Ich qotishi – bu patologik holat bo‘lib, najasning 48 soatdan ko‘proq vaqtga ushlanib qolishidir. Ich qotishi bilan ichaklar motorikasining buzilishi hisobiga ko‘proq bolalar va qariyalar duch kelishadi. Ayrim mamlakatlarda masalan “fast food” ko‘p iste’mol qiladigan aholi orasida har 10 ta odamdan 1 tasida ushbu muammo bor. Ayollar erkakalarga nisbatan 3 marotaba ko‘proq bu muammoga duch kelishadi.
Ich qotish sabablari
Juda ko‘p omillar ich qotishiga olib keladi. Shulardan eng ko‘p uchraydigan sabablar kuchli stress, uzoq muddatli safar va jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar. Sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:- Gipodinamiya (kamharakatlik);
- Kam suyuqlik iste’mol qilish;
- Parhezga haddan ziyod amal qilish;
- Najasli tosh;
- Oshqozon osti bezi surunkali yallig‘lanish kasalliklari;
- Dizbakterioz;
- Oshqozon ichak tizimi yarali kasalliklari;
- Gemorroy;
- Paraproktit;
- Nevrologik patologiyalar (insult, parkinsonizm, skleroz);
- Orqa miya jarohatlari;
- Qandli diabet;
- Gipotireoz (qalqonsimon bez disfunksiyasi);
- Depressiyaga tushish;
Ich qotishi belgilari
Ich qotish iste’mol qilingan ozuqa moddalarining ichak bo‘shlig‘ida yurmay qolishi bilan tushintiriladi. Bunda ichaklar devori motorikasi buzilganligi sababli 2 sutka yoki undan ko‘proq vaqt davomida ichi kelmaydi. Najas massasining ichakda to‘planib turishi qorin sohasida og‘riq va diskomfort chaqiradi. Ko‘pchilik bemorlarda ichaklar g‘uldirashi kuzatiladi. [caption id="attachment_10982" align="aligncenter" width="1000"] Illyustratsiya: www.checkpregnancy.com[/caption] Boshqa belgilar quyidagilar:- Ishtahaning pasayishi;
- Og‘izda yoqimsiz ta’m bo‘lishi;
- Bosh og‘riqlari;
- Ko‘krak sohasidagi og‘riqlar: taxikardiya;
- Mushaklar og‘rishi;
- Uyqusizlik;
- Hayotiy qobiliyatning sustlashishi;
- Nevroz holatlar paydo bo‘lishi;
Qabziyat asoratlari
Qorinda og‘irlik hissi, og‘riq va meteorizmdan tashqari quyidagi asoratlar ham paydo bo‘lishi mumkin:- Yo‘g‘on ichak divertikuli;
- Ichak tutilishi;
- Gemorroy tugunlaridan qon ketishi;
Ich qotishini tashxislash
Ich qotishining asl sababini aniqlash uchun bir qator mutaxassislar konsultatsiyalari kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda shifokor proktolog yoki gastroenterolog tavsiyasi kerak bo‘ladi. Diagnostikani aniqlashtirish uchun qo‘shimcha tekshiruv kolonoskopiya yoki irrigoskopiya o‘tkaziladi. E’tibor qarating: kolonoskopiya yo‘g‘on ichakni maxsus trubka kirgizilib, yoritilgan holda ko‘rishdir. Irrigoskopiya – noinvaziv usul bo‘lib, rentgenokontrast modda yuborilib rentgenogramma qilishdir. Bulardan tashqari UTT (UZI) qilib qorin bo‘shlig‘ini ko‘rish ham mumkin.Ich qotishini uy sharoitida davolash
Ich qotishida qo‘llaniladigan preparatlar faqatgina asl sababini aniqlagandagina tavsiya etiladi. Ich qotishida birinchi navbatda diyeta qilish kerak. Ovqat ratsionida o‘simlik kletchatkalariga boy bo‘lgan mahsulotlar bo‘lishi lozim. Meva va sabzavotlar ko‘proq iste’mol qilish zarur. Ovqatni kam-kamdan tez-tez yeyish kerak, kunda 5-6 marta. E’tibor qarating: agar siz ich qotishidan qutulmoqchi bo‘lsangiz, ovqatlanish rejimiga rioya qiling, bir kunda kamida 2 litr suyuqlik iste’mol qilish yaxshi samara beradi. Yumshatuvchi huqna (klizma) qilish ham ich qotishida katta yordam beradi. Uning tarkibiga o‘simlik moyi yoki baliq moyi qo‘shish kerak. Muhim: ich yumshatuvchi shamchalar ich qotishining davosi emas, balki u birinchi tez tibbiy yordamdir. Ich qotmasligi uchun aktiv turmush tarzini tanlash tavsiya qilinadi. Agar sizda tongi va kechki yugurish bilan shug‘ullanishga vaqt bo‘lmasa, ish joyingizning o‘zida mashqlar qiling. Ichak motorikasini yomonlashtiruvchi preparatlar (antidepressantlar, antiatsidlar yoki atropin) iste’mol qilayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashgan holda ularni ma’lum bir vaqtga to‘xtatib turing.Bolalarda ich qotish kuzatilsa...
