Yoga nimasi bilan foydali?  Yoga bilan shug‘ullanishning asosiy salbiy va ijobiy tomonlarini ko‘rib chiqamiz. Sog‘lom turmush tarzini olib boruvchi inson yoga bilan shug‘ullanishga vaqt sarflashi shartmikan. Yoga eramizdan avvalgi uchinchi va ikkinchi ming yilliklar orasida Hindistonda paydo bo‘lgan. Hind daryosining qirg‘oqlarida topilgan yoga pozalaridagi odamlar tasvirlangan muhrlar aynan shu davrga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy yoga ko‘plab yo‘nalishlar va uslublarga ega. Ulardan asosiylari: ayengara, ashtanga-yoga, bikram-yoga, vini-yoga, yogabit, kundalini, kuch tortishish yogasi, tray-yoga, xatxa-yoga.

Yoga bilan shug‘ullanish nimani namoyon etadi

Yoga bilan shug‘ullanish– boshlang‘ich, asosiy va yakunlovchi uch qismdan iborat. Ularning o‘ziga xosligi yoganing tanlangan yo‘nalishiga bog‘liq. Mashg‘ulotni mantra kuylashdan, qisqacha relaksatsiya yoki oyoq-qo‘llarning chigalini yozishdan boshlash mumkin. Yangi boshlaganlar - o‘qituvchi nima qilayotganligini diqqat bilan kuzatishlari va mayda detallarni ko‘zdan qochirmaslikka harakat qilishlari kerak. Yoga Asosiy qismi mashqlar amaliyotini o‘z ichiga oladi. “Asan”ni bajarayotganda, o‘z his-tuyg‘ularingizga quloq tuting va birdaniga og‘riq yoki kuchli noqulaylik sezib qolsangiz, mashqlarni bajarishni to‘xtating. Mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar yopiq ko‘zlari bilan “murda pozasi” – shavasanni bajargan holda gilamga yotadilar. Bu eng yuqori bo‘shashish va mashg‘ulotlardan so‘ng kuch to‘plab olishga erishishga imkon beradi. Shavasanning davomiyligi yoganing tanlangan uslubiga bog‘liq. Umumiy hollarda yoga mashg‘uloti aynan shunday o‘tadi. Yoga nimasi bilan foydali?

Yoga: ijobiy va salbiy tomonlari

Yoganing ijobiy tomonlari

1. Organizmni umumiy sog‘lomlashtirish Yoga organizmni sog‘lomlashtirish bo‘yicha noyob tizim deb ataladi. U ichki garmoniyani topish va barcha organlarning ishini yaxshilash imkonini beradi. Yoga falasafasi zararli odatlardan qutulish va sog‘lom turmush tarziga qo‘shilishga yordam beradi. 2. Atrof dunyo bilan uyg‘unlik. Ruhiy zarba va salbiy kechinmalardan qutulish. Yogasizga o‘z ichki dunyongizga kirish va o‘zingizni yaxshi bilib olish imkoniyatini beradi. Mashqlar sizningsalohiyatingizni ochib berishga, uyg‘unlik va xotirjamlikni qozonishga yo‘naltirilgan. Relaksatsiya paytida bo‘shashish imkoniyati salbiy kechinmalardan qutulishga yordam beradi. Chuqur nafas olishni bilish, stress vaziyatlarda xotirjam va mulohazali bo‘lishga yordam beradi. 3. Orqadagi va bo‘g‘imlardagi og‘riqlardan qutulish Yogada bizning organizmimizni bo‘shashtiruvchi va uni tetiklashtiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan yaxlit mashqlar majmuasi mavjud. Orqa va bo‘g‘imlardagi og‘riqlarga qarshi kurashishning samaradorligi tibbiy dori-darmonlarni qo‘llash bilan solishtirilishi isbotlangan. 4. Qomatning yaxshilanishi Yoga bilan shug‘ullanish mushaklar korsetiga mustahkamlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Qomat yaxshilanadi, qadam tashlash ancha ishonchli bo‘lib qoladi. 5. Metabolizmni tezlashtirish va ozish Yogada maxsus oshqozon-ichak trakti (OIT) ishini yaxshilashga va buning natijasida, metabolizmni yaxshilashga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar mavjud. Yogani tez ozish usullariga kiritish mumkin emas. Biroq yoga bilan tizimli ravishda shug‘ullanish sekin-asta vaznni kamaytirish imkoniyatini beradi. Biroq yoga bilan doimiy ravishda shug‘ullanish sekin-asta vaznning tushishiga olib keladi. 6. Organizmni tozalash Yoga bilan doimiy ravishda shug‘ullanish ichki organlarni mashq qilishiga yordam beradi. U ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi va organizmdan toksinlarni chiqarilishini kuchaytiradi. 7. Immunitetning oshishi Mashqlarni bajarish limfa sirkulyatsiyasini faollashtirali, organlarning ichki balansini tiklaydi va oganizmni ng infeksiyalar va bakteriyalarga qarshilik ko‘rsata olishini yaxshilaydi. 8. Aqliy qobiliyatlarni yaxshilash Yoga vaqtida meditatsiya bilan shug‘ullanish aqliy faoliyatni kuchaytiradi, xotirani yaxshilaydi va e’tiborning jamlanishini mashq qildiradi. Mashqlar qon oqimini yaxshilaydi va miyani kislorod bilan boyitadi. 9. Yosh ahamiyatga ega emas Yoga bilan, jismoniy tayyorgarlik darajasidan qat’iy nazar, har qanday yoshda shug‘ullanish mumkin. 10. Vaqt va joy ahamiyatga ega emas Yoga bilan shug‘ullanish ma’lum uskunalarni talab etmaydi. Shuning uchun u bilan har qanday joyda shug‘ullanish mumkin. Mashg‘ulotlar uchun vaqt ham katta ahamiyatga ega emas. Yoga bilan ertalabki vaqtda, tushlik va kechqurungi vaqtda shug‘ullanishdan bir xil foyda olinadi. yoga haqida

Yoganing salbiy tomonlari

Mashg‘ulotlar uchun yuqori narx to‘lash va haqiqiy o‘qituvchini qidirishdagi qiyinchiliklar. Yogaga o‘qitish – har qanday tovlamachilar va sektantlar uchun haqiqiy jannatning o‘zginasi. Jarohat olish va eski kasalliklarning avj olish imkoniyati – noto‘g‘ri amaliyot bo‘lib, u nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarohatlar (et uzilishi, suyak chiqishi) bilan, balki ichki organlar va tayanch-harakatlanish apparati surunkali kasalliklarining rivojlanishi bilan tahdid soladi. Yoga - fitnes va yoki sport emas, u bilan fakultativ tarzda shug‘ullanish imkoniyati yo‘q – siz yoki o‘zingizning butun turmush tarzingizni unga bo‘ysundirasiz, yoxud hech nimaga erisha olmaysiz. Yoga – bu nafaqat mashqlar majmuasi. Bu avvalom bor, inson dunyoqarashini o‘zgartiruvchi, o‘zini tutish uslubini o‘zgarishiga olib keluvchi muhim falsafa hisoblanib, hayotning barcha sohalariga kira oladi. Siz butunlay yoki to‘liq o‘zgarishga tayyormisiz?
Ushbu maqolani ham o‘qing: Jismoniy kamharakatlik - sog‘liqqa zarar keltiruvchi sabablardan biri

Make.uz nashri.

Ushbu maqolani ham o'qing:
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot