga yog‘li krem, yod yoki guash surtish, so‘ngra uni oq qog‘oz ustida to‘g‘ri va tekish qo‘yish lozim. Oyoqlarning izi yaqqol ko‘rinib turadi. Izga diqqat bilan razm soling!

[caption id="attachment_2683" align="aligncenter" width="325"]Yassioyoqlik Test Yassioyoqlikni aniqlash uchun test[/caption]

Me’yorda oyoqning ichki cheti chuqur bo‘ladi (bu joydan qog‘ozda iz qolmaydi). Ana shu chuqurcha oyoq kengligining qariyb yarmidan ko‘pini egallashi kerak. Agar umuman bo‘lmasa yoki tor bo‘lsa (oyoqning yarmidan kamrog‘i) – yassioyoqlik bor. Albatta bu ehtimolga yaqin taxmin. Shuni inobatga olgan holga, agar bolangizda yassioyoqlik bor deya gumon qilsangiz darhol ortopedga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz. Zero, ilk davrlarda aniqlangan yassioyoqlikni tez va yengil davolash mumkin.

[caption id="attachment_2684" align="aligncenter" width="448"]Yassioyoqlik oyoq kiyimlar Yassioyoqlikda bolalarga tavsiya etiladigan ortopedik oyoq kiyimlar[/caption]

Asosan bolalarga ortopedlar maxsus ortopedik oyoq kiyimlar yoki pataklardan foydalanishni tavsiya etishadi. Bunday ortopedik mahsulotlar kasallikning keyingi rivojini to‘xtatadi va og‘riqlardan xalos etadi. Lekin oyoqda yassioyoqlik avj olgan hamda turli shishlar yuzaga kelgan bo‘lsa, bunday mahsulotlar samaraliligi juda kam bo‘ladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, yassioyoqlikning rivojlanishi siz-u biz kiyayotgan poyafzallarga bevosita bog‘liq. Masalan, baland poshnali, platformali, tekis taglikli ayollar tuflilari, uchi juda tor erkaklar tuflilari, krasovkalar (2 soatdan oshiq yurish tavsiya etilmaydi) yassioyoqlik shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.

Foydali mashqlar

Endi yassioyoqlikni davolashda va uni oldini olishda qo‘l keladigan (qo‘llaniladigan) ba’zi bir mashqlarni sizni e’tiboringizga havola etsak.

  • Tik turing, oyoq uchlari bir-biriga tegib tursin, tovon esa ajratilgan holatda, tanani galma-gal o‘ng va chapga buring;
  • Oyoq uchi va tovonda yuring;
  • Oyoq barmoqlarini qisgan holda so‘ngra yozgan holda harakatlaning;
  • Kuniga 3-4 mahal 10-15 daqiqadan oyoqlarning tashqi tovoni bilan yuring;
  • Oyoq uchlari yordamida biror buyumni poldan ko‘taring. Masalan, qalamlarni;
  • Tovonlarni poldan uzmasdan o‘tirib turing;
  • O‘tiring: tizzalarni to‘g‘irlab, oyoq oyoq uchlarini o‘zingizga torting, so‘ng oyoqlar tagini birlashtiring; Oyoq kaftlarini aylanma harakatlantiring.

Ma'lumotlarga qo‘shimcha sifatida saytimizdagi quyidagi “Yassioyoqlik – davosiz dard emas” va "Bolangiz uchun mos oyoq kiyim tanlay olasizmi" maqolalarinini ham o‘qishingizni tavsiya etamiz!

 

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Yassioyoqlik yoxud yassitovonlik

Yassitovonlik bolalarning tayanch-harakat a’zolarida eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri bo‘lib, tovon tagi uzunasiga yerga tegib turishi bilan xarakterlanadi. Me’yoriy holatda, aksincha, tovon tagi biroz bukiluvchi holda bo‘lishi lozim. Ushbu xastalikka bolalar 3-4 yoshga to‘lganida tashhis qo‘yish mumkin. Negaki, bolada ma’lum vaqtgacha tovon suyaklari hali qotmagan, ko‘plab tog‘ay to‘qimalardan iborat, mushak va paylar hali kuchsiz, cho‘ziluvchan, yumshoq bo‘ladi.

яссиоёқлик

Tayanch-harakat a’zolar me’yorda rivojlanganda bolada 5-6 yoshida tovon o‘zining asl holatiga keladi. Lekin ba’zida tovonning rivojlanishi o‘zgarib, yassitovon kasalligi kelib chiqadi.

