Bachadon miomasi - silliq mushaklardan kelib chiqqan zararsiz o'sma. Mioma ko'pincha anormal bachadon qon ketishi, tos suyagi og'rig'i va u yerdagi organlar bosilib qolishi, dizurik kasalliklar, ichak disfunktsiyasi va homiladorlik paytidagi qiyinchiliklarga sabab bo'ladi. Tashxis ultratovush tekshiruvi va tos suyagi tekshiruvi yoki boshqa diagnostik vizual ko'rsatish texnikalar yordamida amalga oshiriladi. Alomatlar bor bemorlarni davolash bemorning homilador bo’lish imkoniyatini va bachadonni saqlab qolish istagiga bog'liq. Davolash og'iz kontratseptivlari, miomani qisqartirish uchun qisqa muddatli operatsiyadan oldingi gonadotropinni chiqaruvchi gormon terapiyasi, progestin terapiyasi va yanada radikal jarrohlik muolajalarini (masalan, gisterektomiya, miomektomiya) o’z ichiga olishi mumkin.
Bachadon miomasi - bu eng keng tarqalgan tos suyagi o'smasi. 45 yoshgacha bemorlarning taxminan 70 foizida uchraydi. Shu bilan birga, mioma ko'pincha asemptomatik (alomatsiz) kechadi va kichik hajmga ega bo’ladi. Oq tanlilarning taxminan 25% da va qora tanli ayollarning 50% da oxir-oqibat simptomatik mioma rivojlanadi. Bachadon miomasi ko'proq tana massasi yuqori indeksga ega ayollarda uchraydi. Potensial omillarga homiladorlik va sigaret chekish kiradi.
Bachadon miomasi turlari
Bachadondagi miomaning quyidagi turlari eng ko'p uchraydi:
- Subseroz (eng keng tarqalgan)
- Intramural
- Submukozal (kam tarqalgan)
Shuningdek, tugunlar bachadonning keng bo’g’imlarida (intraligamentar yoki bo’g’imlararo), bachadon naychalari yoki bachadon bo'ynida bo'lishi mumkin.
Pedunkulyar miomalar ham uchrab turadi. Ko'pgina miomalar bir nechta qismlardan iborat bo'ladi. Ularning har biri bitta silliq mushak hujayrasidan rivojlanadi va bu ularning kelib chiqishini monoklonal holatdaligini bildiradi. Ular estrogenga ta'sir qilishlari sababli, reproduktiv davrda mioma ko'payadi va menopauzadan keyin qisqaradi.
Mioma qon ta'minotidan oshib ketishi mumkin; bunday hollarda ularning tanazzuli boshlanadi. Miomada gialin, miksomatoz, kalsifikatsiyalangan, kistoz, yog'li, qizil yoki nekrotik degeneratsiya joylari bo'lishi mumkin. Bemorlar ko'pincha miomada saraton kasalligidan xavotirda bo'lishsa-da, sarkomatik o'zgarishlar bemorlarning <1% dagina sodir bo'ladi.
Bachadon miomasi asoratlari
Mioma anormal bachadondan qon ketishiga olib kelishi mumkin (masalan, menoragiya, menometrorragiya).
Agar mioma o'sib, tanazzulga uchrasa yoki pedunkulyar mioma burilib qolsa, bu og'ir yoki surunkali bosim va og'riqqa olib kelishi mumkin. Siydik alomatlari (bezovta qiluvchi yoki tez-tez siyish kabi) siydik pufagining siqilishidan kelib chiqishi mumkin va ichak alomatlari (ich qotish kabi) ichakni siqilishidan kelib chiqishi mumkin.
Mioma bepushtlik xavfini oshirishi mumkin. Homiladorlik paytida ular takroriy bola tushishini, erta qisqarishni yoki homilaning g'ayritabiiy ko'rinishini keltirib chiqarishi yoki kesarcha kesishni talab qilishi mumkin. Mioma ham tug'ruqdan keyingi qon ketishiga olib kelishi mumkin.
