Kishining ko‘rinishi go‘zal, ko‘rkam bo‘lishida yuz terisining umumiy ahvoli, uning tozaligi, silliqligi, mayinligi va rang-ro‘yning yaxshiligi katta rol o‘ynaydi. Terining shunday silliq, tarang, sog‘lom bo‘lishi uchun yuz terisini parvarish qilishga alohida ahamiyat berish kerak. Yuz terisini parvarish qilishga kirishishdan oldin, terining qandayligini bilib olish zarur. Terini undagi chiqib tura-digan yog‘ va nam miqdoriga qarab shartli ravishda normal teri, yog‘li teri, quruq teri va murakkab (aralash) teri kabi xillarga bo‘linadi. Ularni qanday parvarish qilish va nimalarga e’tibor berish kerak?Yuz terisini parvarish qilish deganda, terini toza tutish, oziqlantirish va tashqi zararli ta’sirlardan himoya qilish tushuniladi. Buning uchun tavsiya etiladigan kosmetik vositalar va usullarni terining anatomik tuzilishini, jumladan teri yo‘llarini hisobga olib, ularni to‘g‘ri qo‘llangandagina ijobiy natija beradi.
Terining eng kam cho‘ziladigan yo‘nalishi teri chiziqlari deb ataladi. Bu chiziqlarning harakat yo‘nalishlari quyidagi tartibda bo‘ladi: iyakda — teri chiziqlari iyakning o‘rtasidan boshlab pastki jag‘ bo‘ylab quloqning tugmachasiga tomon yo‘naladi; lun-jda — og‘iz burchagidan quloq teshigiga tomon, ustki labning o‘rtasidan va burunning yon yuzasidan quloq suprasining tepa qismiga tomon; ko‘z atrofida — ko‘zning ichki burchagidan ustki qovoq bo‘ylab ko‘zning tashqi burchagiga tomon, so‘ngra (teskari yo‘nalishda) ko‘zning tashqi burchagidan pastki qovoq bo‘ylab ko‘zning ichki burchagiga tomon; peshonada esa peshona o‘rtasidan chakkalarga tomon, ya’ni qosh yo‘nalishida ketgan bo‘ladi. Burunda teri chiziqlari burun qansharidan boshlab burun ustidan burun uchigacha keladi, burun ustidan uning yon yuzalariga tushadi.
Yuzga krem surish usulini bilish muhim ahamiyatga ega. Terini cho‘zib yubormaslik uchun kremni yuzga bosib-bosib va teri chiziqlari yo‘nalishida sekin-sekin urib chapimoq kerak. Yuzga surish oldidan kremni ikki kaft orasida ishqalab barmoqlarning ichki yuziga surish, so‘ngra peshonaga, lunj terisiga, burunga, ustki labga hamda iyakka bosib-bosib va sekin-sekin urib chapish lozim. Shu harakatlar vaqtida yuz terisiga butun kaftning va barmoqlarning tegib o‘tishi to‘g‘ri hisoblanadi, o‘zingizga ham yoqimli bo‘ladi. Bu vaqtda panjalar juda bush tushishi kerak. Ko‘z atrofidagi teriga kremni bosib-bosibgina surish lozim. Iyak terisiga va uning atrofiga sekin-sekin urib o‘rta chiziqsan quloqlarga tomon chapib borish tavsiya etiladi.
Normal teri yetarlicha nam va yog‘ ajratib turadi, toza, silliq, tiniq bo‘ladi, moylangandek yaltirab turmaydi. Bunday terida yog‘ bezlarining yo‘llari (mayda teshiklar) bilinmaydi, qora nuq-talar va ajinlar deyarli bo‘lmaydi.
Normal terini parvarish qilish. Normal teri quruq va yog‘li terilarga o‘xshab alohida parvarish talab qilmaydi. Bunday terini suv va atirsovun bilan yuvish, uxlashdan oldin, albatta, yuzni pardoz-andoz bo‘yoqlaridan tozalash, quyosh nuri-ning o‘tkir va uzoq vaqt ta’sir qilishidan saqlanish, shuningdek tarkibida yuqori darajadagi spirtli bo‘lgan suvlardan foydalanganda ehtiyot bo‘lish kerak. Haftada bir marta tuxum sarig‘i bilan o‘simlik moyidan yoki asal bilan tuxum sarig‘i aralashma-sidan tayyorlangan niqobni yuzga surtish normal terini parvarish qilish uchun yetarlidir. Ertalab yuzni sovuq suvga yuvish tavsiya etiladi, sovuq suv terining tashqi ta’sirlarga chidam-liligini oshiradi. Normal terini tozalash maqsadida yuzni haftasiga 1—2 marta sovunlab yuvish mumkin. «Kattiq» suvni ichimlik soda yoki tana-kor (bura) qo‘shib yumshatish kerak. Yuzni qaynagan suvga yuvgan ma’qul. Suvni «yumshatish»ning ilojy bo‘lmasa, yuzni yuvib bo‘lgach unga namligidayoq yupqa qilib yumshatuvchi krem surish, keyin mayin sochiq bosib namini quritish tavsiya etiladi, so‘ngra salgina upa qo‘yiladi. Krem bilan upa birgalikda himoya qatlami hosil qilib terini tashqi ta’sirlardan saqlaydi.
Uyquga yotish oldidan ham yuzni parvarish qilishning gigiyenik ahamiyati bor. Kechqurun uyquga yotishdan oldin yuzni yuvmasdan losonlar yoki suyuq kremlar va o‘zingiz tayyorlashingiz mumkin bo‘lgan eritmalarning biridan foydalanib artish lozim. Bunday eritmalarni bir necha xilini tayyorlash mumkin:
- Ukrop suvi — 30 g, glitserin — 5g, borat kislotaning suvdagi 2%li eritmasi — 35 g.
- Odekolon yoki spirt — 30 g, gletserin — 5g, osh sirkasi — 10 g, suv — 35 g.
- Tanakor (bura) — 1,5 g, glitserin — 5,5 g, odekolon yoki spirt — 30 g, suv — 63 g.
- Achchiqtosh — 2 g, glitserin — 5 g, suv — 100 g.
- Tanakor eritmasi — 10 g;
- suv — 70 g;
- odekolon — 30 g.
© Uzbaby.uz nashri.
[divider]
[highlight]Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:[/highlight]
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?