Gelmintlar (gijjalar) patologik mikroorganizmlar, insonning yoshlik davrlaridan birga bo‘ladigan „hamrohi“ dir. Ulardan qo‘rqish kerakmi, qachon va qanday ularni davolash kerak, bolalar kasallanmasligi uchun nima qilish kerak – kabi savollarga ushbu maqola orqali javob topasiz. Bola tug‘ilgandan bir necha oy o‘tib aktiv harakat qila boshlaydi, u atrof olamni sezgi organlari bilan his qila boshlaydi, birinchi navbatda – qo‘llari bilan. Qo‘llar yordamida qo‘lga ilingan narsalarni ushlab ko‘radi, yerda 4 “oyoqlab“ yuradi va barmoqlarini og‘ziga olib boradi. Shunday yo‘l bilan barcha parazitlarning tuxumlari bola organizmiga tushadi. [caption id="attachment_10917" align="aligncenter" width="720"]gijja Foto: Okeydoc.ru[/caption]

Gelmintlar o‘zi nima ?

Gijjalar – chuvalchanglar, o‘zining parazitlik hayotini odam organizmida o‘tkazuvchi organizmlardir. Bunda odam yoshi rol o‘ynamaydi, kattalar ham bolalar ham bir xilda kasallanishi mumkin. Gelmintlarning klassifikatsiyasi juda keng, ayniqsa issiq iqlimli mamlakatlarda. Biz gelmentlarning barcha turlari haqida gapirib o‘tirmaymiz, faqatgina o‘lkamizda keng tarqalganlari haqida ma’lumot beramiz. Parazit chuvalchanglarning 3 katta guruhga bo‘linadi:
  • Yumaloq (nematodalar) – ostritsa, askarida;
  • Tasmasimonlar (sestodalar) – cho‘chqa solityori, qora mol solityori, exinokokk;
  • Yassi chuvalchanglar, so‘ruvchilar (trematodalar).
Joylashadigan joyiga ko‘ra ular quyidagilarga bo‘linadi:
  • Ichak guruhidagi parazitlar;
  • Ichakdan tashqaridagi parazitlar (boshqa organlarda parazitlik qiluvchilar: jigar, o‘pka, yurak va boshqalarda).
  • Ayrim parazit chuvalchanglar odam organizmidan tashqarida ham ko‘payadi va migratsiya qiladi.
Parazit chuvalchang turlari haqida batafsil ma'lumot  → Barcha parazitlar chuvalchanglarning deyarli 90 %ini yumaloq chuvalchanglar – nematodalar tashkil etadi. Bolalarda eng ko‘p uchraydigan parazit – ostritsa (oddiy gijja), enteribioz kasalligini chaqiradi. Ushbu gelmintlar katta bo‘lmagan o‘lchamda o‘rtacha 1 sm, oq-kulrang rangda, egilgan tanali organizm. Bu parazitlarning joylashish joyi yo‘g‘on ichakdir, ba’zida ular ingichka ichakning pastki qismida joylashishi ham mumkin. Ostritsaning ko‘payishi anal teshigi terisi atrofida kechadi. Tunda ostritsa urg‘ochisi tuxumlarinin qo‘yish uchun teri burmalariga boradi, qiz bolalarda ko‘pincha qin lablariga ham o‘tadi. Ushbu gelmintlar 1-1,5 oy hayot kechiradi. Bola o‘z-o‘zini zararlashi uning yillar davomida bezovtalanib yurishiga sabab bo‘ladi. Parazitni oddiy (qurollanmagan) ko‘z bilan ham najasda ham ko‘rsa bo‘ladi. Parazitlardan yana bir keng tarqalgan, bolalarda ko‘p uchraydigan turi – askarida. Bu nematodalar o‘lchami 15 smgacha yetadi. Parazit ingichka ichaklar qovuzlog‘ida joylashib olib tushayotgan ovqatlarni yeb qo‘yadi. Askarida najasga kamdan-kam hollarda tushadi. Urg‘ochi askarida tuxumlarini najas analizida topish mumkin. Agar najas tahlilida tuxumlar topilmasa, bu degani bola askarida bilan zararlanmagan degani emas. Askaridaning hayot sikli bir necha yillarga yetishi mumkin.