Bachadon miomasini tashxislash
- Tasvirlash texnikasi (ultratovush, fiziologik infuzion sonografiya yoki MRT)
Agar bimanual ginekologik tekshiruv paytida sezilarli o'zgarishlar aniqlansa: bachadon miomasi diagnostikasi: kattalashgan, harakatchan, tartibsiz bachadon. Tasdiqlash uchun tasvirlash texnikasi talab qilinadi, ular odatda quyidagi hollarda ko'rsatiladi:
- Qaytalangan miomada.
- Miomalar hajmi oshganda.
- Alomatlarni keltirib chiqarganda.
- Ularni boshqa anormalliklardan (masalan, tuxumdon o'smalari) ajratish uchun.
Agar diagnostik ko'rik kerak bo'lsa, ko'p hollarda ultratovush yoki fiziologik eritmali sonografiya qo'llaniladi. Tuzli infuzion sonografiyada bachadon bo'shlig'iga fiziologik eritma UZI qilinadi. Bu ultratovush paytida bachadondagi miomani aniqroq tashxislashga imkon beradi.
Agar ultratovush tekshiruvi, shu jumladan fiziologik infuzionli sonografiya (bu usulni amalga oshirishda) noaniq bo'lsa, odatda diagnostika tasvirining eng aniq usuli bo'lgan MRT o'tkaziladi.
Bachadon miomasini davolash
- Alomatlarni vaqtincha bartaraf etish uchun agonistlardan (analoglardan) Gonadotropinni chiqaradigan gormon (GnRH) agonistlaridan yoki boshqa preparatlardan foydalanish mumkin
- Miomektomiya (tug'ish imkoniyatini saqlab qolish uchun) yoki simptomatik miomani davolash uchun gisterektomiya
Asemptomatik (Alomatlarsiz) mioma davolashni talab qilmaydi. Bemorlarni vaqti-vaqti bilan tekshirish kerak (har 6-12 oyda).
Semptomatik (Alomatli) miomani davolash usullari, shu jumladan qon ketishini to'xtatish uchun tuxumdonlar funksiyasini bostirish samarasiz va cheklangan foydalanishga ega. Ammo, operatsiyadan oldin shifokor avval tibbiy davolanish imkoniyatini ko'rib chiqishi kerak. GnRH agonistlarini operatsiyadan oldin tolali to'qima hajmini kamaytirish uchun buyurilishi mumkin; ushbu dorilar ko'pincha hayz ko'rishni to'xtatadi va umumiy qon tahlil ko’rsatkichini ko'paytiradi. Menopauza yoshidagi ayollarda odatda tuzalishni kutish mumkin, chunki vaqt o’tishi bilan simptomlar yo'qolishi mumkin, chunki menopozdan keyin miomalar kamayadi.
Miomani davolash uchun dorilar
Ba'zi dorilar simptomlarni yo'qotish yoki mioma o'sishini oldini olish uchun ishlatiladi:
- GnRH agonistlari
- ekzogen progestinlar;
- Antiprogestinlar
- Tanlangan estrogen retseptorlari modulyatorlari (SERM);
- Danazol
- Steroidsiz yallig'lanishga qarshi dorilar (NSAID)
- Traneksamik kislota
GnRH agonistlari estrogen ishlab chiqarishni kamaytirishi mumkin. Ular operatsiyadan oldin mioma va bachadon hajmini kamaytirishda eng foydalidir, bu esa operatsiyani texnik jihatdan qulay bo’lishini amalga oshiradi va operatsiya paytida qon yo'qotilishini kamaytiradi. Umuman olganda, ushbu dori-darmonlarni uzoq muddat ishlatmaslik kerak, chunki 6 oy ichida asl hajmiga qaytish odatiy holdir va natijada, suyaklarning demineralizatsiyasi sodir bo'lishi mumkin.
Sintetik progestinlar qisman mioma o'sishini estrogen stimulyatsiyasini susaytirish orqali ta’sir qilishi mumkin. Progestinlar bachadondan qon ketishini kamaytirishi mumkin, ammo ular miomani GnRH agonistlari bilan bir xil darajada kamaytira olmaydi. Shu bilan bir qatorda, ushbu dorilarni har oyning har kunida (doimiy terapiya) olish mumkin; ushbu davolash ko'pincha qon ketishini kamaytiradi va kontratseptsiya bilan ta'minlaydi.