Yassitovonlik paydo bo‘lish sabablari

Yassitovonlik paydo bo‘lishida quyidagi omillar ahamiyatga ega:

Shuningdek, oyoqlarda boldir va tovon mushaklari sholligida (poliomiyelit kasalligi ro‘y beradi) asorati yoki DSP (bolalar serebral falajligi), shuningdek tovon jarohatlanishi ham ko‘pincha yassitovonlikni keltirib chiqaradi. Ba’zida ota-onalar kasallikka unchalik e’tibor berishmaydi. Chunki yassitovonlikning erta davrida uning belgilari kuzatilmaydi. Lekin vaqt o‘tib, tovonning o‘ziga xos amortizatsiya vazifasi buziladi va bu hol tayanch faoliyatini susaytiradi. Yurish vaqtida hamma kuch boldir, chanoq-son bo‘g‘imiga, bel umurtqalari pog‘onasiga tushadi va buning oqibatida bo‘g‘im kasalligi (artrozlar), umurtqalar pog‘onasi qiyshayishi (skolioz) kasalligi kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun yassitovonlik qancha tez aniqlansa va uning davolanishi qancha barvaqt o‘tkazilsa, kasallik rivojlanishini bartaraf qilsa bo‘ladi.

Kasallikni davolash

Yassitovon xastaligini davolashda o‘ziga xos davolash uslublari qo‘llaniladi. Ko‘proq fizioterapevtik davolash – parafin, elektroforez bilan davolash, gimnastika, massaj (maxsus uqalash) yaxshi natija beradi. Kasallikning dastlabki davrida eng foydali muolaja uqalash bo‘lib, u mushaklarning qotishiga, qon aylanishini me’yoriy holatga keltirishga, tovon bo‘g‘imlari va paylariga yaxshi ta’sir o‘tkazadi. Davolash vaqtida umurtqalar pog‘onasiga ham ahamiyat berish zarur. Negaki, yassitovonlikda bu a’zo shakli o‘zgarishi mumkin.

Yassitovonlik tashxisi qo‘yilgach, bola maxsus oyoq kiyim kiyishi kerak. Eng asosiysi, tanlangan poyafzal bola oyog‘ining o‘lchamiga to‘g‘ri kelishi zarur. Tabiiy matolardan tayyorlangan, tovoni qattiq va uncha katta bo‘lmagan, poshnali, qulay poyafzal bemor bolalarning tovoni uchun foydali. Ota-onalar shuni yodda tutishlari kerakki, yassitovonlik erta aniqlanmasa va davolanmasa, tovon shakli buzilishiga sabab bo‘lib, tayanch-harakat a’zolarida turli xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Quyidagi maqolalarni ham o‘qishingizni tavsiya etamiz: 
Yassioyoqlik — davosiz dard emas
Yassioyoqlikni davolash usullari

© Husnora NOROVA,
oliy toifali ortoped-travmatolog.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Ortopedik poyabzallar yassioyoqlikni davolashga yordam beradimi?
Ma’lumotlarga qaraganda 65 foizdan ortiq bolalar maktab yoshigacha yassioyoqlikka uchraydi. Shu sabab bo‘lsa kerak so‘nggi paytlarda ota-onalar tomonidan farzandi uchun ortopedik poyabzal xarid qilish, aytish joiz bo‘lsa “urf”ga aylanib ulgurgan. Yassioyoqlik o‘zi nima? Xo‘sh, bu kabi maxsus oyoq kiyimga qachon va qanday sabab bo‘lganda ehtiyoj tug‘iladi? ortopedik oyoq kiyimlar Yassioyoqlik – tayanch – harakat tizimining kasalligi. Bunda tovon suyaklari gumbazining yassilanishi kuzatiladi. Tayanch-harakat tizimi faoliyati buziladi. Oyoq panjasining asosiy vazifasi tanadan tushgan og‘irlikni teng miqdorda taqsimlashdir. U xuddi “prujina” singari harakatda bo‘lishi kerak. Yassioyoqlikda esa bu yuk tizza, bo‘ksa va belga yuklama tushiradi. Harakat qilmasdan turib charchash, bosh og‘rig‘i – bu aynan to‘g‘ri taqsimlanmagan yukning oqibatidir.
Oyoqning tez charchashi, tovonda simillovchi og‘riqlar, oyoq kiyim tanlashdagi qiyinchiliklar, tovon shishi, katta barmoq sohasidagi terining qalinlashishi va dag‘allashishi yassitovonlikning erta belgilari sanaladi.
Yassitovonlikning tug‘ma va orttirilgan turi kuzatiladi. Bolalarda 5 yoshgacha suyak shaklida o‘zgarishlar ro‘y beradi. To‘qimalar juda cho‘ziluvchan bo‘ladi. Natijada esa yuklama yoki vazn og‘irligi tushganda oyoq-panja gumbazi balandligi o‘zgaradi. Endigina yurishni boshlagan bolajonlar oyoqlarini keng tashlab, tovonini ichki tomonga bosib yurishadi. Aksariyat ota-onalar “3-6 yoshli bolalarda yassitovonlikning uchrashi normal holat” yoki “bu yoshdagi bolalar ushbu xastalik bilan og‘rimaydi” deb o‘ylashadi. Bu umuman noto‘g‘ri. Aksincha, aynan shu yoshdan bu xastalikni davolash ancha samaralidir. 10 yoshdan keyin davo samarasi 10 foizga ham yetmaydi. Ushbu kasallikning eng yomon tomoni shundaki, oyoq panjasida og‘riq va deformatsiya (nuqson) kuzatilmaydi. Bolaning butun tayanch-harakat faoliyati buziladi. Kichkintoylarni 5 yoshgacha bu xastalikdan davolash orqali ularni umurtqa pog‘onasining qiyshayishidan asrab qolish mumkin. Buning uchun bola ko‘proq issiq kunlarda yerda, asfaltda va maysa ustlarida yalangoyoq yurishi kerak. Farzandingiz uchun tanlangan oyoq kiyimining ostki qismi qalin, tagi yumshoq, poshnasi 1–1,5 santimetr bo‘lishi lozim. Uning ichki choklari minimal bo‘lishi, tabiiy matodan tayyorlanishi va uning dastagi baland bo‘lib, oyoqni mahkam ushlashi kerak. Oyoq kiyim 0,5-1 sm kattaroq bo‘lishi, oyoqning o‘sishini hisobga olgan holda poyabzalni almashtirib borishni nazorat qilish zarur. Bunday paytlarda maxsus ortopedik oyoq kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi. Bola yurganida tez-tez charchab qolsa, kechga yaqin oyoqlarida og‘riq yuzaga keladi. Tik turgan holatida bolakayning tovoni ichkari yoki tashqariga qiyshayishi kuzatilsa zudlik bilan ortoped – shifokorga murojaat qiling. Unutmang, tovon 5 yoshgacha batamom shakllangani uchun uning buzilishlari qancha erta aniqlansa, muammoni yechimi shuncha osonlik bilan kechadi. Yassioyoqlik – bu kasallik bo‘lib, davolanmagan holda og‘ir asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.