Gelmintlar qanday yuqadi?

[caption id="attachment_10918" align="aligncenter" width="750"]gijja belgilari Foto: Supot Phanna / Shutterstock.com[/caption] Ostritsaning oshqozon-ichaklarga tushushi, organizmning parazit bilan zararlanish deganidir. Ostritsa tuxmlari tashqi muhitga ifloslangan najas bilan tushadi. Tuxumlarning tashqi qobig‘i noqulay muhitga chidamli va hajmi juda kichik. Bola atrof muhitni o‘rganish, jismlarning ta’mi va tarkibini bilish maqsadida qo‘llari bilan har narsani ushlab ko‘radi hamda ularni o‘gziga olib boradi. Shu yo‘l bilan ostritsaning tuxumlari o‘zining “bo‘lajak kichik xo‘jayini“ organizmiga tushadi. Bola organizmi kurashish qobiliyati past bo‘lganligi sababli parazit bemalol ko‘paya oladi. Gijjalar bilan yuvilmagan mevalar va ifloslangan suv orqali zararlanishi ham mumkin. Ko‘pincha zararlanish bolalarning hayvonlar bilan muloqotida, ular axlati tushgan tuproq va qumlarda o‘ynaganda ham kuzatilishi mumkin. Bolalar ko‘chada o‘ynab kelganidan so‘ng qo‘llarini yuvishmaydi, parazitlar bu vaqtda organizmga tushadi. Shuning uchun barcha bolalar yashash sharoiti va tarbiya muhitidan qat’iy ravishda birday zararlanishi mumkin.

Gijjalar bilan kimlar ko‘proq zaralanadi?

  • Gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa;
  • Uyda tozalash ishlarini regular bajarmasa;
  • Yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlarni yeganda;
  • Uyda hayvonlar saqlansa;
  • Bola sayrdan keyin, hojatdan keyin va ayniqsa ovqatlanishda avval qo‘llarini yuvish o‘rgatilamagan bo‘lsa, bu bolalar boshqalarga nisbatan gelmentlar bilan ko‘proq zararlanishadi.

Gijja alomatlari qanday?

[caption id="attachment_10919" align="aligncenter" width="750"]gijja alomatlari Foto: Roman Yanushevsky / Shutterstock.com[/caption] Parazitlarning invaziyasida kuzatiladigan simptomlar uning turi, tuxumlari miqdori va bolaninig kurashish qobiliyatiga bog‘liq. Simptomatik sur’at har xil ko‘rinishda keladi. Agar bola parazit chuvalchang tuxumlarining ko‘p miqdorda zararlansa, umumiy ahvolning yomonlashishi bir necha sutkalarda yuzaga keladi. Boshqa holatlarda simptomlar bir necha haftalar va oylarda ko‘rinadi. Bolaning immuniteti ham katta rol o‘ynaydi, organizm parazitlarning ko‘payishini to‘xtatib turishi ham mumkin, lekin ma’lum vaqt o‘tib organizm susayganda parazitlar yuzaga chiqib, og‘ir muammolarga olib kelishi mumkin. Birlamchi belgi bu zaharlanish (intoksikatsiya)dir. Parazitlar hayot davomida katta miqdorda toksinlar ajratib turishi, bolada oqsil, yog‘, uglevod va vitaminlar yetishmovchiligiga olib keladi.

Bolada gijja bo‘lsa, quyidagi belgilar kuzatiladi

  • Ozib ketish, teri rangining rangparligi, holsizlik, bosh aylanishi;
  • Tana haroratininig ko‘tarilishi;
  • Bosh og‘rig‘i, uyquning buzilishi va kayfiyatning o‘zgarishi.
  • Ichaklar tomonidan – ich qotishiich ketishi, qorin dam bo‘lishi va og‘riqlar, ko‘ngil aynashi va qayt qilish, qorin sohasining ba’zi joylarida og‘riq sezish;
  • Allergik holatlar – qichishish, toshmalar, yo‘tal, nafas a’zolari shilliq qavati yallig‘lanishlari;
  • Immunitetning sustayishi natijasida boshqa infeksion kasalliklar bilan kasallanish.
Bu umumiy simptomlar enteribioz va askarida uchun ham xos.

