Yassioyoqlik oyoq panjasining murakkab va eng ko‘p uchraydigan deformasiyasidir. U tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin. Tajribada asosan orttirilgan yassi-oyoqlik uchraydi. Yassioyoqlikning paydo bo‘lishida yondosh kasalliklar (raxit, miopatiya, nevrologik kasalliklar, jarohat), rasional bo‘lmagan poyabzal sabab bo‘lishi mumkin.
Yassioyoqlikning quyidagi klinik belgilari mavjud: boldir - panja bo‘g‘imi suyaklari joylashishida shunday buzilish ro‘y beradiki, panja kaftining o‘rtasi – yerga tegmaydigan qismi yassilanib, tegadigan bo‘ladi, natijada, oyoq kafti kengayib, yalpoqlanib qoladi. Bu kasallik qizlar va o‘g‘il bolalarda deyarli bir xil darajada uchraydi. Yuqorida sanab o‘tilgan o‘zgarishlar natijasida bolalarning qadam tashlashi buziladi, og‘irlik oyoq kaftiga zarb bilan tushadi va tayanch-harakat sistemasining yuqori qismiga ham noto‘g‘ri taqsimlanadi, ikkilamchi deformasiya va kasalliklar paydo bo‘ladi. Oyoq venalarining varikoz kengayishida ham yassioyoqlikni ma’lum darajada sababchi deb ko‘rsatish mumkin.
Davolash usullari haqida gapirganda, yassioyoqlik aniqlanishi bilan muolajalarni boshlash zarurligini aytish maqsadga muvofiq. Tug‘ma yassioyoqlikda bola chillalik davridan boshlab davolovchi massaj va vanna qabul qilgani ma’qul. Orttirilgan yassioyoqlikning birinchi belgilari paydo bo‘lishi sezila boshlagach – davolovchi massaj, kalsiy xlor eritmasi bilan elektroforez, parafin yoki ozokerit aplikasiyalari, tuzli davolovchi vannalar buyuriladi. Poyabzal, albatta, supinatorli bo‘lishi kerak. Umuman oyoq kiyimi haqida gapirganda, kun davomida faqat bitta oyoq kiyimida yurish maslahat berilmaydi, uni bir-ikki marta almashtirish maqsadga muvofiq. Ushbu kasallikda xirurgik usuli juda kam holatlarda qo‘llaniladi.
Yassioyoqlik uzoq vaqt davolanadigan, sabr va qanoat talab qiladigan kasallik ekanligini unutmaslik kerak. Bu kasallikni bolalarda asoratsiz to‘liq davolash mumkin. Kattalarda ham davolash muolajalari doimiy ravishda o‘tkazib turilsa, hech qanday asoratlar kuzatilmaydi.
Endi yassioyoqlikni davolashda va uni oldini olishda qo‘l keladigan (qo‘llaniladigan) ba’zi bir mashqlarni sizni e’tiboringizga havola etsak.
- Tik turing, oyoq uchlari bir-biriga tegib tursin, tovon esa ajratilgan holatda, tanani galma-gal o‘ng va chapga buring;
- Oyoq uchi va tovonda yuring;
- Oyoq barmoqlarini qisgan holda so‘ngra yozgan holda harakatlaning;
- Kuniga 3-4 mahal 10-15 daqiqadan oyoqlarning tashqi tovoni bilan yuring;
- Oyoq uchlari yordamida biror buyumni poldan ko‘taring. Masalan, qalamlarni;
- Tovonlarni poldan uzmasdan o‘tirib turing;
- O‘tiring: tizzalarni to‘g‘irlab, oyoq oyoq uchlarini o‘zingizga torting, so‘ng oyoqlar tagini birlashtiring; Oyoq kaftlarini aylanma harakatlantiring.
Yassioyoqlikni davolash borasidagi tavsiyalar bilan quyidagi maqola orqali batafsil tanishib olishingiz mumkin: Yassioyoqlikni davolash choralari
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.