Ko‘krak bezi saratoni - o‘sma kasalliklari orasida eng ko‘p tarqalgan kasallik. Tibbiy statistik ko‘rsatkichlarlarga ko‘ra bu kasallik bilan dunyo bo‘ylab 10 % ayollar, ayniqsa yevropa mamlakatlarida istiqomat qiluvchi ayollar kasallangan. Ko‘p hollarda saraton 45 yoshdan oshganlarda kuzatiladi. Rivojlangan davlatlarda ushbu kasallik biroz kamaygan, bunga sabab kasallikni aniqlashda zamonaviy tekshiruvlar o‘ylab topilgani va davo choralarining samaradorligidir. Shunday bo‘sa ham o‘sma turli xildagi hujayralar va ularning o‘sish darajalari farq qilgani uchun kasallikni davolash qiyinchiliklar tug‘diradi. Kasallik rivojlanishi sekin, uzoq vaqt davomida belgilarsiz kechadi, ba’zi hollarda kasallik shiddat bilan rivojlanishi ham mumkin. Ko‘krak bezi saratonining samarali davosi uning erta aniqlanishlaridagina amalga oshadi.
Ko‘krak bezi saratonining kelib chiqish sabablari
Saraton kelib chiqishiga turli xil sabablar bo‘lishiga qaramay, asosiy o‘rinni irsiy moyillik va gormonal o‘zgarishlar egallaydi, ayniqsa esterogen gormonlarning ta’siri natijasida o‘sma kelib chiqish xavfi yuqori. O‘sma paydo bo‘lishiga olib keluvchi xavf omillari:
- Anamnezda qarindoshlar orasida o‘sma kasalligi bilan kasallanganlar bo‘lishi;
- Hayz ko‘rishning erta yoshlarda (12 yoshdan avval) yoki klimaks davrining kech boshlanishi (55 yoshdan keyin). Bular esterogen gormonining aktivligi bilan tushuntiriladi;
- Organizmdagi boshqa a’zolarda paydo bo‘lgan o‘smalar;
- Turli xil irsiy omillar;
- Ko‘krak bezi saratoni tug‘magan ayollarda va birinchi homiladorligi kech bo‘lgan (35 yoshdan keyin) ayollarda kelib chiqish xavfi yuqori;
- Radiatsiya ta’siri, masalan nur terapiyasi, qayta-qayta rentgen nurlari bilan tekshiruvlar, ekologik salbiy hududlarda yashovchilar va ishlovchilar;
- Kam harakat hayot tarzi;
- Zararli odatlar: spirtli ichimliklar ichish va tamaki chekish;
- Nazoratsiz gormonal kontraseptiv preparatlar qabul qilish, uzoq muddatli gormonal terapiya;
Yuqorida sanab o‘tilgan xavf omillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sma paydo qilmaydi, shunchaki saraton kelib chiqishiga moyillikni oshiradi. Shu qatorda uzun bo‘yli va semiz ayollarning barchasi ham saraton bilan kasallanavermaydi. Albatta ko‘krak bezi saratoni kelib chiqishi uchun bir emas, bir necha faktorlar rol o‘ynaydi.
Ko‘krak bezi saratoni turlari va belgilari
Tibbiy amaliyotda ko‘krak bezi saratonining bir necha turlari farqlanadi:
Tugunli ko‘rinishi – ko‘krak bezida yumaloq yoki noto‘g‘ri shakldagi, ushlab ko‘rilganda og‘riqsiz bo‘lgan hosila paydo bo‘ladi. Qo‘llar bilan shu hosila ushlanganda teri ostidan bo‘rtib turganligi va terining o‘zgarganligi bilinadi. Kasallikning so‘ngi bosqichlarida terida yaralar, ko‘krak bezining deformatsiyasi, qo‘ltiq osti va o‘mrov osti limfa bezlari kattalashadi.
