Jinsiy aloqa juftliklar uchun avlodni davom ettirish bilan birgalikda, hayotda er-xotinning ruhiy va maʼnaviy yaqinligini ham aks ettiradi. Jinsiy aloqa haqida soʻz ketar ekan, bu insonga ato etilgan muhim fiziologik hodisa ekanligi inobatga olish lozim.
Har bir insonning jinsiy xususiyatlari koʻpgina omillarga — irsiyatiga, gormonlariga, ruhiyatiga, shuningdek, shaxsning individual xususiyatlariga bogʻliq holda turlichadir.
Ushbu qoʻllanmamiz orqali jinsiy aloqa haqida koʻpgina muhim maʼlumotlarni oʻqishingiz mumkin.
Jinsiy aloqa normasi bormi?
Koʻplab juftliklarda, ilk jinsiy hayot boshlashganlaridan soʻng ayrim savollar yuzaga keladi. Bu savollar taxminan, “Bir kunda necha marta jinsiy aloqada boʻlish kerak?“, “Jinsiy aloqa qancha davom etishi kerak?“ kabi mazmunda. Aslida esa, er-xotin oʻzaro sogʻlom jinsiy aloqaga kirishishar ekan, ularning bu qovushishdan qoniqishi aloqaning meʼyorini belgilaydi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Masalan, tadqiqotlarga koʻra, 18 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan odamlar yiliga taxminan 84 marta jinsiy aloqada boʻlishadi. 40 yoshda katta odamlar yiliga taxminan 63 marta aloqa qilishadi. 70 yoshgacha esa, bu taxminan 10 martani tashkil etadi.
Bundan tashqari, jinsiy aloqaning oʻrtacha davomiyligi 3-7 daqiqa ekanligi taʼkidlanadi*. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, jinsiy aloqa meʼyori juftliklarning individual xususiyatlaridan kelib chiqib, turlicha boʻladi va bu er-xotinning oʻzaro qovushishdan olgan qoniqishi bilan ifodalanadi.
Nima uchun jinsiy aloqa yoqimli?
Jinsiy aʼzolar jinsiy aloqaning asosiy qismi boʻlsa-da, uning yoqimli hissiyotlari tananing koʻp qismlarini oʻz ichiga oladi. Yoqimli jinsiy aloqa asosan miyaga bogʻliq boʻlib, u jinsiy zavqni qoʻllab-quvvatlovchi va stimulyatsiyalovchi yoqimli deb talqin qiluvchi gormonlarni ishlab chiqaradi.
Jinsiy aloqa vaqtida dofamin, oksitotsin, serotonin, prolaktin kabi muhim gormonlar ishlab chiqarilib, jinsiy yaqinlikning yoqimli va rohatbaxsh boʻlishini taʼminlaydi.
Sogʻlom qovushishning miyaga taʼsiri haqida saytimizdagi “Jinsiy aloqaning miyaga taʼsiri” maqolasi orqali koʻproq maʼlumot oling va jinsiy yaqinlikni koʻproq tadqiq qiling. Bu esa, sizga jinsiy hayot sifatining oshishiga xizmat qilishi mumkin.
Jinsiy aloqa qanday qilinadi?
Tibbiyotda sogʻlom jinsiy aloqa sifatida ayol qini (vaginal) orqali bajariladigan aloqa nazarda tutiladi. Va boshqa usullar keskin qoralandi. Vaginal jinsiy aloqa paytida erkak jinsiy olati ayol qini ichiga kiritiladi.
Jinsiy munosabat sikli hayajon, plato, orgazm va rezolyutsiya kabi bosqichlarga boʻlinadi. Har bir bosqichning aniq chegarasi yoʻq — ular aslida jinsiy munosabatlarning doimiy jarayonining bir qismi hisoblanadi.
Juftliklar oʻzaro jismoniy va ruhiy jihatdan qovushishar ekan ushbu bosqichlarni bosib oʻtishadi.
Jinsiy aloqa qilish usullari haqida illyustatsion suratlar bilan boyitilgan mana bu maqolamiz orqali koʻproq maʼlumot olishingiz mumkin: Jinsiy aloqa qilish usullari (+suratlar)→
Oʻlcham muhimmi?
Bu mavzu atrofida koʻplab ilmiy ishlar olib borilganiga qaramay, yakdil qarorga kelinmagan. Ammo mutaxassislarning fikriga koʻra, baʼzi hollarda jinsiy olatning kattaligi jinsiy yaqinlikda hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin.
Maʼlumotlarga koʻra, erkaklar jinsiy olatining tinch holatidagi oʻrtacha normal uzunligi 8,8 va 9,7 sm orasida boʻlsa, tortilgan holatda esa, 12,4 sm.
Jinsiy qoʻzgʻatish uchun zarur boʻlgan stimulga erishish uchun vulvasi kattaroq boʻlgan ayollarga erkak olati uzunroq boʻlishi kerak. Shuningdek, vaginasi qisqaroq boʻlgan ayol katta olatni qabul qilishda qiynalishi yoki aloqa ogʻriq sezishi mumkin.
Ayol uchun jinsiy aloqa davomida nima muhim?
Ayol uchun jinsiy aloqa bu jismoniy ehtiyojni qondirish emas. Erkaklar jinsiy aloqaga boʻlgan ehtiyoji kuchli boʻlib, ular uni qondirish istagida boʻladilar. Ayolda esa unday emas. U aloqaga organizmda talab borligi uchun emas, balki oʻz xohishi bilan kirishadi.
