Yuzingiz tovlanishi uchun

0
()

Gohida vitaminlar yetishmasligi tufayli bahor faslida yuz terisidagi rangparlik, terining qurishi va qizarishi, o‘lik to‘qimalar, havo haroratining doimiy o‘zgarishi natijasida terining suvsizlanishi kabi holatlar kuzatiladi. Muammoning yechimini topish uchun esa odatiy pardoz vositalaridan tashqari maxsus parvarish jarayonini ham bajarish kerak.

yuz parvarishi

Bunda uy sharoitida tayyorlangan maxsus niqoblar juda qo‘l keladi. Bundan tashqari, niqoblar yuz terisini kerakli vitaminlar bilan ham ta’minlaydi. Sovun, kosmetik sut kabi vositalar bilan yuz terisini yuvishdan tashqari, uni turli shifobaxsh o‘tlardan tayyorlangan tonik va loson kabi vositalardan foydalanib, namlantirib turish lozim. Quruq yuz terisi uchun zig‘ir urug‘i, o‘rtacha yuz terisi uchun esa qizilpoycha va kalenduladan tayyorlangan losonlar mos keladi.

Bunday losonlarni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin. Buning uchun bir choyqoshiq quritilgan o‘tni qaynagan suvga solib, 20 daqiqaga yaqin suvli hammomda ushlab turiladi. So‘ng damlama sovitilib, bir necha bor dokadan o‘tkazib, tez-tez chayib turiladi. O‘tli losonni 3-4 kun davomida muzlatkichda saqlash mumkin. Erta bahorda ajinlar ham anchayin sezilib qoladi.

Quruq yuz teri sohibalari uchun smetanali niqoblar tavsiya qilinadi. Buning uchun smetananing o‘zini 15-20 daqiqaga surtish lozim. Yoki niqobni biror foydali mahsulot bilan boyitsa ham bo‘ladi. 50 gr smetanaga 1 choyqoshiq asal, 1 choyqoshiq limon sharbati bilan aralashtirib, niqob tayyorlash mumkin.

Suli yormasidan tayyorlangan niqob yog‘li yuz terisining rangini yaxshilab, ajinlarni yo‘qotadi. Buning uchun bir oshqoshiq suli yormasiga 1 dona ko‘pirtirilgan tuxum, 1 choyqoshiq limon sharbati, 1 choyqoshiq  asal aralashtirilib, niqob tayyorlanadi. Bu niqob ham odatiylari kabi 15-20 daqiqa yuzda ushlanadi.

Yuz terisi rangparligini foydali o‘tlar yordamida ham tiklasa bo‘ladi. Buning uchun 2 oshqoshiq moychechak guli, lipa guli, lavanda va bir oshqoshiq shalfey aralashtirilib, yaxshilab yanchiladi. Aralashma quyuq massa holiga kelishi uchun ustidan qaynagan suv solib, 20-30 daqiqaga tindirib qo‘yiladi. niqob nam yuz terisiga surtilib, 15-20 daqiqadan so‘ng chayiladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Yuz parvarishi uchun

 Vazira ALIMOVA.
Kosmetolog shifokor.

Ushbu maqola qanchalik foydali?

Baholash uchun yulduzchalardan birini bosing!

O'rtacha baho / 5. Baholar soni:

Maqolaga hech kim baho qo'ymagan. Birinchi bo'lib siz baholang!

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

42 ta izoh

  1. Baxor kelishi bilan yuzlarim qizarib kuyib ketadi. Keyin oqarishga harakat qilaman lekin sezilarli darajada oqarmayman maslahat bering qanday niqoblar qilishim kerak.

  2. Bahor kelishi bilan burnimni ust qismiga doģtusha boshladi. Kosmetik vositalardan faqat namlantiruvchi krem va BB upasidan foydalanaman. Yuzimga nima sababdan doģtushganini va uni qanday yuq qilish mumkinligi haqida tavsiya bera olasizlarmi oldindan rahmat

  3. tanam va yuzim tashqi ta’sirlar(sovuq, issiq, shamol…) oqibatida tezda qizarib ketadi. Bunga sabab nima? oldini olishni iloji bormi?

  4. Salom men yuzinni jiraviylarini tozalatgan edin shu joylari qizilqorasimon bölib xuddi doqqa oxshab qoldi 20kun boldi ketmayabdi endi nima qilishim mumkin ishlatmagan kremim qolmadi faqtni javob olsam yaxsh bölasidi

  5. Assalomu alaykum admin va kosmetologlar hormay tolmay ishlab yuribsizlarmi? Bir iltimosim bor menga kosmetologlar o’zlari qo’llaydigan sovunni tayyorlanishini o’rgatsangizlar. Oldindan rahmat

    1. Assalomu alaykum kosmetolog va adminlar man yoshligimda oppoq edim keyinchalik yuzim qorayib ketti yuzim o‘ta darajada yog‘li yog‘li yuzni oqartirish uchun kuchli tez oqartiruvchi effekti zo‘r niqoblar bormi iltimos yuzni oqartirish uchun maslaxatlarini berselar yog‘li yuzga qanday niqob qilsam buladi iloji bulsa javobizi telegram manzilimga qoldirsayiz iltimos
      @DILBEK_UZB telegram manzilim javobizi kutaman
      Javobiz uchun oldindan kotta raxmat…

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button