4.2
(94)

Venalarning varikoz kengayishi bu – vena qon tomirlarining shishib qolishidir. Qon tomirlarda qonning yaxshi oqmasligi tufayli, qon tomirlar kengayishni boshlaydi. Qon tomir devori juda yupqa yupqa bo‘lib qoladi va terining yuza qismlarida ko‘k rangda ko‘rinadi. Venalarning varikoz kasalliklari juda keng tarqalgan kasallik hisoblanib, kasallikning rivojlanishi uchun ko‘plab omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu jumladan organizmdagi endokrin o‘zgarishlar – kasallik asosan ayollarda uchraydi –​ hayz sikli, homiladorlik, tug‘ruq, menopauza va klimaks holatlarida organizmning endokrin sistemasida katta o‘zgarishlar kuzatiladi.

Vena tomirining ushbu kasalligi – butun dunyoda keng tarqalgan patologik holar hisoblanadi. Ushbu fakt vena tizimini o‘rganish, tashxis qilish va davolash tibbiyotning yangi sohasi – Flebologiyani paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Vena tizimi kasalliklari ichida eng keng tarqalgani bu vena tomirlarining Varikoz kengayishidir. Misol uchun tizimning boshqa kasalliklari: orqa chiqaruv venasi kengayishi (gemorroy-bavosil), qizilo‘ngach, urug‘don kanali venasi (Varikotselle) kabilar bo‘lishi mumkin.

varikoz

Shifokor konsultatsiyasi

Diagnostika va analizlar

Biroq eng keng tarqalgani va eng oddiy belgilari bilan ham bilish mumkin bo‘lgani bu venalarning varikoz kengayishidir.

Varikoz kasalligining sabablari

  • Bu ko‘p vaqt tik oyoqda turib ishlovchilarda uchraydi. Chunki uzoq muddat tik holatda ishlash natijasida oyoqlardagi qon tomirlarda qon bosimi oshadi va o‘z navbatida venalarning chuqur o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi. Bunga yana organizmning ortiqcha vazn holati ham ta’sir ko‘rsatadi.
  • Irsiy moyillik. Agar ota-onaning har ikkisida venalarning varikoz kasalliklar uchrasa, 70 % ehtimol bilan ularning farzandlarida ham uchrashi aniqlangan.
  • Kam harakat hayot tarzi. Bu omilni flebologlar (ven qon tomirlari va ularning kasaliklari bilan shug‘illanuvchi shifokor) asosiy omil hisoblashadi. Agar inson ko‘p vaqt davomida kompyuterda ishlasa ham kasallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
  • Endokrin tizim o‘zgarishlari: Bu omil ko‘proq ayollarda uchraydi. Chunki ayolarning organizmida ba’zi vaqtlarda esterogen gormoni juda kam miqdorda ishlab chiqariladi. Lekin sariq tana organizmda esterogenning sintezini kuchaytiradi. Esterogen esa qon tomirlar muskul qavatining tonusini pasaytiradi.
  • Vena qon tomirlarida qon oqimining buzilishi tufayli. Bu omil qon tomirlarning ichida hosil bo‘ladigan tromb, o‘sma kabi ta’sirida yuzaga keladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Varikoz kasalligining sabab va alomatlari qanday?

Yuqoridagi omillardan tashqari venalarning varikoz kasalliklariga insonlar hayot tarzi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar inson hayoti davomida ko‘p miqdorda spirtli ichimliklar istemol qilsa, bunday insonlarda varikoz kasalligi yuzaga kelishi foizi ko‘proqdir. Chunki zaharli moddalar, spirtlar qon tomirlariga gipotonik ta’sir ko‘rsatadi.

varikoz kasalligi

Venalarning varikoz kengayishi kasalligi belgilari

  • Oyoqlarda uzoq muddat tik yurganda og‘riq kuzatiladi;
  • Tunda oyoqlarning qaltirash bezovta qiladi;
  • Kechqurun oyoqlarda shishlar kuzatiladi;

Agar shu bosqichda kasallikning oldini olinmasa, kasallik yanada avj oladi va quyidagi belgilar yuzaga kela boshlaydi:

  • Teri qoplamalarida venoz to‘rlari yaqqol ko‘rina boshlaydi;
  • Teri to‘q rangda, unda jigarrang-pushti dog‘lar paydo bo‘ladi
  • Agar tizzaning orqa qismini palpatsiya qilib ko‘rilsa, varikozga uchragan vena qon tomirini oson aniqlash mumkin;
  • Bemor yotgan holatda bo‘lsa, venalar yo‘qoladi, agar holati qaytsa yana paydo bo‘ladi.

Agar venalarning varikozi uzoq muddat davom etadigan bo‘lsa, quyidagi simptomlar yuzaga kela boshlaydi:

  • Venalarning o‘zgarishga uchragan qismlarida pigment almashinuvining buzilishi;
  • Palpatsiya qilib ko‘rilganda o‘zgarishga uchragan sohada qattiq hosila seziladi;
  • Trofik yaralar.
Ko‘p hollarda venalarning varikoz kasalliklarida haroratning ko‘tarilish belgilari kuzatilishi mumkin. Ba’zida esa qattiq hosiladan qon oqishi ham mumkin.

Surunkali venoz yetishmovchiligi

  • Zararlangan qon tomir sohasida qichishish;
  • Kechqurun oyoqlardagi qaltirashlar;
  • Oyoqdagi shishlar;
  • Yumshoq to‘qimalardagi shishlar;
  • Yara paydo bo‘lishi

Yuzaki venalardagi tromboflebitlar

  • Zararlangan qon tomir sohasida qizarishlar;
  • Og‘riq belgilarining hayot davomida kuchayib borishi;
  • Bemorda haroratning ko‘tarilishi (subfebril darajagacha);
  • Qon tomir zararlangan sohada haroratning mahalliy ko‘tarilishi;
  • Palpatsiyada yumshoq to‘qimaning qattiqlashuvini aniqlash mumkin.

Bunday holat inson hayotining 100% o‘limi bilan tugashi ehtimolligi yuqori bo‘lladi. Chunki zararlangan qon tomirida hosil bo‘lgan qon quyqasi yoki tromb yaqindagi qo‘shni tomirlarni ham zararlashi mumkin.

Trofik yaralar

Bunday yaralar venalarda chuqur o‘zgarishlar natijasida yuzaga keladi va tez yordam ko‘rsatishni talab etadi. Trofik yaralar sekinlik bilan rivojlanadi. Shuning uchun quyidagi patologik holatlarga e’tibor qilish zarur:

  • Teri qoplamasi zararlangan sohasida to‘q rangli hosila paydo bo‘ladi;
  • Teri ko‘k rangda ko‘rinadi va yaltiraydi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ateroskleroz - sabablari, tashxislash va davolash
Bunday yaltiroqlik kuzatiladigan soha tezda jarohatlanadi va terida ochiq yaralar paydo bo‘ladi. Agar o‘z vaqtida davolanmasa, ochiq yaralarga ikkilamchi infeksiyalar tushib sepsis holatini yuzaga keltirishi mumkin.

O‘pka arteriyasining tromboemboliyasi

Bu kasallik ko‘p hollarda bemorlarning to‘satdan o‘limiga olib keladi. Shuning uchun shifokorlar venalarning varikoz kasalliklarini o‘z vaqtida davolashni talab qilishadi. Bunday kutilmagan o‘limning sababi shuki, o‘zgarishga uchragan sohada hosil bo‘lgan tromb qon oqimi bilan hayotiy muhim qon tomiri o‘pka arteriyasiga borib tiqilib qoladi.

Bunda bemorda quyidagi klinik belgilar kuzatiladi:

  • Ko‘krak sohasida tez, bosuvchi og‘riq;
  • Kollaps holatiga tushish;
  • Og‘iz-burun uchburchagida ko‘karishlar;
  • Xirillash.