Bolalarda ich qotishining sababi quyidagilar bo‘lishi mumkin:- Hazm tizimi a’zolarining kasalliklari (rivojlanishdagi anomaliyalar);
- Nerv tizimi va endokrin tizimi kasalliklari;
- D vitamin yetishmasligi (raxit);
- Emizayotgan ona ovqat ratsionining buzilishlari;
- Bolaning injiqlashishi;
- Ishtahaning yo‘qolishi;
- Najas kelayotganda qiynalish;
- Orqa chiqaruv teshigidan chiqayotgan gazning o‘tkir hidliligi;
- Tana vazniga massa qo‘shilmasligi.
Xalq tabobati bilan ich qotishini davolash
Qora olxo‘ri.(quritilgani). Yarim kilogramm quritilgan qora olxo‘ri olib 1,5 litr suvda uncha baland bo‘lmagan olovda 25 daqiqa davomida qaynating. So‘ngra uning tinishini kuting. Krushina ildizidan olib kukun holatiga keltiring va 50 gr qaynatmaga qo‘shing. 25 daqiqa past olovda qaynating. Tinishini kuting so‘ngra 200 gr na’matak solib yotishdan oldin yarim stakandan iching. Aralashmaning ta’mi ancha yoqimli. Nonushtada lavlagi, karam va sabzini qirg‘ichdan chiqazib aralashtiring, unga zaytun moyi qo‘shib iste’mol qiling. Kepak iste’mol qilish. Qaynatilgan kepakni 1 choy qoshiqdan birinchi o‘n kunlikda qabul qilib turing. Uni ovqatdan oldin kuniga 3 mahal iste’mol qiling. Keyingi bosqich 2 hafta davomida 2 choy qoshiqdan, kuniga 3 mahal qabul qilinadi. Kepak iste’mol qilish ichaklarni ishlashini yaxshilaydi va organizmning zaharlanishini oldini oladi.Ichaklar harakatini yaxshilovchi mashqlar bajarish
Xalq tabobati ichak tizimini yaxshilashda juda katta foyda beradi, masalan ertalab uyqudan uyg‘onganda yotoqdan turmasdan qorin sohasini soat strelkasi bo‘ylab massaj qilish. Orqa taraf bilan yotib oling kindikdan 2 sm pastroqqa ikki qo‘lingiz barmoqlarini qo‘ying va chuqur nafas olib barmoqlaringiz bilan qattiq narsani sezmaguningizcha bosing, buni 2 daqiqa davomida bosib turing. Mashqni har kuni 3-5 marotaba bajarib turing.Bolalarda ich qotishning davosi
Har kuni tongda bolani ovqatlantirishdan avval sterillangan (toza) o‘simlik moyidan 1 tomchidan berishni boshlang. Ikkinchi kuni 2 tomchi va shunday usul bilan yarim choy qoshiq hajmgacha olib boring. Moyni sterillash uchun moyni bankga solib uni sovuq suvga soling. Suv bilan to‘lgan idish va uning ichidagi bankani past olovda suv qaynagungacha kuting va yarim soat davomida suv qaynasin.Jarrohlik aralashuvi
Agar ich qotishi ichak devorlaridagi yaxshi sifatli yoki yomon sifatli hosilalar bilan birga kuzatilsa, kechiktirmasdan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerak. Mavzuga aloqador foydali maqolalar: Ushbu maqolani ham o'qing:
Ayron - foydasi, tayyorlash va isteʼmol qilish qoidalari