Shishli-infiltrat turi – bunday turdagi ko‘krak bezi o‘smasi ko‘proq yosh ayollarda uchraydi. O‘sma butun ko‘krak bezini egallab olib, palpatsiya qilinganda og‘riq chaqiruvchi bo‘ladi. Ushbu sohadagi teri apelsin po‘sti kabi bo‘lib qoladi, so‘rg‘ichlar atrofida shish paydo bo‘ladi. Qo‘ltiq osti limfa bezlari kattalashadi.
Mastitsimon saraton – har qanday yoshdagi ayollarda uchraydi, ko‘proq yosh ayollarda kuzatiladi. Kasallik natijasida ko‘krak bezi shishadi va hajmi kattalashadi, tana harorati va mahalliy harorat ko‘tariladi. Ko‘krak bezida zich qattiq hosila paydo bo‘ladi.
Saramassimon (roja) formasi – bunday o‘sma kasalligi saramas (roja) yallig‘lanishi kabi kechadi. Ko‘krak bezida qizarish va notekisliklar, bezning qattiqlashishi kuzatiladi. Palpatsiyada hech qanday tugunlar aniqlanmaydi.
Pansirnaya forma – o‘sma hujayralarining o‘sishi butun ko‘krak bezi terisi va teri osti yog‘ qavati bo‘ylab tarqalagan bo‘ladi. Kasallik ikkinchi ko‘krak bezini ham qamrab olishi mumkin. Saratonning bu turida o‘ziga xos jihat shuki, bunda ko‘krak bezi hajmi kichrayadi, uning terisi zichlashadi va bez harakatchanligi cheklanadi.
Pedjet saratoni – o‘sma kasalligining eng kam uchraydigan turi, umumiy o‘sma kasalliklarning 5 %ini tashkil qiladi. Ko‘krak bezida yaralar, teri deformatsiyalari, so‘rg‘ichlar atrofida tugun paydo bo‘lishi, qichishish bilan kechadi. Kechki bosqichlarda metastazlar beradi.
Boshqa o‘sma kasalliklari kabi ko‘krak bezi saratonini ham erta muddatlarda aniqlash qiyin, chunki kasallik belgilarsiz boshlanadi. Har qanday belgi, masalan, ko‘krak bezida og‘riqlar, shish, diskomfort, so‘rg‘ichlar kattalashishi, so‘rg‘ichlardan oqgan patologik suyuqliklar va shu kabi holatlar kuzatilsa, darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak.
[box type="info" align="aligncenter" class="" width=""]Diqqat! Agar sizda ko‘krak bezi so‘rg‘ichlarida har qanday qattiqlashgan hosila paydo bo‘lsa, yuqoridagi belgilar kuzatilmasa ham zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘ting.[/box]Kasallik darajasini belgilash uchun maxsus jadavaladan foydalaniladi: T – harfi bilan birlamchi o‘sma soni, M – harfi bilan boshqa organlarga tarqalgan metastazlar soni, N – harfi bilan mahalliy zararlangan limfa tugunlari soni belgilanadi.
Yomon sifatli o‘smalar ko‘krak bezining turli sohalarida joylashishi mumkin: teri qoplamalarida, areola va so‘rg‘ichlar atrofida, yuqori va pastki ichki kvadrat, yoki yuqori va pastki ichki kvadrat, orqa qo‘ltiq osti sohasida bo‘lishi mumkin.
Ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash usullari
Ko‘krak bezi saratonining erta diagnostikasiga o‘z-o‘zini tekshirish va shifokor-mammolog ko‘rigidan o‘tish kiradi. 40 yoshdan oshganda yilda bir marotaba mammografiya tekshiruvidan o‘tib turish kerak.
