Saytimizda e’lon qilingan “Yassioyoqlik – davosiz dard emas” maqolasi ko‘pgina foydalanuvchilarning qiziqishiga sababchi bo‘ldi va shu yuzasidan savollar ham talaygina berildi (berilmoda). Savollarning asosiy ko‘rinishi yassioyoqlikni tuzatish, uni butkul bartaraf etish xususida bo‘lmoqda. Bugun yassioyoqlikni bartarat qilish uchun qanday choralar ko‘rish haqida suhbatlashamiz.
Tuzatsa bo‘ladigan dard...
Odatda orttirilgan oyoq-kaft nuqsonlarini tuzatsa bo‘ladi. Maxsus realibitatsion choralar kasallikning og‘ir ko‘rinishiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yassioyoqlikdan qiynalayotgan bolani yilida bir marta ortoped ko‘rigiga ko‘rsatib turish lozim. Va holatdan kelib chiqib yiliga ikki bor konservatib davo choralari qo‘llaniladi. Bunda mushaklarni rag‘batlantiruvchi elektr va ultratovush usullari, kontrast dush, suvosti massajlari, davolash gimnastik kurslar qo‘llaniladi. Oyoq shaklidan kelib chiqqan holda shifokor ortoped tavsiya etgan patak-supinatorlarni poyafzalga qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Ortopedik pataklarlani qo‘yish kerak bo‘lgan poyafzallarning orqasi qattiq va bolder-oyoqni mahkam ushlab turadigan, poshnali (taxminan, 2,5 sm) bo‘lishi lozim.
Davo gimnastikasi
Davo gimnastikasi, agar uni har kuni bajarib tursangiz tuzalish ehtimolligi juda ortadi. Yozda bolani tez-tez qum, toshchalar ustida yalangoyoq yurishga o‘rgating, oyoq barmoqlari bilan orcha qubbuasi va tayoqchalarini olib o‘ynasin.
[caption id="attachment_2682" align="aligncenter" width="423"] Yurish uchun maxsus[/caption]
Qishda esa har kuni massaj gilamchalarida yursin, oyoq barmoqlari bilan polda sochilib yotgan qalamlarni terishga majburlang, xona bo‘ylab oyoq uchi va tovonda galma-gal yurishga zamin yarating. Agar bu mashqlar bolada o‘yin shaklida, hech bir majburiyatlarsiz amalga oshirilsa, samara yana ham oshadi.
Qo‘llanma
Yosh ota-onalarda yassioyoqlikni uy sharoitida ham aniqlash mumkinmi, degan savol tug‘ilishi tabiiy hol. Bolada 4-5 yoshdan so‘ng yassioyoqlik bor yo‘qligini mustaqil aniqlash mumkin. Buning uchun bola oyoqlariga yog‘li krem, yod yoki guash surtish, so‘ngra uni oq qog‘oz ustida to‘g‘ri va tekish qo‘yish lozim. Oyoqlarning izi yaqqol ko‘rinib turadi. Izga diqqat bilan razm soling!
[caption id="attachment_2683" align="aligncenter" width="325"] Yassioyoqlikni aniqlash uchun test[/caption]
Me’yorda oyoqning ichki cheti chuqur bo‘ladi (bu joydan qog‘ozda iz qolmaydi). Ana shu chuqurcha oyoq kengligining qariyb yarmidan ko‘pini egallashi kerak. Agar umuman bo‘lmasa yoki tor bo‘lsa (oyoqning yarmidan kamrog‘i) – yassioyoqlik bor. Albatta bu ehtimolga yaqin taxmin. Shuni inobatga olgan holga, agar bolangizda yassioyoqlik bor deya gumon qilsangiz darhol ortopedga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz. Zero, ilk davrlarda aniqlangan yassioyoqlikni tez va yengil davolash mumkin.
[caption id="attachment_2684" align="aligncenter" width="448"] Yassioyoqlikda bolalarga tavsiya etiladigan ortopedik oyoq kiyimlar[/caption]
Asosan bolalarga ortopedlar maxsus ortopedik oyoq kiyimlar yoki pataklardan foydalanishni tavsiya etishadi. Bunday ortopedik mahsulotlar kasallikning keyingi rivojini to‘xtatadi va og‘riqlardan xalos etadi. Lekin oyoqda yassioyoqlik avj olgan hamda turli shishlar yuzaga kelgan bo‘lsa, bunday mahsulotlar samaraliligi juda kam bo‘ladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, yassioyoqlikning rivojlanishi siz-u biz kiyayotgan poyafzallarga bevosita bog‘liq. Masalan, baland poshnali, platformali, tekis taglikli ayollar tuflilari, uchi juda tor erkaklar tuflilari, krasovkalar (2 soatdan oshiq yurish tavsiya etilmaydi) yassioyoqlik shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.
Foydali mashqlar
Endi yassioyoqlikni davolashda va uni oldini olishda qo‘l keladigan (qo‘llaniladigan) ba’zi bir mashqlarni sizni e’tiboringizga havola etsak.
- Tik turing, oyoq uchlari bir-biriga tegib tursin, tovon esa ajratilgan holatda, tanani galma-gal o‘ng va chapga buring;
- Oyoq uchi va tovonda yuring;
- Oyoq barmoqlarini qisgan holda so‘ngra yozgan holda harakatlaning;
- Kuniga 3-4 mahal 10-15 daqiqadan oyoqlarning tashqi tovoni bilan yuring;
- Oyoq uchlari yordamida biror buyumni poldan ko‘taring. Masalan, qalamlarni;
- Tovonlarni poldan uzmasdan o‘tirib turing;
- O‘tiring: tizzalarni to‘g‘irlab, oyoq oyoq uchlarini o‘zingizga torting, so‘ng oyoqlar tagini birlashtiring; Oyoq kaftlarini aylanma harakatlantiring.
Ma'lumotlarga qo‘shimcha sifatida saytimizdagi quyidagi “Yassioyoqlik – davosiz dard emas” va "Bolangiz uchun mos oyoq kiyim tanlay olasizmi" maqolalarinini ham o‘qishingizni tavsiya etamiz!
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.