Progestinlarni buyurishdan oldin, bemorlarni nojo'ya ta'sirlardan ogohlantirish kerak (masalan, vazn ortishi, tushkunlik, tartibsiz qon ketish). Ba'zi bemorlarda esa progestin terapiyasi mioma o'sishiga olib kelishi mumkin.
SERMlar (masalan, raloksifen) mioma o'sishini kamaytirishga yordam beradi, ammo ular boshqa dorilar kabi simptomlarni yengillashtiradimi-yo'qmi noma'lum.
Danazol androgenik agonist bo'lib, fibrotik o'sishni susaytirishi mumkin, ammo ko'plab yon ta'sirlarga ega (masalan, vazn ortishi, husnbuzar, girsutizm, shish, soch to’kilishi, ovozning qo'polligi, qizib ketish, terlash, qin shilliq qavatining qurishi)
NSAIDni (sterod bo'lmagan yallig'lanishga qarshi dorilar) og'riqni yo'qotish uchun ishlatish mumkin, ammo bu dorilar qon ketishini kamaytirmaydi.
Traneksamik kislota (antifibrinolitik preparat) bachadondan qon ketishini 40% gacha kamaytirishi mumkin. Doza 5 kungacha har 8 soatda 1300 mg ni tashkil qiladi. Uning roli hali baholanmagan.
Shunday qilib, ushbu dorilar dozasini farmasevt ajratib berishi va resept bo’yicha tayyorlashi kerak va dorixonalarda bunday dorilar har doim ham mavjud bo'lmasligi mumkin.
Bachadon miomasi operatsiyasi
Bachadon miomasi operatsiyasi odatda quyidagi kasalliklarga chalingan bemorlarga buyuriladi:
- Kichkina tos suyagida tez o'sadigan o'smalar
- Konservativ terapiyaga javob bermaydigan takroriy bachadon qon ketishi
- Kuchli yoki doimiy og'riq yoki bosim (masalan, opioidlarni nazorat qilishni talab qiladi yoki bemorni chidab bo'lmas og’ritadi)
- Qorin bo'shlig'ida hajmli ta'sirni keltirib chiqaradigan, siydik chiqarish yoki ichak alomatlarini keltirib chiqaradigan yoki boshqa organlarni siqib chiqaradigan va funksiya buzilishini keltirib chiqaradigan kattalashgan bachadon (masalan, gidronefroz, siydik chiqarish chastotasi, disparuniya)
- Bepushtlik (agar homiladorlik zarur bo'lsa)
- Qayta to'satdan bola tushishi (agar homiladorlik zarur bo'lsa)
Tug'ruqning tugashi va bemorning radikal terapiya qilish istagi ham jarrohlik foydasiga kiradigan omillardir.
Miomektomiya va gisterektomiya ko'rsatmalarining aksariyati o'xshash. Bemorni tanlovi muhim ahamiyatga ega, ammo bemorlarga gisterektomiyaga va miomektomiya bilan bog'liq qiyinchiliklar va oqibatlar to'g'risida to'liq ma'lumot berish kerak.
Bachadon miomasida miomektomiya
Miomektomiya - bachadonga tegmasdan faqat miomani olib tashlash, reproduktiv funksiyani yoki bachadonni saqlamoqchi bo'lgan bemorlar uchun amalga oshiriladi. Faqatgina mioma tufayli bepushtlik bilan kasallangan ayollarning 55 foizida miomektomiya operatsiyadan 15 oy o'tgach reproduktiv funktsiyani va homiladorlikning boshlanishini tiklashga yordam beradi. Biroq, bachadonni olib tashlash ko'pincha zarur bo’ladi yoki bemorning o’zi shu istakni bildiradi.
Miomektomiya odatda laparoskopik yoki gisteroskopik usulda (keng burchakli teleskop va elektrli simli halqali asbob yordamida), robotlashtirilgan usullar bilan yoki ularsiz amalga oshiriladi.
Bachadon miomasida gisterektomiya
Gisterektomiya - bachadonni olib tashlash, laparoskopik, qin yoki laparotomiya yo’llari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Gisterektomiya foydasiga qaratilgan omillarga quyidagilar kiradi.