Ko‘krak bezini mustaqil ravishda tekshirish har oyda, hayz siklining 5-7 kunlarida o‘tkazgan yaxshiroq. Ko‘ruvda ko‘krak bezlarining simmetrikligiga, teri qoplamali va so‘rg‘ichlar holatiga, ko‘krak bezining hajmiga e’tibor qaratish lozim. Palpatsiyani yotgan yoki o‘tirgan holda o‘tkazish mumkin. Har bir ko‘krak bezini galma-galdan, so‘rg‘ichlardan boshlab tanasining oxirigacha palpatsiya qilish kerak. Ko‘krak bezidagi har qanday qattiqlik va zichlashgan hosila kasallikka shubha qilish asos bo‘ladi. Bundan tashqari qo‘ltiq osti sohasidagi limfa bezlariga ham e’tibor qaratish lozim. Har qanday gumon qilinayotgan hosila aniqlansa, darhol mutaxassis shifokorga murojaat qilish zarur.
Aniq diagnoz esa quyidagi tekshiruvlar o‘tkazilgach aniqlanadi:
- Mammolog ko‘rigi;
- Mammografiya;
- Duktografiya;
- UTT (UZI);
- Paydo bo‘lgan hosila biopsiyasi;
- So‘rg‘ichdan kelgan har qanday patologik suyuqlik laborator analizi;
- Qonni gormon va onkomarkerlarga tekshirish;
Qo‘shimcha tekshiruv usullari:
- Ko‘krak qafasi rentgenografiyasi;
- Kompyuter tomografiyasi;
- Suyaklar tekshiruvi;
- Qorin bo‘shlig‘I UTT (UZI) tekshiruvi.
Ko‘krak bezi saratonini davolash
Ko‘krak bezi saratonini zamonaviy tibbiyotda davolash operatsiya, kimyo va nur terapiyasi, gormonal va immunoterapiyani o‘z ichiga oladi. Bu kasallikda davo choralari har bir ayol uchun individual va bir necha usullar kompleksidan iborat bo‘ladi.
Ko‘krak bezi saratoning xirurgik davosi
Kasallikning asosiy davosi bo‘lib operatsiya hisoblanadi. Zamonaviy jarrohlik amaliyotlari maksimal darajada sog‘lom ko‘krak bezini va uning qismlarini saqlab qolishga qaratilgan. Operatsiyadan keyin odatda kimyo va nur terapiyasi buyuriladi.
Jarroh-onkolog tomonidan o‘tkaziladigan operatsiyalarning bir necha turi bor:
- Radikal kesish – ko‘krak bezini teri osti yog‘ qavati va limfa tugunlari bilan “nursimon” kesish;
- Radikal mastektomiya – ko‘krak bezini limfa tugunlari bilan birgalikda butunlay olib tashlash. Hozirgi tibbiyotda bu amaliyot kam hollarda qo‘llaniladi;
- Kvadranektomiya – hosil bo‘lgan o‘smani atrof to‘qimalari bilan 5 sm gacha radiusda olib tashlash. Bu usul kasallikning erta bosqichlarida samarali;
- Lampektomiya – kichik operativ aralashuv, o‘smaning o‘zini va limfa tuguninigina olib tashlash.
Ko‘krak bezi saratonida nur terapiyasi
O‘sma kasalligida nur terapiyasi operatsiyadan oldin, operatsiya vaqtida, operatsiyadan keyin va mustaqil ravishda nur terapiyasi o‘tkazish mumkin.
Operatsiyadan oldingi nur terapiyasi o‘sma hujayralarining maksimal darajada yo‘qotilishiga mo‘ljallangan bo‘ladi, shunda operatsiya o‘tkazish osonlashadi.
Operatsiydan keyingi nur terapiyasi qayta o‘sma kelib chiqmasligini oldini olish maqsadida o‘tkaziladi.
Operatsiya davomida nur terapiyasi o‘tkazishdan maqsad maksimal darajada sog‘lom ko‘krak bezini saqlab qolishga qaratiladi.
Operatsiyaga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa, mustaqil ravishda nur terapiyasi o‘tkaziladi. Nur terapiyasini masofadan turib o‘tkazishdan tashqari ichki ya’ni o‘smaning o‘zida ham o‘tkazsa bo‘ladi. Bundan tashqari, nur terapiyasi limfa tugunlarida ham o‘tkaziladi.
