Agar tirnoqlaringiz mustahkam bo‘lmasa, xafa bo‘lib o‘tirmang, uy sharoitida tirnoqlarni parvarishlash, ularni mustahkam va sog‘lomligini ta'minlashning ko‘p usullari mavjud. Ushbu maqolamiz orqali siz bilan tirnoq oʻstirish, uning mustahkamligini saqlash uchun zarur boʻladigan maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashamiz.

tirnoqlarni parvarishlash, tirnoq
Google Photo

Tirnoqlarni asrash

Uyni tozalash paytida, albatta rezina qo‘lqop kiying. Ular qo‘lingiz terisini va tirnoqlaringizni kimyoviy tozalovchi vositalarning zararli ta’siridan, namlikdan himoya qiladi.

Tirnoqni o‘stiruvchi vitaminlar

Tirnoqlaringizda oq dog‘larning paydo bo‘lishi – A vitamini yetishmasligining belgisi. Bu vitaminni sabzi, baliq, jigar va tuxum sarig‘idan olish mumkin. Tirnoqlarning mo‘rtligi va qatlamlanishi – B, D, E va C vitaminlari yetishmovchiligining belgisi hisoblanadi. Bu vitaminlar baliq, sut mahsulotlari, yong‘oq, o‘simlik yog‘i va dukkakli o‘simliklar tarkibida mavjud.

Tirnoqlarni parvarishlash uchun vannalar

Sovunli vanna

Idishdagi iliq suvga biroz suyuq sovun va 1 osh qoshiq tuz solib aralashtiring. Qo‘lingizni idishdagi suv soviguncha solib o‘tiring.

Limonli vanna

Idishga o‘simlik yog‘ini quying va uy haroratidan biroz yuqori darajada isiting. 1 dona limon sharbatini olib yog‘ bilan aralashtiring. 20 daqiqa davomida qo‘lingizni aralashma ichida tutib turing.


Tirnoqlaringiz tez sinuvchan va mo‘rt bo‘lib qolgan bo‘lsa, bu muammoni uy sharoitida ham bazaviy va efir yog‘lari yordamida bartaraf qilish mumkin.

Samarali va foydali efir yog‘lari

  • limon – mikroblardan tozalashda, zamburug‘ kasalligiga qarshi kurashishda va plastinlarni oqartirishda katta yordam beradi;
  • choy daraxti – tabiiy antioksidant va zamburug‘ga qarshi vosita, tirnoq strukturasini mustahkamlaydi va tashqi omillarning zararli ta’siriga chidamini oshirishga yordam beradi;
  • lavanda – ko‘pincha qatlanishga qarshi ishlatiladi;
  • ilang-ilang – tirnoqlarni umumiy parvarish qilishda foydalaniladi.

Bu yog‘lardan birortasi tirnoqlarni parvarishlash jarayonida bazaviy yog‘lar bilan qo‘shib ishlatilsa, ta’siri yanada oshadi.

Tirnoqlar parvarishi uchun bazaviy yog‘lar

  1. Kanakunjut yog‘i – tirnoqlarni mustahkamlashga va o‘sishga yordam beradi.
  2. Avokado yog‘i – tirnoqlarni namlashga va uning tabiiy sog‘lom rangini, yaltiroqligini tiklashga yordam beradi.
  3. Zig‘ir yog‘i – qayta tiklovchi va yoshartiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, tirnoqlarni namlaydi va o‘sishini tezlashtiradi.
  4. Zaytun va bodom yog‘lari – tirnoqlarni sog‘lomlashtiradi va namlaydi. Ular kimyoviy ta’sirlardan himoya qilishda qo‘llaniladi.

Tirnoqlaringiz sogʻlom va chiroyli boʻlishi uchun muntazam ravishda ularga mustahkamlovchi lak surish va egovcha bilan toʻgʻrilashning oʻzi yetarli emas. Butun organizm kabi tirnoqlar ham oziqlantiruvchi moddalarni talab qiladi. Tirnoqlarni parvarishlash, ularning sogʻlom va chiroyli boʻlishi uchun quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini doimiy ravishda qabul qilish maqsadga muvofiq.

Biotin

Biotin sifatida tanilgan B7 vitamini tirnoqlarni mustahkamlovchi kollagen hosil boʻlishiga yordam beradi. Bu vitamin yetishmasligi oqibatida tirnoqlar quruq va moʻrt boʻlib qoladi.

Biotin koʻpchilik oziq-ovqatlar: losos, avokado, qoʻziqorin, gulkaram, jigar va sabzilar tarkibida uchraydi.

Rux

Rux tirnoqlarning oʻsishi uchun juda muhim — bu mikroelement yetishmasligi oqibatida oʻsish sekinlashadi, tirnoq strukturasi esa moʻrt boʻlib qoladi.

Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari: qizil goʻsht, kalla-pocha va ichak-chavoqlar, baliqlar tarkibida rux moddasi koʻp. U yana boshoqlilar va yongʻoqlar tarkibida uchraydi, lekin parhezshunoslar oʻsimliklardan olinadigan oziq-ovqatlardagi rux moddasi organizm tomonidan yomon singdirilishiga eʼtibor qaratishni tavsiya qiladi.

Tirnoqlar parvarishi uchun: Temir

Temir moddasi tirnoqlar plastinasining shakllanishi va uning tuzilishiga javob beradi: agar tirnoqlar notekis oʻsayotgan boʻlsa va bunda tashqi shikastlanishlar kuzatilmasa, bu holat odamda temir moddasi yetishmasligidan darak beradi.

Yetishmovchilikni ratsionga yogʻsiz qizil goʻsht, kurka goʻshti, tuxum, yashil bargli sabzavotlar va dukkaklilar qoʻshish orqali toʻldirish mumkin.

Oltingugurt

Oltigugurt tirnoqlarning mustahkamligi uchun javob beradigan sistein aminokislotalari tarkibiga kiradi. Lekin sistein miqdori genetik jihatdan belgilangan, tegishli ravishda, tirnoq plastinasining qalinligiga birinchi navbatda genlar javob beradi.

Shunga qaramasdan organizmda temir moddasining yetishmasligi natijasida plastinalar yupqa va moʻrt boʻlib qoladi, teri va sochlarning ahvoli yomonlashadi.

Odatda oltingugurtning zarur miqdori kunlik muvofiqlashtirilgan ovqatlar bilan birga kelib tushadi: inson organizmi uni sut mahsulotlari, tuxum (ayniqsa bedananiki), mol goʻshti, baliq va loviyalar bilan birga qabul qiladi.

Fosfolipidlar

Fosfolipidlar va xolesterinni keratin molekulalarini bogʻlovchi “sement” deb ham atash mumkin. Shuning uchun tarkibida yetarlicha boʻlmagan miqdorda yogʻlar ishtirok etadigan parhez — nafaqat teridagi, balki tirnoqlardagi muammolarning ham manbai hisoblanadi: ular ancha uvalanuvchan va qatlamlarga ajraladigan boʻlib qoladi.

Fosfolipidlar asab hujayralari tarkibiga kiradi, shuning uchun ularning yetishmasligi tez charchab qolish, xotiraning buzilishi bilan kechishi mumkin.

Fosfolipidlar va xolesteringa boy boʻlgan oziq-ovqatlarga birinchi navbatda tovuq tuxumi kiradi.

Maqola 11.12.2019 sanasida yangilandi.