- Radikal davolash. Miomektomiyadan keyin yangi mioma rivojlanishi mumkin, shuning uchun miomektomiya qilingan ayollarning taxminan 25% i taxminan 4-8 yildan so'ng bachadonni oldirib tashlashadi.
- Ko'p tugunlarni olib tashlashda miomektomiya, gisterektomiyaga qaraganda operatsiyasini bajarish qiyinroq.
- Boshqa kam invaziv davolash usullari samarasizligini isbotlangan.
- Bemorlarda operatsiyani qiyinlashtiradigan boshqa anormalliklar mavjud (masalan, keng spaykalar, endometrioz).
- Gisterektomiya boshqa kasallik xavflarinini kamaytirishi mumkin (masalan, BRCA mutatsiyasiga ega ayollarda servikal intraepitelial neoplaziya, endometrial giperplaziya, endometrioz, tuxumdon saratoni).
Bachadon miomasini davolashning boshqa usullari
Yangi muolajalar simptomlarni yengillashtirishi mumkin, ammo ushbu davolash usullarining reproduktiv salomatlikni tiklashdagi samaradorligi aniqlanmagan. Bunday muolajalarga quyidagilar kiradi:
- Yuqori intensivlikka yo'naltirilgan sonografiya
- Krioterapiya
- Radiochastotali ablansiya
- Magnit-rezonansli yo'naltirilgan ultratovushli jarrohlik
- Bachadon arteriyasining embolizatsiyasi
Bachadon arteriyasi embolizatsiyasi sog'lom bachadon to'qimalariga ta'sir qilmasdan bachadondagi miomani keltirib chiqargan joyni infarkti uchun ishlatiladi. Ushbu muolajadan so'ng tiklanish gisterektomiya yoki miomektomiyadan keyin tezroq bo'ladi, ammo asoratlar darajasi va qayta kasallanishlar soni ko'proq. Davolashning muvaffaqiyatsizlik darajasi 20 dan 23% gacha; bunday hollarda gisterektomiya orqali radikal davolash talab etiladi.
Bachadon miomasini davolash
Bachadon miomasini davolash individual bo'lishi kerak, ammo ba'zi omillar tanlashda yordam berishi mumkin:
- Asemptomatik mioma: Davolash talab qilinmaydi
- Menopauza yoshidagi ayollarda: o’z-o’zidan tuzalishini kutishni sinab ko'ring (chunki menopauzadan keyin mioma kamayganda simptomlar kamayadi)
- Semptomatik mioma, ayniqsa homiladorlik zarur bo'lsa: bachadon arteriyasining embolizatsiyasi, boshqa davolash usullari (masalan, yuqori intensivlikdagi sonografiya) yoki miomektomiya.
- Boshqa davolanish usullari muvaffaqiyatsiz bo'lganida og'ir alomatlar, ayniqsa homiladorlik istalmagan bo'lsa: gisterektomiya, ehtimol avval dori terapiyasi bilan (masalan, GnRH agonistlari)
Asosiy natijalar:
- Mioma 45 yoshgacha bo'lgan ayollarning taxminan 70 foizida uchraydi, ammo har doim ham alomatlarni keltirib chiqarmaydi.
- Agar kerak bo'lsa, tashxis diagnostik ko'rish orqali tasdiqlanadi, odatda ultratovush (ba'zan fiziologik eritma bilan sonografiya) yoki MRT.
- Kichkina simptomlarni vaqtincha bartaraf etish uchun dori-darmonlarni (masalan, gonadotropinni chiqaruvchi gormon (GnRH) agonistlari, progestinlar, SERMlar, mifepriston, traneksamik kislota, danazol) ko'rib chiqish kerak.
- Uzoq muddatli yengillik uchun jarrohlik amaliyoti ko'rib chiqiladi (masalan, zamonaviy jarrohlik texnikasi yoki miomektomiya, ayniqsa, reproduktiv salomatlikni saqlab qolish kerak bo’lsa; radikal terapiya uchun gisterektomiya).
manba: msdmanuals.com
Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.
Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.
Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60
Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.