Bolaning oyog‘i ostida – refleksogen nuqtalar – organizmning nafas olish tizimi, yurak-qon tomirlari tizimi va boshqa a’zolar bilan aloqador bo‘ladi. Shu sababli bolaning to‘g‘ri qadam tashlashi va uning rivojlanishi ana shu a’zolarga, hatto butun organizmga ta’sir qiladi.
Demak, siz:
Bolangizga har qanday oyoq kiyimni kiydirmang! Endi qadam tashlab, yura boshlagan bolaning yalangoyoq odimlagani yaxshi va foydalidir. Oyoq kiyimlarning egiluvchan (elastik), yumshog‘ini tanlab kiydiring. Chunki yumshoq poyafzal bolaning erkin qadam tashlashi uchun qulay va oyog‘ining to‘g‘ri, meyorda rivojlanishini ta’minlaydi. Oyoq kiyim o‘lchami (razmeri) bolaning oyog‘ini siqib turganidan ko‘ra, biroz kattaroq bo‘lgani ma’qul. Qattiq materialdan tayyorlangan oyoq kiyimlarni kiydirmang. Bunday oyoq kiyimlar qadam tashlaganda oyoq va barmoqlar harakatini cheklab qo‘yadi. Natijada bola oyog‘ining harakatchanligi yo‘qolib, oyoq va barmoqlari nimjon bo‘lib qolishi mumkin.Ehtiyot bo‘ling!
Endi qadam tashlayotgan yoki kichik yoshdagi bolalar ko‘p yiqilishadi. Natijada turli jarohatlar olishi mumkin. Bolangiz oyoq kiyimining ostki qismi tekis, unchalik yupqa bo‘lmagan va sirpanmaydigan bo‘lgani ma’qul.Ko‘rinishiga e’tibor bering!
Bolangizga oyoq kiyimlarning katta yoshdagilarga mo‘ljallangan ko‘rinishdagisini aslo kiydirmang. Uchi ingichka, baland poshnali yoki tagi qattiq, qayrilmaydigan oyoq kiyimlar bolaning qadam tashlashida noqulaylik tug‘diradi, hamda bola oyog‘ining to‘g‘ri rivojlanishiga xalal beradi.Agar bola yassioyoq bo‘lsa…
Oyoq kiyim albatta toza charmdan tayyorlangan, tagligi (to‘shamasi) ham charmdan bo‘lgani ma’qul. Poshnasi past, uchi kengrog‘ini tanlang. Oyoq kiyimning tagi egiluvchan bo‘lsa yanada yaxshi. (“Platforma” shakldan voz keching!) Bola oyoq kiyimi uchun maxsus to‘shama va pataklardan foydalanishingiz mumkin. Maxsus oyoq kiyim va to‘shamalarni tanlashda albatta mutaxassis bilan maslahatlashib oling.Shodiyona YO‘LDOSHЕVA,
"Sihat-salomatlik" jurnali.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )