4
(6)

Jigar kasalliklarini aniqlashdagi muhim belgi – jigarning kattalashgan yoki kichrayganini jigarning tepa qismini paypaslab, aniqlash mumkin. Boshqa belgilarni ham osongina aniqlash imkoni bor. Biroq bu barcha belgilar o‘ziga xos bo‘lmagan, ya’ni ular faqat jigar kasalliklarida uchramaydi. Boshqa tekshirishlar o‘tkazish ham zarur.

Jigarning surunkali kasalligi kuchayishini qanday yo‘l bilan oson aniqlash mumkin?

2-3 kun oralig‘ida o‘zini-o‘zi oddiy tekshirishlar, surunkali bemorlarga yomonlashuvni o‘zlari aniqlab, shifokorga zudlik bilan murojaat qilishga imkon beradi.

jigar kasalliklari

Daftarga har 2-3 kundan keyin quyidagi ma’lumotlarni yozib borish zarur:

  1. Sana.
  2. Tana vazni
  3. Najas ajralishining sutkalik hajmi va rangi.

Agar tana vazni 3-4 kun ichida bir kg.dan oshsa, demak, qorin bo‘shlig‘ida suv yig‘ilayotganidan darak beradi. Agarda najas qora rangli bo‘lsa, bu me’da yoki qizilo‘ngachdan qon ketayotganini bildiradi.

Jigarning qo‘zg‘atuvchisiz yallig‘lanishi

Zaharlar, turli dori-darmonlar va ayniqsa, alkogol jigarning yallig‘lanishi, ba’zida jigar yetishmovchiligi bilan tugaydi. Bu kokain,paratsetamol, muxamor qo‘ziqorini, sariq fosfor, organik eritgichlar va boshqa moddalar bo‘lishi mumkin.

Jigarning yog‘ bosishi (yog‘ distrofiyasi)

Yog‘ distrofiyasi deganda jigarda glikogen o‘rniga yog‘ yig‘ilgandagi jigarning og‘riqli o‘zgarishi tushuniladi. Bunday hollarda jigar ko‘pincha kattalashadi. Shubhasiz, yog‘ distrofiyasining har ikki holati alkogol iste’mol qilinishi bilan bog‘liq. Qolgan hollarda turli omillar, masalan, kompensatsiyalanmagan qandli diabet, yog‘ almashinuvi buzilishi, dori-darmonlar, ishlab chiqarishdagi zararli moddalar sabab bo‘lishi mumkin.

Jigarning yuqumli kasalliklari (gepatit)

Jigarning yuqumli kasalliklarini ko‘pincha viruslar qo‘zg‘atadi. Bakteriya va parazitlar tropiklarda muhim rol o‘ynaydi. Jahonda A, B, C virusli gepatitlar tarqalgan. A gepatiti ko‘pincha ijobiy tarzda kechadi. B gepatiti juda og‘ir bo‘lib, ba’zida o‘lim bilan tugashi mumkin. Taxminan har o‘ninchi bemorda B gepatiti surunkali bo‘lib qolishi sababli u tashvish olib keladi. Bu holat ko‘pincha jigarning burishishiga yoki jigar saratoniga sabab bo‘ladi. C gepatitining virusi ham jigarning og‘ir yallig‘lanishiga olib keladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Xlamidioz sababi va uni davolash

Maslahat

Jigar kasalligidan shikoyati bor bemorlar alkogoldan voz kechish, dorilarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish, jigarga zaharli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar bilan ishlaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.

Ovqat tarkibidagi osh tuzi miqdorini kamaytirish, non, kolbasa, pishloq va tarkibida osh tuzi ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni kam iste’mol qilish kerak. Kasallik kuchayganda 3 kunga guruch, sabzavotli parhez tavsiya etiladi (qaynatilgan guruch, meva sharbati yoki kompot, sabzavotli salat bilan). So‘ngra odatdagi ratsionga o‘tiladi va unga kartoshka, yog‘siz tvorog ham qo‘shiladi. Sut kuniga 1\4 litr ichilishi kerak.

Konservalar, shokolad, mayonez, ketchup va boshqalarni iste’mol qilish man qilinadi. Ovqatlanish sonini ko‘paytirib, miqdorini kamaytirish muhim o‘rin tutadi. Shifokor belgilagan laktoza va boshqa moddalarni doimo iste’mol qilish kerak. Najas kuniga 2-3 marta kelishi kerak. Bosh miya funksiyasi buzilganda yoki qon ketishlarda oqsilni qabul qilish miqdorini kamaytirish zarur.

© Madina Muhammadiyeva, jurnalist.
Qalampir.uz