Pulpit – tish bo‘shlig‘ini to‘ldirib turadigan g‘ovak biriktiruvchi to‘qima – pulpaning yallig‘lanishidir. Pulpaga tish chirishi natijasida mikrob kirishi, shunungdek tishni qon bilan ta’minlaydigan qon tomirlarining jaroxatlanishi, tish sinib, pulpaning ochilib qolishi tufayli ham yallig‘lanishi ro‘y beradi. Turli kimyoviy moddalar ta’sirida ham pulpit paydo bo‘lishi mumkin. Kasallik ko‘pincha to‘satdan boshlanadi.
Tish qattiq og‘riydi (ovqat chaynash, issiq yoki sovuq ta’siriga bog‘liq bo‘lmagan xolda). Og‘riq boshqa tishlar, ensa, quloq, chakkaga ham tarqaladi. Og‘riq bo‘lishiga sabab, pu’pa yallig‘langanda tishning qattiq to‘qimalari ichidagi yumshoq to‘qimalar shishib, pul’padagi nervlarni ezib qo‘yishidir. Pul’pit natijasida pul’pa o‘ladi, og‘riq kamayadi, lekin tish o‘z vaqtida davolanmasa, vaqt otishi bilan o‘lgan pulpadagi mikroblar tish kanali orqali tish atrofidagi to‘qimalarga o‘tadi, natijada tish ildizi uchidagi to‘qimalar yallig‘lanib, periodontit kelib chiqadi.
Bolalarda sut va doimiy tishlar juda tez chiriydigan bo‘lganligi uchun pulpaning yallig‘lanishi ko‘pincha sezilmay boshlanadi va yiringlab ketadi, tish ildizlari to‘liq taraqqiy qilmaganligi sababli yallig‘lanish tish atrifidagi to‘qimalrga tez tarqaladi. Pulpitni vrach-stomatolog davolaydi. Yallig‘langan pulpa olib tashlanadi, kovagi va ildizi tozalanib, plomba qo‘yiladi. Pulpitni davolayotganda og‘riydi, shuning uchun og‘riqsizlantirish (ayniqsa bolalarda) kerak. Ba’zan pulpaning yallig‘lanishini kamaytirish maqsadida mishyak pastasi ishlatiladi, bunda vrach qo‘yilgan dori tishda qncha muddat turish kerakligini bemorga tushintiradi, aks holda og‘riq zo‘rayib, dard kuchayib ketadi.
Vrachga yetib borguncha...
Vrachga yetib borguncha (masalan kechasi yoki yo‘lda) analgin qabul qilish mumkin, bazan og‘riq sovuq suv ta’sirida ham pasayadi. Qattiq og‘riqni qoldirish maqsadida Amidopirinning 2 % li iliq eritmasini chirigan tish kovagiga tomizish mumkin, bunda og‘riq qisqa muddat pasayadi, shilliq qavatga hech qanday zarar yetkazmaydi. Og‘riq pasayishiga qaramay vrachga murojat qilish kerak. Pulpitning oldini olish chirigan tishlarni o‘z vaqtida davolatishdan iborat, yilda 2 marta vrach stomatologga ko‘rinib turish maqsadga muvofiqdir.© Dentamed.uz nashri.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Tish ogʻrishi - sabablari va ogʻriq qoldirish usullari