Agar yuqoridagi belgilar kuzatiladigan bo‘lsa, zudlik bilan tez tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur.

varikoz haqida

Varikoz kasalligini tashxislash

Varikoz kasalligi tekshiruvi bemor oyoqlarini palpatsiya (barmoq bilan bosib ko‘rish) ga asoslangan. Bundan tashqari, maxsus tadqiqotlar o‘tkaziladi:

  • Funksional sinama (proba);
  • Venalarni dupleks ultratovush skaner qilish;
  • Dopplerografiya;
  • Flebografiya.

Varikozni davolash

Bemorlarni davolashni varikozning eng birinchi belgilar yuzaga kelgandayoq boshlash zarur. Hozirgi kunda umumiy va mahalliy qo‘llash uchun dori vositalari yetarlicha va bu flebolog-shifokor tomonidan individual tanlanadi.

Varikoz kasalligi medikamentoz (dori vositalari bilan) yoki jarrohlik usuli bilan davolanadi.

varikozni davolash

Medikamentoz usullarda davolash asosan, vena qopqoqlari ishini rag‘batlantiruvchi, tomirlar devorlarini oziqlantiruvchi hamda tomirlardagi quyqa (tromb)larni erituvchi dorilar beriladi. Bularga Detraleks, Troksivazin, Lioton Gel hamda yallig‘lanishga qarshi surtmalar tavsiya qilinishi mumkin. Kasallikning oxirgi bosqichlarida qon quyuqlashishiga qarshi (antikoagulyantlar) preparatlar tromblarning so‘rilishi va profililaktikasi uchun talab qilinadi.

Jarrohlik usuli: Operatsiyalar varikozning juda kengayishida, terining trofik kasalliklarida, o‘tkir tromboflebitda buyuriladi. Jarayon lazer nurlari bilan amalga oshiriladi. Bu nisbatan xavfsiz, tezkor va og‘riqsiz usuldir. Biroq, biz Varikoz hatto jarrohlikdan keyin ham qaytalanishi mumkinligi inobatga olishimiz kerak! Shu sababli be’morga qat’iy tartibda ortiqcha yuk va mehnatni cheklab, profilaktik choqalarga amal qilish shart!

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ichki qon ketish turlari, sabablari va davolash

Albatta venalarning varikoz kengayishlarida diyetaga rioya qilish zarur. Bunda bemor

  • Xamirli, shirin va yog‘li taomlarni cheklash zarur. Birinchi navbatda ortiqcha vazndan halos bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Agar bemorning vazni normal bo‘lsa, zararli taomlarni cheklash zarur.
  • Choy bilan qahvani ham kam miqdorda iste’mol qilish kerak. Qahvani sut bilan aralashtirib ichish tavsiya etiladi.
  • Yangi tayyorlangan olcha, shaftoli, sitrus mevalarning sharbatlarini muntazam iste’mol qilish kerak. Agar shifokor ko‘rigidan so‘ng tromboflebitga ehtimol bo‘lsa, oshqovoq sharbati judayam foydalidir.
Ko‘p miqdorda sharbat iste’mol qilish organizmda zaharli qoldiqlar va ortiqcha vaznni yo‘qotish uchun katta yordam beradi. Bunday muolajani to‘xtovsiz kamida 3 oy qo‘llash zarur.

Varikozning oldini olish

Varikozning oldini olish uchun shifokorlar quyidagi tavsiyalarni beradilar:

  • Dam olish va ish vaqtini to‘g‘ri tashkillashtirish kerak. Shunda oyoqlarga tushadigan zo‘riqishni oldini olishimiz mumkin.
  • Agar venalarning kengayishi ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, unda (ko‘p vaqt bir yerda tik turish, o‘tirish) holatni tez-tez almashtirib turish zarur.
  • Ayollar uzoq muddat tor, uzun poshnali oyoq kiyimlarni kiyib yurishi taqiqlanadi.

Quyidagi videolavha orqali «Homiladorlikda venalarning varikoz kengayishi» kasalligi haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Salomatlik eng katta boylik!.. Salomat bo‘ling!