Shuning uchun u aloqani erkak bilan bir munosabatdek qabul qiladi. Bu munosabat davomida erkak faqat oʻz ehtirosini qondirishni koʻzlab ayoli haqida oʻylamasa, ayolni bunday aloqa ranjitadi. Jinsiy aloqa davomida ayol oʻzini naqadar suyukli va erkak uchun kerakli ekanligini his eta olishi lozim.
Jinsiy munosabatlarda erkakka nima muhim?
Ayol undan qoyil qolganligi kerak! Qanday qoyil qoladi? Oʻzi jinsiy aloqadan boshini yoʻqotib qoʻyib qoyil qoladi. Yaʼni ayol qanchalik uyatchan boʻlmasin, eridan lazzatlanishni va buni koʻrsatishni oʻrgana olishi juda muhim.
Ochilishi kerak. Faqat birinchi qadam erkakdan. Ayol oʻzidan oʻzi ochila olmaydi. Ochilishdan qoʻrqadi ham. Erkak bu borada nima deb oʻylashi mumkinligi unga faollik koʻrsatishga yoʻl qoʻymaydi. Er unga yordam bersa, uni ochilishiga oʻz hissasini qoʻshsa, keyin ochilgan guldan bahramand boʻlgandek, yonidagi jinsiy uygʻongan ayoldan butun umr bahramand boʻla oladi.
Faqatgina shariat qonunlaridan chetlashish mumkin emasligini tushunishimiz lozim. Hech bir jinsiy munosabatda gunoh deb hisoblanmish amallarni qoʻllash mumkin emas.
Jinsiy aloqa haqida Geysha sirlari nima?
Qadimdan Yaponiyada geysha sirlari barchani qiziqtirib kelgan. Nega geyshalar erkakni shunchalik baxtli qila oladilar? Nega erkak o‘zini Geysha oldida haqiqiy va kuchli his eta oladi? Bu savollarga javob hozir oldingi kabi sir emas.
Demak, Geysha sirlari
1. Geysha erkakni nafaqat jinsiy aloqa davomida, balki oddiy suhbat davomida ham baxtiyor eta olishi kerak.
Buning uchun ayol kishi o‘qimishli, erkak psixologiyasidan va o‘z erining fe’li va qiziqishlaridan xabardor bo‘lishi, hayotga qiziquvchanligi bilan ajralib turishi kerak. U bilan qaysiki mavzuda suhbat qurmang, qiziqarli ma’lumot olib, suhbatdan mamnun bo‘lishingiz aniq bo‘ladi.
2. Geysha hayot go‘zalligini ko‘ra biladi.
Geyshalarni kichikligidan tarbiya qilish chog‘ida ularni hayot go‘zalligini ko‘ra bilishga o‘rgatadilar. Har bir ayol kundalik hayotdagi go‘zalliklarni ko‘ra bilib, uni eriga ko‘rsata bilishi kerak.
Mayin tabbassum ila quyosh botishini kuzatish, yomg‘ir tomchilarini musiqa eshitgandek lazzatlanib tinglash, erining aytib berayotgan qiziqarli voqealarga haqiqiy qiziqish bilan, hazil va g‘aroyibotlarga tabassum qila munosabat qilishi, hayratlana olishi ayolning dunyoni go‘zalligini ko‘ra olish qobiliyatini ko‘rsatadi.
3. Nihoyat jinsiy aloqada yoqimli sherik bo‘lish.
Albatta har bir ayol avallambor o‘z eri uchungina yoqimli bo‘ladi. Demak, eridan unga nima yoqishi va yoqmasligi haqida so‘rab, birga bo‘lganda uning didi va xohishiga yarasha o‘zini tutmog‘i lozim.
Geyshalarning ajratuvchi bir tomoni — bu jinsiy a’zolariga kirish yo‘li mushaklarining yaxshi rivojlanganidadir. Bu mushaklar odatda ayol tuqqanidan so‘ng ancha bo‘shashib qoladi. Shuning uchun ular bilan muntazam ravishda ishlash kerak.
Buning uchun Kegel mashg‘ulotlari mavjud. Bu mushaklar qanchalik yaxshi rivojlangan bo‘lsa, jinsiy aloqadan ham erkak, ham ayol shunchalik ko‘p lazzatlana oladi. Undan tashqari ayol organizmi sog‘lig‘i uchun, keyingi tug‘ruqlar oson kechishi uchun, jinsiy a’zolarning salomatligi uchun ham foydali.
Kegel mashg‘ulotlari
Kirish yo‘li mushaklarini siqib-bo‘shatish (siydik chiqish payti siydikni ushlab qolsangiz o‘sha mushaklarni his etasiz). Bu mashg‘ulotni har kuni 10 tadan boshlab 30-50 tagacha yetqazib amalga oshirishingiz mumkin.
Ikkinchi yo‘li — bu sekin 5 soniya davomida siqib borib, keyin sekin 5 soniya davomida o‘sha mushaklarni bo‘shatish.
Bu mashg‘ulotlar nafaqat jinsiy aloqa sifatini yaxshilaydi, balki ayol organizmi uchun ham tibbiy jihatdan juda katta foyda keltirishini yana bir bora ta’kidlab o‘tamiz.
Qin mushaklari qanchalik kuchli bo‘lsa, tug‘ish jarayonida yirtilish ro‘y bermaydi, undan tashqari tuqqan ayollarga bachadonni tezroq o‘z holatiga qaytishi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mavzuga aloqador maqolalar:
- Jinsiy quvvatni oshirish: TOP-5 maslahat. Tabiiy usullari va mashqlar toʻplami
- Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish xavflimi?
- Tuqqandan so‘ng erkak va ayol jinsiy munosabatlari
- Jinsiy rivojlanishning buzilishi — sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari
- Jinsiy aloqadan erta bo‘shalish kasallikmi?