Ostritsa uchun spetsifik simptomlar

  • Orqa chiqaruv teshigi atrofi tunda, urg‘ochi gijja tuxum qo‘yish uchun teri atrofiga kelishi paytida, qichishishi;
  • Teri qichishishi natijasida qo‘l bilan qichish va u natijasida yaralar paydo bo‘lishi;
  • Qiz bolalarda jinsiy a’zolarida yallig‘lanish jarayonlari kuzatilishi;

Askarida bilan zararlanishning spetsifik belgilari

  • Quruq yo‘tal, bronxit belgilari, o‘pka yallig‘lanishi, plevrit;
  • Parenximatoz a’zolar va limfa tugunlarining kattalashishi;
Bu belgilar askaridaing rivojlanish siklidagi migratsiyasi tufayli kelib chiqadi, u o‘pka, jigar, yurak kabi organlarga migratsiya qiladi. Ularning “sayohati” 3 oygacha davom etadi, so‘ng ular yutinish yo‘li bilan ichaklarga tushadi va umumiy belgilar namoyon bo‘ladi.

Organimzda gijjani aniqlash usullari

Bola zararlangandan keyin va birinchi belgilar paydo bo‘lganda, parazitlarga gumon qilinganda quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi shart:
  • Najas analizi 3 marta, oralig‘i bir necha kun bo‘lishi kerak;
  • Qonning gelmintlarga analizi;
  • Qonning umumiy tahlili (ostritsa tuxumlariga);
Qo‘shimcha tekshiruv sifatida:
  • Ichki a’zolar UTTisi;
  • Rentgenografiya;
  • KT va MRT;
Bu tekshiruvlar parazitlarning boshqa organlarda joylashgan joylarinin aniqlab beradi. Yodda tuting!  Gelmintlarga tekshirish har doim ham musbat natija beravermaydi.

Gijjani davolash

[box type="error" align="aligncenter" class="" width=""]Antigelmint preparatlar toksik, zaharli xususiyatga ega bo‘lganligi sababli, bolaga zarar yetkazib qo‘ymaslik maqsadida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak. Shifokor gelmentga qarshi dori preparatlarini tavsiya qilganda, uni qachon, qancha miqdorda va qanday holatda ichish kerakligi haqida aniq ma'lumot oling. Va shunga qat'iy amal qilishingiz zarur. Eng asosiysi – o‘zboshimchalik bilan davolashga urinmang! Dori preparatlarini faqatgina shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash shart. Ayrim hollarda bir necha dorilarni birgalikda bosqicha-bosqich qo‘llashga ham to‘g‘ri kelib qoladi.[/box] Muhim: antigelmint preparatlari nojo‘ya ta'sirlarga ega va buni e’tibordan chetda qoldirmng! Pirantel bolalikning ikkinchi yarmidan buyurilsa bo‘ladi. Bu preparat pediatriyada keng qo‘llaniladi. Bir marta buyuriladi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish shart. Nojo‘ya ta’sirlariga qorin pastki sohasida og‘riq paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, ich ketishi, tana umumiy qaltirashi, ko‘z o‘tkirligi pasayishi, gallyutsinatsiyalar paydo bo‘lishi, kayfiyatning o‘zgarishi va boshqalar. Preparat 3 yoshgacha bo‘lganlarga tavsiya qilinadi. Vermoks (mebendozol) 2 yoshdan katta bolalarga buyuriladi. Har xil turdagi parazitlarga qarshi kurashishda ancha samarali va bir qancha parazitlar bilan qarshi kurashishda ham qo‘llaniladi. Ammo nojo‘ya ta’sirlari ancha xavfli. Qorinda og‘riqlar, ko‘ngil aynashi, ich ketishi, tana harorati ko‘tarilishi, allergik reaksiyalar, soch to‘kilishi. Qon tomonidan eritrotsitlar va leykotsitlar soni kamayishi, eozinofillar soni oshishi (allergiya). Homiladorlik va laktatsiya davrida buyurilmaydi. Albendozol 2 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga buyuriladi. Vermoks bilan bir xil ta’sir ko‘rsatadi, ammo effekti ko‘proq. Og‘ir parazitar gelmentozlarda qo‘llaniladi. Preparat qat’iy shifokor tomindan statsionar holatda buyuriladi. Yuqoridagi preparatlar kabi nojo‘ya ta’sirlari borligini ham unutmaslik lozim. Dekaris (levomizol) 3 yoshdan katta bolalarga buyuriladi. Keng spektrdagi gelmentozlarda qo‘llaniladi. Nojo‘ya ta’sirlariga e’tibor bering: sudorgi berishi, bo‘g‘imlarda og‘riq, jigar funksiyasi buzilishi. Preparat kuchli toksik xususiyatga ega bo‘lganligi sababli adsorbentlar bilan birga buyuriladi.