Kasallikni medikomentoz davosida sitostatik preparatlar - o‘sma hujayralarini o‘sishdan to‘xtatish va yo‘qotish maqsadida o‘tkaziladi. Bu preparatlarning nojo‘ya ta’sirlari ko‘pligi sababli medikomentoz davo qat’iy ko‘rsatmalardagina buyuriladi.
Ko‘krak bezi saratonida gormonal terapiya
Ko‘krak bezi saratoni esterogen gormonlari ta’sirida rivojlanishini hisobga olib, uning davosida gormonal preparatlar ham tavsiya etiladi. Bu usulning samaradorligi o‘sma hujayralarining gormonlarga sezgirligi bo‘lsagina bilinadi. Gormonal davoga tuxumdonlarni olib tashlash hamda gormonal preparatlar buyurish kiradi. Ular shifokor tomonidan qat’iy individual ravishda buyuriladi. Davo rejasini tuzishda shifokor o‘smaning hajmi, mahalliy va uzoq metastazlarni, laborator va instrumental tekshiruvlar natijalarini, bemorning umumiy ahvolini inobatga oladi.
Ko‘krak bezi saratonining davosida muhim jihatlari bemorning psixologik va sotsiologik holatini tiklashdir. Ko‘krak bezlari olib tashlanganda kosmetik jihatdan qayta tiklash maqsadida plastik operatsiyalar o‘tkaziladi.
Kasallik prognozi
Bugungi kunga kelib ko‘krak bezi saratoni barcha o‘sma kasalliklari orasida eng yaxshi o‘rganilgan kasallikdir. Uni erta muddatlarda aniqlab samarali davolasa bo‘ladi. Individual prognoz o‘smaning hajmi, joylashgan joyi, rivojlanish darajasi va boshqa kriteriyalarga qarab belgilanadi. Ijobiy natijaga ko‘proq gormonlarga sezgir bo‘lgan o‘sma kasalligida erishsa bo‘ladi, chunki bunday holatda o‘sma rak oldi holatida uzoq muddat saqlanadi.
O‘sma kasalligining prognozi uning metastazlar berishi bilan ham belgilanadi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘krak bezi saratoni metastazlar soni 4 ta limfa tugunidan ko‘p bo‘lsa, davolanish samarasi kam bo‘ladi. Gematogen metastazlardan ko‘ra mahalliy metastazlarda davolanish samarasi ijobiyroq bo‘ladi. Eng xavflisi bo‘lib, metastazlar uzoq organlarga tarqalib ketishi hisoblanadi. Bundan tashqari onkomarkerlar ko‘rsatkichi ham muhim rol o‘ynaydi, uning miqdori oshishi metastazlar va qayta rivojlanishlar xavfini oshirib yuboradi.
Hayotchanlik haqida ma’lumotlar
Ko‘krak bezi saratonida yashovchanlik 55 % ni tashkil etadi. Adekvat davo choralari ko‘rilmasa, bu ko‘rsatkich 10 %ni tashkil qiladi. Yashovchanlik darajasiga ko‘plab faktorlar ta’sir qiladi. Agar o‘sma darajalariga qarab yashovchanlik aniqlansa, o‘smaning boshlang‘ich darajalarida 95 %ni tashkil qiladi. Ikkinchi bosqichda, o‘smaning 5 sm gacha paydo bo‘lishida, o‘sma hujayralarining bir ikki limfa tugunlariga metastazlarida yashovchanlik 55-80 %ni tashkil qiladi.
Uchinchi va to‘rtinchi bosqichdagi saratonda yashovchanlik 50-10 %ni tashkil etadi. Ammo shunga qaramay, o‘z vaqtida kasallikni aniqlash, uni davolash, operativ va kimyo-nur terapiyalarni bir vaqtda olib borish, shifokor tavsiyalariga qat’iy rioya qilish va sog‘lom turmush tarzini olib borish ushbu kasallikni ma'lum darajada yengishga imkon beradi.
Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.
Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.
Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60
Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.