© Xurshida HUSЕNOVA «Sog‘lom avlod» gazetasi. Soglom.uz

ico
Bolangiz uchun mos oyoq kiyim tanlay olasizmi
Bolaning oyog‘i ostida – refleksogen nuqtalar – organizmning nafas olish tizimi, yurak-qon tomirlari tizimi va boshqa a’zolar bilan aloqador bo‘ladi. Shu sababli bolaning to‘g‘ri qadam tashlashi va uning rivojlanishi ana shu a’zolarga, hatto butun organizmga ta’sir qiladi.

Demak, siz:

Bolangizga har qanday oyoq kiyimni kiydirmang! Endi qadam tashlab, yura boshlagan bolaning yalangoyoq odimlagani yaxshi va foydalidir. Oyoq kiyimlarning egiluvchan (elastik), yumshog‘ini tanlab kiydiring. Chunki yumshoq poyafzal bolaning erkin qadam tashlashi uchun qulay va oyog‘ining to‘g‘ri, meyorda rivojlanishini ta’minlaydi. Oyoq kiyim o‘lchami (razmeri) bolaning oyog‘ini siqib turganidan ko‘ra, biroz kattaroq bo‘lgani ma’qul. Qattiq materialdan tayyorlangan oyoq kiyimlarni kiydirmang. Bunday oyoq kiyimlar qadam tashlaganda oyoq va barmoqlar harakatini cheklab qo‘yadi. Natijada bola oyog‘ining harakatchanligi yo‘qolib, oyoq va barmoqlari nimjon bo‘lib qolishi mumkin. oyoq kiyim

Ehtiyot bo‘ling!

Endi qadam tashlayotgan yoki kichik yoshdagi bolalar ko‘p yiqilishadi. Natijada turli jarohatlar olishi mumkin. Bolangiz oyoq kiyimining ostki qismi tekis, unchalik yupqa bo‘lmagan va sirpanmaydigan bo‘lgani ma’qul.

Ko‘rinishiga e’tibor bering!

Bolangizga oyoq kiyimlarning katta yoshdagilarga mo‘ljallangan ko‘rinishdagisini aslo kiydirmang. Uchi ingichka, baland poshnali yoki tagi qattiq, qayrilmaydigan oyoq kiyimlar bolaning qadam tashlashida noqulaylik tug‘diradi, hamda bola oyog‘ining to‘g‘ri rivojlanishiga xalal beradi.

Agar bola yassioyoq bo‘lsa…

Oyoq kiyim albatta toza charmdan tayyorlangan, tagligi (to‘shamasi) ham charmdan bo‘lgani ma’qul. Poshnasi past, uchi kengrog‘ini tanlang. Oyoq kiyimning tagi egiluvchan bo‘lsa yanada yaxshi. (“Platforma” shakldan voz keching!) Bola oyoq kiyimi uchun maxsus to‘shama va pataklardan foydalanishingiz mumkin. Maxsus oyoq kiyim va to‘shamalarni tanlashda albatta mutaxassis bilan maslahatlashib oling.

Shodiyona YO‘LDOSHЕVA,

"Sihat-salomatlik" jurnali.