Gijjani uy sharoitida davolash

[caption id="attachment_10920" align="aligncenter" width="600"]gijjani davolash Foto: Lecenie.ru[/caption] Xalq tabobatida gelmitlarga qarshi qo‘llaniladigan usullar juda ko‘p. Zamonaviy tibbiyot ham xalq tabobati parazitar kasalliklarda foyda berishini tasdiqlamoqda. Lekin bu usullar parazitlardan to‘liq qutilishga kafolat bermaydi.

Gijjani tushirish uchun tabiiy retseptlar

Xom yong‘oqning mag‘zini olib, 1 stakan qaynagan suvga solib, unga 1 choy qoshiq tuz solinadi. Hosil bo‘lgan aralashmani kun davomida ichib yurib, so‘ng yumshatuvchi preparatlar ichiladi. Shuvoq kukunidan 1 choy qoshiq 0,5 litr qaynagan suvga solinadi, biroz vaqt kutiladi, bolaga ovqatlanishdan yarim soat oldin 2 choy qoshiqdan kuniga 3-4 mahal beriladi. Otquloq (shavel) ning 5 kg miqdorini 1 litr suvda qaynatib 2 soat kutiladi. Tayyor bo‘lgan aralashmani 2 ho‘plamdan ovqatdan oldin ichish tavsiya qilinadi. Itshumurt (krushina) o‘simligining ildizidan 1 oshqoshiq olib, 1 stakan qaynagan suvga solinadi. Uni 3 soatga sochiq bilan o‘rab qo‘yish kerak. Bolalarga 1 choyqoshiqdan kuniga 3 marta berish kifoya. Anor po‘stlog‘ini olib, uni yarim soat 0,5 litr suvda past olovda qaynatib, uch marta yarim soat oralig‘ida berish kerak. So‘ngra 3 soat kutilib, surgi dorilar ichiladi. Muhim eslatma: tabiiy vositalar faqatgina asosiy medikamentoz davoga qo‘shimcha sifatida samara beradi.

Bolalarda gelmentoz profilaktikasi

Kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olish muhim hisoblanadi. Gelmintlar bilan zararlanmaslik shartlari juda ham oson va samarali, faqatgina ularga rioya qilinsa bo‘lgani. Ular quyidagilar:
  • Ovqatlanishdan oldin 2 marta qo‘llarni sovun bilan issiq suvda yuvish;
  • Tirnoqlarni doimo olib yurish;
  • Yosh bolalar kiyimlarini almashtirib turish;
  • Bolalar xonasini doimo tozalab turish;
  • Yosh bolali uylarda uy hayvonlari saqlamaslik;
  • Yilda 1 marta gelmentlarga qarshi oilaviy davolanib turish;
  • Sayr davomida bolalar qo‘llarini og‘izlariga solmasliklariga e’tiborli bo‘lish.
[box type="error" align="aligncenter" class="" width=""]Diqqat! Ushbu yuqoridagi dori preparatlari zaharli ta’sirga ega bo‘lganligi uchun ularni noto‘g‘ri va tegishli shifokor ko‘rsatmalarisiz qo‘llash, og‘ir oqibatlarga olib keladi. Agar farzandingizda gelmint borligiga shubha qilsangiz, darhol gelmentolog yoki infeksionist shifokorga murojaat qiling. Va ma’lum tekshiruvlardan o‘tib, gelmint turini aniqlab, gelmintga spetsifik muolaja olib borish lozim! Preparatlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar ham mavjud![/box]

© Avitsenna.uz